TA'LIMDA SUN'IY INTELLEKT: TEXNOLOGIYA VA INSON OMILI UYO'UNLASHUVI
Abstract
Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim sohasidagi o‘rni va imkoniyatlari ochib berilgan. Shaxsiylashtirilgan o‘quv dasturlari, avtomatlashtirilgan baholash tizimlari, ta’lim resurslarining raqamli ko‘rinishini yaratish hamda o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishdagi sun’iy intellektning roli tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etish afzalliklari, bu borada o‘tkazilgan xalqaro tajribalar va O‘zbekiston sharoitida qanday rivojlanishi xususida so‘z yuritiladi. Maqola sun’iy intellektni ta’lim sohasiga bosqichma bosqich tatbiq etishning muhim amaliy jihatlarini yoritishga qaratilgan.
Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 287 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17608279 TA’LIMDA SUN’IY INTELLEKT: TEXNOLOGIYA VA INSON OMILI UYO‘UNLASHUVI Komilov Alimardon O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti, 4-bosqich talabasi E-pochta: [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim sohasidagi o‘rni va imkoniyatlari ochib berilgan. Shaxsiylashtirilgan o‘quv dasturlari, avtomatlashtirilgan baholash tizimlari, ta’lim resurslarining raqamli ko‘rinishini yaratish hamda o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishdagi sun’iy intellektning roli tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etish afzalliklari, bu borada o‘tkazilgan xalqaro tajribalar va O‘zbekiston sharoitida qanday rivojlanishi xususida so‘z yuritiladi. Maqola sun’iy intellektni ta’lim sohasiga bosqichma bosqich tatbiq etishning muhim amaliy jihatlarini yoritishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan baholash, shaxsiylashtirilgan o‘quv dasturlari, interaktiv imkoniyatlar, raqamli texnologiya, o‘quv jarayoni, ta”limdagi raqamli transformatsiya, masofaviy ta’lim, innovatsion dasturlar. ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN EDUCATION : THE HARMONY OF TECHNOLOGY AND THE HUMAN FACTOR
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 288 ANNOTATION This article explores the role and potential of artificial intelligence technologies in the field of education. It analyzes the use of AI in personalized learning programs, automated assessment systems, the creation of digital educational resources, and the enhancement of learning efficiency. The paper also discusses the benefits of integrating modern digital technologies into the education system, highlights international practices, and how it will develop in Uzbekistan’s. The study emphasizes the importance of the gradual and systematic implementation of artificial intelligence in the education sector. Keywords: artificial intelligence, automated assessment, personalized learning, interactive opportunities, digital technology, learning process, digital transformation in education, distance learning, innovative programs. ИСКУССТВЕННЫЙ ИНТЕЛЛЕКТ В ОБРАЗОВАНИИ : ГАРМОНИЯ ТЕХНОЛОГИЙ И ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО ФАКТОРА АННОТАЦИЯ В данной статье рассматривается роль и возможности технологий искусственного интеллекта в сфере образования. Анализируется применение ИИ в персонализированных учебных программах, автоматизированных системах оценки, создании цифровых образовательных ресурсов и повышении эффективности учебного процесса. Также освещаются преимущества внедрения современных цифровых технологий в систему образования, международный опыт и как это будет развиваться в Узбекистане. Исследование подчеркивает важность постепенного и системного внедрения искусственного интеллекта в образовательную сферу. Ключевые слова: искусственный интеллект, автоматизированная оценка, персонализированное обучение, интерактивный шансы, цифровые технологии, учебный процесс, цифровая трансформация образования дистанционное обучение, инновационные программы.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 289 Zamonaviy ta’lim tizimi tez o‘zgarib borayotgan texnologiyalar, yangi metodlar va talabalarning ehtiyojlariga moslashish zarurati bilan yuzma-yuz kelmoqda. An’anaviy ta’lim shakllari ko‘plab afzalliklarga ega bo‘lsa-da, bugungi raqamli davrda bu tizimlarni yanada samarali qilish dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Ayni shu nuqtada sun’iy intellekt texnologiyalari ta’lim sohasi rivojida yangi turtki bo‘lmoqda. SI orqali ta’lim jarayoni shaxsiylashtirilgan, moslashuvchan va interaktiv holga keltirilmoqda. Dunyodagi ilo‘or ta’lim tizimlari allaqachon SI asosidagi platformalar, virtual o‘qituvchilar, adaptiv (moslashuvchan) testlar va avtomatlashtirilgan baholash tizimlarini joriy etgan. Bunday yechimlar nafaqat ta’lim samaradorligini oshiradi, balki o‘qituvchilarning ishini ham yengillashtiradi. O‘zbekiston ta’lim tizimi ham sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishga qiziqish bildirayotgani quvonarli. Bu yo‘nalishda dastlabki qadamlar ham tashlangan. Ta’limda undan foydalanish bo‘yicha bir qator farmonlar imzolandi, SI kurslari paydo bo‘ldi, shu yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlana boshlandi. Sun’iy intellekt universiteti tashkil etildi. 2025-2026yildan bu oliygoh o‘zining birinchi talabalarini ham qabul qilib oldi. Lekin hali mamlakatimizda bu borada qilinadigan ishlar yetarlicha. Ushbu materialda sun’iy intellektning ta’lim sohasidagi amaliy qo‘llanilishi, foydali jihatlari va O‘zbekiston sharoitida rivojlanishi xususida so‘z yuritiladi. Sun’iy intellekt ta’lim sohasida turli yo‘nalishlarda keng qo‘llanilmoqda. U o‘quvchi va talabalar ehtiyojiga qarab moslashuvchi tizimlarni yaratish, o‘quv jarayonini avtomatlashtirish hamda ta’lim sifatini yaxshilashda samarali vosita sifatida xizmat qilmoqda. O‘qituvchilar dars o‘tish va darsga tayyorlanish mobaynida SI texnologiyasiga asoslangan dasturlarga murojaat qilishyapti va bu orqali o‘quvchilar ham yangi bilimlarni yuqori darajada o‘zlashtiryapti. Uning ushbu sohadagi imkoniyatlari aynan qaysi jihatlarda namoyon bo‘ladi? Shaxsiylashtirilgan o‘quv dasturlari. SI texnologiyalarining ta’limdagi muhim va dolzarb yo‘nalishlaridan biri – shaxsiylashtirilgan (individual) o‘quv dasturini shakllantirishi. Bunday yondashuv har bir o‘quvchi yoki talabaning yoshi, qiziqishi,
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 290 bilim salohiyati va o‘zlashtirish darajasiga mos tarzda o‘quv jarayonini moslashtirish imkonini beradi. Sun’iy intellekt o‘quvchining avval o‘rganilgan mavzular bo‘yicha xatolari va to‘o‘ri javoblaridan kelib chiqib, o‘quv dasturining keyingi bosqichlarini avtomatik tarzda shakllantiradi. Masalan, o‘quvchi algebraga oid murakkab masalalarni osonlik bilan bajarayotgan bo‘lsa, SI tizimi unga kuchliroq darajadagi mashqlarni tavsiya qiladi. Aksincha, o‘quvchi ma’lum bir mavzuda qiyinchilikka duch kelsa, tizim unga qo‘shimcha topshiriqlar va soddaroq tushuntirishlar orqali yordam ko‘rsatadi. Shaxsiylashtirilgan ta’lim konsepsiyasini xalqaro miqyosda muvaffaqiyatli joriy etayotgan platformalar qatoriga “Khan Academy”, “Coursera”, “Edmentum”, “DreamBox Learning”, “Smart Sparrow” kabilarni kiritish mumkin. Ushbu dasturlar foydalanuvchining o‘quv faoliyati jarayonini monitoring qilib boradi: kamchilik, xatolarini aniqlaydi va shu asosida individual ta’lim yo‘nalishini belgilaydi. Masalan, “DreamBox Learning” platformasi matematika bo‘yicha boshlano‘ich va o‘rta ta’lim bosqichidagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini tahlil qiladi hamda ularning ehtiyojiga qarab o‘zgaruvchi darslarni taklif etadi. Bu orqali o‘quvchi o‘ziga qulay tarzda bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Moslashuvchan o‘quv muhitini yaratishga ko‘maklashuvchi “Smart Sparrow” platformasi o‘qituvchi va repetitorlar uchun darslik, o‘quv-qo‘llanmalar yaratadi. Foydalanuvchilar ta’lim jarayonida xatoga yo‘l qo‘yganida, tizim avtomatik ravishda ishga tushib maxsus ko‘rsatma beradi. O‘qituvchilar bu platforma yordamida o‘quvchilarning savollarga qanday javob berayotganini ko‘rishlari va ulardagi bo‘shliqlarni aniqlashlari mumkin. Platformaning yana bir afzallik tomoni – o‘quvchilar faoliyati bo‘yicha aniq statistik ma’lumotlarni taqdim etishi. Bu, albatta, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Har yili 5 milliondan ortiq o‘quvchi va 400 mingdan ziyod o‘qituvchini qamrab oladigan “Edmentum” platformasidan ham ta’lim sohasida ko‘p foydalaniladi. Ushbu dastur bo‘yicha dars olgan 8-12-sinf o‘quvchilarining darsga kechikishlari 33% gacha, darsga kelmaslik holatlari esa 23% gacha kamaygan. Bu “Edmentum” o‘quvchining darsga nisbatan qiziqishini qanchalik oshirayotganini ko‘rsatadi.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 291 Til o‘rganishda yordamchi. Bugungi raqamli texnologiyalar davrida xorijiy tillarni o‘rganishga talab sezilarli darajada oshgan. Sun’iy intellekt dasturlari bu borada qulay, interaktiv va yuqori sifatli ta’lim imkoniyatlarini taqdim etmoqda. SI orqali ishlovchi platformalar foydalanuvchining talaffuzi, grammatikasi va nutq ohangini real vaqtda aniqlab, uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Bunday uslub tilni oo‘zaki shaklda o‘zlashtirishga harakat qilayotganlar uchun juda muhim ahamiyatga ega. Masalan, “Elsa Speak” ilovasi foydalanuvchining inglizcha talaffuzini tahlil qilib, aynan qayerda xato qilayotganini aniqlaydi va to‘o‘ri talaffuz mashqlarini taklif etadi. Til o‘rganayotgan shaxslar uchun notanish so‘zlar va iboralarni aniq tarjima qilish, ularning sinonimlarini topish juda muhim. Sun’iy intellektga asoslangan vositalar nafaqat matnni so‘zma-so‘z tarjima qiladi, balki uning umumiy mazmunini ham tushunarli shaklda izohlaydi. Misol uchun, Google Translate va DeepL tizimlari zamonaviy SI modellariga tayangan holda tarjima qiladi, bu esa murakkab matnlarning tushunilishini osonlashtiradi. SI texnologiyalari til o‘rganuvchining darajasiga mos ravishda matnlarni soddalashtirish yoki murakkablashtirish, savollar tuzish va mashqlar ishlab chiqishga yordam beradi. Bu orqali o‘quvchi o‘z darajasiga mos materiallar bilan ishlashi hamda bosqichma-bosqich rivojlanib borishi ta’minlanadi. Misol sifatida “Duolingo” platformasini keltirish mumkin, u foydalanuvchining to‘o‘ri-noto‘o‘ri javoblariga qarab, navbatdagi mashqlar turini avtomatik sozlaydi. SI yordamida ishlab chiqilgan nutq sintezi (speech synthesis) tizimlari matnlarni tabiiy ovozda o‘qib eshittirish imkoniyatini taqdim etadi. Bu eshitish orqali til o‘rganishni xohlovchilar uchun ayni muddao. Misol: Murf.ai, Amazon Polly, Google Text-toSpeech kabi xizmatlar matnni o‘qib berishda inson ovoziga yaqin intonatsiya (ohang) ni yaratadi. Hozirda mavjud bo‘lgan sun’iy intellekt asosidagi ko‘plab til o‘rganish platformalari, asosan ingliz, ispan, fransuz va shu kabi jahon tillariga yo‘naltirilgan. Ularning o‘zbek tilidagi versiyalari yaratilishi bu tilni o‘rganuvchilar uchun qulaylik yaratish bilan birga, tilning global raqamli maydondagi o‘rnini ham yaxshilaydi. Bu
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 292 borada ilmiy-tadqiqotlar olib borish, SI modellarini tilimizning milliy xususiyatlariga moslashtirish muhim strategik qadam bo‘lib xizmat qiladi. Dars materiallarini tayyorlash. Zamonaviy ta’lim tizimida dars materiallarini sifatli va samarali tayyorlash o‘qituvchi faoliyatining muhim tarkibiy qismiga aylangan. Bu uzoq vaqt va resurs talab qiladigan jarayon bo‘lib, ko‘p sonli talabalarga mo‘ljallangan masho‘ulotlar uchun darslarni tez-tez qayta ishlab chiqishni talab etadi. Ana shunday vaziyatlarda sun’iy intellekt texnologiyalari samarali yechim sifatida xizmat qiladi. Sun’iy intellekt o‘qituvchiga mavzu, kalit so‘zlar, o‘qitish tizimi asosida dars rejasi ishlab chiqish imkoniyatini taqdim etadi. Reja ichida dars maqsadi, tayanch tushunchalar, masho‘ulot bosqichlari, baholash mezonlari avtomatik tarzda taklif qilinadi. Masalan, ChatGPT yoki Copilot SI modellariga “11-sinf astronomiya fanidan geliosentrik nazariya bo‘yicha dars rejasini tuz” mazmunida murojaat qilinsa, bosqichma-bosqich to‘liq shakllantirib beradi. Taqdimot (prezentatsiya) – dars jarayonini ko‘rgazmali va interaktiv qilishda muhim vosita. Ular o‘quvchilarning diqqatini qaratish, murakkab tushunchalarni vizual tarzda yoritish hamda auditoriyadagi ishtirokni aktivlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Grafik sxemalar, foto\video materiallar, infografikalar bilan darsni boyitish o‘quvchilarning bilimlarni tezroq va yaxshiroq o‘zlashtirishiga yordam beradi. Eng asosiy jihati shundaki, taqdimotlar darsning mantiqiy ketma-ketligini ta’minlaydi. SI texnologiyasi bo‘yicha ishlaydigan SlidesAI.io va Beautiful.ai saytlari matn asosida zamonaviy dizaynli, mavzuga mos slayd yaratib beradi. Sun’iy intellekt o‘quv materiali asosida test savollari tuzish imkoniyatini ham ochadi. Bu savollar ko‘p variantli, to‘o‘ri-noto‘o‘ri, ochiq javobli yoki moslashuvchan ko‘rinishda bo‘ladi. Masalan, QuestionWell, Quillionz va ClassPoint AI kabi vositalar bir necha daqiqa ichida testlar to‘plamini tuzib chiqadi. Bu o‘qituvchining oraliq/nazorat ishlari, yakuniy baholash bo‘yicha hisobotlarni tezkorlik bilan tayyorlashiga xizmat qiladi. SI dasturlarining ta’limdagi yana bir afzalligi – dars materialini turli darajadagi o‘quvchilarga moslashtirishi. Murakkab ilmiy matnlar oddiy, tushunarli tilda yozilishi hamda o‘quvchining yoshi, kasbiy yo‘nalishiga qarab qayta ishlanishi mumkin. Bir
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 293 o‘quvchi darsni o‘tilgan zahotiyoq o‘zlashtiradi, boshqasiga esa bu uchun kunlar kerak bo‘ladi. Misol uchun, Rewordify nomli SI xizmati katta hajmdagi matnlarni grammatik va leksik tomondan soddalashtirib, boshlano‘ich darajadagi o‘quvchilar uchun mos qolipga keltiradi. Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida matndan rasm, infografika, video va ovozli kontent yaratish imkoniyati mavjud. Bu dars mazmunini boyitish bilan birga, o‘quvchilarning mavzuni qabul qilishini ham yengillashtiradi. Misol uchun, Canva va Visme platformalari materialga mos rasm va grafik kontent ishlab chiqadi. Lumen5 esa matn asosida video yaratadi. Yuqorida tilga olingan vositalar, asosan ingliz tilida ishlaydi. O‘zbek tilida kontent ishlab chiqish va unga moslashtirilgan sun’iy intellekt funksiyasini kiritish hozirgi davrdagi dolzarb masalalardan biridir. Shu sababdan ham, mahalliy SI tizimlarini yaratish, ularni ta’lim sohasiga moslashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Avtomatlashtirilgan baholash tizimi. Ta’lim jarayonining ajralmas bosqichlaridan biri – bu o‘quvchilarning bilimini baholashdir. An’anaviy baholash uslublari ko‘p vaqt talab qilishi, shaxsiy adovatga yo‘l qo‘yilishi, o‘quvchining bilim darajasini to‘liq ko‘rsatib bermasligi mumkin. Aynan shu nuqtada SI yordamida ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan baholash tizimlari shaffoflik va aniqlikni ta’minlash, o‘qituvchining yukini yengillashtirish orqali ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Sun’iy intellekt tizimlari o‘quvchilar tomonidan bajarilgan testlarni real vaqt rejimida tekshiradi, natijani darhol chiqaradi hamda savollarga berilgan har bir javob bo‘yicha tahliliy izohlar taqdim qiladi. Ushbu yondashuv o‘quvchining bilim olishidagi bo‘shliqlarni tez aniqlash va shu asosida kerakli tavsiyalar berishga imkon yaratadi. Misol uchun: Google Classroom, Edulastic, Kahoot! platformalarida SI ishlab chiqqan testlar avtomatik tarzda tekshiriladi va statistik hisobotlar shakllantiriladi. Yaqin yillargacha avtomatik baholash faqatgina tanlovli savollarga taalluqli edi. Zamonaviy sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanishi esa ochiq javobli (esse, insho, bayon) topshiriqlarni ham uslubiy jihatdan baholash imkonini berdi. Masalan, Turnitin va Gradescope platformalari matnni tahlil qilish orqali o‘quvchi fikrining mantiqiyligi,
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 294 argument keltira olish-olmasligi, nutq madaniyatini baholaydi. SI texnologiyasi bilan ishlaydigan baholash tizimlari o‘quvchining o‘qish davomidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlash uchun tahliliy ko‘rinishdagi hisobotlar tayyorlaydi. Bu o‘qituvchi uchun rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlashda yordam beradi. Masalan, Socrative va Classkick tizimi orqali yio‘ilgan baholar avtomatik tahlil qilinib, o‘quvchi aynan qaysi mavzuda qiynalayotgani aniq ko‘rsatib beriladi. XXI asrda ta’lim jarayonlari raqamlashtirilayotgan bir davrda SI texnologiyalari ushbu sohani zamonaviy yo‘nalishda rivojlantirishda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Nafaqat o‘quv materiallarini tayyorlash va individual dasturlarni ishlab chiqish, balki baholash jarayonini avtomatik ko‘rinishga keltirish, darsni shaxsiy tarzda moslashtirish hamda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi interaktivlik (muloqot almashish)ni kuchaytirishda ham sun’iy intellekt tizimlari keng qo‘llanilmoqda. Sun’iy intellektni ta’lim sohasiga tizimli va bosqichma-bosqich joriy etish orqali O‘zbekistonning ham raqamli ta’lim infratuzilmasi yanada takomillashadi. Bu o‘quv jarayonining sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishiga, bilim berish va o‘zlashtirishning zamonaviy, moslashuvchan va individual yondashuvlar asosida amalga oshirilishiga zamin hozirlaydi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, boshqa sohalar qatori ta’limda ham sun’iy intellekt yangidan yangi yo‘nalish, tizim va uslublarni olib kirmoqda. Bu dars jarayonlarini samarali tashkil etish, o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini aniqlash, ta’lim sifatini oshirish hamda o‘qituvchilar mehnatini yengillashtirishga xizmat qilishga yordam bermoqda.Albatta, bu jarayonni to‘xtatib bo‘lmaydi. Ammo uni boshqarib, nazorat qilib borish mumkin. Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish bilan bir qatorda, inson omili, ya’ni o‘qituvchi tajribasi, pedagogik mahorati va insoniy qadriyatlarning o‘rni hamisha ustuvor bo‘lib qolishi lozim. Faqat ana shunday muvozanatni saqlagan holda, ta’limda yuksak darajada rivojlanishga erishish mumkin.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 295 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. UNESCO. Artifical Intelligence in Education: Guidance for policy-makers — Paris: UNESCO Publishing, 2023. 2. OECD (Organisation for Economic Co-operation and Development), AI and the Future of Education: Policy and Practice Perspectives — Paris: OECD Publishing, 2022. 3. World Economic Forum. Shaping the Future of Learning: How AI is Transforming Education Systems — Geneva: WEF, 2023. 4. Edtech Magazine. The Role of Artificial Intelligence in Personalized Learning and Assessment — New York: Edtech Media Group, 2024. 5. Microsoft Education Team. AI Tools Helping Teachers Save Time and Improve Learning Outcomes — Redmond: Microsoft Press, 2023. 6. Coursera Research Center. Adaptive Learning and AI-Driven Education Platforms: A Global Overview — California: Coursera Inc, 2022. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli ta’lim tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘o‘risida”gi PQ-289 sonli Qaror – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, 2022. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. “Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish konsepsiyasi 2021-2030-yillar)” loyihasi – Toshkent: Vazirlar Mahkamasi Kotibiyati, 2021. 9. Raqamli texnologiyalar vazirligi. O‘zbekiston ta’lim tizimida SI texnologiyalarini joriy etish yo‘nalishlari — Toshkent: MITC, 2023.\10. Sunʼiy intellekt ilmiy-tadqiqot instituti. AI texnologiyalarining taʼlimdagi amaliy qo‘llanilishi — Toshkent: AI Institute, 2024.