newjournal.org zenodo.org 1 XALQARO HUQUQDA MANDATLI HUDUDLAR VA VASIYLIK HUDUDLARI MASALASI Ochilov Asliddin Akramovich, Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultetining 2-bosqich talabasi E-mail:
[email protected] Annotatsiya: Ushbu maqola mandatli va vasiylik tayinlangan hududlar masalasi, ularning tarixini o'rganadi va ularning xalqaro huquqqa qanchalik mos kelishi va xalqaro huquqdagi o’rnini imkon qadar tadqiq etadi. Ularning Millatlar Ligasidagi tarixiy boshlanishidan tortib, Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi roligacha, biz ularga asos bo’lgan yuridik normalar va ularning ortidagi maqsadlarni o'rganamiz. Haqiqiy misollar va tadqiqotlardan foydalanib, ushbu hududlar va davlatlarda yuqoridagi ikki tizimning roli va turli xil oqibatlari ochib berishga harakat qilingan. Shuningdek, yuzaga kelgan mavjud muammolarning asorati hamda ularni qay tariqa bartaraf etish mumkinligi borasida fikr yuritiladi. Vasiylik kengashini qayta tiklash masalalari va uning ehtimoliy omillari haqida so’z yuritilib, ushbu tarixiy huquqiy institutlarning zamonaviy xalqaro huquqqa qo’shgan hissasi bilan xulosalanadi. Kalit so‘zlar: Mandatli hududlar, vasiylik tayinlangan hududlar, xalqaro huquq, dekolonizatsiya, o'z taqdirini o'zi belgilash, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, mustamlakachilik, suverenitet, inson huquqlari, Vasiylik kengashi, Millatlar ligasi, global tinchlik va xavfsizlik. KIRISH Mandatli va vasiylikka olingan hududlar xalqaro huquqning o‘ziga xos jihati bo‘lib, mustamlakachilikning tarixiy merosini va Birinchi va Ikkinchi jahon urushidan keyingi
newjournal.org zenodo.org 2 davrlarda xalqlar orasida alangalanib ketgan o‘z taqdirini o‘zi belgilashga intilishni o‘zida mujassam etgan. Xalqaro ahamiyatli mandatlar bilan mustamlakachi davlatlarga ishonib topshirilgan yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining vasiylik tizimi nazorati ostidagi bu hududlar XX asr va undan keyingi davrlarning geosiyosiy landshaftini shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynadi hamda shakllanayotgan xalqaro ommaviy huquq sohasida hudud, suverenitet va xalqaro huquq subyektilik maqomi to’g’risidagi yuridik qarashlarga o’z ta’sirini o’tkazdi. Mandatli hududlar tushunchasi sobiq Germaniya mustamlakalari va hududlarini boshqarish va nazorat qilish uchun ittifoqchi kuchlarga ishonib topshirgan Millatlar Ligasi paktidan kelib chiqqan. Bu mandatlar orqali mandat qilingan hududlar aholisining farovonligi va rivojlanishiga ko'maklashish, shu bilan birga ularni yakuniy o'zini-o'zi boshqarish yoki mustaqillikka tayyorlashni, pirovardida xalqaro huquqning to’laqonli subyektiga aylantirish maqsad qilingan. Xuddi shunday, BMT Nizomining XII bobiga muvofiq tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining vasiylik tizimi hamda vasiylik kengashi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, siyosiy ishtirok etish va inson huquqlarini hurmat qilish orqali vasiylik o’rnatilgan hududlarni o'zini-o'zi boshqarishga o'tishlariga nazorat qilib borishga harakat qildi. Bu orqali ozmi-ko’pmi BMT Nizomida va Ikkinchi jahon urushidan keyin shakllangan xalqaro prinsiplarni amalda to’laqonli qo’llashga urinish sifatida tarixda qoldi. Maqola davomida ushbu masalalarga iloji boricha atroflicha yoritishga harakat qilinadi. ASOSIY QISM Birinchi jahon urushi tugaganidan so'ng, Uchlar Ittifoqi va Rossiya imperiyalari qulagach, Antanta ittifoqchilari mag'lubiyatga uchragan kuchlarning mustamlakalarini nazorat qilishning anneksiya qilish bilan bog'liq bo'lmagan alohida huquqiy tizimini o'rnatadi. Ushbu hududlar “bunday xalqlarning farovonligi va rivojlanishi insoniyat sivilizatsiyasiga bo’lgan muqaddas ishonchning asosidir” degan tamoyil asosida boshqarilishi nazarda tutilgan edi. Ushbu prinsipni amalga oshirish yo'li, bunday odamlarning vasiyligini "o'z resurslari, tajribasi yoki geografik joylashuvi tufayli" mas'uliyatni o'z zimmasiga oladigan rivojlangan davlatlarga topshirishdan iborat edi.
newjournal.org zenodo.org 3 Shartnoma ular tomonidan Millatlar Ligasi nomidan mandat asosida amalga oshirilardi. Millatlar Ligasi mandati Birinchi jahon urushidan keyin muayyan mustamlaka hududlar uchun xalqaro huquq bo'yicha maxsus huquqiy maqomni ifodalagan va ular ustidan nazoratni bir mustamlakachi davlatdan boshqasiga almashtirishni o'z ichiga olardi. Ushbu mandat shartnomalari boshqariluvchi hududni Millatlar Ligasi nomidan nazorat etishning xalqaro miqyosda kelishilgan shartlarini belgilovchi huquqiy andoza bo'lib xizmat qilgan. Xalqaro shartnoma va milliy qonunchilikka asoslangan davlatlar konstitutsiyalarining elementlarini birlashtirgan ushbu mandatlar Millatlar Ligasining Doimiy Sudi tomonidan ariza bilan murojaat qilish va qaror qabul qilish huquqlarini ta'minlovchi ozchilik huquqlariga oid bandlarni ham o'z ichiga olgan.[1] Mandat tizimi 1919-yil 28-iyunda kuchga kirgan Millatlar ligasi paktining 22moddasiga muvofiq tashkil etilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Millatlar Ligasi tarqatib yuborilishi bilan Yalta konferensiyasida qolgan mandatlar quyidagilar boʻlishi kerakligi belgilandii. Bundan buyon ushbu mintaqalar kelgusidagi muzokaralar va rasmiy kelishuvlarga o’rin qoldirgan holda Birlashgan Millatlar Tashkilotining vasiyligiga topshirilishi kerak edi. Millatlar Ligasining qolgan mandatlarining aksariyati (Janubiy G'arbiy Afrikadan tashqari) oxir-oqibat Birlashgan Millatlar Tashkilotining vasiylik belgilangan vasiylik tayinlangan hududlariga aylanadi. Mandat tizimining o'zagini ikkita boshqaruv tamoyili tashkil etdi, ular hududni anneksiya qilmaslik va uni "sivilizatsiyaning muqaddas ishonchi" sifatida hududni o'z xalqi manfaati uchun rivojlantirish maqsadida boshqarish edi.[2] Tarixchi Syuzan Pedersenning fikricha, mandatlardagi mustamlaka boshqaruvi boshqa yerlardagi mustamlaka boshqaruvidan unchalik farq qilmagan. Garchi Millatlar Ligasining shartnomasi bilan buyuk davlatlar mandatlarni boshqacha boshqarish majburiyatini olgan bo'lsa ham, asosiy farq shundaki, mustamlakachi davlatlar boshqa mustamlaka mulklariga qaraganda mandatlar haqida faqatgina rasmiyatchilik va siyosat yuzasidan boshqacha tonda gapirgan xolos.[3] Millatlar Ligasi mandati berilgan barcha hududlar avvallari Birinchi jahon urushida magʻlubiyatga uchragan davlatlar (asosan Germaniya
newjournal.org zenodo.org 4 imperiyasi va Usmoniylar imperiyasi) tomonidan boshqarilgan.[4] Protektoratdan farqli oʻlaroq, mandat mandat egalarini (mandat berilgan davlatlarni) Millatlar Ligasining hududlar aholisi oldidagi majburiyatlarini bajarishga majbur qildi, shuningdek, qul savdosi, qurol-yarogʻ va spirtli ichimliklar savdosi ham taqiqlandi. Mandatli hududda harbiy bazalar va istehkomlar qurish, tub aholidan armiya va flotlar yaratish taqiqlangan. Mandatlarni belgilash jarayoni ikki bosqichdan iborat edi: Oldindan boshqariladigan boshqaruv me’zonini rasmiy ravishda olib tashlash; Vakolatlarning gʻolib davlatlar orasidan mandat egasiga oʻtkazilishini ta’minlash. Mandatga kirgan hududlar quyidagi kelishuv va bitimlarga muvofiq belgilandi: Versal tinchlik shartnomasi, Sevr tinchlik shartnomasi, San-Remo konferensiyasi, Lozanna tinchlik shartnomasi.[5] Mandatli hududlar davlatchilikning rivojlanish darajasiga koʻra uch guruhga boʻlingan: “A”, “B” va “S”. “A” guruhiga ilgari Usmoniy imperiyasi hukmronligida boʻlgan, Majburiy maʼmuriy yordam koʻrsatilgach, mustaqil davlatga aylangan hududlar: Iroq, Falastin, Suriya, Transiordaniya(Urdun), Livan hududlari kiritilgan hamda ularni bosshqarish Buyuk Britaniya va Fransiyaning chekiga tushgan. “B” guruhiga esa G'arbiy va Markaziy Afrikadagi sobiq nemis koloniyalari, ular mandat egasining bevosita boshqaruviga bo'ysungan (1922-yil 22-iyulda berilgan mandatlar): Ruanda-Urundi, Tanganika, Kamerun va Togo yerlari kiritilib ular ustidan Belgiya, Buyuk Britaniya va Fransiya nazorati o’rnatilgan. “S” guruhi tarkibida Janubiy G'arbiy Afrika va Okeaniyadagi sobiq nemis koloniyalari, ularning ajralmas qismi sifatida mandat egalarining bevosita nazorati ostida o'tkazildi. Bular: Germaniya Yangi Gvineyasi (Avstraliya) 1920-yil 17dekabrdan; Germaniya Samoasi(Yangi Zelandiya) 1920-yil 17-dekabrdan G'arbiy Samoa deb o'zgartirildi; Janubiy Tinch okeani hududi (Yaponiya). Germaniya Janubiy G'arbiy Arikasi 1922-yil 1-oktabrdan 1878-yildan Kap koloniyasi tarkibiga kirgan Uolfish-Bey shahri, 1946-yilda BMT Janubi-Gʻarbiy Osiyoni Janubiy Afrikan Ittifoqining vasiylik tayinlangan hududi sifatida tan olishdan bosh tortdi (1961-yildan,
newjournal.org zenodo.org 5 Janubiy Afrika Respublikasi). 1968-yilda BMT Namibiya nomini tasdiqladi, 1990-yil 21-martdan boshlab Namibiya mustaqil davlatga aylanadi (Uolfish-Bey shahrisiz), 1994-yil 28-fevralda Uolish-Bey shahri va Pingvin orollari Namibiyaga o'tkazildi. Xalqaro huquq bo'yicha Mandat yaratish uchun uchta bosqich talab qilinar edi: (1) Asosiy Ittifoqdosh va Ittifoq davlatlari o'z a’zolaridan biriga yoki uchinchi bir davlatga mandatni taqdim etadi; (2) asosiy vakolatlar Millatlar Ligasi Kengashiga ma'lum bir vakolatning muayyan belgilangan hududda mandat asosida tartibga solinishi to'g'risida rasmiy ravishda xabar beradi va (3) Millatlar Ligasi Kengashi mandat hokimiyatining tayinlanganligini rasman tan oladi hamda ular xalqaro shartnoma qoidalariga muvofiqligini aniqlagandan so'ng kengash uni mandat egasi deb hisoblaganligi to'g'risida ma'lum qiladi va shu bilan birga uni kelishuv shartlari to'g'risida xabardor qiladi."[6][7] Nazariy jihatdan, mandatlarning bajarilishi Millatlar Ligasining Doimiy mandatlar komissiyasi tomonidan nazorat qilingan, ammo komissiyada majburiy vakolatlarning birortasida o'z irodasini bajarish uchun haqiqiy mexanizm va vakolat yo'q edi. Shunday bo’lsa ham Millatlar ligasi nizomining 22-moddasi oxirgi bandlarida quyidagicha belgilab qo’yilgan edi:” Mandat sohibi bo’lgan davlat tomonidan amalga oshiriladigan vakolat, nazorat yoki ma'muriyat darajasi, agar ilgari Millatlar Ligasi a'zolari tomonidan kelishilgan bo'lmasa, oshkora ravishda Kengash tomonidan har bir holatda belgilangan bo'lishi lozim. Mandatlarga rioya qilish bilan bog'liq barcha masalalar bo'yicha yillik hisobotlarni qabul qilish va tekshirish hamda zarur maslahatlar berish uchun doimiy komissiya tuziladi.” Mandat tizimi o'z davri uchun innovatsion bo'lsa-da, mustamlakachilik davridagi hukmron paternalistik munosabatlarni aks ettirdi. Majburiy kuchlar, odatda Yevropa mustamlakachi davlatlari, bu hududlarni boshqarish uchun mas'uliyatni o'z zimmalariga oldilar. Biroq, tizim to'g'ridan-to'g'ri anneksiyadan farq qilardi. Mandat olgan davlatlar quyidagilarga majbur edi: Aholi farovonligi va rivojlanishiga ko'maklashish; Inson huquqlariga hurmatni rag'batlantirish;
newjournal.org zenodo.org 6 Hududlarga o’zini o'zi boshqarish(avtonomiya) yoki mustaqillikka erishish(suverenetitet)da yordam berish.[8] Mandat tizimi o'zining cheklovlariga qaramay, xalqaro huquqning kelajakdagi rivojlanishi uchun zamin yaratadi. U mustamlakachi davlatlarning o'z nazorati ostida bo'lsa ham, ushbu hududlarni boshqarish paytida yuzaga keltirgan oqibatlari va xattiharakatlari uchun xalqaro javobgarlik mavjudligi tamoyilini o'rnatdi. Bundan tashqari, o'z taqdirini o'zi belgilashga qaratilgan "vasiylik" tushunchasi, garchi imperialistik bo'lsa ham, mustamlaka qilingan xalqlarning huquqlari uchun yangi xalqaro huquq bazasi shakllanishi uchun qolip bo’ldi. Eng bahsli mandatlardan biri Buyuk Britaniyaga ishonib topshirilgan Falastin edi. 1917 yilgi Balfur deklaratsiyasida Falastin "yahudiy xalqi uchun milliy vatan" bo'lishi va'da qilindi va mavjud ko'pchilik arablar qatorida o'sib borayotgan yahudiy aholisi bilan murakkab vaziyatni yuzaga keltirdi. Britaniya mandati bu milliy keskinliklarni muvozanatlash uchun tirashdi va alaloqibat hech qanday yechim topa olmadi. Falastin atrofidagi hal etilmagan taranglik bugungi kunda hali hanuz sobiq Mandat tizimining asriy davom etayotgan oqibatlarini ko'rsatmoqda.[9] Mandat tizimining mustamlaka davlatlarning to’liq suverenitetga erishishdagi o’rni bahsli bo'lsa-da, bu davrda ba'zi hududlar mustaqillikka erishganining guvohi bo’lishimiz mumkin. 1939 yilga kelib uchta sobiq mandatli hudud (Iroq, Transiordaniya va Misr) amalda va rasman mustaqil edi.[10] Mandat tizimi 1946 yilda BMTning vasiylik tizimi bilan almashtiriladi. Chunki mandat instituti mohiyatan mustamlakachilikning tizimlashgan hamda xalqaro huquqda tan olingan ko’rinishi bo’lib qolayotgan edi. Mustamlaka davridan beri qaram hududlarni ozod va mustaqillikka chiqarish jarayonini nazorat qilish uchun BMT qoshida Vasiylik kengashini shakllantirish qoidalari 1945 yilda San-Fransisko konferensiyasida qabul qilingan va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 12bobida belgilangan. Ushbu qaram hududlar (koloniyalar va mandatli hududlar) Millatlar Ligasi mandat tizimining vorisi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi tomonidan yaratilgan xalqaro vasiylik tizimiga o’tkazilishi kerak edi. Oxir-
newjournal.org zenodo.org 7 oqibat, o'n bitta hudud vasiylikka o'tkazildi: ulardan yettitasi Afrikada va to'rttasi Okeaniyada edi. Vasiylik tayinlangan hududlardan o'ntasi ilgari Millatlar Ligasi mandati bo'lgan; o'n birinchi o'rinda Italiya Somalilandi edi. Vasiylik tizimi to'g'risidagi qoidalarni amalga oshirish uchun Bosh Assambleya 1946 yil 14 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Vasiylik kengashini tashkil etishni nazarda tutuvchi 64-rezolyutsiyani qabul qildi. Vasiylik kengashi 1947 yil mart oyida o’zining birinchi sessiyasini o'tkazadi.[11] Yangi tuzilgan xalqaro vasiylik instituti BMTning 6 asosiy organlaridan biri hisoblanib, BMT Nizomining 75-moddasida o’z ta’rifini topgan bo’lsa, 76-moddada esa ushbu institutning maqsad va vazifalari belgilab o’tiladi.[12] 75-modda Birlashgan Millatlar Tashkiloti keyinchalik alohida bitimlar bilan oʻziga kirishi mumkin boʻlgan hududlarni boshqarish va shu hududlarni kuzatib turish uchun oʻz rahbarligida xalqaro vasiylik tizimini tuzadi. Bu hududlar bundan buyon vasiylik hududlari deb ataladi. Ko’rishimiz mumkinki, yuqoridagi moddada vasiylik tizimini tashkil etishning obyektiv omillari keltirib o’tilgan. Endi esa ushbu tizimning vazifalariga e’tibor qaratsak, 76-modda Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu Nizomning birinchi moddasida bayon qilingan maqsadlariga muvofiq vasiylik tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: a) Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash; b) Vasiylik hududlaridagi aholining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga, maorif sohasidagi taraqqiyotiga, har bir hudud va undagi xalqlarning oʻziga xos tomonlariga mos holda va u xalqlarning erkin bildirilgan xohishlarini inobatga olib va vasiylik toʻgʻrisidagi har bir shartnomada koʻzda tutilgan shartlarga koʻra, ularning oʻz-oʻzini boshqarishi yoki mustaqillik yoʻlidagi taraqqiyotiga yordam berish;
newjournal.org zenodo.org 8 c) Inson huquqlariga va kishilarning irqi, jinsi, tili va dinidagi tafovutlardan qatʼi nazar, hamma uchun asosiy erkinliklarga hurmat bilan qarashni va jahon xalqlarining bir-biriga bogʻliqligini tan olishni ragʻbatlantirish; d) Tashkilot Aʼzolariga va ularning fuqarolariga ijtimoiy, iqtisodiy va savdo sohalarida teng munosabatda boʻlishni, shuningdek, yuqorida koʻrsatilgan vazifalarni bajarishga hech qanday ziyon yetqazmagan holda va 80-moddadagi qoidalarga rioya qilish sharti bilan odil sud yuritishda ularga teng munosabatda boʻlishni taʼminlaydi. Vasiylik tizimi mandat tizimidan bir necha asosiy jihatlari bilan farq qiladi: O'z taqdirini o'zi belgilashga kuchliroq urg'u: BMT Nizomida vasiylik hududlarning o'z taqdirini o'zi belgilash tamoyili aniq belgilab qo'yilgan, bu Millatlar Ligasi Paktining mustamlakachi tiliga nisbatan sezilarli o'zgarishdir (Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi, 76-modda). Birlashgan Millatlar Tashkiloti nazorati: Millatlar Ligasining doimiy Kengashidan ko'ra ko'proq vakillik organi bo'lgan BMT Bosh Assambleyasi Vasiylik tizimini nazorat qilib, vasiy subyektlarning harakatlari ustidan kengroq xalqaro kontrol o’rnatilishini ta'minladi. Vasiylik hududlarining ikkita toifasi ajratildi: Xavfsizlik Kengashi vakolati ostidagi "strategik" hududlar (birinchi navbatda, xavfsizlik masalalariga qaratilgan) va Bosh Assambleya tomonidan nazorat qilinadigan "oddiy" hududlar (siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga e'tibor qaratilgan) [13]. Nizomga ko'ra, Vasiylik Kengashi teng miqdordagi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo davlatlarning vasiylik hududlarni bevosita boshqaruvchi va nazoratida bo'lmagan davlatlardan iborat bo'lishi kerak edi. Shunday qilib, Kengash (1) vasiylik hududlarini boshqaradigan BMTning barcha a'zolaridan, (2) Xavfsizlik Kengashining beshta doimiy a'zosidan va (3) boshqaruvchi va boshqaruvchi bo'lmagan a'zolar sonini tenglashtirish uchun zarur bo'lgan boshqa bir qancha a'zo davlatlardan iborat bo'lishi kerak edi. Vaqt oʻtishi bilan vasiylik hududlari mustaqillikka erishgach,
newjournal.org zenodo.org 9 Vasiylik kengashining hajmi va ish yuki qisqardi. Oxir-oqibat, Vasiylik Kengashi faqat Xavfsizlik Kengashining doimiy besh a'zosini (Xitoy, Fransiya, Sovet Ittifoqi/Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya) va vasiylik tayinlangan hududni boshqaruvchi yagona doimiy a’zo davlat AQShni o'z ichiga oldi. 86-modda 1. Vasiylik Kengashi Birlashgan Millatlar Tashkilotining quyidagi Aʼzolaridan iborat boʻladi: a) Vasiylik hududlarini boshqaruvchi Tashkilot Aʼzolaridan; b) 23-moddada nomlari koʻrsatilgan vasiylik hududlarini boshqarmaydigan Tashkilot Aʼzolaridan; c) Bosh Assambleya tomonidan uch yillik muddatga saylangan, Vasiylik Kengashi aʼzolarining umumiy soni vasiylik hududlarini boshqaruvchi va boshqarmaydigan Tashkilot Aʼzolari orasida teng boʻlinishi uchun zarur boʻladigan miqdordagi Tashkilotning boshqa Aʼzolaridan. 2. Vasiylik Kengashining har bir aʼzosi yuqori malakali mutaxassis shaxsni oʻzining Vasiylik Kengashidagi vakili etib tayinlaydi. Qolaversa, BMT Nizomining 87-moddasiga muvofiq Bosh Assambleya qoshidagi Vasiylik Kengashiga bir necha vazifalar yuklatiladi: a) Boshqaruvchi hokimiyat taqdim qilgan hisobotlarni koʻrib chiqish; b) Boshqaruvchi hokimiyat bilan maslahatlashgan holda iltimosnomalarni qabul qilish va koʻrib chiqish; c) Boshqaruvchi hokimiyat bilan kelishilgan muddatlarda tegishli vasiylik hududlariga vaqti-vaqti bilan borib turish; va d) Vasiylik haqidagi bitimlarning shartlariga koʻra, yuqorida eslatilgan va yana boshqa ishlarni bajarish. 1994-yilda Palau davlat o’z mustaqilligiga erishishi bilan mazmunan olib qaraganda boshqa vasiylik hududlari qolmaydi.
newjournal.org zenodo.org 16 21. Prunier, G. (1995). The Rwanda crisis: History and genocide. Columbia University Press. 22. Overseas Development Institute. (2020). Fragile states index 2020. https://odi.org/ 23. https://press.un.org/en/2017/tr2433.doc.htm 24. UN Department of Political Affairs. (n.d.). The Trusteeship System and Trust Territories. Retrieved from https://www.un.org/dppa/decolonization/en/history/international-trusteeshipsystem-and-trust-territories 25. https://www.cambridge.org/core/books/abs/international-law-and-worldorder/introduction 26. The End of World Order: Essays on Normative International Relations. By Richard Falk. Written under the auspices of the Center for International Studies, Princeton University. New York and London: Holmes & Meier, 1983. Pp. x, 358. 27. Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari: Yuridik oliy o ‘quv yurtlari uchun darslik/ 1.1. Lukashuk, A.X. Saidov; - Т .: O 'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. 392 b.