scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"TIBBIY TURIZMDA MUVAFFAQIYATLI XALQARO TAJRIBALAR: JANUBIY KOREYA, HINDISTON, TURKIYA VA TAILAND MISOLIDA"

Barkamol Ernazarov

Abstract

Mazkur maqolada jahon tibbiyot turizmi bozorining hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Unda Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya va Tailand davlatlarining tibbiy turizm sohasidagi muvaffaqiyatli tajribalari o‘rganilib, ularning asosiy yutuqlari, samarali boshqaruv modeli hamda xalqaro standartlarga mos xizmat ko‘rsatish amaliyotlari yoritilgan. Tadqiqotda ushbu mamlakatlarda tibbiy turizm rivojiga turtki bo‘lgan omillar — yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiyot tizimi, malakali mutaxassislar, narx va sifat muvozanati, hukumatning qo‘llab-quvvatlash siyosati, infratuzilma va marketing strategiyalarining ahamiyati tahlil etilgan. Maqola yakunida O‘zbekiston uchun mazkur davlatlar tajribasidan o‘rganilishi mumkin bo‘lgan jihatlar, jumladan, sog‘liqni saqlash infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xalqaro akkreditatsiya tizimini joriy etish, tibbiy xizmatlar eksportini rag‘batlantirish hamda milliy brendni shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 37 “TIBBIY TURIZMDA MUVAFFAQIYATLI XALQARO TAJRIBALAR: JANUBIY KOREYA, HINDISTON, TURKIYA VA TAILAND MISOLIDA” Barkamol Ernazarov Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi ORCID ID: 0009-0007-4186-2802 https://doi.org/10.5281/zenodo.17609458 Annotatsiya. Mazkur maqolada jahon tibbiyot turizmi bozorining hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Unda Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya va Tailand davlatlarining tibbiy turizm sohasidagi muvaffaqiyatli tajribalari o‘rganilib, ularning asosiy yutuqlari, samarali boshqaruv modeli hamda xalqaro standartlarga mos xizmat ko‘rsatish amaliyotlari yoritilgan. Tadqiqotda ushbu mamlakatlarda tibbiy turizm rivojiga turtki bo‘lgan omillar — yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiyot tizimi, malakali mutaxassislar, narx va sifat muvozanati, hukumatning qo‘llab-quvvatlash siyosati, infratuzilma va marketing strategiyalarining ahamiyati tahlil etilgan. Maqola yakunida O‘zbekiston uchun mazkur davlatlar tajribasidan o‘rganilishi mumkin bo‘lgan jihatlar, jumladan, sog‘liqni saqlash infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xalqaro akkreditatsiya tizimini joriy etish, tibbiy xizmatlar eksportini rag‘batlantirish hamda milliy brendni shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: tibbiy turizm, xalqaro tajriba, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, Tailand, sog‘liqni saqlash tizimi, innovatsion texnologiyalar, akkreditatsiya, marketing, O‘zbekiston tajribasi. Abstract. This article analyzes the current state and development trends of the global medical tourism market. It examines the successful experiences of South Korea, India, Turkey, and Thailand in the field of medical tourism, highlighting their key achievements, effective management models, and service practices aligned with international standards. The study identifies the main factors contributing to the growth of medical tourism in these countries, such as advanced healthcare technologies, skilled professionals, cost-quality balance, strong government support, infrastructure development, and marketing strategies. The paper concludes with recommendations for Uzbekistan, suggesting ways to benefit from these experiences through modernization of healthcare infrastructure, implementation of international accreditation systems, promotion of medical service exports, and the creation of a national medical tourism brand. Keywords: medical tourism, international experience, South Korea, India, Turkey, Thailand, healthcare system, innovative technologies, accreditation, marketing, Uzbekistan experience. Абстракт. В данной статье анализируется современное состояние и тенденции развития мирового рынка медицинского туризма. Рассмотрен успешный опыт Южной Кореи, Индии, Турции и Таиланда в сфере медицинского туризма, освещены их основные достижения, эффективные модели управления и практики обслуживания, соответствующие международным стандартам. В исследовании выделены ключевые INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 38 факторы, способствующие развитию медицинского туризма в этих странах: использование передовых медицинских технологий, высокий уровень квалификации специалистов, оптимальное соотношение цены и качества, поддержка со стороны государства, развитие инфраструктуры и маркетинговые стратегии. В заключении представлены рекомендации для Узбекистана по изучению и применению данного опыта — модернизация инфраструктуры здравоохранения, внедрение системы международной аккредитации, стимулирование экспорта медицинских услуг и формирование национального бренда медицинского туризма. Ключевые слова: медицинский туризм, международный опыт, Южная Корея, Индия, Турция, Таиланд, система здравоохранения, инновационные технологии, аккредитация, маркетинг, опыт Узбекистана. Kirish So‘nggi yillarda tibbiy turizm global miqyosda iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati jihatidan eng tez rivojlanayotgan sohalardan biriga aylandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) va Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab yiliga 20–30 million bemor xorijga davolanish yoki sog‘lomlashtirish maqsadida safar qilmoqda. Turli manbalarda keltirilishicha, tibbiy turizm bozorining umumiy hajmi 2023 yilda 100 milliard AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan va 2030 yilga borib 200 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Bunday sur’atlar ushbu sohani global iqtisodiyotning strategik yo‘nalishlaridan biriga aylantirmoqda. Tibbiy turizmning rivojlanishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatmoqda: rivojlangan davlatlarda davolanish narxining yuqoriligi, rivojlanayotgan mamlakatlarda yuqori malakali mutaxassislar sonining ko‘payishi, aviatsiya va transport-logistika imkoniyatlarining kengayishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining rivojlanishi va telemeditsina xizmatlarining kirib kelishi. Shu sababli bemorlar nafaqat iqtisodiy jihatdan maqbul, balki sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatadigan markazlarni izlab, turli davlatlarga yo‘l olmoqda. Xalqaro tajribalarni o‘rganish ilmiy-amaliy nuqtayi nazardan muhim, chunki har bir mamlakat o‘ziga xos siyosiy, iqtisodiy va madaniy sharoitda tibbiy turizmni rivojlantirgan. Masalan, ayrim davlatlar yuqori texnologiyalarga asoslangan jarrohlik va transplantatsiya xizmatlari bilan mashhur bo‘lsa, boshqalari an’anaviy shifo usullari, Ayurveda yoki sanatoriykurort infratuzilmasi orqali xalqaro e’tiborni jalb etmoqda. Bundan tashqari, xorijiy bemorlar oqimini boshqarish, investitsiyalarni jalb qilish, huquqiy-me’yoriy asoslarni mustahkamlash va barqaror rivojlanish tamoyillarini qo‘llash borasidagi yondashuvlar ham mamlakatdan mamlakatga sezilarli darajada farqlanadi. Shu jihatdan, tibbiy turizm sohasida xalqaro miqyosda muvaffaqiyat qozongan ayrim davlatlarning tajribalarini chuqur tahlil qilish dolzarb hisoblanadi. Ushbu bo‘limda Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, Tailand va Germaniya kabi mamlakatlarning ilg‘or amaliyotlari ko‘rib chiqiladi. Har bir mamlakat misolida ularning muvaffaqiyat omillari, boshqaruv va marketing strategiyalari, innovatsion yondashuvlari hamda barqarorlikka asoslangan tashabbuslari yoritib beriladi. Ushbu tahlillar xalqaro tibbiy turizm bozorining o‘ziga xos qonuniyatlarini aniqlash va kelgusida sohaning rivojlanish tendensiyalarini anglash imkonini beradi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 39 Janubiy Koreya tajribasi. Janubiy Koreya bugungi kunda dunyoning eng mashhur tibbiy turizm markazlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Mamlakat o‘tgan o‘n yillik davomida xorijiy bemorlarni jalb etishda ilg‘or tibbiy texnologiyalar, yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish va keng qamrovli davlat siyosati asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yil holatiga kelib Koreyaga tibbiy maqsadda tashrif buyurgan xorijiy bemorlarning kumulativ soni besh million nafardan oshgan, 2024 yilda esa birgina yil davomida 1,2 milliondan ortiq xorijiy bemor qabul qilinib, tarixiy rekord qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich Janubiy Koreyaning pandemiyadan keyingi davrda eng tez tiklangan tibbiy turizm bozorlaridan biri bo‘lganini ko‘rsatadi. COVID-19 yillarida bemorlar oqimi keskin kamayib, 2020 yilda 120 mingga tushgan bo‘lsa, 2021 yilda 146 ming, 2022 yilda 248 mingga ko‘tarildi va bu ko‘rsatkich 2019 yilgi 497 ming bemor darajasining yarmidan ortig‘ini tashkil etdi. 2023-yilda esa 606 ming xorijiy bemor tashrif buyurib, pandemiyadan oldingi darajadan 1,2 baravar yuqori natijaga erishildi. 2024 yilda ilk bor yillik ko‘rsatkich 1 milliondan oshdi. Tibbiy turizm dinamikasi doimiy o‘sishda bo‘lib, 2009 yilda 60 ming, 2015 yilda 300 ming, 2016 yilda 364 ming, 2019 yilda 500 ming bemor Koreyada davolangan. Bu jarayonlar Janubiy Koreya hukumati tomonidan ishlab chiqilgan “Medical Korea” brendi va marketing strategiyalari bilan chambarchas bog‘liq. Xorijiy bemorlarning geografiyasi ham sezilarli darajada kengaydi: bir o‘n yil oldin AQSh va Yaponiya bemorlari xorijiy bemorlarning yarmiga yaqinini tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyuruvchilar ulushi barqaror oshib bormoqda. 2023 yilda Koreyaga jami 198 davlatdan bemorlar kelgan. Bemorlar tomonidan eng ko‘p murojaat qilinadigan xizmatlar orasida dermatologiya birinchi o‘rinda turib, 2024 yilda bu bo‘limda 705 ming xorijiy bemor davolangan. Bu ko‘rsatkich koreys pop-madaniyati — K-pop va K-drama ta’siri ostida Koreya estetik va teri parvarishi xizmatlariga qiziqishning oshib borishi bilan bog‘liq. 2024-yilda ichki kasalliklar bo‘limiga 124 mingdan ortiq bemor tashrif buyurgan, umumiy jarrohlik bo‘limida esa 15,7 ming xorijiy bemor qabul qilingan va bu 2009-yildan buyon eng yuqori natija hisoblanadi. Plastik jarrohlik, dermatologiya va kosmetik muolajalar asosan Osiyo davlatlaridan kelgan bemorlar orasida mashhur bo‘lsa, AQSh va Rossiyadan kelgan bemorlar ko‘proq ichki kasalliklar va sog‘liqni umumiy tekshirish markazlariga murojaat qilgan. 2024-yilgi tahlillarga ko‘ra, xorijiy bemorlar eng ko‘p quyidagi yo‘nalishlarga murojaat qilgan: dermatologiya (23%), integrativ ichki kasalliklar (18%), plastik jarrohlik (12%), sog‘liqni tekshirish markazlari (8%), akusherlik-ginekologiya (4%), ortopediya (4%), integratsiyalashgan sharqona tibbiyot (3%), umumiy jarrohlik (3%) va stomatologiya (3%). Eng mashhur jarrohlik muolajalari — rinoplastika, blefaroplastika, yuz konturingi; ixtisoslashgan davolash xizmatlari orasida esa bepushtlikni davolash, organ transplantatsiyasi, onkologik terapiyalar, kardiologiya, umurtqa jarrohligi va ortopediya mavjud. Shuningdek, Janubiy Koreya robot-assist jarrohlik, regenerativ dermatologiya va ildiz hujayra texnologiyalari bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi. Xorijiy bemorlarning Koreya xizmatlariga bo‘lgan qoniqish darajasi juda yuqori: 2023yilgi so‘rovda ularning umumiy bahosi 89,2 ballni tashkil qilgan. Bu Koreya sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligini ko‘rsatadi. Numbeo va CEOWORLD reytinglariga ko‘ra, Koreya 2024-yilgi Health Care Index’da 110 mamlakat ichida 2-o‘rinni egallagan. Newsweek reytinglarida esa Seul Milliy Universiteti klinikasi, Asan Medical Center va Samsung Medical Center muntazam ravishda dunyoning eng yaxshi 250 shifoxonasi qatoridan joy oladi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 40 Koreyaning muvaffaqiyati narx-sifat uyg‘unligi, yuqori natijaviylik va qisqa kutish muddatlari bilan ham izohlanadi. Ko‘plab estetik va diagnostik xizmatlar AQSh yoki Yevropa davlatlariga nisbatan 30–80% arzonroq, shifoxona o‘rinlari va texnik ta’minot esa sezilarli darajada ko‘p: aholi jon boshiga 12,8 kasalxona o‘rni va har bir million aholiga 35 ta MRI apparati (OECD o‘rtacha ko‘rsatkichi 18). Koreyada sog‘liqni umumiy tekshirish (check-up) dasturlari jahon bozorida yetakchi hisoblanadi, 2024-yilda AQShdan kelgan bemorlar orasida ham check-up(ko‘rik) muolajalari plastik jarrohlikka qaraganda ko‘proq talab qilingan. Profilaktik tekshiruvlar (MRI, qon tahlillari, endoskopiya) qisqa vaqt ichida, odatda yarim kunda yakunlanadi. Jadval 1 Tibbiy turizm mutaxassislarining vazifalari Klassifikatsiya Ish turi Vazifa turi Koordinator Tibbiy turizm koordinatori Tibbiy turizm jarayonining umumiy rejasini tuzish va amalga oshirish, shuningdek, tibbiyot muassasalari va mijozlarga tegishli xizmatlarni taqdim etish Xalqaro klinika xizmati koordinatori Xorijiy bemorlarga klinik xizmatlar ko‘rsatishni tibbiy tajribaga asoslanib tashkil etish va boshqarish Xalqaro bemorlarni parvarishlash koordinatori Jarrohlikdan keyin og‘ir holatdagi bemorlarga maxsus parvarish xizmatlarini tibbiyot muassasasi ichida ko‘rsatish Tibbiy turizm tarjimonkoordinatori Tibbiy terminologiya va tajribaga asoslangan tarjima xizmatini ko‘rsatish, shunda bemor va tibbiyot xodimlari birbirlarini aniq tushunishlari mumkin bo‘ladi Marketolog Tibbiy turizm targ‘ibotchisi / marketolog Tibbiy turizm paketlari uchun reklama strategiyalari va rejalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish Tibbiy turizm paketlari rejalashtiruvchisi Tibbiy turizm paketlarini rejalashtirish va ishlab chiqishda mutaxassis Tibbiy turizm bo‘yicha maslahatchi Maslahat xizmatlarini ko‘rsatish, jumladan, tibbiy turizm infratuzilmasini yaratish, strategiyalarni amalga oshirish, tibbiyot muassasalariga xorijiy bozorlarga kirishga yordam berish va xalqaro bemorlarni jalb etish uchun boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish Koreya hukumati tibbiy turizmni strategik milliy sanoat sifatida rivojlantirish siyosatini olib bormoqda. Asosiy huquqiy baza — “Medical Services Act” xorijiy bemorlarni jalb qilish tartibini belgilab, faqat ro‘yxatdan o‘tgan klinikalar va agentliklarga ruxsat beradi; ro‘yxatdan o‘tmagan muassasalarga sanksiyalar qo‘llaniladi. Barcha ro‘yxatdan o‘tgan tibbiyot muassasalari tibbiy xatoliklar sug‘urtasiga ega bo‘lishi shart. Maxsus tibbiy vizalar — qisqa muddatli (C-3-3) va uzoq muddatli (G-1-10) vizalar — xorijiy bemorlar va ularning hamrohlariga 90 kungacha qolishga ruxsat beradi, zarurat tug‘ilganda uzaytiriladi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 41 2013-yilda Koreya dunyoda birinchi bo‘lib xalqaro tibbiy turizm koordinatori — International Meditour Coordinator (IMC) milliy malaka tizimini joriy etdi. Bu mutaxassislar bemorlarning safarini tashkil etishdan tortib, davolanish va reabilitatsiyaga qadar “one-stop” ko‘makni ta’minlaydi. IMClar tibbiy turizm marketingi, risk-menejment, tarjima, turpaketlar va parvarish xizmatlarini birlashtiradi. Milliy texnik malaka tizimi orqali sertifikat olgan IMClar davlat idoralari, shifoxonalar va turizm kompaniyalarida ishga joylashish imkoniyatiga ega. Ushbu tizimga ko‘ra tibbiyot turizmi mutaxassislarining vazifalari quyidagicha taqsimlanadi. Koreya sog‘liqni saqlash sanoatini xalqaro miqyosda ilgari surish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Madaniyat, sport va turizm vazirligi Wellness va Medical Tourism Convergence Cluster loyihasini amalga oshirib, Seul va metropoliten markazlari tashqarisida tibbiy infratuzilmani rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Incheon, Daegu–Gyeongbuk va Busan shaharlarida plastik jarrohlik, dermatologiya, onkologiya va transplantatsiya yo‘nalishlari rivojlantirilsa, Gangvon, Chungbuk va Jeonbuk viloyatlarida issiq buloqlar, o‘rmonlarda salomatlikni tiklash, sharqona tibbiyot asosida wellness turizm kengaytirilmoqda. Davlat siyosati Koreyani tibbiy turizm bozorida global yetakchiga aylantirishga qaratilgan. Hukumat 2027-yilgacha har yili 700 ming xorijiy bemor jalb etishni maqsad qilgan. Buning uchun “Medical Korea — Smart Care” tashabbusi doirasida Koreya sog‘liqni saqlash sanoati rivojlantirish instituti (KHIDI) tomonidan marketing, akkreditatsiya, tarjima va birlashtirilgan xizmatlar ta’minlanmoqda. Hukumat xorijiy bemorlar uchun integratsiyalashgan xizmatlarni yaratishga, shifoxonalar va turizm obyektlarini bog‘lashga alohida e’tibor qaratmoqda. Shunday qilib, Janubiy Koreya tajribasi tibbiy turizmni milliy strategik sanoat sifatida rivojlantirishning eng samarali modellari qatoriga kiradi. Bu modelda yuqori texnologiya, kuchli infratuzilma, davlat siyosati, kadrlar malakasi, bemorlar huquqlarining himoyasi, marketing va madaniy brend (“hallyu”) uyg‘unlashgan. Koreya tajribasi O‘zbekiston uchun ham dolzarb bo‘lib, milliy brend yaratish, maxsus vizalar joriy etish, hududiy wellness va tibbiy turizm klasterlarini rivojlantirish, xalqaro akkreditatsiya va sifat kafolatlarini yo‘lga qo‘yishda samarali yo‘l xaritasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Hindiston tajribasi. Hindistonda sog‘liqni saqlash tarixi sivilizatsiyaning o‘zi bilan tengdir. Britaniya mustamlakachiligi davrigacha ham bu mamlakatda katarakta, kesarcha kesish, plastik jarrohlik va hatto miya operatsiyalari amalga oshirilgan. 2600 yildan ortiq vaqt avval yashagan Sushruta – Hind jarrohligining asoschisi – 125 dan ortiq jarrohlik asboblaridan foydalangan holda murakkab operatsiyalarni bajargan. Bugungi kunda esa hind shifokorlari har qanday murakkab operatsiyalarni amalga oshirishga qodir. Zamonaviy tibbiy infratuzilma, ilg‘or texnologiyalar va malakali mutaxassislarning uyg‘unligi Hindistonni g‘arbiy tibbiyot amaliyoti bilan milliy tajribaning noyob qo‘shilmasiga aylantirgan. Katta tibbiyot kompaniyalari xorijiy texnika va bilimlarni olib kirib, mamlakatda dunyo standartlariga mos shifoxonalar tashkil etmoqda. Natijada Hindiston tibbiyot xizmati sifati yildan-yilga oshib, zamonaviy, innovatsion va dinamik tizimga aylanmoqda. Hindiston bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar, malakali mutaxassislar, tez rivojlanayotgan farmatsevtika sanoati va boy madaniy merosi bilan dunyoning yetakchi tibbiy turizm yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Har yili millionlab bemorlar maslahat, davolanish yoki sog‘lomlashtirish uchun bu mamlakatga tashrif buyuradi. Robot yordamida jarrohlik amaliyoti, regenerativ tibbiyotdagi yutuqlar, stem-hujayra tadqiqotlari Hindiston tibbiyotining yangi bosqichga ko‘tarilganidan dalolat beradi. Sog‘liqni saqlashdagi yuqori standartlarni ta’minlash maqsadida Milliy Akkreditatsiya Kengashi (NABH) tomonidan shifoxonalar uchun qat’iy INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 42 me’yorlar ishlab chiqilgan. Ko‘plab hind shifoxonalari JCI akkreditatsiyasiga ega bo‘lib, bu ularni AQShdagi sog‘liqni saqlash muassasalari bilan tenglashtiradi. Shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropada ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan ko‘plab shifokorlar Hindistonda o‘z klinikalarini tashkil etgan yoki xususiy shifoxonalarda amaliyot olib boradi. Yurak jarrohligi, ortopediya, stomatologiya, kosmetik jarrohlik, organ transplantatsiyasi kabi yo‘nalishlar eng ko‘p talab qilinadigan sohalardir. Bundan tashqari, Ayurveda, yoga va naturoterapiya kabi muqobil davolash usullari ham Hindistonga alohida ustunlik beradi. (Surgery Tours India, 2024: p. 12) Hozirgi kunda Hindistonda tibbiy turizm mamlakat iqtisodiyotining tez o‘sib borayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. 2022-yilda Hindistonning tibbiy turizm sohasi qiymati 9 milliard AQSh dollariga baholangan. Har yili 78 mamlakatdan taxminan 2 million bemor tibbiy davolanish, sog‘lomlashtirish va sun’iy urug‘lantirish (IVF) muolajalari uchun Hindistonga tashrif buyuradi. Bu soha yiliga 6 milliard dollar daromad keltiradi va 2026-yilga borib 13 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Ushbu jarayon Hindiston hukumati tomonidan ilgari surilgan “Heal in India” tashabbusi bilan qo‘llab-quvvatlanmoqda. 2019-yilgi Hindiston Savdosanoat palatasi (FICCI) va Ernst & Young hisobotiga ko‘ra, Hindistonga kelayotgan tibbiy bemorlarning aksariyati Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika va SAARC mintaqasidan bo‘lib, shuningdek, Avstraliya, Kanada, Xitoy, Rossiya, Buyuk Britaniya va AQShdan ham ko‘plab bemorlar tashrif buyurishadi. Chennay shahri esa Hindistonning “sog‘liqni saqlash poytaxti” sifatida tan olingan. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasining tez rivojlanishi tibbiyot, IT va outsourcing xizmatlarining rivojlanishiga ham turtki bo‘ldi. Hindistonning 100 dan ortiq universiteti va o‘n minglab kollejlarida muntazam ravishda malakali tibbiyot xodimlari tayyorlanmoqda. Hukumat turli grantlar va stipendiyalar orqali tibbiyot ta’limini qo‘llab-quvvatlamoqda. Ko‘plab talabalar AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropadagi tajribali jarrohlar qo‘l ostida amaliyot o‘tash imkoniga ega bo‘ladi. Bugungi kunda mamlakatda qariyb 950 ming mutaxassis, 4000 dan ortiq shifoxona va minglab sog‘lomlashtirish markazlari faoliyat yuritadi. Bu Hindistonni tibbiy turizm uchun eng qulay yo‘nalishlardan biriga aylantiradi. Tibbiy turizmni yanada rivojlantirish maqsadida 2019-yil fevral oyida Hindiston hukumati tibbiy sayohatchilar uchun elektron viza tizimini kengaytirdi. Bu viza orqali mamlakatda qolish muddati 6 oygacha etib belgilangan. 2019-yil avgustidan boshlab xorijliklar Hindistonda organ ko‘chirib o‘tkazishdan tashqari barcha tibbiy muolajalarni maxsus tibbiy visasiz olishi mumkin bo‘ldi. 2023-yil avgust oyida esa Hindiston Ichki ishlar vazirligi “Ayush Visa” nomli yangi viza turini joriy etdi. Bu tashabbus xorijiy bemorlar uchun sog‘lomlashtirish sayohatlarini rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, hozirda texnologik kompaniyalar ham onlayn tibbiy turizm xizmatlarini yo‘lga qo‘ymoqda. Hindistonda tibbiy davolanishning asosiy ustunliklari — xizmatlarning arzonligi, zamonaviy tibbiy texnologiyalar, xalqaro sifat standartlariga moslik, shuningdek, AQSh va Buyuk Britaniyada ta’lim olgan malakali shifokorlar hamda ingliz tilida so‘zlashuvchi tibbiyot xodimlarining mavjudligidir. Shu sababli, xorijiy bemorlar Hindistonda til to‘siqlariga deyarli duch kelmaydi. Eng mashhur tibbiy muolajalar qatoriga yurak operatsiyalari, bo‘g‘im almashtirish, plastik jarrohlik, stomatologiya, saratonni davolash va oftalmologik amaliyotlar kiradi. Eng nufuzli shifoxonalar qatorida Apollo Hospitals, Fortis Healthcare, Max Healthcare va Medanta – The Medicity bor. Ularning aksariyati NABH (National Accreditation Board for Hospitals & INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 43 Healthcare Providers) hamda JCI (Joint Commission International) tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan. Ko‘plab klinikalar xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan bo‘lib, bemor xavfsizligi va xizmat sifati bilan ajralib turadi. Davolanish narxlari G‘arb mamlakatlariga qaraganda ancha arzon — o‘rtacha 60–90 foizgacha tejamkorlikni ta’minlaydi. Masalan, AQShda 100 ming dollarga tushadigan yurak bypass operatsiyasi Hindistonda atigi 5–8 ming dollar atrofida. Tizza chanoqlarini almashtirish 4–9 ming dollar, son bo‘g‘imini almashtirish esa 5–10 ming dollar oralig‘ida turadi. 2024-yilga kelib, Hindistonda davolanish uchun kelgan xorijiy sayyohlar soni 650 ming nafardan oshdi, bu ko‘rsatkich 2020-yildagi 180 mingdan uch baravar ko‘pdir. 2025-yilning dastlabki to‘rt oyida esa 131 mingdan ortiq bemor mamlakatga davolanish uchun tashrif buyurgan. Mutaxassislarning fikricha, tibbiy turizm bozori 2025-yilda 18,2 milliard dollarni tashkil etadi va 2035-yilga borib 58,2 milliard dollarga yetadi. Xorijiy bemorlar orasida Hindistonda eng ko‘p talab qilinadigan muolajalar qatoriga yurak-qon tomir kasalliklarini davolash, neyroxirurgik amaliyotlar, tizza bo‘g‘imi protezlari, kosmetik operatsiyalar va stomatologik xizmatlar kiradi. Hindiston, shuningdek, Osiyodagi boshqa tibbiy turizm yo‘nalishlari — Tailand, Singapur, Kuala-Lumpur yoki Seulga nisbatan xizmat narxi eng past bo‘lgan mamlakat sifatida ajralib turadi. Jadval 2. Tibbiy muolajalarning nisbiy narxi, Hindiston va boshqa Osiyo yo‘nalishlari (AQSH dollarida $) Tibbiy muolaja Hindiston Malayzia Tayland Singapur Janubiy Koreya Yurak ko‘chirib o‘tkazish 7,900 12,100 15,000 17,200 26,000 Angioplastika 5,700 8,000 4,200 13,400 17,700 Klapanlarni almashtirish 9,500 13,500 17,200 16,900 39,900 Chanoq almashtirish 7,200 8,000 17,000 13,900 21,000 Tizza bo‘g‘imini almashtirish 6,600 7,700 14,000 16,000 17,500 Turkiya tajribasi. Turkiya bugungi kunda jahon miqyosidagi eng yirik tibbiy turizm markazlaridan biri sifatida tan olingan bo‘lib, Yevropa, Yaqin Sharq, Osiyo va boshqa mintaqalardan kelayotgan bemorlarni o‘ziga jalb etmoqda. Geografik joylashuvi, zamonaviy infratuzilmasi va raqobatbardosh davolanish narxlari bilan G‘arb mamlakatlari sog‘liqni saqlash tizimlariga kuchli muqobil sifatida qaraladi. Istanbul, Ankara, Antalya va Izmir kabi yirik shaharlardagi klinikalar zamonaviy texnologiyalar, xalqaro akkreditatsiyalarga ega shifoxonalar hamda ko‘p tilli xodimlari bilan tanilgan. Turkiyada kosmetik jarrohlik, stomatologiya, oftalmologiya, organ transplantatsiyasi yoki onkologik davolash kabi murakkab tibbiy jarayonlardan tortib, estetik muolajalargacha bo‘lgan xizmatlar yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan. Turkiyaning davolash madaniyati chuqur tarixiy ildizlarga ega. Asrlar davomida xalq tabobati, o‘simlik terapiyalari va mashhur turk hammomlari orqali sog‘lomlashtirish an’analari INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 44 shakllangan. Bugungi kunda esa mamlakat yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiyot markaziga aylangan. Hukumatning sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlari, davlat-xususiy sheriklik dasturlari hamda tibbiy turizmni qo‘llab-quvvatlash siyosati natijasida ko‘plab mahalliy shifoxonalar xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda. Bemor markazida bo‘lgan xizmat madaniyati, turk xalqi mehmondo‘stligi va insoniy munosabati davolanish jarayonida ishonchli muhit yaratadi. Turkiya ayniqsa kosmetik va rekonstruktiv jarrohlik, soch ekish, stomatologiya hamda ko‘z jarrohligi bo‘yicha yuqori natijalarga ega. Bundan tashqari, in vitro urug‘lantirish (IVF), ortopediya, minimal invaziv va robotlashtirilgan jarrohlik amaliyotlari ham keng qo‘llaniladi. Davolanish narxlari AQSh, Buyuk Britaniya yoki Germaniya kabi mamlakatlarga nisbatan 50– 70% arzonroq bo‘lib, ko‘pincha kutish muddati qisqa, paket xizmatlar esa mehmonxona va transport bilan birgalikda taqdim etiladi. Shifokorlarning aksariyati xalqaro tajribaga ega, ingliz tilini yaxshi biladi va ko‘plab shifoxonalar Yevropa hamda Shimoliy Amerikadagi nufuzli tibbiy institutlar bilan hamkorlik qiladi. (MedicalTourism.com, n.d.: b.7) USHAŞ (Turkiya davlat tibbiyot kompaniyasi) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda mamlakat 1,5 milliondan ortiq xalqaro bemorni qabul qilib, 3 milliard AQSh dollaridan ortiq daromad olgan. 2025-yilga kelib Turkiya sog‘liqni saqlash bo‘yicha Global Relocate Index reytingida 26-o‘rinni egalladi, bu esa Kanada, AQSh, Shvetsiya, Avstraliya va Yangi Zelandiyadan yuqori natija hisoblanadi. WIPO Global Innovation Index bo‘yicha esa Turkiya 133 ta iqtisodiyot orasida 37-o‘rinni egallab, innovatsion tibbiy yechimlarda yetakchi sifatida e’tirof etilgan. Memorial, Acıbadem, Koç va boshqa yirik sog‘liqni saqlash guruhlari eng ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan klinikalarga ega. 2024-yil sentabr oyida Koç sog‘liqni saqlash tizimining ikkita shifoxonasi (Koç University Hospital va Amerikan Hospital) AQShdagi mashhur Mayo Clinic Care Network tarmog‘iga qo‘shildi. Bu Yevropada ushbu tarmoqka qo‘shilgan ilk muassasalar bo‘ldi. (USHAŞ 2024 15b) “Placid Way” platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, bemorlar o‘z mamlakatida davolanish o‘rniga Turkiyada tibbiy muolajalar o‘tkazish orqali 50 foizdan 70 foizgacha mablag‘ tejashlari mumkin. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda yashovchi fuqarolar tish davolash yoki kosmetik jarrohlik kabi, sug‘urta bilan qoplanmaydigan xizmatlar uchun xorijga chiqib, ancha arzon narxlarda sifatli davolanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Jadval 3. Turkiya va boshqa mamlakatlarda keng tarqalgan tibbiy muolajalar uchun o‘rtacha xarajatlarning qiyosiy sharhi 2024-yilda mamlakatlar bo‘yicha soch ko‘chirib o‘tkazishning o‘rtacha narxi (AQSH dollarida) - Medihair platformasi ma’lumotlari asosida Turkiya AQSh Kanada Buyuk Britaniya Avstriya Fransiya Germaniya Italiya Ispaniya Polsha $2,675 €2,570 £2,138 $13,610 $17,500 $8,050 $13,751 $8,379 $7,372 $7,097 $5,267 $5,647 2024-yilda mamlakatlar bo‘yicha ko‘z lazik operatsiyasining o‘rtacha narxi AQSh dollarida (Placid Way tibbiy turizm INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 45 kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra) Turkiya AQSh Kanada Buyuk Britaniya Avstriya Fransiya Germaniya Belgiya Ispaniya Shvetsariya $1,265 €1,214 £1,011 $4,400 $2,705 $1,795 $1,151 $2,244 $1,458 $2,804 $1,189 $3,700 2025-yilda AQSH dollarida ($) bitta tish implantining o‘rtacha qiymati (Tibbiy turizm korporatsiyasi va Qunomedical ma’lumotlariga ko‘ra) Turkiya AQSh Kanada Buyuk Britaniya Avstriya Xorvatiya Germaniya Vengriya Chexiya Polsha $570 €547 £455 $3,750 $1,950 $2,950 $5,500 $730 $1,770 $1,146 $1,146 $1,146 2025-yilda AQSHda rinoplastika amaliyotining o‘rtacha narxi (Wupdoc ma’lumotiga ko‘ra) Turkiya AQSh Meksika Buyuk Britaniya BAA Tayland Ispaniya Italiya Xorvatiya Polsha $2,700 €2,600 £2,166 $7,250 $3,230 $7,030 $7,030 $3,280 $6,250 $6,770 $3,385 $5,730 Turkiyada davolanish jarayonini qulay tashkil etish uchun davlat HealthTurkey nomli rasmiy onlayn platformani ishga tushirgan. Bu portal xalqaro bemorlar va turk tibbiy muassasalari o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarib, bemorlar uchun qulay, shaffof va tezkor xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Vizalar esa ko‘p hollarda elektron tarzda rasmiylashtiriladi yoki ko‘plab mamlakat fuqarolari uchun vizasiz kirish imkoniyati mavjud. (Bose S., 2025: 5b.) Turkiyada 40 ta tibbiy muassasa Joint Commission International (JCI) tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lib, ulardan 25 tasi Istanbulda joylashgan. Bular orasida 4 ta akademik tibbiyot markazi, 3 ta ambulatoriya dasturi va 32 ta shifoxona dasturi mavjud. Barcha muassasalar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qat’iy litsenziyalash va sifat nazoratidan o‘tadi. Tibbiy turizm bilan shug‘ullanadigan klinikalar xorijiy tillarni bilish sertifikatiga yoki Xalqaro Sog‘liqni saqlash turizmi (IHT) litsenziyasiga ega bo‘lishi kerak. Bu hujjatlar diagnostika, davolash va reabilitatsiya xizmatlarini xalqaro darajada ko‘rsatish imkonini beradi. Bemorlarning huquqlari, xavfsizligi va maxfiyligi qonuniy tarzda himoya qilinadi. Malpractice holatlarida bemorlar Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki shifoxonaga nisbatan da’vo arizasi bilan murojaat qilish huquqiga ega. So‘nggi yillarda xalqaro bemorlar tomonidan Turkiyada amalga oshirilgan tibbiy muolajalar, xususan kosmetik jarrohlik, stomatologiya va soch ekish operatsiyalari yuqori muvaffaqiyat ko‘rsatkichlarini namoyon etmoqda. Statista portali ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-