scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SIMILARITIES AND DIFFERENCES BETWEEN ENGLISH AND UZBEKISTAN MUSICAL THEATRE TERMS

Ibodullayeva, Dinora

Abstract

This article analyzes the similarities and differences between English and Uzbek musical theatre terms based on linguistic, cultural, and semantic criteria. The study explores the use of international musical theatr terms in both languages, the formation of culture-specific terms within each theatrical tradition, and the processes of semantic adaptation in stage performance. The findings demonstrate that while English and Uzbek musical theatre share a number of universal lexical items, their national-cultural terms show significant divergence. The research provides a theoretical foundation for contrastive studies in musical theatre terms.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 448 INGLIZ VA O‘ZBEK MUSIQALI TEATR TERMINLARINING O‘XSHASHLIK VA FARQLI JIHATLARI Ibodullayeva Dinora Bahramjanovna Termiz iqtisodiyoti va servis universiteti, o‘qituvchi E-mail:[email protected] https://orcid.org/0009-0009-8342-1268 Phone: +998907499977 Annotatsiya Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek musiqali teatri terminlarining o‘xshash va farqli jihatlari lingvistik, madaniy hamda semantik mezonlar asosida tahlil qilinadi. Xalqaro musiqali teatr terminlarining ikki tilga kirib kelish jarayoni, milliy teatr tizimiga xos atamalar shakllanishi va semantik moslashuv darajasi ilmiy asosda o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari ingliz va o‘zbek musiqa teatri leksikasida umumiyliklar mavjud bo‘lsa-da, milliy madaniyatga xos terminlar sezilarli farq qilishini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: musiqali teatri, termin, ingliz tili, o‘zbek tili, sahna san’ati, lingvistik tahlil. Annotation This article analyzes the similarities and differences between English and Uzbek musical theatre terms based on linguistic, cultural, and semantic criteria. The study explores the use of international musical theatr terms in both languages, the formation of culture-specific terms within each theatrical tradition, and the processes of semantic adaptation in stage performance. The findings demonstrate that while English and Uzbek musical theatre share a number of universal lexical items, their nationalcultural terms show significant divergence. The research provides a theoretical foundation for contrastive studies in musical theatre terms. Keywords: musical theatre, terms, English, Uzbek, stage arts, linguistic analysis. Аннотация В данной статье рассматриваются сходства и различия терминов музыкального театра в английском и узбекском языках на основе лингвистических, культурных и семантических критериев. Исследование анализирует использование международных музыкальных терминов в обоих языках, формирование национально-специфичных театральных понятий, а также процессы семантической адаптации в сценическом искусстве. Результаты показывают, что, несмотря на наличие общих международных терминов, национально-культурные особенности английского и узбекского музыкального театра значительно различаются. Работа служит теоретической основой для дальнейших сопоставительных исследований в области театральной терминов. Ключевые слова: музыкальный театр, термин, английский язык, узбекский язык, сценическое искусство, лингвистический анализ. KIRISH Musiqali teatri (musical theatre) zamonaviy sahna san’atining yirik tarmoqlaridan biri bo‘lib, undagi terminlar nafaqat san’at mazmunini, balki madaniy qadriyatlar va professional sahna jarayonlarini ham aks ettiradi. Ingliz va o‘zbek musiqali teatrlarida qo‘llaniladigan terminlar lingvistik jihatdan turli manbalarga tayanadi: ingliz terminlarining aksariyati lotin, italyan va yunon tillariga, o‘zbek ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 449 musiqali teatri terminlari esa mahalliy folklor, Shashmaqom an’analari, rus va turkiy manbalarga suyanadi. Mazkur maqola ingliz va o‘zbek musiqali teatri terminlarining o‘xshashlik va farqli jihatlarini ilmiy asosda taqqoslashga qaratilgan. Metodlar Tadqiqot quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi: - Taqqosiy-lingvistik metod - ingliz va o‘zbek musiqali teatri terminlari leksik-semantik taqqoslandi. - Etimologik tahlil - xalqaro musiqaga oid terminlarining ikki tilga kirib kelishi o‘rganildi. - Deskriptiv metod - terminlarning qo‘llanish sohasi, funksiyasi va semantik xususiyatlari tasvirlandi. - Madaniyatlararo tahlil - ingliz (Broadway va West End), o‘zbek musiqa teatri (maqom, musiqali drama, folk an’analari) asosida tahlil qilindi. Manba sifatida ingliz tilidagi musical theatre lug‘atlari, o‘zbek musiqa va teatr terminlari bo‘yicha ilmiy adabiyotlar, shuningdek O‘zbek davlat musiqa teatri repertuarlari va ingliz sahna san’ati terminologik manbalari foydalanildi. Natijalar 1. Birinchi navbatda o‘xshashliklarni ko‘rib chiqamiz: 1.1. Xalqaro musiqa terminlari ikki tilda bir xil qo‘llaniladi. Ko‘plab terminlar italyan-cholg‘u san’atidan kelib chiqqan: quyida terib chiqilgan so‘zlar asosida bilib olish mumkin. Inglizcha O‘zbekcha Opera Opera Aria Ariya Libretto Libretto Duet Duet Forte Forte Tempo Tempo Bu terminlarning ikki tilda umumiyligi musiqali teatr san’atining global tabiatidan dalolat beradi. 1.2. Sahnadagi jarayonlar uchun umumiy texnik terminlar ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 450 Mazmun bir xil, lekin fonetik moslashuv mavjud. 2. inglz va o‘zbek musiqali teatr terminlarning farqli jihatlar 2.1. Mahalliy madaniyatga xos terminlar O‘zbek musiqali teatrida milliy folklor va maqom san’ati asosida shakllangan terminlar mavjud: - Maqom - Yalla - Ashula - Doston - Dutorchi - sozanda Ingliz musiqali teatrida ularga to‘liq ekvivalent yo‘q. 2.2. Musical theatre janrlari ingliz tilida ko‘proq rivojlangan. Ingliz tilida mavjud, o‘zbek tilida bevosita ekvivalenti yo‘q terminlar: - musical - show tune - Broadway - West End - sound designer - casting director - stage manager Bu tizimning o‘zbek teatrida yangi shakllanayotganini ko‘rsatadi. 2.3. Terminlarning tuzilishi farq qiladi - Ingliz tilida: cast, cue, tone, pitch - qisqa va aniq tavsiflangan. - O‘zbek tilida: aktyorlar tarkibi, sahnaga chiqish signali, ohang balandligi - tavsifiy birikmalar. 2.4. Fonetik va morfologik moslashuv. Borrowing (o‘zlashma so‘zlar) terminlar o‘zbek tilida so‘z yasovchi qo‘shimchalar orqali moslashadi: - symphony → simfoniya ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 451 - chorus → xor - musical → musiqali drama (semantik kengayish kuzatilyapti) Muhokama Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ingliz va o‘zbek musiqali teatr terminlari o‘rtasida lingvistik va madaniy masofalar mavjud. Xalqaro musiqa terminlari ikki til uchun umumiy bo‘lsa-da, musiqali teatrning ichki tizimi, madaniy ildizlari va janr tizimlari tufayli o‘ziga xos farqlar vujudga kelgan. Ingliz musical theatre( musiqali teatr) professional industriyaga aylangan bo‘lsa, o‘zbek musiqali teatr milliy folklor va maqom an’analariga tayanadi. Bu esa terminlar shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xulosa Ingliz va o‘zbek musiqa teatrlarida qo‘llaniladigan terminlar bir qator jihatlarga ko‘ra o‘xshash bo‘lsa-da, milliy madaniyat, tarixiy rivojlanish va sahna an’analari tufayli sezilarli farqlar mavjudligi aniqlandi. Tadqiqot musiqali teatri terminining mustaqil lingvistik tizim sifatida o‘rganilishi zarurligini ko‘rsatadi. Ushbu maqola musiqali teatr terminini chuqur tahlil qilishga, lug‘atlarni boyitishga va terminologiya standartlarini takomillashtirishga hissa qo‘shadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Everett W., Laird P. The Cambridge Companion to the Musical. - Cambridge University Press, 2008. - 300 p. 2. Pavis P. Dictionary of Theatre. - London: Methuen, 1998. - 496 p. 3. Каримов О. “Театр санъати асослари”. - Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1990. 4. Маданият ва санъат атамаларининг изоҳли луғати / тузувчилар: Абдужаббор Умаров, Мансур Бекмуродов ; масъул муҳаррир Баxtiyor Саидхўжаев. - Тошкент : Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 2015. - 354 б. 5. Хожиев А. Лингвистик терминларнинг изоҳли луғати. - Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, 2002. – 408 б.