TIBBIYOT TURIZMINING RIVOJLANISH TARIXI VA NAZARIY TAHLILLARI
Abstract
Mazkur maqolada tibbiyot turizmining tarixiy ildizlari, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy davrdagi o‘rni yoritilgan. Unda qadim zamonlardan boshlab insonlarning malakali shifokorlardan yordam olish maqsadida uzoq masofalarga safar qilgani, shuningdek, Chor Rossiyasi davrida zodagonlar orasida chet elda davolanish urf bo‘lgani haqida so‘z yuritiladi. Bugungi kunda tibbiy turizmning qayta tiklanishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati, bemorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar tahlil qilinadi. Maqolada tibbiy turizmning asosiy rag‘batlantiruvchi omillari tejamkorlik, yuqori malakali mutaxassislar, zamonaviy texnologiyalar, vaqt omili va anonimlik kabi jihatlar keltirilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 111 TIBBIYOT TURIZMINING RIVOJLANISH TARIXI VA NAZARIY TAHLILLARI Dilnoza Tairova Toshkent Turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi mahsus fan o’qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17610023 Annotatsiya. Mazkur maqolada tibbiyot turizmining tarixiy ildizlari, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy davrdagi o‘rni yoritilgan. Unda qadim zamonlardan boshlab insonlarning malakali shifokorlardan yordam olish maqsadida uzoq masofalarga safar qilgani, shuningdek, Chor Rossiyasi davrida zodagonlar orasida chet elda davolanish urf bo‘lgani haqida so‘z yuritiladi. Bugungi kunda tibbiy turizmning qayta tiklanishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati, bemorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar tahlil qilinadi. Maqolada tibbiy turizmning asosiy rag‘batlantiruvchi omillari tejamkorlik, yuqori malakali mutaxassislar, zamonaviy texnologiyalar, vaqt omili va anonimlik kabi jihatlar keltirilgan. Kalit so’zlar: tibbiyot turizmi, suv muolajasi, ilg‘or tibbiy texnologiyalar, davolanish, xorij tajribasi, tezkor tashxis, mineral buloq, sanatoriya, mustaqil tarmoq Tibbiyot turizmi hozirgi zamon mahsuli emas u qadim davrlardayoq mavjud bo‘lgan. O‘sha paytlarda ham odamlar tajribali tabiblardan sifatli davolanish olish uchun uzoq masofalarni bosib o‘tishga majbur bo‘lganlar. Masalan, Chor Rossiyasi davrida zodagonlar orasida Germaniya yoki Chexiya kabi mamlakatlarga sog‘lomlashtiruvchi “suv muolajalari” uchun borish urfga aylangan edi. Bugungi kunda esa Rossiya va MDH mamlakatlarida tibbiy turizm yangi bosqichga chiqdi. Ko‘plab bemorlar xorijda davolanishni o‘z yurtidagi tibbiy xizmatlarga munosib muqobil sifatida qabul qilmoqda. Yevropa, AQSh va Osiyo davlatlarida davolanishga bo‘lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda, minglab bemorlar xorijiy klinikalarga murojaat qilmoqda. Buning asosiy sababi xalqaro tibbiyot markazlarining yuqori darajadagi xizmatlari, tajribali mutaxassislar, qisqa muddatli tashxis va davolash jarayoni hamda narxlarning nisbatan arzonligidir. Chet elda davolanishga bo‘lgan ehtiyoj, ayniqsa, noyob yoki murakkab kasalliklarga chalingan bemorlar uchun muhim hisoblanadi, chunki bunday hollarda malakali tibbiy yordam ularning yashash mamlakatida mavjud bo‘lmasligi mumkin. Tibbiy turizmni rivojlanishga undovchi besh asosiy omil mavjud: 1. tejamkor xizmatlar; 2. ilg‘or tibbiy texnologiyalar; 3. malakali shifokorlar; 4. davolanishni kutish muddatining qisqaligi; 5. qo‘shimcha omillar anonimlik, sayohatni dam olish dasturlari bilan birlashtirish imkoniyati va boshqalar. Bemorlar nafaqat klinikalarda, balki tabiat qo‘ynidagi oromgohlarda ham sog‘lig‘ini tiklab, bir vaqtning o‘zida professional tibbiy xizmatdan foydalanishlari mumkin. Masalan, Isroildagi Gersliya tibbiyot markazi, Kineret ko‘li bo‘yidagi sanatoriyalar yoki Golan tog‘idagi “Xamat Tveriya” markazi dunyo miqyosida mashhurdir. "Patient’s Beyond Borders" xalqaro
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 112 tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, tibbiy turizm har yili o‘rtacha 40 milliard AQSh dollari daromad keltirmoqda. AQShda 100 milliondan ortiq bemor sug‘urta xarajatlarini to‘liq qoplay olmagani sababli, Hindiston yoki Tailand kabi mamlakatlarda davolanishni tanlamoqda. U yerda tibbiy xizmatlar 4–10 baravar arzonroq. Kanada va Buyuk Britaniya fuqarolari esa davlat sug‘urtasiga ega bo‘lishiga qaramay, navbatda uzoq kutish (ba’zan 2 yilgacha) sababli chet elda davolanishni afzal bilishadi. Hozirgi kunda Hindiston, Turkiya, Singapur, Tailand, Braziliya, Meksika va Janubiy Koreya kabi davlatlar tibbiy turizm bozorida yetakchilik qilmoqda. Masalan, Tailandga yiliga 1,2 million, Meksikaga esa 1 milliondan ortiq bemor tashrif buyuradi. AQSh va boshqa rivojlangan davlatlarda sog‘liqni saqlash xarajatlarining yuqoriligi tibbiy turizmni arzonroq muqobil sifatida ko‘rilishiga olib kelgan. Shu sababli ko‘plab rivojlanayotgan davlatlar sifatli tibbiy xizmatni past narxlarda taklif etish orqali ushbu bozorni rivojlantirmoqda. Biroq, sifat masalasi tibbiy turizmning asosiy muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Uni hal qilish uchun xalqaro akkreditatsiya, marketing strategiyalari va sifat nazorat tizimlari joriy etilmoqda. Bemorlar ko‘p hollarda kosmetik jarrohlik, stomatologiya, organ transplantatsiyasi, kardiologik va ortopedik operatsiyalar uchun chet elga chiqishadi. Shuningdek, reproduktiv turizm sun’iy urug‘lantirish, surrogat homiladorlik kabi xizmatlar ham tobora ommalashib bormoqda. Tarixan Buyuk Britaniyada dengiz bo‘yidagi kurortlar (Blekpul, Margeyt) shifobaxsh suvlar va dengiz havosiga bo‘lgan ishonch asosida tashkil etilgan. Shunga o‘xshash tarzda, Shveytsariya, Avstriya, Germaniya va Vengriya kabi mamlakatlarda ham sanatoriylar va mineral buloq atroflarida sog‘lomlashtirish markazlari paydo bo‘lgan. Temir yo‘l transportining rivojlanishi esa bu joylarga tashrif buyuruvchilar sonini oshirgan. Zamonaviy tibbiy turizmni rivojlantirishda HealthCare Trip, EuMTA (Yevropa Tibbiy Turizm Ittifoqi) kabi xalqaro tashkilotlar muhim rol o‘ynaydi. Ularning maqsadi — bemorlarning xavfsizligini ta’minlash, akkreditatsiyalangan klinikalarni targ‘ib qilish va global sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarga muqobil yechim taklif etishdir. Turkiya Tibbiyot Turizmi Assotsiatsiyasi (TTTA) esa har kuni 160 dan ortiq mamlakatdan kelgan bemorlarga onkologiya, neyroxirurgiya, transplantologiya va ortopediya yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatadi. TTTA xorijiy bemorlarga aeroportdan bepul tashish, mehmonxona chegirmalari va tarjimon xizmatlarini taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasida ham tibbiy turizm sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2018-yil 7-dekabrdagi Prezident qarori bilan sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish, 2019-2023-yillarda tibbiy turizmni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi. “Medtravel Global System” notijorat tashkiloti tashkil etilib, xorijiy bemorlar uchun 3 oylik “Medical Visa” joriy qilindi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 150 dan ortiq xususiy klinika, shuningdek, Chorvoq, Zomin, Beldirsoy, “Turon” va “Mersian” kabi sog‘lomlashtirish maskanlari faoliyat yuritmoqda. Ular bemorlarga tezkor tashxis, yuqori sifatli davolanish va qulay yashash sharoitlarini taqdim etmoqda. Tibbiy turizmni yanada rivojlantirish uchun bu sohani mustaqil tarmoq sifatida shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarida tibbiy turizm bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash zarur. Chunki tibbiyot uzluksiz rivojlanib boradigan, inson manfaatlarini doimo ustuvor o‘ringa qo‘yadigan soha bo‘lib, u chuqur bilim, amaliy tajriba va yuksak mas’uliyatni talab etadi. Bir so’z bilan aytganda biz o’zbeklar tibbiyot qiroli Ibn Sinoning farzandlarimiz. Uning ming asrlik tibbiyot sohasidagi tadqiqot va davolash usullari biz uchun hech qachon o’lmas meros bo’lib qoladi. Ibs Sino har doim insn tanasini tabiiy usullar bilan davolash tarafdori bo’lgan. Qolaversa, O’zbekiston hududi tog’, qir-adirlarida shifobaxt o’tlar o’sib, ular turlidamlamalar sifatida bemorlarga tortiq qilinadi. Bundan tashqari Namangan viloyatining Pop tumani Pardatursun tog’li xududlarining buloq suvlari va toza havosi hatto chet ellik tibbiyot hodimlarini ham
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 113 e’tiborini tortgan. Har yili ko’plab xorijlik sayyohlar bu maskanga dam olib, o’z dardlariga davo topib ketishadi. Shuning uchun Buyuk bobo-kalonlarimizga munosib farzand bo’lgan holda Tibbiyot turizmining rivojlanishiga o’z hissamizmni qo’shmog’imiz kerak FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekistonda-tibbiy-va-sog-lomlashtirish-turizmini-samarali-rivojlantirishning-nazariyasoslari 2023-2024 2. https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/25/tibbiy-turizm/ 3. Avitsena, -abu-ali-husejn-ibn-abdullah-ibn-sina.pdf 4. Борисов А.Я. Авиценна, как врач и философ. Известия АН СССР, 1938; 1 5. Канон врачебной науки, кн. 1-2. Ташкент, 1954–1956