Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 133 TURKIYA TAJRIBASI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA TIBBIY TURIZMNI RAQAMLASHTIRISH VA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI Xamidov Obidjon Xafizovich1, Haydarova Dilora Ixtiyorovna2 1Buxoro davlat universiteti, i.f.d. professor, 2Buxoro davlat universiteti, Turizm va mehmonxona xo‘jaligi kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17610121 Annotatsiya. Ushbu maqolada tibbiy turizmning nazariy asoslari va Turkiyaning tibbiy turizm sohasidagi muvaffaqiyatli tajribasi tahlil qilingan. Tadqiqotda tibbiy turizm konsepsiyasining turli yondashuvlari - Connell, Lunt va Carrera, McCartney va Wang, hamda Androutsou va Metaxasning nazariy qarashlari qiyosiy o‘rganilgan. Turkiya tajribasi asosida sun’iy intellekt texnologiyalarini tibbiy turizmga integratsiya qilish yo‘nalishlari, jumladan, AIdiagnostika tizimlari, bashoratli analitika va virtual assistentlar amaliy qo‘llanilishi ko‘rib chiqilgan. Maqolada O‘zbekistonda tibbiy turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati, mavjud salohiyat va raqamli transformatsiya imkoniyatlari baholangan. Turkiya modelidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston uchun milliy strategiya ishlab chiqish, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: tibbiy turizm, sun’iy intellekt, raqamlashtirish, Turkiya tajribasi, O‘zbekiston, AI-diagnostika, sog’liqni saqlash innovatsiyalari, xalqaro akkreditatsiya, davlat xususiy sheriklik Аннотация. В данной статье проанализированы теоретические основы медицинского туризма и успешный опыт Турции в сфере медицинского туризма. В исследовании проведен сравнительный анализ различных подходов к концепции медицинского туризма - теоретических взглядов Коннелла, Лунта и Карреры, МакКартни и Вана, а также Андруцу и Метаксаса. На основе турецкого опыта рассмотрены направления интеграции технологий искусственного интеллекта в медицинский туризм, включая практическое применение систем AI-диагностики, прогностической аналитики и виртуальных ассистентов. В статье оценена государственная политика по развитию медицинского туризма в Узбекистане, существующий потенциал и возможности цифровой трансформации. Исходя из турецкой модели, даны практические рекомендации для Узбекистана по разработке национальной стратегии, развитию государственно-частного партнерства, подготовке кадров и укреплению международного сотрудничества. Ключевые слова: медицинский туризм, искусственный интеллект, цифровизация, опыт Турции, Узбекистан, AI-диагностика, инновации в здравоохранении, международная аккредитация, государственно-частное партнерство Abstract. This article analyzes the theoretical foundations of medical tourism and Turkey's successful experience in the medical tourism sector. The research conducts a comparative study of various approaches to the concept of medical tourism, including theoretical perspectives of Connell, Lunt and Carrera, McCartney and Wang, as well as Androutsou and Metaxas. Based on Turkish experience, the directions of integrating artificial
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 134 intelligence technologies into medical tourism are examined, including practical applications of AI-diagnostic systems, predictive analytics, and virtual assistants. The article evaluates state policy on medical tourism development in Uzbekistan, existing potential, and digital transformation opportunities. Drawing from the Turkish model, practical recommendations are provided for Uzbekistan regarding the development of a national strategy, advancement of public-private partnerships, personnel training, and strengthening of international cooperation. Key words: medical tourism, artificial intelligence, digitalization, Turkey's experience, Uzbekistan, AI-diagnostics, healthcare innovations, international accreditation, public-private partnership So‘nggi yillarda tibbiy turizm va sog’lomlashtirish xizmatlari bozor hajmi sezilarli darajada o‘sishga erishmoqda. Bu esa iqtisodiy sharoitlar ya’ni, mamlakat byudjetiga chet el valyutasini jalb qilish, xususiy kasalxona va sanatoriylar soni oshishi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi bandlikni oshishi singari omillar bilan izohlanadi. 2025-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijliklar soni qariyb 5,3 million nafarni tashkil etgan. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 48,5 ming nafari davolanish maqsadida 1 kelgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich mamlakatda tibbiy turizm sohasining izchil o‘sib borayotganidan dalolat beradi. Mamlakatimizda tibbiy turizmni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23sentabrdagi PQ-335 2 -sonli qarorda tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi imkoniyatlaridan samarali foydalanish, tibbiy turizm klasterlarini shakllantirish hamda zamonaviy sanatoriylar faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan. Shuningdek, 2018-yil 7-dekabrdagi PQ-4055 3 -sonli qarorda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bilan bir qatorda tibbiy turizmni rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish vazifasi ham nazarda tutilgan. Shuningdek, “Avitsenna” brendi ostida milliy imijni targ‘ib etish, xalqaro akkreditatsiya xarajatlarini davlat tomonidan qisman qoplash, xizmatlar sifatini monitoring qilish tizimini joriy etish hamda xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash asosiy masala qilib belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, diagnostika xizmatlarini tashkil etish, tibbiy turizm klasterlarini rivojlantirish va xalqaro standartlarga javob beradigan infratuzilmani kengaytirish kabi chora-tadbirlar muhim masala qilib belgilab qo‘yilgan. Tibbiy turizm sog‘liqni saqlash va sayohat sohasi chorrahasida shakllangan murakkab hodisa bo‘lib, uning mazmuni turli manbalarda turlicha izohlanadi. Ba’zi tadqiqotlarda bu atama chegaradan tashqari tibbiy xizmatlardan foydalanishni anglatgan bo‘lsa, boshqa yondashuvlarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hamda siyosiy o‘lchovlarni ham o‘z ichiga oluvchi keng qamrovli tushuncha sifatida talqin etiladi. 1 O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi (2025). Tibbiyot turizmi: O‘zbekistonga keluvchilar soni ko‘paydi. O‘zA. 2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. (2024, 23-sentabr). O'zbekiston Respublikasida tibbiy va sog'lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida (PQ-335son). https://lex.uz/docs/-7137330 3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. (2024, 23-sentabr). O'zbekiston Respublikasida tibbiy va sog'lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida (PQ-335son). https://lex.uz/docs/-7137330
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 135 Dastlab “tibbiy turizm” faqat kurort va balneologik turizm bilan bog‘liq bo‘lgan, keyinchalik esa u sog‘liqni tiklash maqsadida amalga oshiriladigan safarlarning turli shakllarini qamrab oluvchi jarayonga aylangan. Bu jarayon global sog‘liqni saqlash tizimidagi transformatsiyalar, mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutlar va zamonaviy texnologik rivojlanishlar ta’sirida yanada murakkablashib bormoqda. John Connell 4 tibbiy turizmni bevosita tibbiy aralashuv bilan chambarchas bog‘langan va natijalari sezilarli hamda uzoq muddatli bo‘lishi kutiladigan xalqaro sayohat deb ta’rif bergan. Ushbu yondashuv tibbiy turizmni sog‘liq turizmning kengroq shakllaridan farqlab, aynan invaziv tibbiy muolajalar va jiddiy natijalarga urg‘u beradi. Bunda wellness faoliyati va yengil muolajalar bu doiradan chiqarib tashlanadi. Connellning turizm tadqiqotlari nuqtayi nazaridan qarashi geografik tahlil va turizm industriyasi konsepsiyalarini birlashtirib, tibbiyot va turizm sektorlarining o‘zaro bog‘liqligini yoritadi. Lunt va Carreraning 5 yondashuvi tibbiy turizmni aniqlashda intensional xususiyat ya’ni bemorning ongli ravishda davolanish uchun sayohat qilishi mezonini markazga qo‘yadi. Mazkur yondashuv, bir tomondan, turizm terminologiyasida uchraydigan noaniqliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi va tibbiy turizmni sog‘liqni saqlash siyosati kontekstida nazariy jihatdan asoslash imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, tibbiy turizmni davlat sog‘liqni saqlash strategiyasi, tibbiy xizmatlar sifati hamda xalqaro standartlar bilan uyg‘unlikda o‘rganish uchun metodologik asos yaratadi. Shu bilan birga, mazkur yondashuvning zaif tomoni shundaki, u tibbiy turizmning turizm sohasi uchun xos bo‘lgan ijtimoiy-madaniy funksiyalarini ikkinchi darajaga surib qo‘yadi. Vaholanki, tibbiy turizmni kompleks hodisa sifatida talqin etishda nafaqat davolash va sog‘lomlashtirish jarayoni, balki mehmon mamlakatning madaniy merosi, urf-odatlari va turistik tajribasi bilan chambarchas bog‘liqligi ham alohida ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. McCartney va Wang 6 tibbiy turizmga iqtisodiy-industriyal qarashni ilgari surib, uni sog‘liqni saqlash va turizm tarmoqlarini birlashtiruvchi, global miqyosda kengayib borayotgan ko‘p tarmoqli iqtisodiy faoliyat sifatida ta’riflaydi. Ularning fikricha, tibbiy turizm barqarorlik, javobgarlik va sektorlararo hamkorlikni taqozo etadi. Androutsou va Metaxas 7 esa tibbiy turizmni Yevropa Ittifoqi siyosiy-huquqiy doiralarida talqin etib, erkin harakatlanish, davolanishning qulayligi hamda xarajatlarni qoplash mexanizmlari bilan bevosita bog‘laydi. Bu yondashuv Yevropada tibbiy turizmning global modellardan farqli jihatlarini yaqqol ko‘rsatib beradi. 1-jadval 1-jadval. Tibbiy turizm ta’riflari bo‘yicha asosiy yondashuvlar 8 Muall if(lar) Ta’rif / Yondashuv Metodolog ik yo‘nalish Kuchli tomonlari Zaif tomonlari John Connell Tibbiy turizm – invaziv Turizmyondashuvi – Tibbiy turizmni Global iqtisodiy 4 J. Connell, Medical tourism: sea, sun, sand and …. Surgery. Tourism Management (2006) 5 N. Lunt et al. Medical tourism: assessing the evidence on treatment abroad Maturitas (2010) 6 Glenn McCartney, Chu Feng Wang, MSc Medical tourism and medical tourists: providing a sustainable course to integrating health treatments with tourism. The Journal of Travel Medicine, 03 March 2024 7 Androutsou, L., Geitona, M. and Yfantopoulos, J. (2011), “Measuring efficiency and productivity across hospitals in the regional health authority of Thessaly in Greece”, Journal of Health Management, Vol. 13 No. 2, pp. 121-140 8 Tadqiqotlar doirasida mualliflar ishlanmasi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 136 aralashuv va uzoq muddatli natijalar bilan bog‘liq xalqaro sayohat geografik tahlil, turistik infratuzilma va iste’molchi xattiharakatlarini hisobga oladi wellnessdan aniq ajratadi; turizm industriyasi kontekstida kengroq talqin beradi natijalarni cheklangan tarzda qamrab oladi Lunt & Carrera Tibbiy turist – “o‘z xohishi bilan sayohat qiluvchi bemor” Bemor xulq-atvoriga asoslangan yondashuv – intensional xususiyat (ongli sayohat qarori) Tibbiy turizmni sog‘liq siyosati bilan bog‘lash imkonini beradi; terminologik chalkashliklarni kamaytiradi Turizm ning ijtimoiymadaniy jihatlarini ikkinchi planga suradi McCa rtney & Wang Tibbiy turizm – sog‘liq va turizmni birlashtiruvchi global iqtisodiy faoliyat Iqtisodiyyondashuv – barqarorlik, javobgarlik, sektorlararo hamkorlik Global va kompleks ko‘rinishda talqin qiladi; barqarorlik konsepsiyasini kiritadi Juda umumiy; bemor tajribasi va mikro darajadagi jihatlar kam yoritilgan Andr outsou & Metaxas Yevropa Ittifoqi kontekstida: erkin harakatlanish va xarajatlarni qoplash tizimlari Huquqiysiyosiy yondashuv – Yevropa Ittifoqi qonunchiligi asosida Yevropadagi maxsus mexanizmlarni yoritadi; siyosiyhuquqiy asoslarni ko‘rsatadi Faqat Yevropa konteksti bilan cheklanadi; global qo‘llanishi tor 1-jadvalda tibbiy turizm sohasidagi yetakchi tadqiqotchilarning konseptual yondashuvlari taqqoslanadi. Har bir yondashuv o‘ziga xos metodologik ustunlikka ega bo‘lib, Connell turizmgeografik omillarni ta’kidlasa, Lunt va Carrera bemor qarorlarining ongli xususiyatini ilmiy asoslaydi. McCartney va Wang iqtisodiy barqarorlikni, Androutsou va Metaxas esa huquqiyinstitutsional mexanizmlarni ustuvor deb belgilaydi. Ushbu tahlil tibbiy turizm fenomenining ko‘p qirraliligini asoslaydi. Yuqorida keltirilgan nazariy yondashuvlar tibbiy turizm fenomenining ko‘p qirraliligini ko‘rsatadi. Biroq, XXI asrda ushbu soha tubdan yangi raqamli transformatsiya bosqichiga kirgan. Oxirgi 10 yillik sog’liqni saqlash tizimida elektron yozuvlarning raqamlashtirilishiga bag’ishlangan bo‘lsa, keyingi 10 yillik bulardan olinadigan qiymat va bilimlar, hamda ularni sun’iy intellekt yordamida klinikaviy natijalarni yaxshilashga qanday yo‘naltirishga qaratilgan 9 . Zamonaviy tibbiy turizm uchun bu o‘zgarish nafaqat texnologik yangilanish, balki butunlay yangi xizmat ko‘rsatish paradigmasini anglatadi. 9 Topol, E. J. (2019). Artificial intelligence in healthcare: transforming the practice of medicine. Future Healthcare Journal, 6(2), 94-98. https://doi.org/10.7861/futurehosp.6-2-94
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 137 Tibbiy turizm sohasida ijtimoiy media platformalaridan foydalanuvchi tibbiy sayyohlarning 68% 10 qismi xalqaro tibbiy sayohat to‘g’risida qaror qabul qilishdan oldin ijtimoiy tarmoqlarni birlamchi yoki ikkilamchi ma’lumot manbai sifatida ishlatadi. Sun’iy intellekt bilan jihozlangan raqamli media kanallari - ijtimoiy media platformalari, qidiruv tizimlari, elektron pochta, mobil ilovalar va kontent marketing orqali tibbiy turizm firmalariga global auditoriyalarga yetib borish, kommunikatsiyani shaxsiylashtirish va mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatish imkoniyatlarini taqdim etadi. Telemeditsina 11 ham zamonaviy tibbiyotda keng qo‘llanilmoqda, bu bemorlarga shifokorlar bilan masofadan maslahatlashish imkonini beradi va sayohat zaruriyatini kamaytiradi. Virtual reallik texnologiyasi ham tibbiy muolajalar oldidan bemorlarga tayyorgarlik ko‘rish va turli xil ovoragarchiliklarni kamaytirish uchun ishlatiladi. Sun’iy intellekt 12 tibbiy sohadagi samarasizlikni sezilarli darajada kamaytirish, bemor oqimi va tajribasini yaxshilash, hamda parvarishlash tajribasi va bemor xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi. Endi zamonaviy tibbiy turizmni Turkiya tajribasida ko‘rib chiqamiz. Turkiya so‘nggi yigirma yil ichida tibbiy turizmda ajoyib yutuqlarga erishdi. 2002-yilda atigi 100 ming tibbiy turistni qabul qilgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib bu ko‘rsatkich 2 milliondan 13 oshdi. Bu muvaffaqiyat tasodifiy emas - puxta o‘ylangan davlat siyosati, xususiy sektor bilan samarali hamkorlik va eng muhimi, raqamli texnologiyalarni dadil joriy etish natijasida erishilgan. Turkiyaning tibbiy turizmdagi muvaffaqiyati 2003-yilda "Sog’liqni saqlashda transformatsiya dasturi"ni qabul qilishdan boshlandi. Bu dastur doirasida davlat va xususiy sektor o‘rtasida strategik hamkorlik o‘rnatildi. Hukumat JCI akkreditatsiyasini olish uchun klinikalarga subsidiyalar berdi - har bir akkreditatsiya uchun 100 ming dollargacha. Natijada, 2023-yilga kelib Turkiyada 60 dan ortiq JCI sertifikatiga ega tibbiy muassasa faoliyat yuritmoqda 14 . Muhim jihat shundaki, Turkiya tibbiy turizmni alohida industriya sifatida emas, balki milliy sog’liqni saqlash tizimining ajralmas qismi sifatida rivojlantirdi. Bu yondashuv mahalliy aholi va xorijiy bemorlar uchun bir xil yuqori standartlarni ta’minladi, bu esa ishonch muhitini yaratdi. Turkiyaning raqamli transformatsiyasi uch bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqichda (2005-2010) barcha tibbiy muassasalar yagona elektron tizimga ulandi. Ikkinchi bosqichda (2010-2015) xalqaro bemorlar uchun maxsus onlayn platformalar yaratildi. Uchinchi bosqich (2015-hozirgi kungacha) sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar texnologiyalarini integratsiya qilishga bag’ishlangan. “International Patient Portal” tizimi 15 bunga yorqin misol. Bu platforma orqali bemorlar dunyoning istalgan nuqtasidan Turkiyadagi shifokorlar bilan onlayn konsultatsiya olishi, tibbiy hujjatlarini yuborishi, davolanish rejasini olishi va vizani rasmiylashtirishi mumkin. Tizim 15 tilda ishlaydi va yiliga 500 mingdan ortiq so‘rovni qayta ishlaydi. 10 Vequist IV, David (2025). "Health Tourism Facility Use of Digital Marketing and AI," Visions in Leisure and Business, Vol. 27, Issue 1. URL: https://scholarworks.bgsu.edu/visions/vol27/iss1/4/ 11 Medical Tourism Magazine. "The Future of Medical Tourism: Emerging Trends and Growth Opportunities." URL: https://www.magazine.medicaltourism.com/article/the-future-of-medical-tourismemerging-trends-and-growth-opportunities 12 Topol, E.J. (2019). "Artificial intelligence in healthcare: transforming the practice of medicine," PMC - Future Healthcare Journal. URL: https://pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC8285156/ 13 Turkish Healthcare Travel Council (2023). Annual Report 2023 14 Turkish Healthcare Travel Council (2023). Annual Report p. 34 (Government Support Mechanisms) 15 Digital Health Strategy of Turkey 2020-2025. p. 45-47 (Digital Infrastructure)
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 138 Turkiya tibbiyotida AI texnologiyalari amaliy qo‘llanilishining bir necha yo‘nalishlarini kuzatish mumkin. Birinchidan, tasvirlarni tahlil qilish sohasida. Masalan, Istanbul Medical Park 16 klinikasida AI asoslangan mammografiya tahlili tizimi joriy etilganidan so‘ng, erta bosqichda rak kasalligini aniqlash 23% ga oshdi. Ikkinchidan, bashoratli analitika. Acibadem Healthcare Group o‘z klinikalarida bemorlar oqimini boshqarish uchun AI algoritmlarini qo‘llaydi. Tizim kelgusi ikki hafta uchun bemorlar sonini 94% aniqlikda bashorat qiladi, bu esa resurslarni optimal taqsimlash imkonini beradi. Uchinchidan, virtual assistentlar. “Dr. AI Turkey” chatboti kuniga 10 mingdan ortiq bemorga dastlabki konsultatsiya beradi, 8 tilda ishlaydi va oddiy savollarning 87% ini muvaffaqiyatli hal qiladi 17 . Bu shifokorlarning vaqtini tejaydi va bemorlar uchun xizmat sifatini oshiradi. Turkiya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tibbiy turizmda muvaffaqiyat tasodif emas, balki puxta o‘ylangan strategiya, izchil siyosat va zamonaviy texnologiyalarni dadil joriy etish natijasidir. O‘zbekiston ushbu tajribani o‘rganib, milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda o‘z modelini yaratishi lozim. Muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish muhim. Birinchidan, tibbiy turizm bo‘yicha milliy strategiya va yo‘l xaritasini ishlab chiqish zarur. Bu hujjat aniq maqsadlar, muddatlar va mas’ul tashkilotlarni belgilashi kerak. Ikkinchidan, xususiy sektorni faol jalb etish lozim. Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari orqali investitsiyalarni rag’batlantirish, soliq imtiyozlari berish va byurokratik to‘siqlarni kamaytirish kerak. Uchinchidan, kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish zarur. Nafaqat tibbiyot xodimlari, balki IT mutaxassislari, marketing menejerlari va tarjimonlarni ham tayyorlash dasturlari ishlab chiqilishi lozim. To‘rtinchidan, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish muhim. Turkiya bilan ikki tomonlama kelishuvlar imzolash, tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish kerak. Beshinchidan, marketing va brendingga investitsiya qilish zarur. “Discover Medical Uzbekistan” kabi xalqaro kampaniyalarni olib borish, raqamli marketing vositalaridan faol foydalanish va maqsadli bozorlarda vakilliklarni ochish lozim. O‘zbekiston tibbiy turizm sohasida ulkan salohiyatga ega. Turkiya tajribasidan oqilona foydalanib, zamonaviy texnologiyalarni joriy etib va izchil siyosat yuritib, mamlakatimiz yaqin kelajakda mintaqaviy tibbiy turizm markaziga aylanishi mumkin. Bu nafaqat iqtisodiy foyda keltiradi, balki O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini oshiradi va aholining turmush darajasini yaxshilaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Androutsou, L., Geitona, M. and Yfantopoulos, J. (2011). "Measuring efficiency and productivity across hospitals in the regional health authority of Thessaly in Greece," Journal of Health Management, Vol. 13 No. 2, pp. 121-140. 2. Connell, J. (2006). Medical tourism: sea, sun, sand and …. Surgery. Tourism Management. 3. Digital Health Strategy of Turkey 2020-2025. p. 45-47 (Digital Infrastructure). 16 Erdoğan, E., & Ener, M. (2021). Turkey's Medical Tourism Development p. 98 17 Digital Health Strategy of Turkey 2020-2025 p. 52-53
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 139 4. Digital Health Strategy of Turkey 2020-2025. p. 52-53. 5. Erdoğan, E., & Ener, M. (2021). Turkey's Medical Tourism Development. p. 98. 6. Glenn McCartney, Chu Feng Wang, MSc (2024, 03 March). Medical tourism and medical tourists: providing a sustainable course to integrating health treatments with tourism. The Journal of Travel Medicine. 7. Lunt, N. et al. (2010). Medical tourism: assessing the evidence on treatment abroad. Maturitas. 8. Medical Tourism Magazine. "The Future of Medical Tourism: Emerging Trends and Growth Opportunities." https://www.magazine.medicaltourism.com/article/the-future-ofmedical-tourism-emerging-trends-and-growth-opportunities 9. O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi (2025). Tibbiyot turizmi: O‘zbekistonga keluvchilar soni ko'paydi. O'zA. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. (2024, 23-sentabr). O‘zbekiston Respublikasida tibbiy va sog’lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida (PQ-335-son). https://lex.uz/docs/-7137330 11. Tadqiqotlar doirasida mualliflar ishlanmasi. 12. Topol, E. J. (2019). Artificial intelligence in healthcare: transforming the practice of medicine. Future Healthcare Journal, 6(2), 94-98. https://doi.org/10.7861/futurehosp.6-2-94 13. Topol, E.J. (2019). "Artificial intelligence in healthcare: transforming the practice of medicine," PMC - Future Healthcare Journal. https://pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC8285156/ 14. Turkish Healthcare Travel Council (2023). Annual Report 2023. 15. Turkish Healthcare Travel Council (2023). Annual Report. p. 34 (Government Support Mechanisms). 16. Vequist IV, David (2025). "Health Tourism Facility Use of Digital Marketing and AI," Visions in Leisure and Business, Vol. 27, Issue 1. https://scholarworks.bgsu.edu/visions/vol27/iss1/4/