scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FARG'ONA VODIYSI TABIIY SHAROITINING REKREATSION IMKONIYATLARI VA UNDAN FOYDALANISHNING GEOEKOLOGIK ASOSLARI

Ahmadaliyev Yusupjon Ismoilovich, Maxkamov Elyorbek G'ayratovich

Abstract

Maqolada Farg‘ona vodiysi tabiiy sharoitining rekreatsion imkoniyatlari hamda ulardan foydalanishning geoekologik asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Hududning landshaft xilma-xilligi, iqlim sharoiti, gidrografik tarmog‘i va biologik resurslari asosida dam olish, davolanish va ekoturizm faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari aniqlangan. Rekreatsion resurslardan oqilona foydalanish, ekologik yuklamani kamaytirish va tabiiy muhit barqarorligini ta’minlash yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari Farg‘ona vodiysi hududida barqaror turizmni rivojlantirish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 205 FARG‘ONA VODIYSI TABIIY SHAROITINING REKREATSION IMKONIYATLARI VA UNDAN FOYDALANISHNING GEOEKOLOGIK ASOSLARI Ahmadaliyev Yusupjon Ismoilovich1, Maxkamov Elyorbek G‘ayratovich2 1Geografiya fanlari doktori, professor Farg‘ona davlat universiteti, O‘zbekiston; 2Geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Farg‘ona davlat universiteti, O‘zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.17610218 Annotatsiya. Maqolada Farg‘ona vodiysi tabiiy sharoitining rekreatsion imkoniyatlari hamda ulardan foydalanishning geoekologik asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Hududning landshaft xilma-xilligi, iqlim sharoiti, gidrografik tarmog‘i va biologik resurslari asosida dam olish, davolanish va ekoturizm faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari aniqlangan. Rekreatsion resurslardan oqilona foydalanish, ekologik yuklamani kamaytirish va tabiiy muhit barqarorligini ta’minlash yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari Farg‘ona vodiysi hududida barqaror turizmni rivojlantirish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Farg‘ona vodiysi, rekreatsion imkoniyatlar, tabiiy sharoit, geoekologik asoslar, landshaft, ekologik yuklama, barqaror turizm, ekotizim. Аннотация. В статье научно проанализированы рекреационные возможности природных условий Ферганской долины и геоэкологические основы их использования. На основе ландшафтного разнообразия, климатических условий, гидрографической сети и биологических ресурсов определены перспективы развития отдыха, оздоровления и экотуризма. Рассмотрены пути рационального использования рекреационных ресурсов, снижения экологической нагрузки и обеспечения устойчивости природной среды. Результаты исследования служат научно-практической основой для развития устойчивого туризма на территории Ферганской долины. Ключевые слова: Ферганская долина, рекреационные возможности, природные условия, геоэкологические основы, ландшафт, экологическая нагрузка, устойчивый туризм, экосистема. Abstract. The article provides a scientific analysis of the recreational potential of the natural conditions of the Fergana Valley and the geoecological principles of their use. Based on the diversity of landscapes, climatic conditions, hydrographic network, and biological resources, opportunities for recreation, health improvement, and ecotourism development are identified. The study discusses rational use of recreational resources, reduction of ecological pressure, and ensuring environmental sustainability. The results serve as a scientific and practical basis for developing sustainable tourism in the Fergana Valley region. Keywords: Fergana Valley, recreational potential, natural conditions, geoecological basis, landscape, ecological load, sustainable tourism, ecosystem. Farg‘ona vodiysi tabiiy sharoitining rekreatsion imkoniyatlarini o‘rganish bugungi kunda mintaqaning barqaror rivojlanishi, aholi salomatligini mustahkamlash va ekologik muvozanatni saqlash nuqtayi nazaridan nihoyatda dolzarb masalalardan biridir. Vodiyning o‘ziga xos landshaft tuzilishi, iqlim sharoiti, bioxilma-xilligi va madaniy merosi uni nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo miqyosida yirik rekreatsion hudud sifatida shakllantirish imkonini INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 206 beradi. Shu bilan birga, so‘nggi yillarda antropogen bosimning kuchayishi, yer va suv resurslarining cheklanganligi, ekologik yuklamaning ortishi rekreatsion hududlardan foydalanishda ilmiy asoslangan geoekologik yondashuv zarurligini ko‘rsatmoqda. Insonlarni tabiiy sharoit yordamida dam olishi, sog‘liqni tiklashi va ma’naviy-estetik hordiq chiqarishi, turli xil kasalliklarni davolash, o‘ziga xos turli tabiiy, kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan mineral suvlardan davolovchi maqsadda foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Mineral suvlarning shifobaxshligi uning turli kasallikka davoligi balneologik kurortlar qurish imkonini yaratadi. Hududlarning tabiiy-iqlimiy sharoitlari, mineral va yer usti suvlari hamda boshqa resurslarini hisobga olgan holda rekreatsiya muassasalarini oqilona joylashtirish va ulardan har tomonlama va samarali foydalanishni amalga oshirish lozim. Bunday dam olish zonalarida turli kasalliklarni davolaydigan sanatoriylar qurish va ularning yo‘nalishlarini ko‘paytirish mumkin. Hududlarning tabiiy sharoiti, relyefi, gidrologik resurslari, iqlimi, landshaftning o‘ziga xosligi ko‘plab rekreatsion va turistik zonalar qurishga shroit yaratadi. Bugungi kunda faol turmush tarzi va sog‘liqqa e’tibor qaratish tendentsiyasi tobora ortib bormoqda. Shuning uchun, sog‘liqni saqlash va sog‘lomlashtirish turizmini tashkil etish bo‘yicha rekreantlarning fikrini tushunish uchun aholisi o‘rtasida sotsiologik so‘rov o‘tkazish ham muhim ahamiyatga ega. Bu esa sog‘liqni saqlash va sog‘lomlashtirish maqsadida tashrif buyuruvchi turistlarning profilini yaratish imkonini beradi (Saydullayev S., 2023. 8-b). 1-rasm. Rekreatsion (davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy, nozo) turizm maqsadida tashrif buyuruvchi turistlarning profili Rekreatsion (davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy, nozo) turizm - kishilarning mehnat ta’tili vaqtlarida o‘z salomatligini va ish qobiliyatini tiklashga qaratilgan faoliyatdir. Rekreatsion turizm asosan uchta davolovchi xususiyatga ega tabiiy-rekreatsion resurslar - iqlim, suv va tuproq (balchiq) asosida tashkil etiladi. Rekreatsion turizmning bu yo‘nalishlari o‘z navbatida klimatoterapiya (yunon. “klimatos” - iqlim), balneoterapiya (lot. “balneum” - vanna, suzish) va peloidoterapiya (yunon. “pelos” - glina) deb nomlanadi (Mironenko N.S., Bochvarova M., 1986; Preobrajenskiy V.S., Zorin I.V., 1975). INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 207 Iqlimiy (klimatoterapiya) asosga ega rekreatsion turistik marshrutlar Farg‘ona vodiysida Shohimardon va So‘x hududlarida tashkil etiladi. Shohimardon tog‘ daryosining havzasi ionlarga juda boy hisoblanadi. Manfiy ionlar inson sog‘lig‘iga shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadi, ayniqsa astma, asab sistemasi, yurak-tomirga ijobiy ta’sir etib, tananing funksional holatini yaxshilaydi. Shoximardon - Oloy tizma tog‘larining shimoliy yonbag‘irlarida dengiz satxidan 14001570 metr balandlikda, Shoximardonsoy daryo vodiysining eng kulay kismida, o‘rtacha balandlikdagi tog‘lar orasida, archazor va butazorlar bilan o‘ralgan hududda joylashgan. Joyning iqlimi va tog‘-vodiy manzarasi asosiy davolovchi omil hisoblanadi. Shoximardonga kadimdan butun Markaziy Osiyodan rekreantlar kelishadi va dam olishib, davolanib ketishadi. Shoximardonni vodiyning eng xushmanzara, so‘lim joyi desa xam buladi. Chunki, bu yerda dam oluvchilar uchun ko‘plab qulayliklar yaratilib, xushmanzara tog‘lar, sharshara va Qurbonko‘l atrofida maxsus joylar, choyxonalar tashkil qilinib, kelgan sayoxatchilar shu yerda xordiq chiqarib ketishadi. Iqlim – hududlarda dam olish va sayohatning davomiyligi va turini belgilashda asosiy omillardan biri bo‘lib, meteorologik va fiziologik elementlar bilan hisoblanadi. Turistikrekreatsion nuqtai nazardan hududni quyidagi iqlim zonalariga ajratish mumkin (Jumashev K., 1990. 9-10-b): 1a. 2400-2700 m – salqin, subkomfort (sayohat davomiyligi 110 kungacha); 1b. 2000-2400 m – mo‘tadil-salqin, subkomfort (sayohat davomiyligi 250-300 kun); 2. 1200-2000 m – komfort (sayohat yil davomida tashkil qilinishi mumkin), sayohat uchun eng qulay meteorologik ko‘rsatkichlarga ega; 3. 500-1200 m – tekislik-subkomfort (sayohat davomiyligi 60-70 kun). Gidrologik (balneoterapiya) asosga ega rekreatsion-turistik marshrutlarni Oltiariq, Beshariq va Farg‘ona tumanlarida tashkil etish imkoniyati yuqori hisoblanadi. Tog‘ rekreatsiyasi vodiydagi sanatoriy-kurort sohasini rivojlantiruvchi omillardan hisoblanadi. Tog‘ tizmalari bilan atrofi o‘ralgan bu xududda 100 dan ortiq mineral suv konlari va shifobaxsh balchiqlar aniqlangan. Qiziltepa sanatoriysi – Farg‘ona viloyatining markaziy qismida, Farg‘ona shaxridan uncha uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan. Sayyohlar dam olish jarayonida Qo‘qon va Marg‘ilondagi tarixiy obidalar va hunarmandchilik maxsulotlarini tomosha qilishi hamda Shohimardon, So‘x kabi go‘zal tabiat maskanlariga ekskursiyalar uyushtirishi ham mumkin. Rapqon sanatoriysi – Beshariq tumanida joylashgan bu maskan mineral suv manbaiga ega hisoblanadi. Rapqon sanatoriysi inson asab tizimi, nafas olish va ovqat hazm qilish organlari profilaktikasiga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, viloyatdagi eng yirik sanatoriylardan hisoblanadi. Chimyon sanatoriysi – tog‘ etaklarida Markaziy Farg‘onaning janubiy kismida, dengiz satxidan 450 m balandlikda Shohimardonsoy daryosining adir oralig‘i irmoqlari bo‘yida joylashgan bu maskan mineral suv manbaiga ega hisoblanadi. Dam olish maskani Farg‘onadan 32 km masofada joylashgan. Chimyon hududida hozirgi kunda ko‘plab sanatoriylar va mineral buloqlar mavjud, lekin ularning aksariyat qismi turist va rekreantlarga hizmat ko‘rsatish uchun yetarli darajada imkoniyatga ega emas. Ko‘pgina buloqlar atrofida sanatoriylardan tashqari rekreatsion dam olish zonalari barpo etilgan bo‘lib, bu hududlarda mahalliy aholining rekreatsion resurslardan foydalanishi mustaqil ravishda ya’ni turistik va rekreatsion firmalar ishtirokisiz amalga oshiriladi. Bu esa hududda demografik bosimning ortishiga hamda ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelishi mumkin. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 208 Qum va balchiqli (peloidoterapiya) asosga ega rekreatsion-turistik marshrutlarni Buvayda va Quva tumanlarida tashkil etish imkoniyati yuqori hisoblanadi. Hozirgi vaqtda viloyat hududida yirik qum massivlari asosan Dang‘ara, Beshariq, Yozyovon, Uchko‘prik tumanlarida qolgan. Vohalar orasida orolsimon shakldagi qumliklar Buvayda, Qo‘shtepa, Rishton, Quva tumanlarida uchraydi. Bundan tashqari, Farg‘ona viloyati ziyoratgohlari tabiiy sharoitining davolovchisog‘lomlashtiruvchi funksiyalaridan ham foydalanilgan holda turistik-rekreatsion marshrutlar tashkil qilish mumkin. Masalan, Bibi Ubayda (XIX asr), Poshshopirim (XV asr), Bastom buva (XIX-XX asr), Oqmozor (XIX-XX asr) kabi ziyoratgohlarda – shifobaxsh qum, tuproq, Xo‘ja Muxammad Valiy (VIII asr), Qorixona (XIX-XX asr), Shohimardon (XVIII-XIX asr), Hazrat Ali, Shoh Tolib (Kichik mozor) (765-818 y.), Umar Ummiya, ziyoratgohlarida – shifobaxsh havo, Sangi navishta, Beshpanja, Ko‘lixubbon (XIX asr), Xojam Podshoh, Rabial Avval, Oqmozor buva (XIX-XX asr), Qizlarmozor (X-XII asr), Qaynarbuloq (XIX asr), Qorasoqol ota (XIX-XX asr), Xo‘ja-Turob (676-734 y.), Bandi Kushod Buva (XV-XVI asr) ziyoratgohlarida – shifobaxsh suv davolovchi-sog‘lomlashtiruvchi omil sifatida foydalanilgan va hozirda ham foydalanib kelinmoqda (Ahmadaliev Y.I., Maxkamov E.G‘., 2022). Farg‘ona vodiysining boy tabiiy-iqlimiy resurslari, xilma-xil landshaftlari, mineral suv va balchiq konlari, shuningdek, tarixiy-madaniy merosi turizmning davolovchi-sog‘lomlashtiruvchi, ekoturistik va madaniy yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadi. Shuningdek, tabiiy komponentlarning geografik tarqalishi va ularning inson salomatligiga ijobiy ta’siri hududni nafaqat mintaqaviy, balki respublika miqyosida ham yirik rekreatsion markaz sifatida rivojlantirish zaruratini ko‘rsatmoqda. So‘nggi yillarda antropogen yuklama, urbanizatsiya va resurslardan tartibsiz foydalanish oqibatida ayrim tabiiy landshaftlarda ekologik muvozanat buzilmoqda. Shu bois, tabiiy omillarni ilmiy asosda baholash, rekreatsion hududlarni to‘g‘ri zonalashtirish hamda ularning sig‘im me’yorlarini belgilash zarur. Farg‘ona vodiysi hududida rekreatsion faoliyatni geoekologik tamoyillar asosida rejalashtirish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, muhofaza etiladigan landshaftlarni asrab qolish va barqaror turizmni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Umuman olganda, Farg‘ona vodiysi tabiiy sharoitining rekreatsion imkoniyatlarini geoekologik yondashuv asosida o‘rganish va boshqarish barqaror turizmni rivojlantirish, aholi salomatligini mustahkamlash hamda tabiiy muhitning ekologik barqarorligini saqlashning eng muhim omillaridan biridir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Сайдуллаев С. Социально-экономические проблемы развития лечебнооздоровительного туризма на примере Алматинской области. Афтореф. дисс. кан. геогр. наук. - Бишкек: 2023. -8 с. 2. Мироненко Н.С., Бочварова М. Рекреационная системы: учеб. пособие. под ред. М – 1986. 3. Преображенский В.С., Зорин И.В. Территориальная рекреационная система и задачи географических наук //Теоритические основы рекреационной географии.-М, 1975. 4. Жумашев К. Рекреационный потенциал Северной Киргизии: состояние и направления использования. Афтореф. дисс. кан. геогр. наук. -Ленинград: 1990. -9-10 с. 5. Ahmadaliev Y.I., Maxkamov E.G‘. Farg‘ona viloyatida turizmni rivojlantirishning hududiy jihatlari – Farg‘ona: 2022. 120 b.