Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 441 KORXONANING INVESTITSION VA INNOVATSION FAOLIYATI Yuldashev Abduhakim Abdukarimovich Ilmiy rahbar: TDIU, Biznes boshqaruvi kefedrasi dotsenti, PhD. Mamirova Nasiba Abdurayim qizi Millat Umidi universitetining magistri. https://doi.org/10.5281/zenodo.17615338 Annotatsiya. Mazkur maqolada korxonaning investitsion va innovatsion faoliyati mohiyati, ularning o‘zaro bog‘liqligi hamda iqtisodiy samaradorlikka ta’siri tahlil qilingan. Investitsion faoliyat korxona moliyaviy resurslarini samarali joylashtirish va rivojlantirishga qaratilgan bo‘lsa, innovatsion faoliyat yangi texnologiyalar, mahsulotlar va boshqaruv yechimlarini joriy etish orqali raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qiladi. Maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida investitsion muhitni yaxshilash, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish manbalarini kengaytirish hamda korxonalar faoliyatida ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha amaliy takliflar berilgan. Shuningdek, investitsion va innovatsion faoliyatning samaradorligini baholash mezonlari, ularni rivojlantirishda davlat siyosatining o‘rni ham yoritilgan. Kalit so‘zlar: Korxona, investitsion faoliyat, innovatsion faoliyat, samaradorlik, raqobatbardoshlik, texnologiya, iqtisodiy rivojlanish. Аннотация. В данной статье анализируется сущность инвестиционной и инновационной деятельности предприятия, их взаимосвязь и влияние на экономическую эффективность. Инвестиционная деятельность направлена на эффективное использование и развитие финансовых ресурсов предприятия, а инновационная – на повышение конкурентоспособности за счёт внедрения новых технологий, продукции и управленческих решений. В статье представлены практические предложения по улучшению инвестиционного климата в экономике Узбекистана, расширению источников финансирования инновационных проектов и внедрению передовых технологий в деятельность предприятий. Также рассматриваются критерии оценки эффективности инвестиционной и инновационной деятельности, роль государственной политики в их развитии. Ключевые слова: Предпринимательство, инвестиционная деятельность, инновационная деятельность, эффективность, конкурентоспособность, технологии, экономическое развитие. Annotation. This article analyzes the essence of the investment and innovation activities of the enterprise, their interdependence and impact on economic efficiency. While investment activities are aimed at the effective deployment and development of the enterprise's financial resources, innovation activities serve to increase competitiveness through the introduction of new technologies, products and management solutions. The article provides practical proposals for improving the investment climate in the economy of Uzbekistan, expanding sources of financing for innovative projects and introducing advanced technologies in the activities of enterprises. It also covers the criteria for assessing the effectiveness of investment and innovation activities, and the role of state policy in their development.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 442 Key words: Enterprise, investment activity, innovative activity, efficiency, competitiveness, technology, economic development. Kirish: Hozirgi globallashuv sharoitida korxonalar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri — bu raqobatbardoshlikni oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdir. Buning uchun investitsion va innovatsion faoliyatni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsion faoliyat korxonaning mavjud ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish quvvatini oshirishga xizmat qilsa, innovatsion faoliyat esa korxonaning ilmiy-texnik salohiyatidan samarali foydalanish, yangi mahsulot va xizmatlarni yaratish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda investitsion siyosatni liberallashtirish, xorijiy sarmoyadorlar uchun qulay muhit yaratish, innovatsion rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Innovatsion rivojlanish strategiyasi”, “Investitsiyalarni jalb etish va ularni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligining faoliyati ushbu sohalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Adabiyotlarning tahlili: Philip Kotler (2021) o‘zining “Marketing 5.0: Technology for Humanity” asarida korxonalarning innovatsion faoliyati texnologik yangiliklar bilan chambarchas bog‘liqligini ta’kidlab, innovatsiyani raqobat ustunligiga erishishning eng samarali vositasi sifatida baholaydi. Unga ko‘ra, har bir korxona investitsion qarorlarida innovatsion yondashuvni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilashi zarur. Michael Porter (2022) esa o‘zining “Competitive Advantage in the Digital Economy” maqolasida korxonaning innovatsion faoliyatini investitsion muhit bilan uyg‘unlashtirish zarurligini qayd etadi. Uning fikricha, korxona investitsiyalarni faqat ishlab chiqarish vositalariga emas, balki inson kapitali va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirishi kerak. Peter F. Drucker (2021) innovatsiyani “korxonaning yangi imkoniyatlarini yaratish mexanizmi” sifatida talqin etib, uni investitsion qarorlarning markaziga qo‘yish lozimligini aytadi. U korxonalar muvaffaqiyati innovatsiyalarni moliyalashtirish va ularni amaliyotga tatbiq etish darajasi bilan bevosita bog‘liqligini ta’kidlagan. O‘zbekistonlik olimlardan Sh. G‘aniev (2021) o‘z tadqiqotida korxonalar faoliyatida investitsion muhitni takomillashtirish, investitsiyalarni jalb etishda davlat tomonidan kafolatlar tizimini kuchaytirish zarurligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish uchun xususiy sektorni faol jalb etish muhim omildir. M. Tursunov (2022) innovatsion faoliyatni rivojlantirishda raqamli texnologiyalar va startap loyihalarning o‘rni tobora ortib borayotganini qayd etadi. Unga ko‘ra, korxonalarning investitsion strategiyalarini innovatsion siyosat bilan uyg‘unlashtirish ularning barqaror o‘sishini ta’minlaydi. D. Karimov (2023) esa o‘z ilmiy ishida O‘zbekiston sharoitida investitsion va innovatsion faoliyatni qo‘llabquvvatlashda davlat dasturlari va soliq imtiyozlarining ahamiyatini tahlil qilgan. U milliy iqtisodiyotda innovatsion loyihalarning samaradorligini oshirish uchun venchur kapital tizimini rivojlantirish zarurligini ta’kidlaydi. Tadqiqot metodologiyasi: Tadqiqotda quyidagi ilmiy usullardan foydalanildi: tahlil, sintez, taqqoslash, induksiya, deduksiya, statistik tahlil, iqtisodiy modellashtirish, kuzatish, ekspert baholash va umumlashtirish usullari.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 443 Tahlil va natijalar: Korxonaning investitsion va innovatsion faoliyatining afzalliklari: Raqobatbardoshlikning oshishi - investitsion va innovatsion faoliyat korxonaga yangi texnologiyalarni joriy etish, mahsulot sifati va xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish imkonini beradi. Natijada korxona ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini mustahkamlaydi. Ishlab chiqarish samaradorligining ortishi - innovatsion texnologiyalarni qo‘llash natijasida ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtiriladi, resurslardan samarali foydalanish ta’minlanadi va mahsulot tannarxi kamayadi. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash - investitsiyalarni oqilona yo‘naltirish korxonaning moliyaviy holatini yaxshilaydi, yangi daromad manbalarini yaratadi va uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi. Bozor ulushining kengayishi - innovatsion mahsulot va xizmatlar yaratish orqali korxona yangi mijozlarni jalb etadi, eksport salohiyatini oshiradi va bozorni kengaytiradi. Inson kapitalining rivojlanishi - innovatsion faoliyat xodimlarning ijodkorligi va malakasini oshiradi, korxona ichida yangi bilim va tajribalar almashinuvi yuz beradi. Texnologik yangilanish va modernizatsiya - investitsiyalar orqali ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, energiya tejamkor uskunalar bilan jihozlash imkoniyati yaratiladi. 1-grafik. 2010–2021 yillarda innovatsion mahsulotlar qiymati va xarajatlar ulushi dinamikasi. Manba: https://1economic.ru/lib/114176 Grafik tahlil: Umumiy innovatsion xarajatlarning sezilarli o'sishiga qaramay (so'nggi 12 yil ichida 5,1 marta), texnologik innovatsiyalarga sarflangan xarajatlar ulushi 2014 yildan beri kamaydi (2013-2014 yillardagi eng yuqori ko'rsatkichga nisbatan 1,358 baravar kamaygan). Bu shuni ko'rsatadiki, innovatsion mahsulotlar, ehtimol, eskirgan texnologiyalar va eskirgan asbobuskunalar yordamida ishlab chiqarilmoqda, bu esa hozirda ishlab chiqarilgan innovatsiyalarni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini cheklaydi. 2019 yildan boshlab texnologik innovatsiyalarga sarflangan xarajatlar ulushining biroz o'sishi (2,1 dan 2,3 foizgacha) kuzatilgan bo'lsa-da, 20132014 yillar darajasiga 2021 yilda erishilgani yo'q.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 444 Texnologik innovatsiyalarga sarflangan xarajatlar ulushining yana qisqarishi, uni amalga oshirishda g'oyaning inqirozga olib kelishi mumkin, ammo innovatsion g'oyaning mavjudligi inqirozga olib kelishi mumkin. etishmayotgan. Korxonaning investitsion va innovatsion faoliyatining kamchiliklari: Moliyaviy resurslarning yetishmasligi - ko‘plab korxonalar innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni topishda qiyinchilikka duch keladi. Bu esa yangi texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarishni kengaytirishni sekinlashtiradi. Yuqori xavf darajasi - investitsion va innovatsion loyihalar ko‘pincha noaniqlik bilan bog‘liq bo‘ladi. Loyiha muvaffaqiyatsiz yakunlansa, katta moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Kadrlar salohiyatining pastligi - innovatsion faoliyatni samarali yuritish uchun yuqori malakali mutaxassislar zarur. Ammo ko‘plab korxonalarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislar yetarli emas. Texnologik bazaning eskirganligi - aksariyat korxonalarda ishlab chiqarish vositalari va texnik jihozlar eskirgan bo‘lib, bu innovatsion texnologiyalarni joriy etishda to‘siq bo‘lib qolmoqda. Bozor infratuzilmasining yetarli rivojlanmagani - innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish uchun zarur bo‘lgan texnoparklar, biznes-inkubatorlar, venchur fondlar kabi infratuzilmalar hali yetarlicha rivojlanmagan. Investitsion muhitdagi byurokratik to‘siqlar - investitsion loyihalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsatnomalar olish va nazorat jarayonlarining murakkabligi korxonalar faoliyatini cheklab qo‘yadi. 2-grafik. 2020-yilda biznes muhiti innovatsiyalar uchun qanchalik qulayligi. Manba: https://bscdesigner.com/ru/innovation-kpi.htm Grafik tahlil: Ispaniyaning Mercadona kompaniyasi samarali innovatsion muhitni yaratishning ajoyib namunasidir. Kompaniya "jefes" ("boshliqlar", ya'ni mijozlar) yangi mahsulotlarni sinab ko'rishlari mumkin bo'lgan koinnovatsion markazlarni yaratishga sarmoya kiritadi. Institut Cerdà ma'lumotlariga ko'ra, birgalikda innovatsiya bosqichidan o'tgan mahsulotning muvaffaqiyat darajasi sanoat bo'yicha o'rtacha 24% ga nisbatan 82% ni tashkil qiladi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 445 Takliflar: Davlat tomonidan investitsion va innovatsion faoliyatni qo‘llabquvvatlashni kuchaytirish - innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun maxsus grantlar, subsidiyalar va soliq imtiyozlarini kengaytirish zarur. Bu korxonalarning yangi texnologiyalarni joriy etishdagi imkoniyatlarini oshiradi. Venchur kapital tizimini rivojlantirish - innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish uchun xususiy investorlar, banklar va davlat ishtirokidagi venchur fondlar faoliyatini kengaytirish lozim. Kadrlar salohiyatini oshirish - korxonalarda innovatsion va investitsion boshqaruv bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta o‘qitish va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish muhim. Texnoparklar va biznes-inkubatorlar faoliyatini kengaytirish - innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va bozorga chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratish zarur. Bu kichik korxonalar va startaplarning o‘sishiga xizmat qiladi. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga e’tiborni kuchaytirish - korxonalar huzurida ilmiy laboratoriyalar va innovatsion markazlar tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tavsiya etiladi. Investitsion muhitni soddalashtirish - investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi ruxsatnomalar va litsenziyalash jarayonlarini raqamlashtirish orqali byurokratik to‘siqlarni kamaytirish lozim. Xulosa: Korxonaning investitsion va innovatsion faoliyati — bu zamonaviy iqtisodiyotning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u korxonaning barqaror rivojlanishi, raqobatbardoshligini oshirishi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ushbu faoliyat korxonalarga yangi texnologiyalarni joriy etish, mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish hamda bozor talablariga tez moslashish imkonini beradi. O‘zbekiston sharoitida investitsion muhitni yaxshilash, innovatsion infratuzilmani rivojlantirish, venchur kapital tizimini yo‘lga qo‘yish va ilmiy-tadqiqot ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar ijobiy natija bermoqda. Biroq, hali ham moliyaviy resurslarning cheklanganligi, malakali kadrlar yetishmasligi va texnologik bazaning eskiligi kabi muammolar mavjud. Shu boisdan, korxonalarda investitsion va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish uchun davlat, xususiy sektor va ilmiy muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarur. Bu nafaqat korxonalar iqtisodiy salohiyatini oshiradi, balki mamlakatning umumiy innovatsion rivojlanishiga ham turtki beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Kotler, P. (2021). Marketing 5.0: Technology for Humanity. John Wiley & Sons, New Jersey. 2. Porter, M. (2022). Competitive Advantage in the Digital Economy. Harvard Business Review Press, Boston. 3. Drucker, P. F. (2021). Innovation and Entrepreneurship: Practice and Principles. Routledge, London. 4. G‘aniev, Sh. (2021). “O‘zbekiston iqtisodiyotida investitsion muhitni takomillashtirish yo‘llari.” Iqtisodiyot va innovatsiya jurnali, №4. 5. Tursunov, M. (2022). “Innovatsion faoliyatni rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni.” Innovatsion rivojlanish axborotnomasi, №2.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 446 6. Karimov, D. (2023). “O‘zbekiston sharoitida investitsion va innovatsion siyosatning ustuvor yo‘nalishlari.” Iqtisodiy tadqiqotlar jurnali, №1. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmoni. (2022-yil 28yanvar). 8. O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiyalarni jalb etish va ularni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni. (2020-yil 25-dekabr). 9. Abdullayev, A. va Xudoyberdiyev, B. (2022). Korxonalarning investitsion faoliyatini boshqarish. TDIU nashriyoti, Toshkent. 10. Raxmonov, I. (2023). “Innovatsion menejmentning zamonaviy yondashuvlari va ularning amaliy ahamiyati.” Biznes va boshqaruv jurnali, №3. 11. https://1economic.ru/lib/114176 12. https://bscdesigner.com/ru/innovation-kpi.htm