BARIATRIK JARROHLIK O'TKAZGAN BEMORLARDA METABOLIK O'ZGARISHLAR VA HUDUDIY TARQALISH ХUSUSIYATLARI
Abstract
Ushbu maqolada bariatrik jarrohlik amaliyotlarining dolzarbligi, ularning semizlikni kamaytirishdagi o‘rni hamda semizlik rivojlanish holatlarining jins, yosh va hududiy taqsimoti bo‘yicha tahlili yoritilgan. Tadqiqot 2023–2024 yillarda “Surgeland” klinikasida o‘tkazilgan 200 nafar bemor ma’lumotlariga asoslanadi. Shuningdek maqolada xalqaro adabiyotlar asosida bariatrik operatsiyadan keyingi kamqonlikning sabablari, temir, B12 vitamini va folat tanqisligi bilan bog‘liq mexanizmlar ilmiy asosda yoritilgan.
Full text
28 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns BARIATRIK JARROHLIK O‘TKAZGAN BEMORLARDA METABOLIK O‘ZGARISHLAR VA HUDUDIY TARQALISH ХUSUSIYATLARI 1Masharipova S.O‘, 2Babadjanova Sh.A t.f.d. prof. Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.17616017 Annotatsiya: Ushbu maqolada bariatrik jarrohlik amaliyotlarining dolzarbligi, ularning semizlikni kamaytirishdagi o‘rni hamda semizlik rivojlanish holatlarining jins, yosh va hududiy taqsimoti bo‘yicha tahlili yoritilgan. Tadqiqot 2023–2024 yillarda “Surgeland” klinikasida o‘tkazilgan 200 nafar bemor ma’lumotlariga asoslanadi. Shuningdek maqolada xalqaro adabiyotlar asosida bariatrik operatsiyadan keyingi kamqonlikning sabablari, temir, B12 vitamini va folat tanqisligi bilan bog‘liq mexanizmlar ilmiy asosda yoritilgan. Kalit so‘zlar: bariatrik jarrohlik, kamqonlik, temir tanqisligi, B12, folat, anemiya, klinik-laborator xususiyatlar. Kirish. Hozirgi vaqtda dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida semirishning haqiqiy “epidemiyasi” qamrab olgan [1] Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (2008) ma'lumotlariga ko'ra, yer yuzida 1,4 milliardga yaqin kattalar (20 yoshdan oshgan) ortiqcha vaznga ega va 500 millionga yaqin odam (taxminan 200 million erkak va deyarli 300 million ayol) semizlikdan aziyat chekmoqda[2]. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tasnifiga ko'ra, "morbid semizlik" atamasi tana vazni indeksi (TVI) 40 dan yuqori bo'lgan odamlar uchun ishlatiladi[1] Bariatrik jarrohlik bu (yunoncha baros - og'ir) - tana vaznini kamaytirish maqsadida ovqat hazm qilish trakti organlarida amalga oshiriladigan jarrohlik [3]. Bariatrik jarrohlikning asosiy turlari — sleeve gastrektomiya, gastric bypass, gastrik bandaj va biliopankreatik diversiya. Operatsiyadan so‘ng bemorlarning 60% gacha qismi vitamin va mineral yetishmovchiligiga duch keladi. Temir, folat, B12 vitamini, kaltsiy va D vitamini yetishmovchiligi eng ko‘p uchraydi. Adabiyotlarda qayd etilishicha, semirishning o‘zi ham yallig‘lanish va temir almashinuvining buzilishi bilan kechadi, bu esa operatsiyadan so‘ng anemiyalar xavfini yanada oshiradi.Bunday bemorlar hayot davomida faol dispanser kuzatuvi, laboratoriya monitoringi va profilaktika terapiyasini tashkil etish, shuningdek, bariatrik jarrohlikning uzoq muddatli samaradorligi va xavfsizligini baholashning zaruriy sharti bemorlarning reyestrini yuritishdir [4]. Laboratoriya monitoringi quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak: klinik qon testi, biokimyoviy qon testi (glyukoza va (diabetlilar uchun + HbA1c), AST, ALT, Gammaglutamintransferaza (GGT), kaliy, natriy, bilirubin va uning fraktsiyalari, kreatinin, mochevina, siydik kislotasi, B1, B9 vitaminlari (foliy kislotasi), B12, 25 - (OH) D vitamini, umumiy va ionlangan Ca, ferritin, temir, paratiroid gormoni, oqsil, albumin, lipid spektri), koagulogramma, umumiy siydik tahlili. Tekshiruv instrumental tadqiqotlar bilan birga bo'lishi kerak: qorin bo'shlig'i organlarining ultratovush tekshiruvi, ezofagogastroskopiya, qizilo'ngach va oshqozonning radiokontrastli tekshiruvi, EKG [5]. Tadqiqot maqsadi: Bariatrik jarrohlik o`tkazgan bemorlarда metabo`lik o`zgarishni yosh, jins va hududiy tarqalishga bog`liq jihatlarini o`rganish. Materiallar va uslublar: Bariatrik jarrohlik o`tkazgan bemorlarning yosh,jins va hududiy tarqalish ko`rsatgichlari bo`yicha retrospektiv tadqiqotlar o’tkazdik. Ushbu tadqiqotda Xorazm viloyati Urganch shaxri Surgeland MCHJ xususiy klinikasiga murojaat qilgan va bariatriya jarrohlikini o`tkazgan 200 nafar bemorlar tekshirildi. Tadqiqot ishimiz bemorlarni laborator va instumental tekshirishlar natijalariga asoslangan. 1. “Surgeland” klinikasida 2023–2024 yillarda jarrohlik o‘tkazilgan 200 bemorning jins va yosh tarkibini tahlil qilish. 2. Bemorlarning yosh bo‘yicha taqsimotini aniqlab, statistik ko‘rsatkichlar yordamida umumiy tendensiyalarni chiqarish. 3. Adabiyotlar asosida bariatrik jarrohlikdan keyingi anemiya sabablari va profilaktika choralari bo‘yicha ilmiy tahlil o‘tkazish.
29 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns 4. Xulosa sifatida, jarrohlikdan keyingi kuzatuv va laborator monitoringning ahamiyatini asoslash. Tadqiqot natijalari: Tekshirilayotgan har bir bemor bilan antropometrik tekshiruvdan o‘tkazildi. Tana vazni indeksi (TVI) maxsus kalkulyator bilan hisoblab chiqildi, ko'rsatkichlar JSST Xalqaro ekspertlar qo'mitasi mezonlari (1997) bo'yicha baholandi: <18,4 – kam vazn; 18,5-24,9 - lekin normal vazn; 25,0-29,9 - ortiqcha vazn; 30,0-34,9 -semizlik toifasi I ; 35,0-39,9 - semirish II toifasi ; >40 - semirish III toifasi . Tana vazni indeksi TVI = V/R2 (kg/m2). Tekshiruvdan ma’lum bo`lishicha barcha murojaat qilgan bemorlar II va III guruhga tegishli ekanligi ma’lum bo`ldi. Bariatrik jarrohlik o’tkazgan bemorlarda semizlikning sabablarini o‘rganish uchun biz tekshirilgan bemorlarda bir qator omillarni o‘rgandik. Ushbu maqsadda biz tekshirilgan bemorlarning yosh tarkibini o‘rgandik (1jadval). 1-jadval Bariatrik jarrohlik o`tkazgan bemorlarning yoshga nisbatan foiz ulushi(%) Bariatrik jarrohlik o’tkazgan bemorlarning yosh oralig`i 15-19 ёш 20-30 ёш 31-40 ёш 41-50 ёш 51-60 ёш 6170 ёш Жами: Amalyotga jalb qilingan bemorlar yosh oralig`i 2 54 82 44 14 4 200 Bariatrik jarrohlik o`tkazgan bemorlarning yoshga nisbatan foiz ulushi(%) 1% 27% 41% 22% 7% 2% 100% Bemorlarning yosh tarkibi tahlili shuni ko‘rsatadiki, bariatrik jarrohlik asosan 31–40 yosh oralig‘idagi shaxslarda amalga oshirilgan (41%). Bu guruhga ko‘proq faol mehnat yoshidagi ayollar kiradi. Jinsiy taqsimot natijalari ham e’tiborga molik: 87,5% bemorlar ayollar bo‘lib, erkaklar ulushi atigi 12,5% ni tashkil etdi. Bu holat ayollarda semizlikka moyillik va bariatrik jarrohlikdan keyingi metabolik o‘zgarishlarning ko‘proq kuzatilishini ko‘rsatadi. Shuningdek bu holat ijtimoiy-psixologik omillar, estetik sabablarga ko‘proq e’tibor qaratilishi va ayollarda ortiqcha vazn bilan bog‘liq metabolik kasalliklarning yuqoriligi bilan izohlanadi. (2-jadval) 2-jadval Bariatrik jarrohlik o`tkazgan bemorlarning jinsga nisbatan foiz ulushi(%) Jins Bemorlarning soni Ulushi(%) Ayollar 175 87,5% Erkaklar 25 12.5%
30 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns Jami 200 100% Hududiy taqsimot tahliliga ko‘ra, bariatrik jarrohlik o‘tkazilgan bemorlarning 52,5 foizi qishloq joylardan, 47,5 foizi esa shahar hududlaridan bo‘lgan. Bu farq semizlik muammosining qishloq aholisi orasida ham jiddiy tus olayotganligini, oziqlanish odatlari va jismoniy faollik darajasi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. MUHOKAMA. Olingan natijalarga ko‘ra, bemorlarning 87,5 foizini ayollar tashkil etadi, bu esa xalqaro ko‘rsatkichlarga hamohangdir. Masalan, Parrott va hamkorlari (2017) tomonidan o‘tkazilgan tahlilda bariatrik jarrohlik o‘tkazilganlarning 82 foizi ayollar bo‘lgan. Yosh tahlili natijasida 31–40 yosh oralig‘idagi bemorlar ustunligi aniqlangan bo‘lib, bu guruh metabolik sindrom, 2-toifa diabet va gormonal o‘zgarishlar bilan eng ko‘p bog‘liq yosh tiofasi hisoblanadi. Adabiyotlar sharxidan kelib chiqqan xolda bariatrik jarrohlikdan keyin kuzatiladigan kamqonlik sabablari quyidagilardan iborat: temirning o‘n ikki barmoqli ichakda so‘rilishining buzilishi; oshqozon kislotaliligining kamayishi; parhez va oziq moddalarning cheklanishi; vitamin B12 va folat yetishmovchiligi; yallig‘lanish jarayonlari bilan bog‘liq gormonal o‘zgarishlar. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, operatsiyadan keyingi 5 yil ichida bemorlarning 30–50 foizida temir tanqisligi anemiyasi rivojlanadi. Kamqonlikning oldini olishda quyidagilar muhim ahamiyat kasb etadi:muntazam laborator nazorat (har 6 oyda gemoglobin, ferritin, B12 darajasini aniqlash); temir va vitamin qo‘shimchalarini individual dozada qabul qilish; parhezda go‘sht, jigar, sabzavotlar yetarli iste’mol qilish; jarrohlikdan keyingi o‘quv dasturlari va psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish. XULOSA. O‘rganilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, bariatrik jarrohlik o‘tkazilgan bemorlarning katta qismini ayollar tashkil etadi. Yosh jihatidan eng faol guruh — 31–40 yosh oralig‘idagi shaxslar. Bu demografik tuzilma operatsiyalarning sog‘lom turmush tarziga intiluvchi, mehnat yoshidagi aholida keng qo‘llanilayotganini ko‘rsatadi.Bariatrik jarrohlikdan so‘ng kamqonlikning oldini olishda muntazam nazorat, mikroelementlar bilan boyitilgan ovqatlanish va vitamin-mineral komplekslarning qo‘llanilishi muhim ahamiyatga ega. References: 1.Ершова Е.В., Трошина Е.А. Применение бариатрических операций при сахарном диабете 2 типа: в помощь практическому врачу // Ожирение и метаболизм.-2016. – Т.13. -№1. – С.5056.]. 2.Дедов И.И., Шестакова М.В., Майоров А.Ю., и др. Алгоритмы специализированной медицинской помощи больным сахарным диабетом Под редакцией И.И. Дедова, М.В. .20. –№1. – C. 1-121.]. 3.Седлецкий Ю.И., Анисимова К.А., Малыхина А.И., Василевский Д.И., Баландов С.Г , Давлетбаева Л.И.// Особенности ведения бариатрических пациентов в позднем послеоперационном периоде// medline.ru, том 19, хирургия, 28 ноября 2018. 4. Bloomberg R.D., Fleishman A., Nalle J.E. et al. Nutritional deficiencies following bariatric surgery. Obes Surg, 2005;15:145–154. 5. Love A.L., Billet H.H. Obesity, bariatric surgery, and iron deficiency. Am J Hematol, 2008;83:403–409. 6. Parrott J. et al. ASMBS Nutritional Guidelines. Surg Obes Relat Dis, 2017;13:727–741.
31 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns 7. Busetto L. et al. Practical Recommendations for Post-Bariatric Surgery Management. Obes Facts, 2017;10:597–632. 8. Halverson A. et al. Red meat intolerance after gastric bypass. J Gastrointest Surg, 2015.