34 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns XOMILADOR AYOLLARDA PREEKLAMPSIYANI PROGNOZLASH Kamilova Iroda Abdurasulovna T.f.d., Oilaviy Tibbiyotda Akusherlik va Ginekologiyasi kafedrasi dotsenti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent, O‘zbekiston
[email protected], https://orcid.org/0000-0002-6560-8282\ Xalilova Shaxnoza Oybekovna Oilaviy Tibbiyotda Akusherlik va Ginekologiya kafedrasi 2-kurs magistranti Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent, O‘zbekiston
[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17616052 Annotatsiya: Preeklampsiya-bu faqatgina homilardorlik davridagi patologik o’ziga xos jarayon bo’lib, endoteliyda disfunksional buzilishlar, arterial qon bosimining oshishi (≥140/90 mm.Hg.ust.) va uchinchi trimestrda esa protenuriya (≥0.3gr/24 soat) bilan tavsiflnadigan kasallik hisoblanadi¹. Bunday holat dunyo bo’yicha 3-5%ni tashkil qilib kelmoqda². Shu bilan birga preeklampsiya kuzatilgan ayollar va ularning farzandlarida keyinchalik yurak-qon tomir patologiyalarini kuzatish ehtimoli mavjud³.bu holatlarning yuqori xavfliligini inobatga olib,ushbu nozologiyani o’z vaqtida av aniq diagnostika qilish, kasallik darajasini ertikatsiya qilish hamda homiladorlikni olib boorish va tug’ruqni boshqarish usullari va eng muhimi bu kasallikni homiladorlikni erta muddatlarida prognozlash muhim deb topdik. Bu maqolada bu kasallikning patofiziologiyasida muhim hisoblangan S-endoglin (sEnd)-angiogenik omilini homiladorlikning I trimestrida onaning anamnez ma’lumotlari, ijtimoiy-biologik xususiyatlarini baholab homiladorlikning 16 haftasidan boshlab homilaor ayolning qonida sEnd miqdorini o’lchash orqali preeklampsiyani oldindan bashorat qilishni ko’rsatib o’tdik. Kalit so'zlar: xavf omillari, S-endoglin(sEnd), sFlt-1,trofoblastlar, plasenta o‘sish omili (PIGF) PREVENTION OF PREECLAMPSIA IN PREGNANT WOMEN Abstract. Preeclampsia is a pregnancy-specific pathological condition characterized by endothelial dysfunction, elevated blood pressure (≥140/90 mmHg), and, in the third trimester, proteinuria (≥0.3 g/24 h). This condition affects approximately 3–5% of pregnancies worldwide. Women who experience preeclampsia and their offspring are at increased risk for future cardiovascular diseases. Given the high risk associated with these outcomes, timely and accurate diagnosis of this nosology, staging of the disease, proper pregnancy management, and most importantly, early prediction during pregnancy are essential. This article highlights the prognostic value of the antiangiogenic factor soluble endoglin (sEng) in the pathophysiology of preeclampsia. By assessing maternal history, socio-biological characteristics, and measuring serum sEng levels starting from the 16th week of pregnancy, we propose a method for early prediction of preeclampsia during the first trimester. Keywords: risk factors, soluble endoglin (sEng), sFlt-1, trophoblasts, placental growth factor (PlGF). ПРОГНОЗИРОВАНИЕ ПРЕЭКЛАМПСИИ У БЕРЕМЕННЫХ Аннотация.Преэклампсия — это специфическое для беременности патологическое состояние, характеризующееся дисфункцией эндотелия, повышением артериального давления (≥140/90 мм рт. ст.) и протеинурией (≥0,3 г/сутки) в третьем триместре. Данное состояние наблюдается примерно у 3–5% беременных женщин по всему миру. У женщин, перенёсших преэклампсию, а также у их детей повышен риск развития сердечно-сосудистых заболеваний в будущем. Учитывая высокую степень риска, крайне важно своевременно и точно диагностировать данную нозологию, определить стадию заболевания, правильно вести беременность и роды, а также — что особенно важно — прогнозировать развитие преэклампсии на ранних сроках гестации. В данной статье рассматривается возможность раннего прогнозирования преэклампсии в первом триместре беременности путём оценки уровня антиангиогенного фактора — растворимого эндоглина (sEng). Прогнозирование основано на анализе анамнеза пациентки, её социально-биологических характеристик, а также определении концентрации sEng в сыворотке крови начиная с 16-й недели беременности. Ключевые слова: факторы риска, растворимый эндоглин (sEng), sFlt-1, трофобласты, плацентарный фактор роста (PlGF).
35 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns Kirish Preeklampsiya rivojlanishiga bevosita va bilvosita ishtirok etuvchi xavf omillari mavjud bo’lib, ularga birinchi marta homiladorlik (nulliparitet), semizlikning har xil darajalari, tomir va biriktiruvchi to’qima kasalliklari, oldingi homiladorlikda preeklampsiya o’tqazganligi, ko’p homilali homiladorlik va shu kabilar misol bo’la oladi. Og‘ir preeklampsiya HELLP-sindrom (gemoliz, jigar funksiyasi ko‘rsatkichlarining oshishi va trombotsitopeniya) rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bu holat preeklampsiyaning eng xavfli ko‘rinishi hisoblanadi va ona hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqda jiddiy asoratlar xavfini oshiradi. Yaqin vaqtgacha preeklampsiyaning molekulyar patogenezi yetarlicha aniqlanmagan bo’lishiga qaramasdan, so‘nggi kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bu kasallik klinik ko‘rinishlarining sababi sifatida antiangiogen (o‘simta rivojlanishiga qarshi) plasentar omillarning o‘zgargan ekspressiyasi muhim rol o‘ynashi mumkin. Ikki asosiy antiangiogen modda — eriuvchan fmsga o‘xshash kinaza-1 (sFlt-1) va eriuvchan endoglin (sEng) — homilador ayollar qonida preeklampsiya boshlanishidan bir necha hafta oldin yuqori darajada aniqlangan va tug‘ruqdan so‘ng tez pasayishi qayd etilgan.[4,5] Ularning qon zardobidagi konsentratsiyasi preeklampsiyaning og‘irlik darajasi va yomon prognoz bilan bog‘liq bo‘lib, bu moddalardan tashxis va prognozda biomarker sifatida foydalanish taklif etilgan. Gilbert va hammualliflar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida, bu moddalarning — sFlt-1 va sEng — hayvon modelida (bachadon-plasentar ishemiya, ya'ni RUPP modeli) siydikda yuqori darajada aniqlangani ko‘rsatildi. sFlt-1 — VEGF (vascular endoteliy o’sish omili) va PlGF (platsental o’sish omili factor) uchun retseptor bo‘lgan VEGF-R1 ning eriuvchan shakli hisoblanadi. sEng esa TGFβ superoilasiga mansub bo‘lgan omillar uchun eriuvchan membrana ham-retseptori sifatida qaraladi. Har ikkala modda ham plasenta tomonidan ajratiladi.[6,7] Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, trofoblastlarning bachadon spiral arteriyalariga yetarli invaziya qilmasligi ularning noto‘g‘ri remodellanishiga olib keladi. Bu esa plasentaga qon oqimi va kislorod yetkazib berilishini cheklaydi, natijada gipoksik muhit vujudga keladi. Shuningdek, sFlt-1 va sEng moddalari ona organizmidagi endotelial shikastlanish va platsentar patologiya o‘rtasidagi asosiy bog‘lovchi bo‘lishi mumkinligi tahmin qilinmoqda. Bu ularni nafaqat biomarker sifatida, balki kasallik patogenezida faol ishtirok etuvchi omillar va ehtimoliy davolash nishonlari sifatida ko’rilmoqda. Ushbu tahlilimizda, ayniqsa sEng moddasiga alohida e’tibor qaratilib, u faqat biomarkermikan yoki preeklampsiyaning asosiy patogen mexanizmlaridan biri bo‘lishi mumkinligi muhokama qilamiz. Adabiyotlar tahlili va metodologiya Biz tadqiqotimizni Toshkent tibbiyot akademiyasi tug’ruq kompleksi va Ayollarni sog’lomlashtirish markaziga tashrif buyurgan sog’lom homilador ayollar 1-guruh(30ta) va preeklampsiya xavf omili mavjud ayollar 2-guruh (30ta) da 2024-yil yanvar oyidan 2025-yil fevral oyigacha olib bordik. Natijalar. Tekshiruv guruhlarda bemor yoshi o’rtasidagi farqlar quyidagicha: 1-guruhda O’rtacha yosh -28±0,8 yosh Yosh oralig’i: 19-40 yosh 2-guruhda O’rtacha yosh -26±0,6 Yosh oralig’i: 20-35 yoshni tashkil etdi. Shu bilan birga 2-guruh ayollarimizning anamnezida preeklampsiya xavf omiliga ko’ra ajratdik. Bunga ko’ra: Yuqori xavf guruhi 18ta (60%) va o’rtacha xavf guruhi 12ta (40%)ni tashkil etdi.Yana shuni aniqladikki sog’lom homilador ayollardankbirinchi tug’uvchi homilador ayollar -11ta(36,7%) hamda qayta tug’uvchi-19ta(63,3%)ni ko’rsatdi.Preeklampsiya xavfi bor ayollarda esa birinchi tug’uvchi-7ta(23,3%) va qayta tug’uvchi-23ta(76,3%)ni tashkil etganligi aniqladik.Tadqiqotimizning prospektiv kuzatgan preeklampsiya xavf omili mavjud ayolllarda yuqori xavf guruhidan 10ta (33.3%)sida SAB-180mmHg ustunigacha ko’tarilgani hamda yuqori va o‘rta xavf guruhidan 18ta(60%)sida antigipertenziv vositalar fonida ham SAB ≥140mm.Hg.ustuni aniqlandi. O’rtacha diastolik arterial qon bosimi ±101 mm. Hg,ustni va o’rtacha sistolik qon bosimi ±151mm.Hg.ustuni aniqladik. Asosiy tadqiqot natijamiz esa preeklampsiya xavf omiliga
36 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns ega ayollardan 7(23.33%)tasida surunkali arterial gipertenziya, 18 (30%)tasida gestatsion gipertenziya hamda 15(50)tasida preeklampsiya kelib chiqqanligi ulardan 9(30%) tasida yengil turi va 6(20%)tasida og’ir turi uchradi. Biz tekshiruv guruhlarimizdagi homilador ayollarning venoz qon namunasi bir vaqtda olingan. Namuna sentrifuga qildik, -80°C da saqlashga qo'ydik. Barcha namuna preeklampsiya diagnostikasida yig'ilgan, ammo o'rganilayotgan salbiy natijaning klinik shubhalari yoki uni tasdiqlashi oldidan klinik va tug'ilish natijalari preeklampsiyali bemorlarni tasniflashi uchun yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko’ra preeklampsiya xavf omili bor ayollarning venoz qonida 16 - haftasida sendoglin o’rtacha miqdori ±6.08ng/mL ; 21 - haftasida s-endoglin o’rtacha miqdori ±9.42ng/mL ; 26 - haftasida s-endoglin o’rtacha miqdor i±12.96ng/mL ; 31-haftasida s-endoglin o’rtacha miqdori ±20.74ng/mL aniqladik. Muhokama. Ushbu tadqiqot, keng miqdordagi preeklampsiya bilan og'rigan ayollarni o'z ichiga olgan holda, sEng darajalarining preeklampsiya bilan og'rigan bemorlarda normal homiladorlik bilan solishtirganda sezilarli darajada yuqori ekanligini ko'rsatadi. Bundan tashqari, sEng darajalaridagi farqlar, preeklampsiyaning og'irligi oshgan sayin, yanada kuchli bo'lganligi aniqlangan, bu sEng konsentratsiyalaridagi o'zgarishlar sistemik vaskulyar endoteliyga yetkazilgan zararning darajasi va intensitetini samarali aks ettiradi.Bizning natijalarimiz oldingi hisobotlar bilan mos keladi va preeklampsiyali ayollarda ushbu maxsus antiangiogen faktorning o'zgarishlari nafaqat sodir bo'lishini, balki ushbu biokimyoviy anomaliyalarning og'irligi oshgan sayin yanada kuchayishini ko'rsatadi, ayniqsa preeklampsiya erta paydo bo'lganida bu yaqqolroq namoyon bo’ladi. Shuningdek, biz sEng darajalari va nojo'ya homiladorlik natijalarining individual xavflari o'rtasidagi bog'lanishni baholadik. sEng darajalari eng yuqori to'rtlikka tushgan preeklampsiyali ayollar, birga keladigan onaning og’ir natijalar va o'rganilgan barcha maxsus nojo'ya natijalar xavfini oshirdi. Bundan tashqari, sEng darajalari to'rtliklari oshgani sayin birga keladigan nojo'ya natijalar va turli individual nojo'ya natijalar, jumladan, buyrak yetishmovchiligi, endotraxial intubatsiya va inotropik dori-darmonlar ehtiyoji, trombotsitopeniya, jigar fermentlarini oshishi, erta tug'ilish xavfi va surunkali arterial gipertenziya xavfi oshib borishi, xatto namuna olish paytidagi gestatsion yosh, eng yuqori sistolik va diastolik qon bosimlari va proteinurani hisobga olganda ham. Shunday qilib, biz oldingi kuzatishlarni tasdiqladik va kengaytirdik, sEng darajalari boshidanoq preeklampsiya shubhalanayotgan ayollarda keyingi nojo'ya natijalar bilan bog'liqligini tasdiqladik. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, bizning natijalarimiz sEng aylanma konsentrasiyalarining klinik ko'rinish paytida preeklampsiya og'irligi bilan chuqur bog'liq ekanligini ko'rsatadi va sEng preeklampsiya bilan og'rigan bemorlarda nojo'ya natijalar uchun prognoz biomarkeri sifatida potentsial ahamiyatga ega. Preeklampsiyani diagnostika qilish va boshqarishdagi sEng ning potentsial rolini baholash uchun yana uzoq muddatli tadqiqotlar zarur. Homiladorlikning erta muddatida qondagi s-endoglin darajasini o'lchash preeklampsiya xavfini aniqlashda yordam berishi mumkin. Bu usul xavf guruhiga kiruvchi ayollarni erta aniqlash va adekvat davolashni boshlash imkoniyatini beradi. References: 1. American College of Obstetricians and Gynecologists (ACOG Practice Bulletin No. 222, 2020) 2. World Health Organization (WHO) — Recommendations for prevention and treatment of preeclampsia and eclampsia, 2011 3. https://www.acog.org/clinical/clinical-guidance/practice-bulletin/articles/2020/06/gestationalhypertension-and-preeclampsia 4. 3.Васильева М.Ю., Зазерская И.Е., Сельков С.А., Соколов Д.И. Сравнительный анализ методик определения эндоглина в диагностике преэклампсии // Женское здоровье и репродукция: сетевое издание. 2021. № 3 (50). URL: https://whfordoctors.su/statyi/sravnitelnyjanaliz-metodik-opredelenija-jendoglina-v-diagnostike-prejeklampsii/ 5. Васильева, М.Ю. Прогностическая ценность антии проангиогенных факторов при тяжелой преэклампсии / М.Ю. Васильева, И.В. Ишкараева, [и др.] // Журнал акушерства и женских болезней. 2023. Т. 72. № 2. С. 5–17. DOI: https://doi.org/10.17816/JOWD159396.
37 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns 6. Armaly et al. “Preeclampsia: Novel Mechanisms and Potential Biomarkers”, Frontiers in Physiology, 2018. 7. Васильева, М.Ю. Сравнительный анализ методик определения эндоглина в диагностике преэклампсии / М. Ю. Васильева, И. Е. Зазерская, С. А. Сельков, Д. И. Соколов // Женское здоровье и репродукция. – 2021. – № 3(50). – С. 8-22. 8. Васина, Т. Д. Власов // Регионарное кровообращение и микроциркуляция. - 2017. - Т. 61, № 1. - С. 4-15.