AHOLINING SANATORIYA-KURORT SHAROITIDA DAVOLASH-SOG'LOMLASHTIRISHGA BO'LGAN EHTIYOJINI QONDIRISHNING MOLIYAVIY MASALALARIGA DOIR MULOHAZALAR
Abstract
maqolada aholining sanatoriya-kurort sharoitida davolash-sog’lomlashtirishga bo’lgan ehtiyojini qondirishning moliyaviy masalalari tizimli yondoshish va tizimli tahlil prinsiplariga tayangan holda o’rganilganligi bayon etilgan. Аholining sanatoriya-kurort yordamiga ehtiyojini qondirishda yuzaga keladigan moliyaviy muammolar va ularning yechimiga doir masalalar, maxsus аnketalаr yordamida olingan, 390 ta oila a’zolarining fikr va mulohazalari tahlil qilingan. Olingan ma’lumotlar asosida ushbu muammoni bartaraf etishga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Full text
82 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns AHOLINING SANATORIYA-KURORT SHAROITIDA DAVOLASHSOG’LOMLASHTIRISHGA BO’LGAN EHTIYOJINI QONDIRISHNING MOLIYAVIY MASALALARIGA DOIR MULOHAZALAR Madaxanov Akbarjan Sabirjanovich 1, Jumanova Lola Abduhalilovna 2, Madaxanov Akmal Akbarjanovich 3 1,2 Andijon davlat tibbiyot instituti, O‘zbekiston 3Andijon viloyati «Xonobod» sanatoriyasi, O‘zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.17616439 Annotatsiya: maqolada aholining sanatoriya-kurort sharoitida davolash-sog’lomlashtirishga bo’lgan ehtiyojini qondirishning moliyaviy masalalari tizimli yondoshish va tizimli tahlil prinsiplariga tayangan holda o’rganilganligi bayon etilgan. Аholining sanatoriya-kurort yordamiga ehtiyojini qondirishda yuzaga keladigan moliyaviy muammolar va ularning yechimiga doir masalalar, maxsus аnketalаr yordamida olingan, 390 ta oila a’zolarining fikr va mulohazalari tahlil qilingan. Olingan ma’lumotlar asosida ushbu muammoni bartaraf etishga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so’zlar: sanatoriya-kurort, ehtiyojini qondirishning, moliyaviy masalalar, «Sanatoriya krediti». Annotatsiya; в статье данқ результаты исследования, основанные принципам системного подхода и системному анализа, по изучению удовлетворения потребности населения на лечебнооздоровительной помощи в санаторно-курортных условиях. Проанализировано мнения и предложения по одному члену семьи из 390 семей, по выявлению и о путях решения финансовых проблем, возникающих при удовлетворении потребности населения в санаторно-курортной помощи. На основе полученных информаций разработаны рекомендации по решению данной проблемы. Ключевые слова: санаторно-курортная, удовлетворения потребности, финансовые вопросы, «кредит Санатория». Annotation: The article presents the results of a study based on the principles of a systemic approach and system analysis, aimed at examining the satisfaction of the population’s needs for therapeutic and healthimproving services under sanatorium-resort conditions. The opinions and suggestions of one member from 390 families were analyzed to identify and propose solutions to financial problems arising in meeting the population’s demand for sanatorium-resort care. Based on the information obtained, recommendations were developed for addressing this issue. Keywords: sanatorium-resort, satisfaction of needs, financial issues, “Sanatorium” credit. Kirish. O’zbekiston respublikasi tarixiy taraqqiyotida mazmun va moxiyati bilan ajralib turuvchi – Yangi O’zbekistonning taraqqiyotini ta’minlash bosqichi boshlandi. Ushbu voqelik O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11 sentyabrdagi PF-158-son «O’zbekiston – 2030» strategiyasi to’g’risida»gi Farmonida o’z aksini topdi [1]. Tabiiyki, bunday ulug’vor maqsad va vazifalarni faqat jismonan va ruhan sog’lom, hamda ma’naviy boy kishilargina amalga oshira oladi. Ushbu qonuniyatli holat, respublikamiz aholisining ezgu niyat va maqsadlarini ro’yobga chiqarishga oid, yurtimizda o’tkazilayotgan, chora-tadbirlar majmuasida har bir fuqaroning sog’lig’ini shakllantirish, saqlash va mustahkamlash, hamda faol ravishda kechadigan umrboqiyligini ta’minlashga qaratilgan masalalarga alohida ahamiyat berishni taqozo etadi. Aholi sog’lig’ini saqlash va mustahkamlashda sanatoriya-kurort muassasalarining roli va o’rni beqiyosdir[2,5]. Ushbu muassasalarda sog’lom kishilar organizmlaridagi sog’liq zaxiralarini oshirish va mustahkamlashga, bemorlar esa sog’liqlarini va mehnat qobiliyatlarini tiklash va oshirish imkoniga ega bo’ladilar[3,4,6]. O’zbekiston Respublikasidagi tinchlik, osoyishtalikning barqarorligi va farovonlikning oshib borishi sharoitida aholinig o’z sog’lig’larini saqlash va mustahkamlash imkoniyatlari kengayib bormoqda. Ushbu holat respublikadagi sanatoriya-kurort komplekslarining mavjudlaridan foydalanish va yangilarini qurish masalalarini, bir tomondan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining № PQ-4702 – sonli 2020 yil 1 maydagi “ Xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baxolash tizimini joriy etish to’g’risida” qarori va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining № PF-6097-sonli 2020 yil 1 oktyabrdagi “2030 yilgacha fanni rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Farmonining mazmun va mohiyati nuqtai nazardan yondashgan va eng muhimi, aholining O’zbekiston hududidagi mavjud sanatoriya-kurort muassasalari
83 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns hizmatidan ehtiyojlarini qondira olish darajasida foydalana olish imkoniyatlari va uni yanada oshirish masalalari atroflicha o’rganishni taqozo etmoqda. Tadqiqotning maqsadi: Aholining sanatoriya-kurort sharoitida sog’liqlarini shakllantirish, saqlash va mustahkamlash imkoniyatlarini oshirishga doir ilmiy asoslangan innovatsion taklif va tavsiyanomalar majmuasini yaratishdan iborat bo’ldi. Tadqiqot uslublarining tasnifi. Tadqiqotning metadologiyasi asosini sifatida tizimli tahlil va tizimli yondashish tayanildi. Bunda, sotsiologik va statistik usullar yordamida aholining sanatoriya-kurort xizmatiga ehtiyojini qondirishda yuzaga keladigan moliyaviy muammolar va ularning yechimiga doir masalalar, maxsus аnketalаr yordamida olingan, 390 ta oila a’zolarining fikr va mulohazalari o’rganildi va tahlil qilindi. Olingan natijalar, ma’lumotlar. Andijon, Namangan va Fargona viloyatlarida joylashgan MFY hududlari va u erda yashayotgan, sanatoriya-kurort sharoitida davolanish -sog`lomlashtirishga ehtiyojmand bo`lgan oilalar va «Xonobod» sanatoriyasi mutaxasislarning tadqiqotning dasturiga binoan olingan ma’lumotlar asosida ularning fikr va mulohazalarini o’rganish quyidagi natijalarni berdi. Oila a’zolari orasida sanatoriya - kurort sharoitida davolanishga ehtiyoj sezayotganlar borligini va buning sababi 23,3 % hollarda surunkali kasalligi va 19,6 % hollarda asablari charchaganligi, 57,1% hollarda esa, asab tarangligi va kasallik bilan bog’liq ekanligi yanada yaqqol namoyon bo’ldi Sihatgoh sharoitida davolanish-sog’lomlashtirish va dam olishga ehtiyoj tug’dirgan kasalliklar va holatlar bo’yicha taqsimlanishi o’rganilganda quyidagilar ma’lum bo’ldi. Endokrin tizimining kasalliklari, oziqlanish va modda almashinuvning buzilishlari, teri kasalliklari, siydik tanosil tizimi salmog’i nisbatan kam ekanligini alohida qayd etish o’rinli. Asab tarangligi holatining salmog’i yuqoriligi e’tiborni tortadi. Ushbu ko’rsatkichlar, birinchidan shifokorlar tomonidan kasallik tufayli sanatoriyaga yuborayotgan shaxsning, kasallik holati va tashxisidan kelib chiqqan holda ushbu maskanning ixtisoslashganligini hisobga olishi muhim ekanligiga ishora qiladi. Ikkinchidan, albatta tizimli yondoshish va tizimli tahlil prinsiplariga asoslangan holda, aholining sanatoriya-kurortlar xizmatidan foydalanishga bo’lgan ehtiyojlari qondirila olayotgan va olmayotganligining demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik aspektlarini o’rganishga bag’ishlangan tadqiqotlar olib borishning naqadar dolzarbligini ko’rsatdi. Fikrimicha, sanatoriya-kurort sharoitida davolanish-sog’lomlashtirishga ehtiyojlari bor, ammo ushbu maskanlarning imkoniyatlaridan bahramand bo’la olmaganlar haqidagi yuqoridagi ko’rsatkichlar ushbu voqelikning sabablarini chuqur va atroflicha o’rganishga asos bo’la oladi. Bu borada, avvalo respublikamizda ilmiy asoslangan manbaalar [7,8,9] kamligini ta’kidlash o’rinli. 1-jadval Oilalarning sanatoriya-kurort sharoitida davolanish-sog’lomlashtirishga bo’lgan ehtiyojlarining turlariga va ularning qondirilishiga qarab taqsimlanishi Sihatgohda davo-lanishsog’lomlashtirishga ehtiyoji bor oilalar Jami Jumladan sihatgohda davolanganlar davolanmaganlar m Kasallik tufayli Abs.son 76 18 58 % 100,0 23,7 76,3 4,8 Asablarining taranglashuvi Abs.son 31 11 20 % 100,0 35,5 64,5 8,5 Kasallik va asabning taranglashuvi Abs.son 26 9 17 % 100,0 34,6 65,4 9,3 Umumiy soni Abs.son 133 38 95 % 100,0 28,6 71,4 3,9
84 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns Oila a’zolarining sanatoriya-kurortlarda davolanish-sog’lomlashtirishga ehtiyojlari bo’la turib, bora olmaganliklarining sabablariga qarab taqsimlanishining tahlili quyidagidarni qayd etishga asos bo’ldi. Asosiy sabab – milliy urf odatlarimizga ko’ra turli xil sabablar bilan o’tkaziladigan “elga dasturxon yozishlar”ga ketadigan sarf-harajatlardan oshinmaslik, sanatoriyada davolanishga, sog’lomlashtirishga va dam olishga belgilangan narx-navolarning yuqoriligi, oiladagi moliyaviy yetishmaslik, farzandlarni o’qitish bilan bog’liq harajatlardan oshinmaslik,uy ishlari bilan o’ta bandlik, oila a’zolarida yoshlikdan sihatgohlar xizmatidan foydalanish fikri yetarli darajada shakllanmaganligi bilan bog’liq ekanligi ma’lum bo’ldi. Xulosalar. Aholining sihatgohlar sharoitida davolanishga, sog’lomlashtirishga bo’lgan ehtiyojlari yil sayin oshib borayotganligi, ushbu maskanlar xizmatidan foydalanish imkoniyatlarini oshirishda, tizimli yondashish va tizimli tahlil tamoyillariga asoslangan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish shu kunning dolzarb vazifalaridan biri bo’lib qolayotganligini e’tirof etish o’rinli, deb hisoblaymiz. Taklif va tavsiyalar: 1. Respublikada ko’plab sanatoriyalar ishlab turgan va jahon standartlariga javob beradigan yangilari qurilayotgan bir davrda aholining sanatoriya sharoitida davolanish va sog’lomlashtirishga bo’lgan ehtiyojini aniqlash va ushbu maskanlarga yuborilishidagi muammolarni yechishda: 1.1. Barcha korxonalar, davlat yoki nodavlat maqomida bo’lishdan qat’iy nazar, o’z xodimlarini sanatoriya sharoitida davolanish va sog’lomlashtirishga bo’lgan ehtiyojlarini aniqlash va ushbu maskanlarga yuborilishini taminlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishlari korxona faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi sifatida qarashlari psixologiyasini shakllantirish maqsadga muvofiq. 1.2. Mahalla fuqarolar yig’inlari (MFY) o’z fuqarolarining sog’lig’ini saqlash masalalari va bu boradagi ish rejalarini amalga oshirishda oilaviy shifokorlar va shahar, tumanlardagi aholini ijtimoiy himoya qilish xizmatlari xodimlari bilan hamkorlikda, ularning sog’lomlashtiruvchi turizm imkoniyatlaridan foydalanishlariga ko’maklashishni tashkil etishlari maqsadga muvofiiq. 1.3. Mahalla fuqarolar yig’inlari (MFY) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senat Kengashining 14.09.2019 yil, № 2736-III-con/ QQ592-III Qo’shma qarori bilan tasdiqlangan “To’ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o’tkazishni tartibga solish to’g’risidagi” Nizomda belgilangan chora tadbirlarni amalga oshirishda ishtiroklarini yanada faollashtirish zarur. 1.3.1. Mahalla fuqarolar yig’inlari (MFY) o’z fuqarolarining sog’lig’ini saqlash masalalari va bu boradagi ish rejalarida oilaviy shifokorlar va shahar, tumanlardagi aholini ijtimoiy himoya qilish xizmatlari xodimlari bilan hamkorlikda keng jamoatchilik orasida to’ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ortiqcha xarajatlarsiz o’tkazish o’rniga, o’sha pullarga oila a’zolarini sog’lomlashtiruvchi turizm imkoniyatlaridan foydalanishga sarflashlari maqsadga muvofiqligi haqida oilalar kesimida tushuntirish ishlarini olib borishlar o’z samaralarini beradi deb o’ylaymiz. 1.3.2. Mahalla fuqarolar yig’inlari (MFY) xodimlari oilaviy shifokorlar bilan hamkorlikda, ularning hududida sanatoriyalarda davolanishga va sog’lomlashtirishga ehtiyoji bor oilalarni aniqlashlari va ular orasida farzandlari institut va universitetlarda pulli o’qiydigan oilalarni aniqlashlari va ularga bankdan “Sanatoriya” kreditini olib sanatoriya sharoitlarida sog’liqlarini tiklab olishlarida tashkiliy yordam ko’rsatishlari maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. 2. Aholining sanatoriya kurort xizmatidan foydalanishga bo’lgan ehtiyojini qondirishda davlat tomonidan, birinchidan sihatgohlarda dam olmoqchi va davolanmoqchi bo’lganlar uchun “SANATORIYA” nomli kam foizli kreditlar berilishini tashkil etish maqsadga muvofiq; ikkinchidan–sanatoriyalar ichki va tashqi imkonlaridan kelib chiqib o’z hisob raqami doirasida ochilgan va faqat SANATORIYA bilan MIJOZ o’rtasidagina amal qiladigan maqsadli “SANATORIYA KREDITI” muomilasini yo’lga qo’yilishi muammoni hal qilishda samarali usul bo’ladi, deb hisoblaymiz. Har bir fuqaro, birinchidan sanatoriya-kurort sharoitida davolanishdan va dam olishning inson salomatligini saqlash va mustahkamlashda muhim rol o’ynashini chuqur anglashi ayni paytda ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun avvalo moliyaviy sharoit doim ham bo’lavermasligini e’tirof etgani to’g’ri bo’ladi. Ikkinchidan, ushbu holatni hisobga olgan holda sanatoriyakurort sharoitida davolanish va dam olishga borish uchun oldindan, oylar balki 2-3 yil davomida, oylik
85 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns maoshi yoki pensiyasidan ma’lum qismini bankda saqlashga ajratishi maqsadga muvofiq. Bunda, ajratiladigan pulning miqdori oilaning oylik sarf-xarajatlariga ta’siri sezilmaydigan darajada bo’lishi kerak. Respondentlarimiz tomonidan shuningdek, MFY tomonidan kam ta’minlangan, ayni paytda sanatoriyakurort sharoitida davolanishga ehtiyoji bor fuqarolarga sahovatpesha tadbirkorlar, xususiy korxonalarning rahbarlarining muruvvat yordamlarini tashkil etishlari ham mumkin, degan fikrlar bildirildi. 3. Aholining aksariyat ko’pchiligi uchun bugungi kunda, sihatgohda davolanish uchun belgilangan bir kunlik to’lov narxini mumkin qadar past bo’lishini ta’minlash orqali sihatgohga keluvchilar sonini nafaqat oshirish ya’ni ehtiyojlarini qondirish, balki bu yerda ularning davolanish muddatini uzaytirish imkoniyatini tug’diradi. Bu esa, o’z navbatida, bemor sihatgohda to’laqonli davolanishini ta’minlovchi omillardan biri bo’lib xizmat qilishi tabiiy. References: 1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 11 сентябрдаги ПФ-158-сон «Ўзбекистон – 2030» cтратегияси тўғрисида»ги Фармони. 2. Андреева Л.М., Панкина Е.С. Роль семейного досуга в укреплении семейных отношений в санаторно-курортных учреждениях /Международная научно-исследов… https://researc jornal.org.>archive/DDI:https://doi/org/10/23670/IRJ. 2021.108.6.100 3. Беляков О.И.Семейный туризм как форма досуговой деятельности./О.И. Беляков, И.В. Мещерякова//Известия Пензенского пед.Университета им. В.Г.Белинского,2012.№ 2.С.4-6. 4. Войтенко М. В., Чупыркина Е. А. Качество обслуживания туристов в санаторнокурортных учреждениях Барнаула //География и природопользование Сибири. – 2014. – №. 17.– С. 22-27. 5. Глухов А.Н., Ефименко Н.В., Кайсинова А.С., Чалая Е.И. Актуальные вопросы медицинской, социальной и экономической эффективности санаторно-курортного лечения. // Курортная медицина. 1, 2-15, 2014. 6. Курилович А.В., Физические методы реабилитации пациентов с безболевой ишемией миокарда: автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата медицинских наук: специальность 14.03.11 <Восстановительная медицина, спортивная медицина, курортология и физиотерапия>: специальность 14.01.04 <Внутренние болезни> / Курилович Андрей Викторович; [Воен.-мед. акад. им. С. М. Кирова]. - Санкт-Петербург, 2013. - 16 с. 7. Мадаханов А.С.,Шаматов И.Я. К вопросу об инновационных подходах к удовлетворению потребности населения в курортно-оздоровительной помощи./Материлы Международной научнопрактической конференции “Медицинский и курортно-оздоровительной туризм: проблемы, инновации перспективы”.6 декабря 2023г.Ташкент.Узбекистан.-с.47. 8. Мухитдинова Н.К. Мадаханов А.С. К вопросу об удовлетворении потребности населения в лечении и оздоровлении в санаторно-курортных учреждениях //Cовременные аспекты санаторнокурортного лечения, медицинской реабилитации и туриз-ма” //Сборник тезисов Международной научно-практической кон-ференции“/ Федерация профсоюзов Узбекиста-на.Тошкент., 25-26 май 2023г.С.18. 9. Оборин М.С., Владимирский Е.В., Каячев А.П., Плотников А.В. Потребность населения Пермского края в санаторно-курортном лечении и качество здоровья: Мошность санаторнокурортного комплекса и пути его развития// Фундаментальный исследования,-2014.-№9-5.С.10661070. УРЛ.: https//fundamentalretcеарrch.ru /аrticlе/viеwid=35018.