O'TKIR DIAREYA KLINIKASI TASHXISLASH USULLARI, DAVOLASH VA PROFILAKTIKASI: ADABIYOTLAR SHARHI
Abstract
O‘tkir diareya, ya’ni ich ketishi kichik yoshdagi bolalarda ko‘p uchraydi va ular salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, kamqonlik, raxit, yod tanqisligi bo‘lgan o‘g‘il-qizlarda xastalikka moyillik ko‘proq kuzatiladi.
Full text
130 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns O’TKIR DIAREYA KLINIKASI TASHXISLASH USULLARI, DAVOLASH VA PROFILAKTIKASI: ADABIYOTLAR SHARHI Axmatova Munisa Azamat qizi, Xudoyberdiyeva Marg‘iyona Olmos qizi KIUT talabasi Ilmiy rahbar: Seytnazarov Miyribek Maxsetovich KIUT katta o’qituvchi Toshkent Kimyo xalqaro universiteti. m.seytnazaro[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17617077 Annotatsiya: O‘tkir diareya, ya’ni ich ketishi kichik yoshdagi bolalarda ko‘p uchraydi va ular salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, kamqonlik, raxit, yod tanqisligi bo‘lgan o‘g‘il-qizlarda xastalikka moyillik ko‘proq kuzatiladi. Kasallik bemor holati va organizmga tushgan mikrob yoki virus xususiyatiga qarab engil, o‘rtacha yoki og‘ir, ba’zan tipik bo‘lmagan shaklda o‘tishi mumkin.Kasallik ko‘pincha bolalar orasida ko‘p uchraydi va yoshi kattalarga qaraganda og‘irroq kechadi. Kasallik sanitariya-gigiena talablariga amal qilinmagan holatlarda ko‘p uchraydi. Kasallik umumiy ovqatlanish markazlarida va bolalar bog‘chalarida qayd qilinishi epidemiologik tomondan xavfli hisoblanadi. O‘tkir diareya bilan odamlar yoz-kuz mavsumlarida ko‘proq kasallanadi. Demak mavsumiylik xususiyatga ega. Kasallikning ko’p uchrashi havo haroratning yuqori bo’lishi va mikroorganizmlar ko‘payishi uchun qulay bo’lishi, odamlar tomonidan meva va sabzavotlarni yuvmasdan istemol qilishi va suvga bo’lgan ehtiyojning ortishi bilan bog’liq. Kalit so‘zlar: o‘tkir diareya, sanitariya, gigiena, epidemiologiya, profilaktika, regidrotatsiya, degidrotatsiya, spazm, shigella, salmonella, rotavirus Аннотация. Острая диарея, то есть диарея, часто встречается у маленьких детей и может быть опасной для их здоровья. Предрасположенность к заболеванию чаще наблюдается у мальчиков и девочек, особенно при анемии, рахите, дефиците йода. Заболевание может протекать в легкой, средней или тяжелой, иногда нетипичной форме, в зависимости от состояния пациента и характера микроба или вируса, попавшего в организм.Заболевание чаще встречается у детей и протекает тяжелее, чем у пожилых людей. Заболевание чаще всего встречается при несоблюдении санитарных требований. Эпидемиологически опасным считается регистрация заболевания в центрах общественного питания и детских садах.Люди с острой диареей чаще болеют в летне-осенние сезоны. Отсюда и сезонность. Большая часть заболеваемости связана с тем, что воздух благоприятен для высоких температур и размножения микроорганизмов, потребляется людьми без мытья фруктов и овощей, а также с повышенной потребностью в воде. Ключевые слова: острая диарея, санитария, гигиена, эпидемиология, профилактика, регидратация, обезвоживание, спазмы, шигелла, сальмонелла, ротавирус Annotation. Acute diarrhea, that is, diarrhea, is common in young children and can be dangerous to their health. Predisposition to the disease is more often observed in boys and girls, especially with anemia, rickets, and iodine deficiency. The disease can occur in mild, moderate, or severe, sometimes atypical forms, depending on the patient’s condition and the nature of the microbe or virus that has entered the body.The disease is more common in children and is more severe than in the elderly. The disease is most often found in cases of non-compliance with sanitary requirements. Epidemiologically dangerous is the registration of the disease in public catering centers and kindergartens.People with acute diarrhea are more likely to get sick in the summer and autumn seasons. Hence the seasonality. Most of the morbidity is due to the fact that the air is favorable for high temperatures and the reproduction of microorganisms, consumed by people without washing fruits and vegetables, as well as with an increased need for water. Keywords: acute diarrhea, sanitation, hygiene, epidemiology, prevention, rehydration, dehydration, cramps, shigella, salmonella, rotavirus
131 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns Kirish. O‘tkir diareya – bu odatda 14 kundan kam davom etadigan, suyuq va tez-tez najas chiqarish bilan xarakterlanuvchi holat. Ko‘pchilik hollarda infeksiyalarga bog‘liq bo‘lib, o‘z ichiga viruslar, bakteriyalar va parazitlar kiradi. Bu holat dunyo bo‘yicha kattalar va bolalarda keng tarqalgan kasallik bo‘lib, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda salomatlikka xavf tug‘diradi [1,3]. O‘tkir diareya kasallanigi bolalar va yoshi kattalar orasida o‘limga olib keluvchi sabablardan biridir. Rivojlanmagan mamlakatlarda o‘tkir diareya kasalligi bilan kasallanish va o‘lim darajasi bolalarda eng ko‘p uchraydi. Masalan, Lotin Amerikasida bolalar hayotining dastlabki 2 yilida diareya bilan kasallanish darajasi yiliga taxminan 2,7 tani tashkil qiladi [1]. O‘tkir diareya rivojlanishi bilan kechadigan o‘tkir ichak infektsiyalari yuqori ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib, yuqori kasallanish, o‘lim va ob’ektiv diagnostika qiyinchiliklari tufayli butun dunyoda dolzarb sog‘liqni saqlash muammosi hisoblanadi. Bu infektsiyalar qo‘zg‘atuvchisi bakteriyalar, viruslar va protozoa bo‘lishi mumkin va 30 dan ortiq klinik shakllar bilan kechuvchi o‘tkir diareya rivojlanishi bilan tavsiflanadi [9].Sayohatchi diareya deb ataladigan kasallik eng keng tarqalgan o‘tkir kasalliklardan biridir. Yuz minglab odamlar, birinchi navbatda, sayyohlar, bir mintaqadan boshqasiga ko‘chib o‘tishda sayohatchilarning diareyasidan aziyat chekmoqda. Statistik ma‘lumotlarga ko‘ra, bu diareya bilan kasallanganlarning deyarli 20 foizi yotoq rejmda kamida bir kun o‘tkazadi, ekskursiyalar, ta’tillar va boshqa tadbirlarni o‘tkazib yuboradi, taxminan 40% sayyohlar kasallik sababli o‘z rejalarini tuzatishga majbur bo‘ladi va faqat 1% sayyohgina kasalxonaga yotqiziladi [10]. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab diareya kasalligining taxminan ikki milliard holati qayd etiladi. Har yili 5 yoshgacha bo‘lgan 1,9 million bola diareyadan vafot etadi, asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda. Bu ko‘rsatkich besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining 18 foizini tashkil etadi, ya’ni har kuni 5000 dan ortiq bolalar diareya kasalliklari natijasida vafot etadi. Diareyadan bolalar o‘limining 78 % Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyoda sodir bo’ladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda nisbatan kam sonli bemorlar diareyadan o‘lishadi, ammo bu sog‘liqni saqlashga katta xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lgan kasallanishning muhim sababi bo‘lib qolmoqda. Bu davlatlarda diareya kasalliklaridan o‘lim darajasi so‘nggi yigirma yil ichida nisbatan barqaror bo‘lib qoldi [11]. Rivojlangan mamlakatlarda diareya etiologiyasida virusli agentlar, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa bakterial agentlar ustunlik qiladi. Ko‘p hollarda infektsiya ifloslangan suv yoki oziq-ovqat orqali sodir bo’ladi [9]. Kasallikning etiologiyasi va patogenezi. Etiologiya. O‘tkir diareyaga sabab bo‘luvchi etiologik agentlarga quyidagilar: • Viruslar: rotavirus, norovirus, adenovirus va astroviruslar kabi viruslar diareyada keng tarqalgan sabablardan biridir. • Bakteriyalar: Escherichia coli (enterotoksigenik, enterohemorragik, enteroinvaziv) Salmonella spp., Shigella spp., Campylobacter spp. va Vibrio spp. kabi patogenlar ham deareyaga sabab bo‘lishi mumkin. • Parazitlar: Giardia lamblia, Entamoeba histolytica va Cryptosporidium kabi protozoalar ham o‘tkir diareyada ro‘l o‘ynaydi, ayniqsa immuniteti susayganlarda paydo bo‘ladi [1, 5]. Patogenezi. Infeksion diareyada suyuqlik va elektrolitlar ichak devoridadan normativ darajada so‘rilmaydi yoki ortiqcha sekretsiya yuz beradi. Quyidagi mexanizmlar ko‘pincha ishtirok etadi: • Sekretor mexanizm: ba’zi bakteriyalar yoki toksinlar (masalan, Vibrio cholerae toksini) suyuqlik va elaktrolitlarning ichakda sekretsiyasini faollashtiradi va so‘rilishini sekinlashtiradi. • Osmotik mexanizm: ichak bo’shlig’ida yaxshi so‘rilmaydigan moddalar (masalan shakarlar, oziqovqat moddalarini ichakdan normal so‘rilishiga to‘sqinlik qiluvchi yoki buzadigan omil) osmoslar bosimni oshirib, suvni ichakka tortadi va diareyani keltirib chiqaradi. • Irritativ yoki invaziv mexanizm: Shigella, Salmonella kabi bakteriyalar ichak shilliq qavatini zarar qilib, tana to‘qimalarining shikastlanish yoki infeksiyasiga javoban immun tizimi tomonidan yuzaga keladigan himoya jarayonni qo‘zg‘atadi va natijada suyuqlik yo’qotish ortadi.
132 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns • Mukozal buzilishlar va transport disfunksiyasi: patogenlar ichak shilliq devorini shikastlab, elektroion transport mexanizmlarini o‘zgartiradi, natijada suv, natriy va xlor ionlarining transporti buziladi [6, 7]. Klinik ko‘rinishi. Diareya pediatriya amaliyotida keng tarqalgan alomatdir. Odatda, normal holatda bola 1 yoshdan oshgan bolalarda kuniga 1-2 marta najas chiqishi kerak; najas formalangan (shakllangan), rangi jigarrang, o‘rtacha qattiqlikda bo‘lishi kerak. Qon, yashil moddalar, shilimshiq, yoki boshqa g‘ayritabiiy moddalar bo‘lmasligi kerak. Diareya kassaligida bo‘lsa najas chastotasi oshadi, u bo‘shashadi va hatto suyuq, va tarkibida har xil aralashmalar bo‘lishi mumkin. Diareyada najas chastotasining ortishi va najas xarakterining kompleks o‘zgarishi kuzatiladi [10]. O‘tkir diareyaning asosiy klinik belgilari quyidagilar: 1. Tez-tez va suyuq najas chiqarish: kuniga 3 yoki undan ortiq suyuq najas chiqarish. 2. Isitma: o‘tkir infeksiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan diareyada isitma kuzatilishi mumkin. 3. Qorin bo‘shlig‘ida og‘riq va spazmlar: ichak peristaltikasining oshishi natijasida, qorin bo‘shlig‘ida og‘riq va spazmlar paydo bo‘lishi mumkin. 4. Belgilari: quruq og‘iz, ko‘zlarning cho‘zilishi, siydik miqdorining kamayishi va bosh aylanishi tanadagi suv va elektrolitlar miqdorining sezilari darajada kamayish holati bo‘ladi [1, 5]. Gelmintoz kasalliklarda ham o‘tkir kasalliklarda kuzatiladigan belgilar bo‘ladi. Parazitar kasalliklar bo‘yicha epidemiologik va epizootologik vaziyatlar dunyoning ayrim mamlakatlarida murakkab bo‘lib turibdi. Kasalliklar asosan maktabgacha yoshdagi va boshlangʻich sinf oʻquvchilarida koʻp uchramoqda. Kasallik belgilari tuʻrli-tuman boʻlib tipik belgilar teridagi oq dogʻlar, vazn yoʻqotish, tuʻngi vaqtlari anal teshigi atrofida qichish paydo boʻlishi hisoblanadi. Ogʻir holatlarda bolalarning jismoniy rivojlanishdan orqada qolishi, minerallar almashinuvi buzilishi oqibatida kamqonlik, soch tushishi, tishlarning kareyisga beriluvchanligi, xotiraning pasayishi, tutqanoqlar kuzatilishi mumkin. Bolalar orasida gelmintoz kasalliklarni erta aniqlash yuqorida aytilgan patologik belgilarni oldini olishda va sogʻlom avlodni voyaga yetkazishda judayam ahamiyatli [12]. Bakterial ekzotoksinlar keltirib chiqaradigan sekretor diareyada elektrolitlar (xlor, kaliy, natriy) va suyuqlikning enterotsitlar tomonidan ichak devorlaridan gipersekretsiyasi kuzatiladi, shuningdek, so‘rilishning buzilishi sodir bo’ladi. Ushbu turdagi diareyaning rivojlanishiga sabab bo’lgan tipik patogenlar vabo vibrionlari va enterotoksigen Escherichia coli (E.coli) hisoblanadi [13]. Biroq, diareyaga sabab nafaqat oshqozon-ichak traktiga ta‘sir qiladigan ichak infektsiyalari bo‘lishi mumkin, balki boshqa, nafas olish yo‘llari kabi infektsiyalari bo‘lishi mumkin. Bunday holda, diareyaga virus va uning toksiniga tananing umumiy reaktsiyasining namoyon bo‘lishi kuzatiladi [10]. O‘tkir diareya - bu tez-tez va suyuq najas chiqarish bilan kechadigan, ko‘pincha infektsion kelib chiqadigan keng tarqalgan gastroenterologik kasallik bo‘lib, dunyo bo’ylab kattalar va bolalarda salomatlikka sezilarli xavf tug‘diradi. Uning etiologik agentlariga viruslar (rotavirus, norovirus, adenovirus), bakteriyalar (Escherichia coli, Shigella, Salmonella, Campylobacter, Vibrio spp.) va protozoalar (Giardia lamblia, Entamoeba histolytica, Cryptosporidium) kiradi. Ushbu patogenlar ichak shilliq qavatiga zarar yetkazib, suv va elektrolitlar so‘rilishini buzadi, bu esa diareya va natijada degidratsiya holatiga olib keladi. Patogenezning asosiy mexanizmlari orasida sekretor, osmotik va invaziv jarayonlar mavjud bo’lib, ular ichakning elektrolit va suv transportini o‘zgartiradi va tanadagi suv balansining buzilishiga sabab bo’ladi. Kasallik tashxisi O‘tkir virusli enteritning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar a) najasdagi qon va yallig‘lanish hujayralarining yo‘qligi; b) antibakterial terapiya ta‘sirining etishmasligi; v) o‘z-o‘zidan sog‘ayish qobiliyati. Najasning konsistensiyasiga, hidiga, hajmiga, undagi qon, yiring, shilimshiq yoki yog‘ borligiga e’tibor berish kerak. Najasni laboratoriya tekshiruvi quyidagilarni aniqlashga imkon beradi yog‘ tomchilari (steatoreya), mushak tolalari (kreatoreya) va kraxmal bo‘laklari (amiloreya). Ichak hazm tizimining normal
133 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns ishlashini, hazm moddalarining so‘rilish jarayonlarining kechishini va gijja tuxumlari, amyobalar bilan zararlanmaganligini tasdiqlashda yordam beradi [13, 14]. O‘tkir diareyaning tashxisi klinik ko‘rinish asosida qo‘yiladi. Biroq, quyidagi holatlarda laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilishi tavsiya etiladi: Diareyada najasda qon aniqlansa: Shigella, Campylobacter yoki Entamoeba histolytica kabi patogenlarni aniqlash uchun. Immuniteti susaygan bemorlar: Cryptosporidium yoki Cyclospora kabi parazitlarni aniqlash uchun. Ichak kasalliklari endemik bo’lgan davlatlarga sayohat tarixiga ega bemorlar: Enterotoksigen Escherichia coli (ETEC) kabi patogenlarni aniqlash uchun. Davolanishga javob bermaydigan diareya: antibiotiklar yoki boshqa tegishli davolashlarga javob bermaydigan diareya holatlarida qo’shimcha tekshiruvlar o‘tkazilishi kerak [2, 5, 6]. Davolash va oldini olish Hozirgi vaqtda o‘tkir yuqumli kasallikni davolashda diareya antibiotiklar nisbatan kamroq qo‘llaniladi, shunga qaramay, ba‘zi hollarda ular zarur. Bugungi kunda o‘tkir va surunkali diareyani davolashda smektitga asoslangan adsorbentlar katta o‘rin egallaydi [10]. Og‘iz orqali regidratatsiya terapiyasi (ORT) tegishli diareya holatida suvsizlanishning oldini olish yoki o‘rnini to‘ldirish uchun og‘iz eritmalarni foydalanish. Og‘iz orqali regidratsiya terapiyasi o‘tkir gastroenteritni davolashning samarali usuli hisoblanadi, bu rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda kasalxonaga yotqizish zaruratini kamaytiradi [11]. O‘tkir diareyaning davolash usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Suyuqlik va elektrolitlarni tiklash: eng muhim davolash usuli hisoblanadi. Og‘ir degidratsiya holatlarida intravenoz suyuqliklar qo‘llaniladi. Yengil va o‘rta darajadagi degidratsiya holatlarida oral regidratatsion eritmalari tavsiya etiladi. Antidiareyal preparatlar: loperamid kabi preparatlar simptomatik davolashda qo‘llanilishi mumkin. Biroq, ular infektsiyali diareyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak. [9]. Antibiotiklar: bakterial infektsiyalarni davolashda antibiotiklar qo‘llaniladi. Masalan, Shigella infeksiyasida siprofloksatsin yoki azitromitsin tavsiya etiladi. O‘tkir diareyani oldini olish uchun quyidagi choralarga rioya qilish tavsiya etiladi: Gigiena qoidalariga rioya qilish, qo‘llarni tez-tez yuvish, toza ichimlik suvidan foydalanish va oziq-ovqatni to‘g‘ri saqlash. [2]. Emlash: rotavirusga qarshi emlash bolalarda o‘tkir diareya xavfini kamaytiradi. Suv va sanitariya sharoitlarini yaxshilash, toza ichimlik suvi va sanitariya sharoitlarini yaxshilash diareya kasalliklarini kamaytirishga yordam beradi. [4, 5]. Davolashning eng muhim elementi - yo‘qotilgan suyuqlik va elektrolitlarni tiklash. Og‘ir degidratsiya holatlarida intravenoz suyuqliklar qo‘llanadi, yengil va o‘rta darajadagi degidratsiya holatlarida oral regidratatsion eritmalari yetarli bo‘ladi. Shuningdek, simptomatik davolash (loperamid, bismut preparatlari) va faqat kerak bo’lganda antibiotiklar qo‘llanadi, chunki barcha diareya holatlari antibiotikka muhtoj emas. Probiotiklar ichak mikroflorasini tiklashda yordam beradi, ammo ularning samaradorligi tu‘rlicha bo‘lishi mumkin. Xulosa O‘tkir diareya - bu keng tarqalgan va ko‘pincha o‘z-o‘zidan tuzaladigan holat bo‘lishiga qaramay, ayrim hollarda og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. To‘g‘ri tashxis qo‘yish va samarali davolash usullarini qo‘llash bemorning holatini yaxshilashga yordam beradi. Profilaktika choralari esa diareya kasalliklarining oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Klinik ko‘rinishlar diareya chastotasi va miqdori oshishi, qprin sohasida og‘riq va spazmlar, isitma, qayt qilish va og‘ir holatlarda degidratsiya belgilari bilan namoyon bo‘ladi. Degidratsiya og‘ir darajada bo‘lsa, qon bosimi pasayishi, siydik miqdorining kamayishi va hayotiy xavf tug‘ilishi mumkin. Tashxis ko‘pincha klinik belgilarga asoslangan bo‘lsa-da, qaysi patogen sabab bo‘lganini aniqlash uchun laboratoriya tekshiruvlari, najas bakteriologik tekshiruvi va zarur hollarda PZR diagnostikasi qo‘llaniladi.
134 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMNS) ISSN: 2181-287X MTPHMPOI International Scientific and Practical Conference on Medical Tourism, Public Health and Management: Problems, Opportunities, and Innovations Tashkent, November 11, 2025 in-academy.uz/index.php/ejmns Profilaktik choralar esa o‘tkir diareyaning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Bular qatoriga: toza ichimlik suvini ishlatish, qo‘l gigiyenasiga rioya qilish, oziq-ovqatni to‘g‘ri saqlash va qayta ishlash, rotavirusga qarshi emlash, hamda sanitariya sharoitlarini yaxshilash kiradi. Shu bilan birga, bolalar va immuniteti susaygan bemorlar uchun qo‘shimcha ehtiyot choralari zarur. Umuman olganda, o‘tkir diareya - bu tez-tez uchraydigan, lekin to‘g‘ri tashxis qo‘yish, samarali davolash va profilaktika choralarini qo‘llash orqali asoratlaridan saqlanish mumkin bo‘lgan kasallikdir. Suyuqlik va elektrolitlarni o‘z vaqtida tiklash, to‘g‘ri medikamentoz davolash va sanitariya-gigiyena choralari bemor salomatligini saqlash va o‘tkir diareya bilan bog‘liq murakkab oqibatlarning oldini olishda asosiy omillardir. References: 1. Aranda-Michel J, Giannella RA. Acute diarrhea: a practical review. Am J Med. 1999 Jun;106(6):670-6. doi: 10.1016/s0002-9343(99)00128-x. 2. Centers for Disease Control and Prevention (CDC). Guidelines for the management of acute diarrhea. Health Alert Network (HAN); 2005 Sep 5. Available from: https://stacks.cdc.gov/view/cdc/25142. 3. Centers for Disease Control and Prevention (CDC). Diarrhea: Common Illness, Global Killer. Available from: https://stacks.cdc.gov/view/cdc/152306/cdc_152306_DS1.pdf. 4. Lee L. Oral Rehydration, Maintenance, and Nutritional Therapy. MMWR Morb Mortal Wkly Rep. 1992;41(RR-16):1-20. Available from: https://www.cdc.gov/mmwr/preview/mmwrhtml/00018677.htm. 5. Meisenheimer ES. Acute Diarrhea in Adults. Am Fam Physician. 2022 Jun 1;105(11):1032-1039. Available from: https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/35839362/. 6. Pawlowski SW, et al. Diagnosis and Treatment of Acute or Persistent Diarrhea. Am Fam Physician. 2009 Jun 15;79(12):1065-1071. Available from: https://pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC2723735/. 7. Van Chuc D, et al. Clinical Epidemiology Features and Risk Factors for Acute Diarrhea in Children. Front Pediatr. 2023 Apr 6;11:10319457. Available from: https://pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC10319457/. 8. World Health Organization. Diarrhea: Why Children Are Still Dying and What Can Be Done. Available from: https://www.who.int/maternal_child_adolescent/documents/9241593180/en/. 9. Ющук Н.Д., Андреев Д.Н., Кучерявый Ю.А. Острая диарея у взрослых: актуальность проблемы и новые возможности терапии. ИНФЕКЦИОННЫЕ БОЛЕЗНИ: новости, мнения, обучение №4 2017/. 10. Бельмер С.В., Гасилина Т.В. Диарея у детей: основные причины и пути лечения. В помощь врачу. 13.12.2010/. 11. Farthing M., Salam M. Острая диарея у взрослых и детей: глобальная перспектива. World Gastroenterology Organisation, 2012/. 12. Seytnazarov M.M., Dauletbayev A.D,. Absattarova V.Q. qoraqalpogʻiston respublikasi hududida yashovchi aholi orasida qayd qilingan askaridoz bilan kasallanish koʻrsatkichlarini retrospektiv taxlil qilish. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “STATE AND PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY”, september 24-25, 2025. https://doi.org/10.5281/zenodo.17218737 /. 13. Учайкина В.Ф., Шамшевой О.В. Инфекционные болезни у детей 3-е издание. Москва «ГОЭТАРмедия» 2022/. 14. Парфенов А.И. Четыре варианта патогенеза и терапии диареию Терапевтический архив 12, 2015/.