scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ELЕKTR TARMOQLARINING OPTIMALLASH DASTURLARI SAMARADORLIGINING QIYOSIY TAHLILI

Shanazarov, A.E.

Abstract

Elektr tarmoqlari va tizimlarining turli holatlarini tahlillash va boshqarish masalalarini yechishda optimallash muhim o‘rinni egallaydi. Hozirgi davrda bunday hisoblashlarning turli usul va algoritmlarda amalga oshiruvchi bir qator dasturiy vositalar ishlab chiqilgan va ulardan foydalanib kelinmoqda. Ushbu ishda elektr tarmoqlari va tizimlarini optimallashda foydalanish mumkin bo‘lgan ikta dasturning samaradorligini qiyosiy tahlillash natijalari keltirilgan.

Full text

Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 25 DOI: https://10.5281/zenodo.17618532 ELЕKTR TARMOQLARINING OPTIMALLASH DASTURLARI SAMARADORLIGINING QIYOSIY TAHLILI Shanazarov A.E. Toshkent davlat texnika universiteti, PhD., v.v.b. dots, E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Elektr tarmoqlari va tizimlarining turli holatlarini tahlillash va boshqarish masalalarini yechishda optimallash muhim o‘rinni egallaydi. Hozirgi davrda bunday hisoblashlarning turli usul va algoritmlarda amalga oshiruvchi bir qator dasturiy vositalar ishlab chiqilgan va ulardan foydalanib kelinmoqda. Ushbu ishda elektr tarmoqlari va tizimlarini optimallashda foydalanish mumkin bo‘lgan ikta dasturning samaradorligini qiyosiy tahlillash natijalari keltirilgan. Kalit so‘zlar: Elektr tarmog‘i, holatni optimallash, hisoblash dasturi, optimallash dasturi, isrofni minimallash. АННОТАЦИЯ Электрические сети и системы играют важную роль в обеспечении надежного и эффективного функционирования энергосистем. В современных условиях оптимизация является ключевым элементом при анализе и управлении различными состояниями этих систем. Для выполнения подобных расчетов разработано и используется множество программных средств, реализующих различные методы и алгоритмы. В данной работе приведены результаты сравнительного анализа эффективности двух программ, которые могут быть использованы для оптимизации электрических сетей и систем. Ключевые слова. Электрическая сеть, оптимизация состояния, расчетная программа, программа оптимизации, минимизация потерь. ABSTRACT Electrical networks and systems play a crucial role in ensuring reliable and efficient operation of power systems. Nowadays, optimization is a key factor in analyzing and managing different operational states of these systems. Various software tools implementing different methods and algorithms have been developed and widely used for such calculations. This study presents the results of a comparative analysis of Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 26 the effectiveness of two software programs that can be used for the optimization of electrical networks and systems. Keywords. Electrical network, state optimization, calculation software, optimization software, loss minimization. KIRISH Hozirgi davrda elektr energetika tizimlari barqarorlashgan holatini hisoblash murakkab masala hisoblanadi va ularning samarali ishlashi ahamiyatli iqtisodiy va ekologik omillarga bog‘liq. Elektr tarmoqlarini optimallashtirish turli sohalarda – energiya tejamkorligi, ishonchlilik va uzluksiz ta’minotni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, ko‘plab ilmiy va amaliy tadqiqotlarda turli optimallashtirish dasturlari va algoritmlari yaratilgan, ular elektr tarmoqlarining holatini tahlil qilish va samaradorligini oshirishda qo‘llaniladi [1-4]. Turli optimallashtirish usullari, jumladan, an’anaviy matematik modellashtirish, evristik usullar va sun’iy intellekt asosidagi algoritmlar, tarmoqning turli parametrlarini baholash va yaxshilash imkonini beradi. Shuningdek, turli algoritmlarning samaradorligini qiyosiy tahlil qilish, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash hamda ularni amaliyotda qo‘llashda maqbul qarorlarni qabul qilish uchun muhimdir [5-8]. Ushbu maqolada ikta optimallash dasturlari sanalgan DIgSILENT PowerFactory, OptRUR dasturlarining samaradorligini qiyosiy tahlili natijalari keltirilgan. Shu bilan birga, ularning samaradorligi va ishlatish imkoniyatlari tahlil qilinadi, bu esa kelgusida samarali energetika tizimlari yaratish uchun muhim ma’lumotlarni taqdim etadi. Usullar. DIgSILENT PowerFactorydasturi elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashni modellashtirish uchun mos obyektga yo‘naltirilgan platformani taqdim etadi va uni simulyatsiya qiladi. Uning modellashtirish yondoshuvi grafik va birlashtirgan iyerarxik sxemani qabul qiladi. Bunga turli xil standart modellar va DIgSILENT simulyatsiyasi orqali zamonaviy modellarni yaratish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Dastur shuningdek bir qator funksiyalarni taqdim etadi shu jumladan, yuklamani hisoblash, optimal quvvatni hisoblash, qisqa tutashuv rejimlarini tahlil qilish, ishonchlilikni baholash, bundan tashqari, mavjud bo‘lgan asosiy funksiyalar asosida DIgSILENT dasturlash tili (DPL) yordamida aniq vazifalar, masalan takroriy hisob-kitoblar va natijalarni qayta ishlashda va bundan tashqari bir nechta qulayliklarga ega [1, 9]. Maqolada ko‘rib chiqilayotgan ikkinchi OptRUR dasturi Turbo Pascal tilida yozilgan bo‘lib, u elektr tarmog‘ining barqarorlashgan holatini hisoblash va optimallashtirish uchun mo‘ljallangan. Bunda barqarorlashgan holatni hisoblash Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 27 quvvat balansi ko‘rinishidagi tugun tenglamalaridan foydalangan holda NyutonRafson usulida, optimallash esa, gradiyent usulida amalga oshiriladi [10]. Hisoblash-tajriba natijalari. Ushbu dasturlarning samaradorligini sxemasi 1rasmda keltirilgan 5 ta yuklama va birinchi tugunda generatsiya tugunlari, 7 tugun balanslovchi tugun sifatida qatnashadi. 1-rasm. Elektr tarmog‘ining sxemasi Murakkab yopik elektr tarmog‘ining barqarorlashgan holatini hisoblash misolida tahlil qilamiz. 1-jadvalda ushbu elektr tarmog‘ining shoxobchalari, 2-jadvalda esa tugunlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 28 1– jadval. Elektr tarmog‘ining shoxobchalari bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar. № Liniya parametrlari I J R [Оm] X [Оm] Вs 10-3[Sm] 1 6 7 5,203 18,71 0,112 2 4 2 3,751 13,49 0,081 3 5 7 4,235 15,13 0,091 4 7 4 5,566 20,01 0,12 5 3 2 5,082 18,27 0,109 6 1 5 5,445 19,58 0,119 7 1 6 6,655 23,93 0,145 8 1 3 3,63 13,05 0,081 2-jadval. Elektr tarmog‘ining tugunlari bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar. Tugun № P [МVt] Q [МVAr] Unom [kV] 7 0 0 220 1 -450 -256 220 2 70 33,9 220 3 62 30,03 220 4 75 34,17 220 5 60 25,56 220 6 90 48,38 220 Ushbu dasturlar vositasida elektr tarmog‘ining holatini optimallash masalasini yechishning samaradorligi bilan ko‘rilayotgan elektr tarmoqning holatini elektr stansiyasining (1tugunning) reaktiv quvvati bo‘yicha optimallash misolida tanishamiz. Elektr tarmog‘ining holatini reaktiv quvvat bo‘yicha optimallash ruxsat etilgan holatlar sohasida, ya’ni barcha holat parametrlarining ruxsat etilgan qiymatlarida tugunning rostlanuvchan reaktiv quvvatini tarmoqdagi isroflar minimal bo‘lishini ta’minlovchi qiymatini topishni nazarda tutadi. 3 va 4jadvallarda ko‘rilayotgan elektr tarmog‘ining holatini 1tugunning reaktiv quvvati bo‘yicha DIgSILENT va OptRUR dasturlaridan foydalanib optimallash natijalari keltirilgan. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 29 3-jadval. Elektr tarmog‘ining holatini DIgSILENT dasturi yordamida optimallash natijalari. Tugun № U [kV] δ [grad] P [MVt] Q [MVAr] 1 227,9402 0,0762 -450 -132,80 2 216,5744 -0,0015 70 33,90 3 221,5702 0,0363 62 30,03 4 216,0623 -0,0123 75 34,17 5 221,8724 0,0264 60 25,56 6 220,0785 0,0174 90 48,38 Quvvat isrofi: 9,6725 МVt ; 34,7779 MVAr 4-жадвал. Электр тармоғининг ҳолатини OptRUR дастури ёрдамида оптималлаш натижалари. Tugun № U [kV] δ [grad] P [MVt] Q [MVAr] 1 226,6318 0,0785 -450 -112,645 2 215,8600 -0,0007 70 33,900 3 220,4951 0,0379 62 30,030 4 215,6311 -0,0119 75 34,170 5 221,2858 0,0255 60 25,560 6 219,4846 0,0182 90 48,380 Quvvat isrofi: 9,6404 MVt ; 34,6626 MVAr Olingan natijaning samaradorligini umumiy aktiv quvvat isrofining qiymati bo‘yicha baholash mumkin. Umumiy aktiv quvvat isrofi DIgSILENT dasturi bo‘yicha optimallash natijasida 13,6% ga, OptRUR dasturi bo‘yicha optimallash natijasida esa, 13,9% ga kamaydi. Shunday qilib, ushbu holatda ikkinchi dastur nisbatan samarali bo‘lib, unda umumiy isrof 0,4% ga kamroq ekanligi baholandi. XULOSA Elektr tarmogʼining holatini turli dasturlar asosida hisoblash va optimallash natijalarini qiyosiy tahlillash asosida quyidagi xulosalarni hosil qilamiz: 1. Elektr tarmoqlarining holatlarini optimallashda solishtirilgan dasturlardan DIgSILENT va OptRUR dasturlaridan foydalanish mumkin. Bunda ikkinchi dasturning aniqligi nisbatan yuqoriligi hisobiga qo‘shimcha samaradorlikka erishiladi. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 30 Shu sababli, maksimal darajadagi samaradorlikni taʼminlash uchun OptRUR dasturidan foydalanish tavsiya etiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Francisco M. Gonzalez-Longatt Jose Luis Rueda. PowerFactory Applications for Power System Analysis. 2. Насыров Т.Х., Гайибов Т.Ш. Теоретические основы оптимизации режимов энергосистем. – Т.: «Фан ва технология», 2014. 3. Гайибов Т.Ш. Методы и алгоритмы оптимизации режимов электроэнергетических систем. – Т.: Изд. ТашГТУ, 2014. 4. Gayibov, T., Latipov, S., Abdurashidov, D. (2020). Optimization of electrical networks modes by transformer ratios. /IOP Conference Series: Earth and Environmental ScienceVolume 614, Issue 1, 18 December 2020, Tashkent, Uzbekistan; https://doi:10.1088/1755-1315/614/1/012029. 5. Автоматизация диспетчерского управления в электроэнергетике/Под общ. ред. Ю.Н. Руденко и В.А. Семенова.–М.: Изд-во МЭИ, 2000.-648 с. 6. Гайибов Т.Ш. Оптимизация режимов электрических сетей по напряжениям узлов с источниками реактивной мощности. – Вестник ТашГТУ, 2005, №3, с.5861 7. Т.Ш.Гайибов, К.М.Реймов. К учету потерь в сетях при оптимизации режимов энергосистем. // Вестник филиала АН РУз. Нукус. 2014. №2. с. 26-28. 8. Алябышева Т.М., Моржин Ю.И., Протопопова Т.Н., Цветков Е.В. О методах оптимизации режимов энергосистем и энергообъединений// Электрические станции. – Москва, 2005. – №1 – С. 44-49. 9. Эффективность суточного регулирования нагрузки на рынке электроэнергии. Карпов И.В., Обоскалов В.П., Паниковская Т.Ю. Электрические станции. 2013. № 6 (983). С. 31-35. 10. http://www.regimov.net