TADQIQOTLARDA ILMIY-PEDAGOGIK TADQIQOT METODLARIDAN FOYDALANISH
Abstract
TADQIQOTLARDA ILMIY-PEDAGOGIK TADQIQOT METODLARIDAN FOYDALANISH
Full text
6 BO‘LAJAK TARJIMONLARDA NASRIY TARJIMA KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING LINGVISTIK VA METODIK JIHATLARI Tuxtasinov Ilhom Madaminovich Pedagogika fanlari doktori, professor O‘zDJTU rektori Annotatsiya: Mazkur maqolada badiiy tarjimaning nazariy asoslari, uning o‘ziga xos jihatlari hamda uni o‘qitishning metodik tamoyillari yoritilgan. Badiiy tarjimada tilning kommunikativ, ijtimoiy va estetik vazifalari, tarjimon duch keladigan lingvistik va ekstralingvistik muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, O. Paz va V. Benjaminning tarjima nazariyasiga oid qarashlari asosida tarjimaning ijodiy va madaniy mohiyati ochib beriladi. Maqolada bo‘lajak tarjimonlarda nasriy tarjima kompetensiyasini shakllantirish, badiiy tarjima jarayonida qo‘llaniladigan uslublar, transformatsiyalar hamda interfaol o‘qitish metodlari ilmiy asosda bayon etilgan. Kalit so‘zlar: badiiy tarjima, nasriy tarjima, tarjima nazariyasi, lingvistik muammolar, madaniy kontekst, tarjima kompetensiyasi, interfaol metodlar, badiiy matn. Abstract: This article examines the theoretical foundations and distinctive features of literary translation as well as the methodological principles of teaching it. The communicative, social, and aesthetic functions of language in literary translation, along with linguistic and extralinguistic challenges faced by translators, are analyzed. Based on the views of O. Paz and W. Benjamin, the creative and cultural essence of translation is explored. The study also discusses the development of prose translation competence among future translators, the use of translation techniques and transformations, and the implementation of interactive teaching methods. Keywords: literary translation, prose translation, translation theory, linguistic challenges, cultural context, translation competence, interactive methods, literary text. Аннотация: В данной статье рассматриваются теоретические основы и особенности художественного перевода, а также методические принципы его преподавания. Анализируются коммуникативные, социальные и эстетические функции языка в художественном переводе, а также лингвистические и экстралингвистические трудности, с которыми сталкиваются переводчики. На основе взглядов О. Паса и В. Беньямина раскрывается творческая и культурная сущность перевода. В статье также освещаются вопросы формирования компетенции прозаического перевода у будущих переводчиков, использования переводческих приёмов и трансформаций, а также применения интерактивных методов обучения.
7 Ключевые слова: художественный перевод, прозаический перевод, теория перевода, лингвистические проблемы, культурный контекст, переводческая компетенция, интерактивные методы, художественный текст. Dunyo mamlakatlari va xalqlarining o‘zaro integrallashuvi natijasida turli xalqlarning badiiy asarlarini o‘rganish, ular orqali o‘sha xalqlarning madaniyati, urfodatlari, an’ana va marosimlari borasida keng axborotga ega bo‘lishga intilish oshib bormoqda. Bu jarayonlarning jadal rivojlanishida tarjimonlar, xususan, badiiy adabiyot tarjimonlarining xizmatlari katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda tarjimon tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida badiiy tarjimani talabalarga o‘rgatish, bo‘lajak badiiy tarjimonlarning kasbiy, lingvistik, ijodiy hamda ensiklopedik kompetensiyalarini shakllantirish, badiiy tarjimaga o‘qitishda tarjima uslublari va usullaridan samarali foydalanish metodlarini talabalarga o‘rgatish, bo‘lajak tarjimonlarda nasriy tarjima kompetensiyasini shakllantirish, badiiy tarjimani talabalarga o‘rgatishda lingvistik va metodik asoslar negizida professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarga badiiy tarjima jarayonida uchraydigan morfologik, sintaktik, leksik-semantik hamda stilistik muammolar va ularni bartaraf etish usullarini tarjimashunoslikning so‘nggi yutuqlari hamda ta’lim sohasida qo‘llanadigan yangi pedagogik texnologiyalar, badiiy tarjimaning lingvistik muammolarini bartaraf etishni o‘zida mujassam etadigan interfaol metodlar va mashqlar tizimidan foydalanishning metodik asoslarini yaratish bugungi kunda tarjimashunoslikning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Badiiy-nasriy tarjimada til ko‘proq kommunikativ, ijtimoiy yoki bog‘lovchi maqsadlarga ega bo‘ladi. So‘z adabiyotning asosiy tarkibiy qismi sifatida ishlaydi, ya’ni badiiy jihatdan o‘z vazifasiga ega bo‘ladi. Shuning uchun nasr tarjimasida uning muayyan qonunlariga bog‘liq san’at sohalariga oid muammolar mavjud. Shu o‘rinda “badiiy asar tarjimasi” nuqtayi nazardan tarjima tushunchasining mohiyati borasida fikr yuritish o‘rinli, deb hisoblaymiz. Aslida “tarjima” so‘zi lotincha translatio so‘zidan olingan (trans va fero so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, ularning birgalikdagi ma’nosi “kesib o‘tish” yoki “olib o‘tish”) degan ma’noni anglatadi.(1, 83.) Badiiy tarjima, odatda, bir xalqning tilida yaratilgan badiiy nasr namunasini boshqa bir xalq tiliga asar muallifi nazarda tutgandek o‘tkazishdir. Bir tilda yaratilgan badiiy adabiyotni boshqa til vakillarida uni o‘qish va uning badiiy-estetik qiymatidan zavq olish istagi paydo bo‘lgandagina badiiy tarjima amalga oshiriladi. M. Koxenning bu boradagi fikriga ko‘ra, badiiy tarjima yozma adabiyot paydo bo‘lgandan keyingina boshlangan. (2, 12.) Adabiyotshunoslik tarixiga nazar solsak, ilk badiiy asar namunalari ham boshqa tillarga badiiy tarjima orqali o‘girilib, tarqalgan. N. Bhatiyaning fikriga ko‘ra, tarjima “manba tili matnining ma’nosini ekvivalent tarjima tili matni vositalari bilan o‘zaro aloqa orqali ifodalashdir”.(3, 1992.) Qisqacha qilib
8 aytganda, tarjima qilish – bu biror matndagi ma’noni boshqa matndagi ekvivalent ma’noga o‘tkazishdir. Zero, nasr metrik tuzilishga ega bo‘lmagan oddiy og‘zaki yoki yozma nutqni anglatadi. Bu esa so‘zlarning eng tabiiy tartibda joylashganligini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, she’riy bo‘lmagan barcha badiiy ijod namunalari nasriy asarlardir. Shunday qilib, yuqorida aytib o‘tilgan ta’rifga ko‘ra, nasriy g‘oyalar hech qanday ortiqcha bezaklarsiz tarjima qilinadi, chunki bu g‘oyalar metrik kompozitsiyaga amal qilmaydi. O. Pazning qarashlariga ko‘ra, “har bir matn o‘ziga xos xususiyatga egadir va shu bilan birga tarjima ham butunlay boshqa matndir. Hech qanday matn asl nusxadek to‘liq bo‘la olmaydi, chunki unda mazmun tarjima qilingan bo‘ladi: birinchidan, tilning yozma dunyosiga, ikkinchidan, har bir belgi va fraza boshqa belgi va frazaga aylangan bo‘ladi. Shunday bo‘lishiga qaramay, har qanday matn haqiqiyligini yo‘qotmasdan tarjima qilinishi mumkin: barcha matnlar originaldir, chunki har bir tarjima o‘ziga xosdir. Har bir tarjima ma’lum bir vaqtgacha bir kashfiyotdek bo‘ladi va shu tariqa u takrorlanmas matnni tashkil etadi”.(4, 9.) Badiiy nasrning tarjimasi adabiy ijoddan farq qiladi, chunki uning olami tarjima obyekti, ya’ni tarjima qilinayotgan asarning mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi. Biroq, real adabiy jarayonda nasriy tarjima va badiiy ijodkorlik o‘rtasidagi chegarani aniq ajratib olish har doim ham mumkin emas. Ba’zan biror asarni umumiy ma’noda “tarjima” deb bo‘lmaydi, shuningdek, uni to‘liq badiiy adabiyot namunasi sifatida ham baholab bo‘lmaydi. Bunday turdagi tarjimalarni aniqlash uchun qo‘llaniladigan bir nechta atamalar mavjud — masalan, “oq tarjima”, “yuzaki tarjima”, “mavzularda ishlash” kabi. Ushbu belgilar o‘ziga xos ma’noda til va shaklga tayanishni ifodalaydi. Valter Benjamin bu borada quyidagi fikrlarni ta’kidlaydi: tarjima original matnni ko‘rsatmaydi, u bilan bevosita aloqador ham emas; uning maqsadi ma’noni ko‘chirish emas. Yozma tarjimalar shunchaki taqlid yoki nusxa ko‘chirish emas, balki asl matnning ichki mohiyatini ajratib olishga va yetkazishga intiladi.(6, 111) Dastlab tarjimonlar asliyat tili va tarjima tilini teng darajada idrok etganlar va tarjimaga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan yondashganlar. Ammo tarjimon uchun butun bir matnni so‘zma-so‘z yetkazish juda murakkab masala sanaladi. Shu sababli u o‘z nuqtayi nazaridan kelib chiqadi va shu asosda tarjimani amalga oshiradi. Tarjima keng jamoatchilik tomonidan qabul qilinadi va “asliyat matni” hamda “tarjima matni”, “asliyat tili” va “tarjima tili” vaqt va makon o‘tishi bilan doimiy o‘zgarishlarga uchrab turadi. Braziliyalik tarjimonlarning fikricha, “tarjimon — bu kanibal singari, dastlabki matnni ‘yutib yuborib’, mutlaqo yangi narsa yaratadi.”(5, 253) deb hisoblaydilar. Dastlab tarjimonlar asliyat tili va tarjima tilini ham teng idrok etishgan va tarjimaga ehtiyotkorlik bilan yondashishgan. Ammo, tarjimon uchun butun bir matnni so‘zma-so‘z yetkazib berish juda qiyin bo‘ladi. Shuning uchun u o‘z nuqtai nazaridan foydalanadi va shunga mos ravishda tarjima qilishga harakat
9 qiladi.(…) Tarjima omma tomonidan keng qabul qilinadi va “asliyat matni” va “tarjima matni”, “asliyat tili” va “tarjima tili” vaqt va makonda doimiy ravishda o‘zgarishga uchrab turadi. Badiiy tarjima katta aqliy mehnatni talab qiladigan faoliyatdir. Tarjima jarayonida qator qiyinchiliklar yuzaga chiqadi, chunki har bir til dunyoni o‘ziga xos tarzda aks ettiradi. Zero, tillar o‘ziga xos grammatik tuzilishga, qoidalarga va tildagi birliklarga ega. Tarjimonlar duch keladigan eng muhim muammolarga talqin qilinishi qiyin bo‘lgan matnlar, ekstralingvistik ma’lumotlarning yetishmasligi, murakkab grammatik konstruksiyalar, dialektga oid terminlar va neologizmlar, noaniq yoki tushunarsiz atamalar, noma’lum qisqartmalar va abbreviaturalar, tarjima qilib bo‘lmaydigan leksik birliklar, muallifning maqsadiga ko‘ra o‘zgartirilgan nomlanishlar, ma’lum bir madaniyatga oid axborotlar va boshqa shu kabi holatlar kiradi. Bo‘lajak tarjimonlarda nasriy tarjima kompetensiyasini shakllantirish uchun bir qator talablar mavjud. Unga ko‘ra, talaba quyidagi yo‘nalishlarda bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi lozim: - asliyat va tarjima tillaridagi badiiy matnlarning sintaktik, leksik-semantik, stilistik hamda tekstual sathlari xususiyatlarini bilish; - asliyat va tarjima tillarining badiiy ifoda vositalari va estetik xususiyatlarini anglash; - asliyat va tarjima matnlarining tuzilish jihatidan o‘ziga xos tomonlarini farqlay olish; - badiiy matnning o‘ziga xos xususiyatlari hamda uni boshqa soha matnlaridan ajratib turuvchi belgilarni aniqlay olish; - asliyat va tarjima matni mualliflarining madaniy konteksti, tarixiy-milliy qadriyatlari, mentaliteti bo‘yicha keng bilimga ega bo‘lish; - badiiy matnning ekstralingvistik (madaniy, kognitiv, konseptual) xususiyatlarini anglay olish; - badiiy tarjimada qo‘llaniladigan tarjima uslublarini puxta o‘zlashtirish; - badiiy tarjimada ishlatiladigan tarjima transformatsiyalarini to‘g‘ri qo‘llay bilish. Қуйида таржимани ўқитишда барча даражаларда амалга оширилиши мумкин бўлган баъзи тавсияларни келтириб ўтамиз: - бошқа соҳаларнинг асосий тушунчалари ва терминологиялари бўйича керакли назарий билимларни бериш; - талабаларни таржиманинг академик интизоми, тенденциялари, йўналишлари, турлари, таржиманинг муаммолари ва энг замонавий усул ва стратегиялари билан таништириш; - дарс жараёнида турли хил таржима моделлари ва матн турларини қўллаш;
10 - таржима назарияларини ўрганиб чиққандан сўнг, таржима ўқитишда таржимонлик ёндашувини қабул қилиш, назария ва амалиёт ўртасидаги алоқани ўрнатиш ва таржимани янада пухта ва тизимли ўқитишни ташкил қилиш; - гуруҳ билан ишлаш руҳини ва синфдан ташқари ишларни рағбатлантириш; - аудиторияда ва аудиториядан ташқари амалий таржима вазифаларини бажариш орқали талабаларни профессионал таржимонга айлантириш; - таҳрирлаш, ўқиш, ёзиш, тинглаш, матнни таҳлил қилиш ва шарҳлаш каби тилшунос ва таржимонлик кўникмаларини ривожлантириш; - талабаларни таржима соҳасидаги тадқиқотлар билан таништириб бориш; - талабаларга малакали ва профессионал таржимон бўлишлари учун “реал” амалиётни тақдим этиш; - халқаро университетлар ўртасида ўқув курслари, семинарлар, амалий машғулотлар, миллий ва халқаро конференциялар, форумлар, маданий алмашинув дастурларига қўшилиш орқали таржима курслари учун малакали ўқитувчиларни тайёрлаш. Замонавий чет тили дарсликларида кўплаб вазифалар матн ёки жумлаларни таржима қилишга бағишланган. Аксарият мавзуга доир вазифаларда таржиманинг ўзи вазифанинг бир қисми бўлмаса ҳам, ушбу вазифани таржима қилмасдан аввал бажариб бўлмайди. Чет тил матнини идрок этиш ва тушунишни таржимасиз тасаввур қилиб бўлмайди. Талабаларни чет эл матнларини она тилига тўғри таржима қилишга ўргатиш ўқитувчи учун энг муҳим вазифалардан биридир. Ёзма таржима талабалар учун алоҳида қийинчилик туғдиради, чунки бир тилдаги барча конструкцияларни бошқа тилга осон таржима қилиб бўлмайди. Бошқа типдаги матнларни ўз тилига ўгириш орқали ўқувчилар таржима қилишни ўрганадилар. Talabalarning yuqorida ta’kidlangan sohalar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini yetarli darajada rivojlantirish orqali ularning nasriy tarjima jarayonida uchraydigan tarjima muammolarini samarali bartaraf etish mumkin. Bu jarayon badiiy tarjimani o‘qitishda asosiy metodik jihatlardan biri hisoblanadi. Dunyo xalqlari o‘rtasidagi madaniy integratsiya jarayonlari badiiy tarjimaning ahamiyatini yanada oshirib, uni til, madaniyat va tafakkur uyg‘unligini ta’minlovchi muhim vosita sifatida namoyon etmoqda. Badiiy tarjima nafaqat matnni boshqa tilda qayta yaratish, balki asliyatdagi ma’no, ohang, estetik va madaniy qatlamlarni to‘laqonli yetkazish san’atidir. Shu boisdan badiiy tarjimani o‘qitish jarayonida bo‘lajak tarjimonlarning lingvistik, estetik, ijodiy va madaniy kompetensiyalarini shakllantirish muhim metodik vazifa hisoblanadi. Tarjima jarayonida uchraydigan morfologik, sintaktik, leksik-semantik va stilistik muammolarni bartaraf etish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar hamda amaliy mashg‘ulotlar tizimidan samarali foydalanish zarur.
11 Shuningdek, nasriy tarjima kompetensiyasini shakllantirish jarayonida talabalar asliyat va tarjima tillarining o‘ziga xos jihatlarini chuqur o‘rganib, madaniyatlararo tafovutlarni idrok etish, badiiy ifoda vositalarini solishtira bilish, tarjima usullari va transformatsiyalarini to‘g‘ri qo‘llashni o‘zlashtirishlari lozim. Tarjimonlik faoliyatining muvaffaqiyati nafaqat til bilimi, balki madaniy tafakkur, analitik fikrlash va estetik didga ham bog‘liqdir. Shu sababli, tarjima ta’limida nazariya va amaliyotning uzviy bog‘liqligini ta’minlash, talabalarga real tarjima tajribalarini berish, ularni xalqaro tajribalar bilan tanishtirish badiiy tarjimani o‘qitishning asosiy maqsadidir. Natijada, zamonaviy yondashuvlarga asoslangan badiiy tarjima ta’limi global madaniy almashinuvni yanada boyituvchi, millatlararo muloqotni kuchaytiruvchi muhim ilmiy-amaliy yo‘nalish sifatida shakllanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Kasparek, C. The Translator’s Endless Toil. The Polish Review, 1983. 28(2). – P. 83 2. Cohen, J. M. Translation. Encyclopedia Americana, 1986. 27. – P. 12. 3. Bhatia, N. The Oxford Companion to the English Language. Oxford: Oxford University Press. 1992. 4. Paz, O. Traduccion: Literatura y literalidad. Barcelona: Tusquets Editor. 1971. – P. 9. 5. Benjamin, W. Selected Writings: Vol. 1. The Task of the Translator (H. Zohn, Trans.). Cambridge, MA: Harvard University press. 2004. – P. 253. 6. Vieira, E. R. P. Liberating Calibans: Readings of Anthropofagia and Haroldo de Campos’ Poetics of Transcreation. In S. Bassnett & H. Trivedi (Eds.), Post-colonial Translation. London/New York: Routledge. 1999. – P. 111.