TA'LIMDA TARAJIMON TALABALARIGA AUTENTIK MATERIALLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIK VA KAMCHILIK TOMONLARI
Abstract
TA'LIMDA TARAJIMON TALABALARIGA AUTENTIK MATERIALLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIK VA KAMCHILIK TOMONLARI
Full text
17 TA’LIMDA TARAJIMON TALABALARIGA AUTENTIK MATERIALLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIK VA KAMCHILIK TOMONLARI Yo‘ldosheva Muxlisa Voxidjon Qizi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti Annotatsiya: Mazkur maqolada autentik materiallarni ta’lim sohasida qo‘llashning usun va kamchilik tomonlari haqida olimlarning fikr mulohazalari va shuningdek ushbu manbalarni tarjimon talabalariga tadbiq etishning o‘ziga xos xususiyatlari va duch kelishi mumkin bo‘lgan muamamoli vaziyatlari haqida ma’lumotlarni yoritib berishga bag‘ishlangan. Kalit so‘zlari: autentik materiallar, ta’limiy maqsadlar, tarjima, autentik materialarning afzalligi va kamchiliklari. Autentik materiallar til sohiblari tomonidan real hayotiy voqealar asosida yaratilgan manbalar bo‘lib, talaba o‘rganayotgan til muhitiga bevosita kirishishiga va uning madaniyati bilan yaqindan tanishishiga turtki bo‘ladi. Ta’lim yo‘nalishida autentik materiallarni qo‘llanilishi bo‘yicha bir qator olimlar ijobiy va salbiy fikrlarni berib o‘tishgan. Autentik materiallar u hoh material bo‘lsin, hoh video material yoki audiomaterial bo‘lsin, tilni o‘rgatish maqsadida yaratilgan bo‘lmaydi. Shu boisdan autentik matn deganda til egalari uchun yozilgan va ta’limiy maqsadlarga qaratilmagan matn tushuniladi. Bugungi kunda autentik materiallardan foydalanish samarali lekin metodik tajriba talab qilinadigan usul hisoblanadi 1 . A. Emirzayevning fikriga ko‘ra, autentik materiallar til o‘rganish jarayonida tabiiy muhitda, asl maqsad uchun yaratilgan matn, audio va video materiallar bo‘lib, ular talabalarga real til muhiti bilan tanishish imkonini beradi. Bunga gazeta maqolalari, podkastlar, blog postlari, intervyular, videoroliklar va radio eshittirishlari misol bo‘la oladi 2 . Shuningdek, P. Omonov A. Emirzayevning fikriga qo‘shilgan holda, “Ingliz tili ta’limi jarayonida autentik vidiomateriallardan foydalanish tili o‘rganilyotgan xalq madaniyati va hayot tarzi haqidagi tasavvurlarni talabalar ongida darsliklardan ko‘ra ko‘proq uyg‘ota oladi va batafsil ma’lumot bilan ta’minlay oladi” deya o‘z fikrini bildirib o‘tgan. 3 1 Asilova G. Pedagogika fanlari doktori (DSc) professor, “O‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda autentik materiallardan foydalanish” Turkiston va Qozog‘iston turkologiya xalqlari konferensiyasi Qozon 17-20oktabr 2023-yil 1373-bet 2 Ermirzayev A INGLIZ TILIDAGI AUTENTIK MATERIALLARNI TANLASHGA QO‘YILADIGAN ZAMONAVIY TALABLAR Namangan davlat pedagogika institut “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali 2025yil 2-soni 58-bet. 3 Omonov P.X Ingliz tilini o‘qitishda talabalar ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini autentik videomateriallar vositasida rivojlantirish Dissertatsiya (PhD) Toshkent shahri 2021-yil 69-bet.
18 J. Sherman esa autentik materiallar o‘sh tilning madaniyatini ko‘rsatib beruvchi ko‘zgusi ekanligini ta’kidlab o‘tgan 4 . J. Shermanning fikrini yana ham aniqroq ifodalasak, autentik materiallar real hayotiy vaziyatlarga asoslanganligi sababli u orqali o‘sh til jamiyatining madaniyatini bilib olish mumkin. Demak yuqoridagi olimlarning autentik materiallarning afzal tomonlari haqidagi izohidan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, autentik materiallar asliyat tilni til sohiblari tomonidan hech qanday shaklga solinishsiz real hayotda qanday bo‘lsa huddi shunday qilib bayon etilishi ekan. Ushbu manbalar til o‘rganuvchilarning o‘sha tilni ishtiyoq bilan zavq bilan qabul qilish orqali, o‘sha tilni bevosita o‘rganishi uchun vosita hisoblanar ekan. Dars materiallarini o‘ziga tayanib til o‘rganga shaxs bilan autentik materiallardan ham o‘rganish jarayonida foydalangan shaxslar o‘rtasida sezilarli taffovutlar mavjud. Autentik matnlardan dars jarayonida foydalangan o‘rganuvchining o‘ziga ishonchi yuqori bo‘ladi. Tanganing ikki tomoni bo‘lganidek har bir narsaning ham ijobiy tomonlari bilan bir qatorda bir nechta salbiy jihatlari ham mavjud bo‘ladi. J.C. Richardning fikriga muvofiq, autentik materiallar foydali tomonlari bilan birga bir qator muammolarga ham sabab bo‘lishi mumkin. Darajasi past bo‘lgan guruhlarda o‘qituvchining darsni tushuntirishi uchun muammolarni tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tildagi murakkabliglar va tildagi o‘rganilmagan jihatlari kabi bir qator masalalar yuzaga chiqishi mumkin 5 . Biz ham J.C. Richertning fikrini inkor qilmagan holda aytishimiz mumkinki, autentik materiallar bu real hayotdan olingan ta’lim jarayoni uchun moslashtirilmagan materiallar hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu materiallarni barcha til o‘rganuvchilarga ham tadbiq qilish to‘g‘ri yo‘nalish hisoblanmaydi. Yuqoridagi fikrlarga qo‘shimcha ravishda, A.G.Martinez autentik materiallarning salbiy tomonlarini ro‘yxatini qilib chiqadi. Unga ko‘ra ushbu materialning hamma uchun birdek dolzarbliligi cheklangan bo‘ladi chunki vaqt o‘tishi bilan ushbu manbalar eskira boshlaydi va bundan tashqari, tilda mavjud bo‘lgan turli hil tallaffuzlar va shevalar o‘quvchida til o‘rganishida tushunmovchilikka olib kelishi mumkin. Bu esa o‘z o‘zidan o‘rganuvchining til o‘rganishga bo‘lgan ruhini tushishiga va qiziqishini pasayishga olib keladi 6 . Lekin biz bunday materiallardan foydalanishdan voz kechdik degani o‘z oyog‘imizga o‘zimiz bolta urdik degan ma’noni bildiradi. Chunki autentik materiallardan foydalanishni to‘xtatish bu madaniy jihatdan yaqinligimizni, o‘zimizga bo‘lgan ishonchimizni va shuningdek tildan erkin foydalana olish qobiliyatlarimizni yo‘qotamiz degan. internet orqali har kuni yangilangan 4 Sherman, J. (2003). Using authentic video in the language classroom. Cambridge University Press 5 Richard, J.C. (2001). Curriculum development n language teaching. Cambridge: Cambridge University Press. 6 Martinez A. G., Authentic Materials An Overview. Free Resources for Teachers and Students of English, “Karen’s Linguistics Issues” 2002, 1 (1), pp. 1–7.
19 variantdagi autentik materiallarni topishimiz mumkin. Shuning uchun ham ma’lum bir autentik materialni dolzarbligini yo‘qotishi bu hech qanday muammolarga sabab bo‘lmaydi. Lekin aksincha foydasi ham mavjud. Chunki ahamiyatini yo‘qotgan autentik materiallar va zamonaviy autentik materiallarni qiyoslash orqali ularning madaniyatlari, so‘zlarning talaffuzlaridagi farqlar qay darajada o‘zgarganini bilib olishimiz mumkin. Tarjimon talabalarida ham autentik materiallardan foydalanish samarali bo‘lib, real til muhitidan olgan bilimlari asosida ularning kasbiy va umumiy kompetensiyalarini rivojlantirishda asosiy vositalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa autentik video materiallarni dars jarayonida qo‘llash orqali ular ma’lumotni ham eshitib, ham ko‘rish orqali, shuningdek qahramonlarni turli xil mimkialari hatti harakatlari orqali ham olishlari mumkin. Kusku va Unlular ta’kidlashicha O‘rganuvchilar turli xildagi til tuzulishlarini shuningdek, chet tilini o‘qitish metodi va matnlarni janrini tarjima qilishda autentik materiallar bilan amalga oshirish ingliz tilini o‘qitishni asosiy prinsiplaridan hisoblanadi 7 . Demak autentik materiallarda dars jarayonida foydalanish orqali bo‘lajak tarjimonlar asliyat tilining, ijtimoiy va madaniy hayoti, lug‘atalardan muloqot vaziyatiga qarab turlicha foydalanishi, grammatik tuzilishi, argo va senglarni qo‘llanilishi, so‘zlarning hududiy joylashishiga qarab turlicha qo‘llanilishi kabi ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin. Bu esa ularni asliyat tiliga yana ham yaqinroq bo‘lishlariga ko‘maklashadi. Lekin har qanday autentikmmateriallarni ham ta’limda qo‘llash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Avvalo, ushbu manbaning axboroti qanchalik to‘g‘riligi, uning mazaras va ovozining bir biriga mosligi, ushbu manba talabalarning bilim drajasiga qanchalik mos tushishini aniqlab so‘ng foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Autentik materiallarni dars jarayonida qo‘llash ba’zi salbiy natijalarga ham olib kelishi mumkin: - asliyat juda maxsus yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Agar manba juda chegaralangan doirada berilgan bo‘lsa talaba yetarlicha axborot ololmasligi yoki juda umumiy bo‘lsa videoning to‘liq mazmun mohiyatiga tushunmasligi mumkin; - asliyat tarjimonning fikrlashi va dunyoqarashidan tubdan farq qilishi mumkin. Bu esa ularda qahramonlarga nisbatan noto‘g‘ri tushunchani hosil qilishi mumkin. - tanlangan materialning hajmi meyoridan ko‘p bo‘lishi mumkin. Bu esa talabalarda zerikish hissini berishi yoki dars jarayonida vaqt chegaralanganligi sababli manbani tugallanmay qolishi va ko‘zlangan maqsadga erisholmaslik mumkin. 7 Seda Kuúçua*, Sezer Ünlüa Teaching translation: A suggested lesson plan on translation of advertising through the use of authentic materials Social and Behavioral Sciences 199 ( 2015 ) 407 – 414
20 Ushbu muammolarni bartaraf qilishda asosiy mas’uliyat o‘qituvchining zimmasida bo‘ladi. Autentik materialni tanlashda o‘qituvchidan talabalarning bilim doirasiga mos, ularning qiziqishlarida kelib chiqgan va hajm jihatdan dars davomiyligiga mos bo‘lgan manbani tanlash talab etiladi. Autentik materiallarni tarjimon talabalarida qo‘llash o‘rganilayotgan tilning madaniy jihatdan, va turli jamiyat a’zolari tomonidan vaziyatga qarab bir jumlani turlicha ifodalanishlarini ko‘rishlari va o‘z ona tillarida o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlashlari mumkin. Bu esa ularning kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishib chiqishlariga ko‘maklashadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI: 1. Asilova G. Pedagogika fanlari doktori (DSc) professor, “O‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda autentik materiallardan foydalanish” Turkiston va Qozog‘iston turkologiya xalqlari konferensiyasi Qozon 17-20oktabr 2023-yil 1373-bet 2. Ermirzayev A Ingliz tilidagi autentik materiallarni tanlashga qo‘yiladigan zamonaviy talablar Namangan davlat pedagogika institut “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali 2025-yil 2-soni 58-bet. 3. Omonov P.X Ingliz tilini o‘qitishda talabalar ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini autentik videomateriallar vositasida rivojlantirish Dissertatsiya (PhD) Toshkent shahri 2021-yil 69-bet. 4. Sherman, J. (2003). Using authentic video in the language classroom. Cambridge University Press 5. Richard, J.C. (2001). Curriculum development n language teaching. Cambridge: 6. Cambridge University Press. 7. Martinez A. G., Authentic Materials An Overview. Free Resources for Teachers and Students of English, 8. “Karen’s Linguistics Issues” 2002, 1 (1), pp. 1–7. 9. Seda Kuúçua*, Sezer Ünlüa Teaching translation: A suggested lesson plan on translation of advertising through the use of authentic materials Social and Behavioral Sciences 199 ( 2015 ) 407 – 414