scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TARJIMA NAZARIYASI: TURLARI, XUSUSIYATLARI VA TASNIFLARI

Qosimova Yayra Maxmudovna, Egamberdiyeva Umidaxon Elmurod qizi

Abstract

TARJIMA NAZARIYASI: TURLARI, XUSUSIYATLARI VA TASNIFLARI

Full text

75 TARJIMA NAZARIYASI: TURLARI,XUSUSIYATLARI VA TASNIFLARI Qosimova Yayra Maxmudovna O‘zDJTU o‘qituvchisi [email protected] Egamberdiyeva Umidaxon Elmurod qizi TNEM 2417gr.talabasi [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada tarjima nazariyasi turlari, xususiyatlari, tasniflari bilan birga hozirgi kunda tarjima va tarjimonning o‘rni, tarjimaning insoniyat o‘rtasidagi vazifasi ham yoritiladi. Kalit so‘zlar: Tarjima nazariyasi,tarjimonlik san’ati, badiiy va amaliy tarjima, madaniyatlararo muloqot, tarjima jarayoni,og‘zaki va yozma tarjima,tarjima usullari,ekvivalentlik. Tarjima insoniyat madaniyatining ajralmas qismi u turli xalqlar o‘rtasida madaniy, ilmiy, siyosiy va iqtisodiy aloqalarni bog‘lovchi va rivojlantiruvchi ko‘prikdir. Tarjima bu faqatgina so‘zlarni tushunish va ularni boshqa tilga o‘girish emas balki madaniyatlar o‘rtasidagi muloqot vositasi. Tarjima qilinadigan matnlar turli janrga,uslubga va maqsadga ega bo‘ladi. Shu bois har bir mutaxassis tarjimon tarjima turlarini bilishi ularni to‘g‘ri tasniflay olishi juda zarur. Tarjima nazariyasi fan sifatida tarjima jarayonini uning qonun qoidalarini,xususiyatlari va semantik bir xilliklarni o‘rganadi. XX asrda o‘zbek adabyoti, tarjimashunoslik, adabiy tanqid hamda matnshunoslik yo‘nalishlarida katta ilmiy ishlar olib borgan o‘zbek adabiyotshunosligi va tarjima nazariyasi sohasidagi taniqli olim G‘aybulla Assalom. Olim G‘aybulla Salomov o‘zbek tarjima nazariyasi va tarjima maktabi asoschisidir. U tarjimani nafaqat til o‘zgartirish jarayoni,balki madaniyatlararo muloqot va badiiy tafakkur ko‘prigi sifatida talqin qilgan. Tarjima nazariyasi – bir tildagi matinni boshqa tilga o‘girish va shu jarayondagi qonuniyatlar,usullar amaliyotda to‘plangan tajribalarni umumlashtirib, tarjimaning mohiyati,usullarini o‘rganuvchi ilmiy fan. Ya’ni tarjima nazariyasi nafaqat tarjima qilish,balki tarjima qay tarzda amalga oshirilishi,madaniy uyg‘unlashish, tarjimalarning ba’zilari muvafaqqiyatli-yu,ba’zilari unday emas – shularni tahlil qiladi. Tarjima nazariyasining asosiy vazifalari: tarjima jarayonining til,uslub va madaniy asarlarni o‘rganish,tarjimonlar uchun metodik asarlar ishlab chiqish , tarjima jarayonidagi ijodiylik va mas’uliyat masalalarini tahlil qilish va turli tillar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni o‘rganish. 76 Amaliy tarjima fanining predmeti bu bir tildagi matinni ikkinchi tilga mazmun va shakl jihatdan ekvivalent tarzda ifodalash jarayonidir. Amaliy tarjimaning asosoiy turlari tarjima shakliga ko‘ra: yozma tarjima va og‘zaki tarjima. Yozma tarjima: hujjat, maqola, badiiy asarlar, kitob tarjimalari. Og‘zaki tarjima: jonli nutqni tarjima qilish. Og‘zaki tarjima turlari: 1. Ketmaket tarjima: real vaqt rejimida tarjima amalga oshiriladi. Tarjimon so‘zlovchining nutqi to‘xtaganidan keyin darhol uni tarjima qiladi va bu jarayonda so‘zlovchi tarjimonga kichik-kichik tanafuslar berib nutqini tarjima qilishiga imkon yaratadi. Har qanday nutqda 2 ta asosiy lahza bor bu nutqning boshlanishi va tugashi tarjimon buni anglashi lozim. Ketma-ket tarjmada tarjimon so‘zlovchining nutqini eslab qolishi,biron bir so‘z tarjimasini bilmay qolsa uni anglab,kontekstdan kelib chiqqan holda to‘ldira bilishi kerak. 2. Sinxron tarjima: bu tarjima turi eng qiyin tarjima turi hisoblanadi chunki tarjima real vaqt rejimida amalga oshiriladi. Sinxron tarjimadan odatda,xalqaro konferensiya,yig‘ilishlar,rasmiy uchrashuvlarda foydalaniladi. Sinxron tarjima qiluvchi tarjimon konferesiya zalida maxsus kabinada o‘tiradi ular 2 nafar bo‘ladi jarayon davomida har bir tarjimon 15 daqiqadan almashilingan holda faoliyat yuritadi. Sinxron tarjimada tarjimonlar ma’ruzachilarning nutqlari tushirilgan varoqni oldindan o‘qib chiqadi ,ammo,konferensiya davomida tarjimonlar har bir gap nutq so‘zlovchi bilan bir xil ketayotkanligiga va nutq so‘zlovchi rejadan tashqari so‘z boshlaganda darhol anglab tarjima qilib keta olishi zarur. 3. Shivirlab tarjima: bu tarjima turida tarjimon konferensiya zalida maxsus kabinada emas,balki tarjima kerak bo‘lgan shaxsning yonidagina o‘tiradi va real vaqt rejimida tarjimon tinglovchining o‘ng qulog‘iga pichirlab tarjimani amalga oshiradi,albatta, bu tarjima turi ham o‘ziga yarasha murakkab. Og‘zaki tarjima nutq paytida real vaqt rejimida amalga oshirilgani bois tarjimon maruzahining so‘zlarini tinglab,darhol boshqa tilde ifodalaydi. Xususiyatlari:vaqt cheklangan,tezkorlik,aniqlik,kuchli xotira,tezkor reaksiya talab qiladi va bu jarayonda deyarli xatoni to‘g‘irlash imkoni mavjud emas. Badiiy tarjima-adabiy asar (roman,hikoya,sher va damma)larni tarjimasi. Bu jarayonda so‘zlarning ma’nosi bilan birga uslub,tuyg‘u va madaniy kontekst ham hisobga olinadi. Ilmiy tarjimailmiy asarlar,maqolalar va tadqiqotlar tarjimasi.Bu turda ilmiy atamalar va konseptlar aniq tarjima qilinishi talab etiladi. Texnik tarjima-texnik hujjatlar,ko‘rsatmalar,texnik pasportlar va qo‘llanmalar tarjimasi.Texnik sohada aniq atamalardan foydalanish muhim. Yuridik tarjimaqonunlar,qarorlar,farmoyishlar va shartnomalar tarjimasi.Har bir so‘z va iborani huquqiy ma’nosini to‘g‘ri bilish lozim. Tibbiy tarjimatibbiyot sohasiga oid adabiyotlar va hujjatlar tarjimasi.Maxsus tibbiy terminologiyaga e’tibor berish zarur. 77 Mashina tarjimasi-kompyuter dasturlari orqali avtomatik tarzda tarjima qilish.Mashina tarjimasi so‘zma-so‘z tarjimaga asoslanadi va tarjima ko‘pincha inson tominidan tahrirni talab qiladi. Masalan: google translate, ChatGPT… Qisman tarjima-matnni faqat 1 qismi yoki muhim ma’lumotlarni tarjima qilish.Bunda matinni umumiy mazmunini ifodalashda foydalanilinadi. Adabiy tarjima-badiiy asarlar.Tarjimondan ijodiy bilim va tarjimaning estetik jihatdan go‘zal bo‘lishi talab qilinadi. Audiovizual tarjimasubtitr tarjimasi,dublyaj va video tarjima. Bu tarjima turi kino,serial,hujjatli film,o‘quv videolari,reklama roliklari tarjimasida ishlatilinadi. Bu tarjima lingvistik+madaniy murakkab. Interlineal tarjima-so‘zma-so‘z tarjima.Asosiy maqsad har bir so‘z yoki iborani lug‘aviy ma’nosini aniq tarjima qilish.Ishlatilinadi:tilni tadqiq qilish yoki o‘rganishda. Tarjima shunday tasniflanadi: 1.Sifati bo‘yicha-erkin, harfma-harf,adekvat,aniq,haqiqiy,sertifikatlangan 2.Bajarilish usuli bo‘yicha-qo‘lyozma,mashina,aralash,mualliflik,vakolatli 3.Til nisbatiga ko‘ra-interlineal (1 til ichida), interlingval(1 tildan boshqasiga),diaxronik (eski tildan zamonaviysiga ),intersemiotik(matndan belgiga yoki boshqa tizimga) 4.To‘liqlik darajasiga ko‘ra-to‘liq,qisqartirilgan,fragmentar,aspektual. Fragmentar tarjima-matinni ma’lum bir qismi yoki parchasi ya’ni muayyan bir bo‘lim,bob yoki g‘oyani o‘z ichiga olgan qismi. Aspektual –matnni faqat ma’lum mavzu yoki jihatga oid qismi ya’ni ma’lum bir aspekt,yo‘nalish,tema,fakt va g‘oya tarjimasi. 5.Manba bilan bog‘liqligiga ko‘ra-to‘g‘ridan to‘g‘ri ya’ni asl matinni aynan boshqa tilga o‘girish (F.Dostoevskiy,Jinoyat va jazo,SH.Sulaymon tarjimasi ), bilvosita ya’ni asl matinni boshqa tilga o‘girilgan variantidan yana bir boshqa tilga o‘girish (A.S. Pushkin,Yevgeniy Onegin,Oybek tarjima qilgan),teskari tarjmamatinni boshqa tilga o‘girilgan variantidan foydalanib qayta asl tilga o‘girish. Tarjima nafaqat so‘zlarni boshqa tilga o‘girish,balki madaniyatlararo muloqotni amalga oshiruvchi ijodiy faoliyat,insoniyatni birlashtiruvchi madaniy muhim vositadir. “Yaxshi tarjima-bu asl asar ruhini yangi tilde qayta tug‘ilishidir.”-Goethe (nemis shoiri va faylasufi) FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Goethe,West-östlicher Divan,1819 2. Qosimov,S. Tarjima nazariyasi asoslari. 2012. 3. Newmark,P. A Textbook of Translation. London: Prentice Hall. 1988. 4. Alimov,S. Tarjima nazariyasi va amaliyoti 2019. 5. I,G‘ofurov,O.Mo‘minov,N,QambarovTarjima nazariyasi