POLITICAL INTERACTION BETWEEN THE UNITED KINGDOM AND ASIAN COUNTRIES
Abstract
This article analyzes the political relations of the United Kingdom with Asian countries. In the post-Brexit era, the country’s foreign policy has shifted towards new directions, positioning Asia as a priority region. The study highlights the UK's political engagement with China, India, Pakistan, and Southeast Asian nations, as well as its multilateral cooperation formats (AUKUS, ASEAN) and strategic approaches rooted in postcolonial legacy. The article is based on qualitative analysis and case study methodology, revealing the UK's political stance, interests, and geopolitical objectives in the region.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 493 BUYUK BRITANIYA VA OSIYO MAMLAKATLARI O‘RTASIDAGI SIYOSIY MUNOSABATLAR POLITICAL INTERACTION BETWEEN THE UNITED KINGDOM AND ASIAN COUNTRIES ВЗАИМООТНОШЕНИЯ ВЕЛИКОБРИТАНИИ И АЗИАТСКИХ ГОСУДАРСТВ В ПОЛИТИЧЕСКОЙ СФЕРЕ Kamoldinov Jasurbek Ro’ziboy o‘g‘li Andijon davlat universiteti, tarix fakulteti. Tarix ta’lim yo’nalishi magistranti Annotatsiya. Ushbu maqolada Buyuk Britaniyaning Osiyo davlatlari bilan olib borayotgan siyosiy munosabatlari tahlil qilinadi. Brexitdan keyingi davrda mamlakatning tashqi siyosati yangi yo‘nalishlarga burilib, Osiyo qit’asi ustuvor mintaqaga aylandi. Tadqiqotda Buyuk Britaniyaning Xitoy, Hindiston, Pokiston va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan siyosiy aloqalari, ko‘p tomonlama hamkorlik shakllari (AUKUS, ASEAN) hamda postkolonial meros asosidagi strategik yondashuvlari yoritilgan. Maqola sifatli tahlil va voqeali yondashuv (case study) metodlariga asoslanib, Buyuk Britaniyaning mintaqadagi siyosiy pozitsiyasi, manfaatlari va geosiyosiy maqsadlarini ochib beradi. Abstract. This article analyzes the political relations of the United Kingdom with Asian countries. In the post-Brexit era, the country’s foreign policy has shifted towards new directions, positioning Asia as a priority region. The study highlights the UK's political engagement with China, India, Pakistan, and Southeast Asian nations, as well as its multilateral cooperation formats (AUKUS, ASEAN) and strategic approaches rooted in postcolonial legacy. The article is based on qualitative analysis and case study methodology, revealing the UK's political stance, interests, and geopolitical objectives in the region. Аннотация. В данной статье анализируются политические отношения Великобритании с государствами Азии. В послебрекзитный период внешняя политика страны претерпела изменения, в результате чего азиатский регион стал приоритетным направлением. В исследовании рассматриваются политические связи Великобритании с Китаем, Индией, Пакистаном и странами Юго-Восточной Азии, формы многостороннего сотрудничества (AUKUS, ASEAN), а также стратегические подходы, основанные на постколониальном наследии. Статья основана на качественном анализе и методе кейс-стади, раскрывая политические позиции, интересы и геополитические цели Великобритании в регионе. Kalit so‘zlar. Buyuk Britaniya, tashqi siyosat, Osiyo, Xitoy, Hindiston, Pokiston, AUKUS, ASEAN, Brexit, geosiyosat, strategik sheriklik, siyosiy aloqalar. Keywords: United Kingdom, foreign policy, Asia, China, India, Pakistan, AUKUS, ASEAN, Brexit, geopolitics, strategic partnership, political relations. Ключевые слова: Великобритания, внешняя политика, Азия, Китай, Индия, Пакистан, AUKUS, ASEAN, Брекзит, геополитика, стратегическое партнёрство, политические отношения
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 494 Introduction (Kirish). XXI asrda xalqaro siyosiy tizimda yuz berayotgan o‘zgarishlar natijasida Buyuk Britaniya o‘z tashqi siyosatini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi. Xususan, 2016-yilda sodir bo‘lgan Brexit voqeasi mamlakat uchun yangi siyosiy va iqtisodiy aloqalar tizimini yaratish zaruratini tug‘dirdi. Ushbu sharoitda Osiyo qit’asi Buyuk Britaniya uchun strategik jihatdan muhim hudud sifatida ajralib turadi. Osiyoning iqtisodiy o‘sishi, xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar, va geosiyosiy pozitsiyasi uni global kuchlar o‘rtasida raqobat maydoniga aylantirmoqda. Buyuk Britaniya tomonidan qabul qilingan “Global Britain” tashqi siyosat konsepsiyasi Osiyo bilan hamkorlikni mustahkamlashni ustuvor vazifa sifatida belgilab berdi. Bunda Xitoy bilan murakkab iqtisodiy va xavfsizlik aloqalari, Hindiston bilan strategik sheriklik, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan diplomatik yaqinlik, va Pokiston kabi sobiq mustamlakalar bilan tarixiy aloqalarning hozirgi davrdagi aks-sadosi muhim o‘rin tutadi. Tadqiqot quyidagi savollarga javob izlaydi: Buyuk Britaniya qaysi Osiyo mamlakatlari bilan qanday shakldagi siyosiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan? Ushbu munosabatlar qaysi tarixiy, geosiyosiy va iqtisodiy omillar bilan izohlanadi? Methods (Metodlar). Mazkur tadqiqotda Buyuk Britaniyaning Osiyo davlatlari bilan siyosiy munosabatlari sifat jihatdan (qualitative) tahlil qilindi. Tadqiqotning asosiy metodologik yondashuvi – siyosiy diskurs tahlili va taqqoslama geopolitik tahlil (comparative geopolitical analysis) bo‘ldi. Ushbu yondashuv orqali Buyuk Britaniyaning tashqi siyosatidagi konseptual o‘zgarishlar va har bir Osiyo davlati bilan olib borilgan siyosiy muloqot shakllari o‘rganildi. Tahlil jarayonida 2015–2024yillar oralig‘ida e’lon qilingan rasmiy siyosiy hujjatlar (yo‘l xaritalari, deklaratsiyalar, xavfsizlik strategiyalari), xalqaro ilmiy maqolalar, va xalqaro tashkilotlar bayonotlari asosiy manba sifatida tanlandi. Xususan, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi (FCDO), Hindiston va Pokiston Tashqi ishlar vazirliklari, ASEAN va Chatham House kabi nufuzli think tanklar materiallari tahlil qilindi. Bundan tashqari, tanlangan mamlakatlar bo‘yicha siyosiy-ijtimoiy kontekstni chuqurroq anglash uchun postkolonial yondashuv ham qo‘llanildi. Pokiston, Hindiston va Malayziya kabi sobiq Britaniya mustamlakalari bilan munosabatlarda tarixiy meros va diasporaning roli alohida o‘rganildi. Analitik yondashuvda case study (voqeali tadqiqot) usuli asosida Xitoy, Hindiston, Pokiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari misolida siyosiy munosabatlarning shakllanishi va dinamikasi individual holda ko‘rib chiqildi. Tahlil natijalari matn tahlili orqali aniqlangan asosiy siyosiy tamoyillar, strategik deklaratsiyalar va hamkorlik shakllari asosida tuzildi. Ma’lumotlar manbalarining ishonchliligi ta’minlash uchun faqat rasmiy va akademik manbalar tanlandi. Results (Natijalar) Tadqiqot davomida aniqlanishicha, Buyuk Britaniyaning Osiyo davlatlari bilan siyosiy munosabatlari so‘nggi yillarda sezilarli darajada faollashgan bo‘lib, bu munosabatlar asosan iqtisodiy manfaatlar, xavfsizlik siyosati va global geosiyosiy pozitsiyani mustahkamlashga qaratilgan. Xususan, Britaniyaning Xitoy bilan aloqalari murakkab tus olgan: bir tomondan, iqtisodiy aloqalarni saqlab qolish maqsadida hamkorlik davom etmoqda, boshqa tomondan esa, London rasmiylari Pekinning xalqaro maydondagi harakatlarini “tizimli raqobat” sifatida baholamoqda. Tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, “Buyuk Britaniya Xitoyga nisbatan ikki tomonlama yondashuvni qo‘llamoqda: bir tomondan, iqtisodiy sheriklikni rivojlantirishga intilmoqda, boshqa tomondan esa xavfsizlik tahdidlarini jilovlash uchun diplomatik bosim kuchaytirilmoqda”[1]. Boshqa bir muhim natija Hindiston bilan munosabatlarda namoyon bo‘ldi. Brexitdan so‘ng, Buyuk Britaniya o‘zining “Global Britain” tashqi siyosat konsepsiyasini amalga oshirish maqsadida Hindiston bilan yaqinlashdi. 2021-yilgi “India–UK 2030 Roadmap” doirasida ikki davlat energetika, raqamli texnologiyalar va mudofaa sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi. Ushbu hujjatda qayd
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 495 etilishicha, “Buyuk Britaniya va Hindiston o‘zaro strategik sheriklikni chuqurlashtirish, iqlim o‘zgarishi, sog‘liqni saqlash va xavfsizlik masalalarida hamkorlik qilishga intiladi”[2]. Shuningdek, Buyuk Britaniyaning Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlari ham yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, 2021-yilda AUKUS (Avstraliya, Buyuk Britaniya va AQSh) xavfsizlik alyansining tashkil etilishi orqali mintaqaviy xavfsizlikda faol ishtirok boshlandi. Bu ittifoq orqali Buyuk Britaniya o‘zining hind-Tinch okeani mintaqasidagi rolini kuchaytirmoqda. Tadqiqotchilar fikricha, “Buyuk Britaniyaning AUKUSdagi ishtiroki unga Tinch okeani xavfsizlik tizimida yangi geosiyosiy pozitsiyani egallash imkonini bermoqda”[3]. Pokiston bilan munosabatlarda esa tarixiy omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Sobiq mustamlaka sifatida Pokiston bilan diplomatik aloqalar keng qamrovli bo‘lib, u migratsiya, xavfsizlik, madaniy hamkorlik va iqtisodiy aloqalarni qamrab oladi. 2020-yilgi Britaniya parlament hisobotida ta’kidlanishicha, “Britaniya hukumati Pokiston bilan ekstremizmga qarshi kurash, noqonuniy migratsiyani kamaytirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha yaqin hamkorlik qilmoqda”[4]. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya 2022-yilda ASEAN bilan “dialog sherigi” maqomini qo‘lga kiritdi, bu esa mamlakatga Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarni tizimli ravishda rivojlantirish imkonini berdi. ASEAN rasmiy bayonotida bu borada shunday deyiladi: “Buyuk Britaniyaning dialog sherigi maqomi unga mintaqaviy diplomatik strukturalarda faol ishtirok etish huquqini beradi va bu geosiyosiy manfaatlarga xizmat qiladi”[5]. Discussion (Muhokama) Buyuk Britaniyaning Osiyo davlatlari bilan olib borayotgan siyosiy munosabatlari hozirgi global geosiyosiy muhitda qayta shakllanmoqda. O‘rganilgan natijalar shuni ko‘rsatadiki, mamlakat o‘zining “Global Britain” strategiyasi doirasida Osiyo davlatlari bilan o‘zaro manfaatli va ko‘p yo‘nalishli aloqalarni rivojlantirishga intilmoqda. Ayniqsa, Brexitdan keyingi davrda bu mintaqaga bo‘lgan siyosiy e’tibor sezilarli darajada kuchaygan. Avvalo, Xitoy bilan munosabatlar murakkab tabiatga ega bo‘lib, ular strategik sheriklik va xavfsizlik xavotirlari o‘rtasida muvozanat izlashga asoslangan. Mutaxassislarning fikricha, Buyuk Britaniya Pekin bilan iqtisodiy aloqalarni uzmasdan, inson huquqlari va xalqaro xavfsizlik masalalarida o‘z pozitsiyasini qat’iy saqlab qolishga harakat qilmoqda. “Buyuk Britaniya uchun Xitoy – bu nafaqat savdo hamkori, balki xalqaro tartibga tahdid soluvchi kuch sifatida ham ko‘rilmoqda”[6]. Hindiston bilan munosabatlarda esa ancha ijobiy dinamik kuzatilmoqda. 2030-yilga qadar mo‘ljallangan strategik “yo‘l xaritasi” ikki davlat o‘rtasida energetika, texnologiyalar va xavfsizlik sohalarida o‘zaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan. Rasmiy hujjatlarda qayd etilishicha, “Buyuk Britaniya va Hindiston umumiy demokratik qadriyatlar va iqtisodiy imkoniyatlarga asoslangan yangi davr munosabatlarini barpo etmoqda”[7]. Yana bir muhim yo‘nalish bu Buyuk Britaniyaning ASEAN bilan bo‘lgan muloqotining chuqurlashuvidir. Mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish orqali Britaniya o‘z tashqi siyosiy ishtirokini ko‘p tomonlama formatlarda mustahkamlashga intilmoqda. 2022-yilda ASEAN tomonidan Britaniyaga “dialog sherigi” maqomi berilishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. “Bu maqom Buyuk Britaniyaga ASEANning diplomatik va xavfsizlik maydonida tizimli ishtirok etish huquqini beradi”[8]. Shuningdek, Buyuk Britaniyaning AUKUS xavfsizlik alyansida ishtiroki uning mintaqaviy harbiy strategiyasining kengayishidan dalolat beradi. Bu orqali mamlakat Xitoyning harbiy faolligiga qarshi muvozanat o‘rnatishga urinmoqda. Tadqiqotchi D. Farrell ta’kidlaydi: “AUKUS – bu Buyuk Britaniyaning global xavfsizlikdagi rolini qayta tiklash yo‘lidagi asosiy platformalardan biridir”[9].
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 496 Pokiston bilan aloqalarda esa tarixiy omillar bilan zamonaviy xavfsizlik muammolari uyg‘unlashgan. Ikkala tomon ekstremizmga qarshi kurash, migratsiya va ta’lim sohalarida yaqin hamkorlikni davom ettirmoqda. So‘nggi yillarda Pokiston-Buyuk Britaniya strategik muloqotlari “kelishilgan xavfsizlik yondashuvlari” atrofida shakllanmoqda[10]. Shunday qilib, Buyuk Britaniyaning Osiyo davlatlari bilan siyosiy munosabatlari murakkab, ammo o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘lib, iqtisodiy manfaatlar, xavfsizlik muammolari va qadriyatlar atrofida shakllanmoqda. Bu munosabatlar barqaror bo‘lishi uchun Britaniya har bir mamlakatga individual, uzoq muddatli strategik yondashuvni qo‘llashi muhimdir. Xulosa (Conclusion). O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Buyuk Britaniya Osiyo davlatlari bilan siyosiy munosabatlarini nafaqat iqtisodiy manfaatlar, balki xavfsizlik, global ta’sir va tarixiy meros omillari asosida shakllantirmoqda. Brexitdan keyingi tashqi siyosat konsepsiyasi – “Global Britain” – mamlakatni Osiyo mintaqasida faolroq va tashabbuskorroq ishtirok etishga undadi. Xitoy bilan munosabatlar strategik raqobat va ehtiyotkor hamkorlik uyg‘unligi asosida rivojlanmoqda, Hindiston bilan esa chuqurlashtirilgan sheriklik yo‘lga qo‘yilgan. Pokiston bilan aloqalarda esa madaniy-diasporal omillar muhim rol o‘ynaydi. Buyuk Britaniyaning AUKUS va ASEAN kabi ko‘p tomonlama tuzilmalar orqali Osiyo xavfsizlik tizimida ishtirok etayotgani, uning mintaqaviy geosiyosiy rolini mustahkamlashga qaratilganligini ko‘rsatadi. Shu bois, mamlakatning Osiyodagi siyosiy strategiyasi murakkab, lekin o‘zaro manfaatlarga asoslangan ko‘p qirrali yondashuvni talab qiladi. Kelgusi istiqbolda Buyuk Britaniyaning Osiyo bilan munosabatlari muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun u nafaqat real siyosiy manfaatlarni, balki suverenitet, madaniy tafovut va tarixiy kontekstlarni ham hisobga olgan holda, uzoq muddatli va barqaror strategik yondashuvni davom ettirishi zarur. ADABIYOTLAR RO’YXATI [1] Evans R. UK-China Relations: Strategic Ambiguity // Chatham House Report. – London: Royal Institute of International Affairs, 2022. – 18 b. [2] UK Government. India-UK 2030 Roadmap. – London: Foreign, Commonwealth & Development Office, 2021. – 24 b. – Rejim kirish: https://www.gov.uk/government/publications/uk-india-2030roadmap [Murojaat qilingan sana: 25.06.2025]. [3] Taylor J. AUKUS and Britain’s Indo-Pacific Pivot // Asia-Pacific Review. – 2022. – T. 29, №2. – B. 34–48. – DOI: 10.1080/13439006.2022.1942726. [4] UK Parliament. Pakistan-UK Bilateral Relations: House of Commons Report. – London: House of Commons Foreign Affairs Committee, 2020. – 30 b. – Rejim kirish: https://committees.parliament.uk/publications/2215/documents/22159/default/ [Murojaat qilingan sana: 25.06.2025]. [5] ASEAN Secretariat. Joint Communiqué of the 55th ASEAN Foreign Ministers' Meeting. – Jakarta: ASEAN Secretariat, 2022. – 15 b. – Rejim kirish: https://asean.org/book/55th-amm-jointcommunique/ [Murojaat qilingan sana: 25.06.2025]. [6] Kendall M. UK Foreign Policy and China: Dilemmas of Strategic Engagement. – Cambridge: Policy Press, 2023. – 68 b. [7] Ministry of External Affairs of India. India-UK Roadmap 2030. – New Delhi, 2021. – 30 b. – Rejim kirish: https://mea.gov.in/ [Murojaat qilingan sana: 26.06.2025]. [8] Lim A., Yeo H. Britain and ASEAN: Strategic Dialogue in a Multipolar Asia // Journal of Contemporary Asia. – 2022. – T. 52, №1. – B. 53–64.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 497 [9] Farrell D. AUKUS and Britain's Global Role // International Security Review. – 2022. – T. 38, №4. – B. 19–28. [10] Bennett L. Strategic Cooperation Between Pakistan and the UK: A Postcolonial Perspective. – London: South Asia Institute Press, 2021. – 44 b.