IBORALAR YOKI FRAZEOLOGIK BIRIKMALAR TARJIMASI
Abstract
IBORALAR YOKI FRAZEOLOGIK BIRIKMALAR TARJIMASI
Full text
156 IBORALAR YOKI FRAZEOLOGIK BIRIKMALAR TARJIMASI Yusupova Aziza Dilshod qizi OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti talabasi Ilmiy rahbar: Saidxanova A.X. “Ingliz tili amaliy tarjima” kafedrasi katta oʻqituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada frazeologik birikmalarni yani iboralarni tarjima qilish hamda ekvivalent topish va ayrim frazeologik jumlalarni tarjima qilishdagi muommolar haqidagi ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Frazeologizmlar, tarjim, muammolar, madaniy farqlar, semantik farqlar, grammatik farqlar, toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima, qisman tarjima, transpozitsiya, tushuntirish, o‘zbek tili, lingvistika, iboralar, xalq og‘zaki ijodi, semantika, tahlil, ko‘chma ma’no, ekvivalent. Аннотация: В данной статье представлена информация о проблемах перевода фразеологических сочетаний (т.е. идиом), поиска эквивалентов и некоторых трудностях при переводе отдельных фразеологических предложений. Ключевые слова: Фразеологизмы, перевод, проблемы, культурные различия, семантические различия, грамматические различия, прямой перевод, частичный перевод, транспозиция, объяснение/толкование, узбекский язык, лингвистика, идиомы, устное народное творчество, семантика, анализ, переносное значение, эквивалент. Abstract: This article presents information on the problems of translating phraseological combinations (i.e., idioms), search for equivalents, and certain difficulties encountered when translating individual phraseological sentences. Keywords: Phraseological units, translation, problems, cultural differences, semantic differences, grammatical differences, direct translation, partial translation, transposition, explanation/interpretation, Uzbek language, linguistics, idioms, folklore, semantics, analysis, figurative meaning, equivalent. Frazeologizmlar, tilning rang-barang va ifodali vositalaridan biri boʻlib, bir necha soʻzdan tashkil topgan, lekin yagona maʼno ifodalovchi barqaror birikmalardir. Ular turli xalqlar tillarida mavjud boʻlib, har bir tilning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Hamda biz ko‘p hollarda frazeologizmlarni tarjima qilish jarayonida quyidagi qiyinchiliklarga duch kelishimiz mumkin. Ko‘pincha oddiy birikmalarni tarjima qilish uncha qiyinchilik tug‘dirmaydi ammo ko‘chma ma’noda kelgan birikmalarga to‘g‘ri ekvivalent topish bir muncha qiyinlashadi. Ingiliz tilidagi iboralarni tarjima qilish jarayonida turli usullardan foydalaniladi hamda tarjima jarayonida alohida yondashish zarur bo‘ladi.
157 Birinchi turdagi so‘z birikmasi sifat+ot bo‘lib ularning semantik strukturasi birbiridan ancha farq qilgani uchun ushbu birikmada qo‘llangan otning xususiyatini va sifatini ifodalaydi. Shuningdek ingliz tilidagi “free educational institution” birikmasida free so‘zi institution so‘zi bilan aloqasi yo‘q ammo ba’zi hollarda sifatlar otning xususiyatlari hamda sifatdan tashqari u bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalarni ham ifodalab kelishi mumkin. Bunga qo‘shimcha qilib shuni aytishim mumkin ya’ni ingiliz tilidagi “a medical person” birikmasini o‘zbek tiliga to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilib bo‘lmaydi hamda sifat va ot ma’nosiga qaragan holatda bir so‘z bilan “shifokor” deb tarjima qilinadi. O‘zbek tilida ham bunday birikmalar ko‘plab uchrab turadi maslan: “dala guli”,”malla sochli” va hokazo. Birgina otni bir nechta sifat orqali aniqlab kelishi mumkin bo‘lgan hollar ham uchrab turadi. Bunga misol qilib: “temir xotin”, “ichkari uy kaliti” va boshqa birikmalarda aniq bir narsani ko‘plab so‘zlar bilan ifodalinib kelishini ko‘rishimiz mumkin. Ba’zi hollarda ingiliz tilida otlarni aniqlab kelgan so‘zlar (bular ot yoki sifat bo‘lishi mumkin)ni topish ancha qiyinchilik tug‘diradi. Bunga misol qilib “retail philanthropy business” birikmasi nima ma’noni anglatishini bir qaraganda anglash ancha qiyinchilik tug‘diradi, shunday ushbu jumlani ikki xil tushunish mumkin. O‘zbek tilida ushbu holat har doim ham uchramaydi. Ingliz tilida ba’zi holatlarda otni aniqlab kelgan sifat tushurib qo‘yiladigan vaziyatlar ham uchrab turadi va bunga “dry pruning” iborasini misol qilsak bo‘ladi, hamda ushbu birikmani so‘zma-so‘z tarjima qilganda “quruq butash” ammo uning ma’nosi daraxt shoxlari quruq bo‘lgan paytda qilingan butash nazarda tutilgan. Tarjima jarayonida so‘z birikmalarining semantik va tuzlish xususiyatlarini hisobga olish lozim. Bundan eng birinchi bo‘lib otni tarjima qilib olish tavsiya qilinadi chunki barcha aniqlanmishlar birgina otni aniqlab keladi hamda tarjimonning keying vazifasi gapdagi ma’no turlarini aniqlab so‘ngra ularni ot va sifat o‘rtasidagi grammatik aloqalarni aniqlashdir. Hamda otdan oldin kelgan so‘z va so‘zlar otni aniqlab keladi, agarda biz tarjima qilayotgan gap inglizchadan o‘zbek tiliga bo‘lsa uni o‘zbek tili grammatikasi asosida qilinadi aksincha bo‘lsa ya’ni o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilinayotgan bo‘lsa uni ingliz tili grammatikasi asosida tarjima qilamiz. Ba’zida ingliz va o‘zbek tili erkin birikmalarining tartibi ikki tilda ham bir-birga to‘g‘ri kelishi mumkin. "Strategic Anns Limitation Treaty" – “Strategik qurollarni cheklash shartnomasi”. Bunday tarkibdagi, aniqlovchi bo'lgan iboralarni tarjima qilishning bir nechta usuli mavjud bo‘lib: I. Ingliz tilidagi ot oldidan kelgan aniqlanmish o'zbek tilida ham shu tartibda tarjima qilinadi: "a cheap ticket" - "arzon chipta", "an expressive word" - "ifodali so'z". 2. Ingliz tilida ot+ot shakli kelgan ibora ham xuddi yuqoridagidek tarjima qilinadi, hamda ba’zida o‘zbek tilidagi iboralarga ikki yoki undan ko‘p ekvivalent to'g'ri kelishi mumkin: "opposition leader" -"muxolifat lideri", oppozitsiya lideri'.
158 3. Otni aniqlab kelgan inglizcha iboralar o'zbek tiliga tarjima qilinganda bog'lovchilar yordamida tarjima qilinadi: "youth unemployment" "yoshlar o'rtasidagi ishsizlik". 4. Ingliz tilidagi aniqlanmish va ot o'zbek tiliga izohlovchi orqali tarjima qilinishi mumkin: "his millionaire friend" - "uning millioner do'sti". 5. Ba'zan ingliz tilidagi birikmalari bir qismi tasviriy yo'l bilan, ya'ni bir nechta so'z yordamida tarjima qilinishi mumkin: "a bargain counter" - "narxi tushirilgan (pasaytirilgan) mollar do'kon (bo'lim)i . 6. Ingliz tilining tarkibida aniqlovchi bo'lgan iboralarni tarjima qilishda aksariyat hollarda ibora tarkibidagi muayyan so'zni/otni boshqa otga o'zgartirish zarur. Masalan, "free educational institutions" o'zbek tiliga "bepul o'qiladigan oliy o'quv yurtlari" deb tarjimaqilinishi lozim, chunki "free" so'zi "institutions" otini emas, balki "educational" so'ziga aloqasi bor. Xuddi shu fikr "Parliamentary Labour Party" birikmasi bilan ham aloqador. Bu iborani o'zbek tiliga "Leyboristlar partiyasining parlament fraksiyasi" deb tarjima qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tarjimani to'liq berish uchun ba'zi hollarda aniqlovchini ayni shu gapda qo'llangan boshqa ot bilan tarjima qilish maqsadga muvofiq bo'ladi. Misol tariqasida "dismal array of titles" birikmasini ko'rib chiqaylik. Ushbu iborani o‘zbek tiliga tarjima qilar ekanmiz ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilar ekamiz ma’nosiga putur yetkazishimiz mumkin, shuning uchun uni "dismal" so'zining aniqlovchisi "titles" otini emas, balki "array" otini aniqlab kelganligi uchun birikmani "eng yomon (eshitiladigan yoki quloqqa yoqmaydigan) laqablar yig'indisi" deb tarjima qilishga to'g'ri keladi. 7. Aksariyat hollarda ingliz tilidagi aniqlanmishli iborlar o'zbek tiliga ravishli iboralar bilan tarjima qilinadi: to be to have + A + N phrase to give to take Yuqoridagi namunalarga quyidagi misollarni keltirish mumkin : ''to have a good sleep" - ''yaxshi (tiniqib) uxlamoq", ''to take a deep breath" - "chuqur nafas olrnoq" to give a loud whistle" - "qattiq hushtak chalmoq", ''to have a good lunch" - "yaxshi (mazali taom yeb) tushlik qilmoq" va shu kabilar. 8. lngliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilishda shunday hollar uchraydiki, turli ekstralingvistik omillar ta'sirida tarkibida fe'lIi ibora mavjud gaplar va ulaning tuzilishi butunlay o'zgarib ketadi. Masalan, "He had "I don't know expression" in his face" - "Uning yuzi, uni hech narsa bilmasligini ifodalab turardi". Bu borada O.Y. Petrova shunday deb yozadi: "Tarjimaning muayyan usulini tanlash asosan ibora komponentlari o'rtasidagi semantik aloqalar, grammatik norma hamda tarjima tilidagi so'z birikmasini hosil qilish xususiyatlari bilan belgilanadi (Petrova. 2006, 18)". Ingliz
159 tilining o'ziga xos aniqlovchi va aniqlanmishdan tashkil topgan iboralari mavjud bo'lib, ular ichki predikatsiyasiga ega. Ularni tarjimasi asosan iboralaning stilistik xususiyatlariga bog'liq bo‘lib agar bunday aniqlovchilar yoyiq hamda ko'p qismdan tashkil topgan bo'lsa, ular odatda o‘zbek tiliga to'Idiruvchi ergash gaplar yordamida tarjima qilinadi. Aniqlanmishli ibora tarkibida ot xususiyatini ifodalovchi so'zlar bo'lgan hollarda esa ular bitta ot orqali tarjima qilinsa maqsadga muvofiq bo'ladi: "a grab-it-and-run… counter" - "yo'l-yo'lakay kirib ketiladigan mayxona" yoki "gazakxona”. Frazeologik muammolar va ularning Tarjimada hal etilishiga to‘xtaladigan bo‘lsak ularni quydagi farqlar orqali kategoriyalarga ajratgan holda tarjima qilish ancha osonlashadi. Madaniy farqlar: Har bir tilning oʻziga xos madaniy konteksti mavjud. Baʼzi frazeologizmlar maʼlum bir xalqning tarixi, adabiyoti, urf-odatlari bilan bogʻliq boʻlib, boshqa tillarda toʻgʻridan-toʻgʻri ekvivalenti boʻlmasligi mumkin. Masalan, ingliz tilidagi "raining cats and dogs" iborasi "yogʻishi juda kuchli" maʼnosini bildiradi, lekin bu iboraning toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzbekchaga tarjimasi maʼnosiz boʻladi. Semantik farqlar: Baʼzi frazeologizmlar bir-biriga oʻxshash boʻlsa-da, lekin maʼno jihatidan farq qilishi mumkin. Masalan, ingliz tilidagi "to break the ice" va oʻzbek tilidagi "muzlar erish" iboralari bir-biriga oʻxshash tuyulsa-da, lekin maʼnolari biroz farq qiladi. Grammatik farqlar: Tillarning grammatik tuzilishidagi farqlar ham frazeologizmlarni tarjima qilishda muammolar tugʻdirishi mumkin. Masalan, ingliz tilidagi "to be under the weather" iborasi feʼl birikmasi boʻlsa, oʻzbek tilidagi "oʻzini yomon his qilish" iborasi esa feʼl bilan ot birikmasi hisoblanadi.Frazeologizmlarni tarjima qilish jarayonida yuqoridagi usulalardan foydalangan holda unga qo‘shimcha qilib quyidagilardan foydalansak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima: Agar maqsad tilning oʻzida frazeologizmning ekvivalenti mavjud boʻlsa, u holda toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima qilish mumkin. Masalan, ingliz tilidagi "to kill two birds with one stone" iborasining oʻzbekcha ekvivalenti "bir oʻq bilan ikki quyon otmoq"dir. Qisman tarjima. Baʼzi hollarda frazeologizmning bir qismini toʻgʻridantoʻgʻri tarjima qilish, qolgan qismini esa izohlab berish mumkin. Masalan, ingliz tilidagi "to let the cat out of the bag" iborasini "sirni fosh qilish" deb tarjima qilish mumkin. Transpozitsiya: Baʼzi hollarda frazeologizmning tarkibiy qismlarini oʻzgartirib, maʼnosini saqlab qolish mumkin. Masalan, ingliz tilidagi "to put the cart before the horse" iborasini "otni aravaning oldidan qoʻyish" deb tarjima qilish mumkin. Tushuntirish: Agar maqsad tilda frazeologizmning ekvivalenti mavjud boʻlmasa, u holda uni tushuntirish orqali tarjima qilish mumkin. Masalan, ingliz
160 tilidagi "to rain cats and dogs" iborasini "juda kuchli yogʻish" deb tushuntirish mumkin. Frazeologizmlar va ularning ahamiyati: Frazeologizmlar biron tilda xalqning boy madaniy merosi, tarixiy tajribasi va dunyoqarashini ifoda etuvchi muhim til birliklari hisoblanadi. Ular so‘z birikmalarining o‘ziga xos shakli bo‘lib, ko‘pincha ko‘chma ma‘noni ifodalaydi. Masalan, “yurak hovuchlamoq” iborasi qo‘rqib ketishni anglatadi. Bu kabi iboralar xalq og‘zaki ijodining, folklor va tarixiy voqealarining izlarini o‘zida aks ettiradi. Frazeologizmlarning tilda tutgan o‘rni Frazeologizmlar tilni yanada boyitadi va ifodali qiladi. Ular yordamida matn yoki nutqda hissiyotlar va ma‘nolarni yanada boyroq ifodalash mumkin. Masalan, “cho‘ntagi quruq” iborasi insonning moliyaviy ahvolini qisqa va obrazli ifodalab beradi. Frazeologizmlarning asosiy turlari Frazeologizmlar uch asosiy turga bo‘linadi: 1. Frazeologik birikmalar: Bu turdagi iboralar so‘zlarning alohida ma‘nosini saqlagan holda, birgalikda yangi ma‘no hosil qiladi. Masalan, “qalb qiroli” – sevimli inson. 2. Frazeologik butliklar: Bu turdagi iboralar to‘liq ko‘chma ma‘noni anglatadi. Masalan, “quloq solmoq” – e‘tibor bilan tinglash. 3. Frazeologik yoysakliklar: Bunda so‘zlar erkin birikib, birgalikda mustaqil ma‘noni anglatadi. Masalan, “aqlli bosh” – dono inson. Frazeologizmlar tadqiqoti Frazeologizmlar sohasida ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ularning kelib chiqishi, strukturasi va semantikasi lingvistik tahlil yordamida o‘rganiladi. Masalan, O‘zbek tili frazeologizmlarining aksariyati qadimiy an‘analar, xalq qo‘shiqlari va hikmatli so‘zlar asosida shakllangan. Frazeologizmlar misollari 1. “Olmani olma de” – rost so‘zla. 2. “Og‘zidan bol tommoq” – yoqimli gapirish. 3. “Ko‘ngliga o‘tirish” – kimnidir yoqtirish. Frazeologizmlar haqida qiziqarli faktlar 1. Ko‘pgina frazeologizmlar qadimiy rivoyatlar va afsonalar bilan bog‘liq. 2. Ular turli tillar o‘rtasida tarjima qilinayotganda o‘ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki har bir tilning o‘ziga xos madaniy jihatlari bor. 3. Ba‘zi frazeologizmlar zamon o‘tishi bilan o‘z ma‘nosini o‘zgartirishi yoki eskirishi mumkin.
161 Umumiy qilib qaralsa, frazeologik birikmalarni tarjima qilish hammavaqt ham oson bo‘lmaydi. Frazeologik birliklarning ko‘pchiligi emotsional va ekspressiv ma’no tashiydi va milliy xususiyatga ega bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Rahmatullayev, Sh. (2005). O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Entsiklopediyasi. 2. Karimov, N. (2010). Frazeologiyaning nazariy asoslari. Toshkent: Fan nashriyoti. 3. Xalq og‘zaki ijodi namunalaridan olingan frazeologik iboralar. 4. Tarjima nazariyasi: Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv qo'lIanma I.G'ofurov, O,Mo'minov, N.Qambarov. - Toshkent : Tafakkur-Bo'stoni, 2012. 216 b.