scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KORPUS VOSITASI YORDAMIDA YOZMA TARJIMA KO'NIKMASINI TAKOMILLASHTIRISH YUZASIDAN MASHQ VA TOPSHIRIQLAR TIZIMI

Axmedova Anorxon Nasivali qizi

Abstract

KORPUS VOSITASI YORDAMIDA YOZMA TARJIMA KO'NIKMASINI TAKOMILLASHTIRISH YUZASIDAN MASHQ VA TOPSHIRIQLAR TIZIMI

Full text

192 KORPUS VOSITASI YORDAMIDA YOZMA TARJIMA KO‘NIKMASINI TAKOMILLASHTIRISH YUZASIDAN MASHQ VA TOPSHIRIQLAR TIZIMI Axmedova Anorxon Nasivali qizi O‘zDJTU dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Annotatsiya. Mazkur maqolada yozma tarjima ko‘nikmasini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida korpus lingvistikasiga asoslangan yondashuvning samaradorligi tahlil qilinadi. Korpus vositalaridan (parallel korpuslar, konkorserlar, chastotali tahlil dasturlari va boshqalar) foydalanish orqali talabalarda tarjima kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashq va topshiriqlar tizimi ishlab chiqilgan. Maqolada ushbu tizimning nazariy asoslari, o‘quv jarayoniga integratsiya qilish bosqichlari hamda amaliy natijalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, korpusga asoslangan mashqlar orqali talabalar nafaqat so‘z va iboralarning kontekstual ma’nosini chuqurroq anglaydi, balki matn tuzilmasi, uslub va pragmatik jihatlarni ham tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Shuningdek, maqolada korpus texnologiyalaridan foydalanish tarjima jarayonini avtomatlashtirish emas, balki til materiallari bilan ishlashni rag‘batlantiruvchi vosita sifatida qaralishi lozimligi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: yozma tarjima, korpus lingvistika, mashq va topshiriqlar tizimi, tarjima kompetensiyasi, parallel korpus, til o‘qitish metodikasi. Annotation.This article explores the effectiveness of a corpus-based approach in developing and improving written translation skills. The author presents a system of exercises and tasks designed to enhance students’ translation competence through the use of corpus tools such as parallel corpora, concordancers, and frequency analysis software. The paper discusses the theoretical foundations of this system, its stages of integration into the educational process, and the observed practical outcomes. Research results indicate that corpus-based exercises help students better understand the contextual meaning of words and expressions, as well as acquire analytical skills related to text structure, style, and pragmatics. The article also emphasizes that corpus technologies should not be viewed as tools for automating translation, but rather as instruments that promote conscious interaction with authentic linguistic data. Keywords: written translation, corpus linguistics, system of exercises and tasks, translation competence, parallel corpus, language teaching methodology. Аннотация. В данной статье анализируется эффективность подхода, основанного на корпусной лингвистике, в процессе формирования и развития навыков письменного перевода. Разработана система упражнений и заданий, направленных на развитие переводческой компетенции студентов посредством 193 использования корпусных инструментов (параллельных корпусов, конкордансеров, программ частотного анализа и др.). В статье раскрываются теоретические основы данной системы, этапы её интеграции в учебный процесс, а также практические результаты её применения. Результаты исследования показывают, что благодаря упражнениям, основанным на корпусах, студенты не только глубже понимают контекстуальное значение слов и выражений, но и приобретают навыки анализа структуры текста, стиля и прагматических аспектов. Кроме того, в статье подчёркивается, что использование корпусных технологий следует рассматривать не как средство автоматизации перевода, а как инструмент, стимулирующий осознанную работу с языковым материалом. Ключевые слова: письменный перевод, корпусная лингвистика, система упражнений и заданий, переводческая компетенция, параллельный корпус, методика преподавания языка. Chet tilini o‘qitish metodikasida mashq va topshiriqlar tizimi ta’lim jarayonining markaziy bo‘g‘ini hisoblanadi. Chunki talaba nazariy bilimlarni faqatgina tinglovchi emas, balki ularni amaliyotga tatbiq etuvchi faol subyekt sifatida shakllanadi. Didaktik yondashuvga ko‘ra, mashq va topshiriqlar talabarning kognitiv, kommunikativ va reflektiv faoliyatini faollashtiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Mashqlar tizimi til o‘rganishda ikki asosiy vazifani bajaradi: birinchidan, u nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmaga aylantirishga yordam beradi; ikkinchidan, talabani mustaqil fikrlashga, tahliliy yondashishga va kreativ ijodkorlikka yo‘naltiradi. Shu jihatdan, mashq va topshiriqlar til ta’limida reproduktiv bosqichdan ijodiy bosqichga o‘tishda vositachilik vazifasini bajaradi. Pedagogik nuqtayi nazardan, mashq va topshiriqlarning o‘rni Bloom taksonomiyasidagi bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, sintez va baholash bosqichlarini bosqichma-bosqich amalga oshirishga xizmat qiladi. Masalan, dastlab talaba til birliklarini yod olish orqali bilish darajasini mustahkamlaydi, keyinchalik ularni matn ichida qo‘llash orqali tahlil va sintezga erishadi. Shuningdek, mashq va topshiriqlar ta’lim jarayonini tashkil etishda boshqaruv va monitoring vositasi sifatida ham ahamiyatga ega. Ular o‘qituvchiga talabalar bilimini baholash, o‘zlashtirish darajasini aniqlash va ta’lim samaradorligini oshirish imkonini beradi. Natijada, mashq va topshiriqlar tizimi ta’lim jarayonining nazariy va amaliy jihatlarini uyg‘unlashtiruvchi, chet tilini samarali egallashning zaruriy sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Chet tilini o‘qitish metodikasida mashq va topshiriqlarni tizimlashtirish jarayonida “activity (faoliyat)”, “task (topshiriq/vazifa)” va “exercise (mashq)” tushunchalarini farqlash muhim hisoblanadi. Chunki ular talabaning ta’lim 194 jarayonidagi faoliyatini turli bosqichlarda va turli metodik maqsadlarda tashkil etishga xizmat qiladi. Olim J.C.Richards “Activity, Task, Exercise” farqini quyidagicha tushuntiradi: “Exercise” – tilning ma’lum jihatini nazorat ostida, yo‘riqnomalarga asoslangan yoki ochiq tugmacha (open-ended) mashq, masalan: drill, cloze mashqi, reading comprehension. “Activity” esa kurs maqsadlariga tegishli, talabalar nimadir qilishadi, kommunikativ yoki ma’naviy jihatdan mazmunli jarayon (masalan, qo‘shiq aytish, rol o‘ynash, guruh muhokamasi). “Task” – til resurslaridan foydalanib bajariladigan, ma’noga urg‘u berilgan, talabalar ehtiyojlariga yaqin, natijasi tili o‘rganishdan tashqari ham bo‘lishi mumkin bo‘lgan kommunikativ vazifa”. [1] Yana bir olim R.P.Xavier fikricha esa “Exercises “form-focussed”: til birliklari, grammatik tuzilmalarni mustahkamlash, ma’lum bir shaklga urg‘u qo‘yish. Tasks “meaning-focussed”: talaba mazmun, muloqot, kontekstga yo‘naltirilgan amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiradi; natijasi murakkabroq, bir nechta mumkin natijalar bo‘lishi mumkin”. [2] Demak, “Exercise” bu odatda til birliklarini o‘zlashtirish, mustahkamlash va avtomatlashtirishga qaratilgan an’anaviy mashqlarni anglatadi. Ular reproduktiv xarakterga ega bo‘lib, talabaga lingvistik birliklarni takrorlash va to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasini beradi. Masalan, tarjimada so‘z birikmalarini korpus vositasi orqali sinonimik variantlarda qayta ishlash “exercise” sifatida qaraladi. “Task” esa kommunikativ vazifa bo‘lib, talabani til muhitida muayyan natijaga erishishga yo‘naltiradi. Task jarayonida talaba nafaqat lingvistik bilimlarini, balki strategik va pragmatik kompetensiyasini ham ishga soladi. Masalan, ingliz tilidan o‘zbek tiliga huquqiy matn tarjima qilish jarayonida korpusdan foydalanib eng mos ekvivalentni topish va yakuniy tarjima variantini taqdim etish task hisoblanadi. “Activity” esa kengroq tushunchadir. U til o‘rganish jarayonidagi barcha faoliyatni mashqlarni bajarish, topshiriqlarni yechish, muhokamada qatnashish va kreativ ijodkorlikni qamrab oladi. “Activity” ta’lim jarayonida talabani faol subyekt sifatida shakllantirib, uning kognitiv, kommunikativ va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantiradi. Masalan, talabalar kichik guruhlarda korpusdan foydalanib matn tarjimasi yuzasidan muhokama olib borishi “activity” sifatida ko‘riladi. Shu bois, ta’lim jarayonida exercise – task - activity ketma-ketligi orqali talabaning yozma tarjima kompetensiyasi bosqichma-bosqich takomillashtiriladi. “Exercise” orqali til birliklari avtomatlashtirilsa, “task” jarayonida ularni maqsadli vazifalarda qo‘llash o‘rganiladi, “activity” esa talabani ijodiy va mustaqil faoliyatga olib chiqadi. Bu yondashuv nafaqat til o‘rganish samaradorligini, balki korpus vositalaridan foydalanishga asoslangan amaliy tarjima kompetensiyasining takomillashtirishni ham ta’minlaydi. 195 Tadqiqotimiz davomida talabalarning yozma tarjima kompetensiyasini korpus vositasi yordamida takomillashtirish bo‘yicha mashq va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish maqsadida mashqlarni tasniflash bo‘yicha bir nechta tadqiqotlar o‘rganildi. Xususan, tarjimani o‘qitish bo‘yicha mashqlar tasnifi masalasida esa, Yu.V.Ivanova o‘zining “Adabiy tarjimani madaniyatlararo nutqiy faoliyat turi sifatida o‘rgatish” nomli tadiqoq ishini olib borgan. Olimaning ta’kidlashicha, “badiiy tarjimani o‘rgatishda mashqlar tizimi bosqichma-bosqichlik tamoyiliga asoslanadi. Har bir mashq talabaning avval lingvistik sezgirligini, keyin tarjima malakasini, so‘ngra ijodiy kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qiladi”. [3]Asosiy mashq turlari quyidagilar: Senso-analiz mashqlari, parafrazlash mashqlari, mutaxassis tarjimasi bilan qiyoslash mashqlari hamda matnni qayta tiklash mashqlari. Mashqlar bilan bir qatorda muallif talabalarning ijodkorligi va mustaqilligini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar tizimini ham taklif qiladi. Ushbu topshiriqlar talabaning tarjima jarayonida mustaqil qaror qabul qilishini ta’minlaydi: tarjima kommentariysi tuzish topshiriqlari, tarjima variantlarini solishtirish topshiriqlari, mustaqil tarjima topshiriqlari, madaniyatlararo tahlil topshiriqlari. Mamlakatimiz olimi I.M.Tuxtasinov esa, og‘zaki tarjimani o‘qitishdagi mashqlarni treninglar bilan bog‘lab: “o‘qitishda foydalaniladigan mashqlarni tanlash kо‘nikma va mahorat sirlarini shakllantirish zarurati bilan bog‘liqligini taqozo qiladi. Ulardan eng muhimlari quyidagilar: tinglash kо‘nikmasi; mnemotexnika kо‘nikmasi; transformatsiyalash kо‘nikmasi; tildan tilga о‘tish kо‘nikmasi; nutqiy mexanizmlarni boshqarish kо‘nikmasi; og‘zaki nutq texnikasi kо‘nikmasi; tarjima sur’ati; tarjima uchun mо‘ljallangan matnni tinglash kо‘nikmasi” degan fikrni ilgari suradi va barcha ko‘nikmalar uchun maxsus mashqlarni taklif qiladi. [4] Misol uchun olim, tinglash ko‘nikmasi uchun quyidagi mashqlarni samarali deb xisoblagan: - tarjima-diktant mashqi; - eshitish orqali idrok etiladigan ijtimoiy-siyosiy leksikani tushunish mashqlari; - yozib olingan ovozni yozma tarjima qilish mashqi. Yana bir mamlakatimiz olimi U.R.Yo‘ldoshev esa “tarjima faoliyatini o‘rgatishda tarjimon uchun mutlaq zarur bo‘lgan deverbalizatsiya, transformatsiya va almashtirish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga” qaratilgan mashqlar muhimligini ta’kidlagan holda, quyidagi tasnifni taklif etadi: [5] − badiiy tarjimadan oldingi tahlil uchun mashqlar; − badiiy matn morfologiyasi tarjimasi uchun mashqlar; − badiiy matn sintaksisi tarjimasi uchun mashqlar; − badiiy matn leksikologiyasi tarjima uchun mashqlar; − badiiy matn stilistikasining tarjimasi uchun mashqlar. 196 J.R.Abduganiyeva ketma-ket tarjimaga o‘qitishda mashqlar tizimi lingvistik, texnik va psixologik qiyinchiliklarni hisobga olgan holda tuzilishi lozim deb xisoblagan. Olimaning fikricha “Lingvistik mashqlar – murakkab gaplarni, terminlarni va matn strukturasi elementlarini tarjimada to‘g‘ri qo‘llashga qaratilgan. Texnik mashqlar – talaffuz, nutq tezligi, ovoz va diktsiyani mashq qildirish, shuningdek eshitish va vizualizatsiya orqali matnni qayta tiklash. Psixologik mashqlar – diqqatni jamlash, xotira, tezkorlik va stressni yengish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun” dir. [6] Olima J.R.Abduganiyeva talabalarning mustaqilligini kuchaytirish maqsadida mashqlar bilan bir qatorda interaktiv topshiriqlarni ham taklif etadi, jumladan: diqqatni rivojlantirish, vizual obrazlar yaratish, motivatsiyani ushlab turish, tarjimonning deontologik tamoyillarini shakllantirish topshiriqlari. Aynan korpus asosida o‘qitish uchun mashqlar tizimi masalasi yuzasidan R.G.G‘iyosiddinovaning tadqiqotlari ahamiyatli bo‘lib, olima yozuv kompetensiyasini korpus texnologiyalari orqali takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratadi. Olima korpus texnologiyalar asosida to‘rt bosqichli mashqlar tizimini taklif etadi, bular: kirish mashqlari, faollashtiruvchi mashqlari, applikativ mashqlar, produktiv mashqlar. Bizningcha, yozma tarjima faoliyatining murakkabligi uning bir nechta tarkibiy komponentlaridan iboratligida namoyon bo‘ladi: leksik kompetensiya (so‘z va birikmalarni tanlash), grammatik kompetensiya (gap tuzilmalari va shakllarini moslashtirish), stilistik kompetensiya (uslubiy uyg‘unlikni ta’minlash), semantik kompetensiya (mazmuniy aniqlik), hamda madaniyatlararo kompetensiya (realiya va konnotatsiyalarni to‘g‘ri berish). Talabalarning ushbu kompetensiyalarini takomillashtirish uchun mashqlarni korpus vositasiga asoslab, bosqichma-bosqichlik tamoyiliga binoan tashkil etish zarur. Yuqorida berib o‘tilgan tahlillarga asoslangan holda, mualliflik yondashuvi asosida yozma tarjima kompetensiyasini korpus vositasi yordamida takomillashtirish bo‘yicha quyidagi mashq va topshiriqlar tizimi ishlab chiqildi: Talabalarning yozma tarjima kompetensiyasini korpus vositasi yordamida takomillashtirish bo‘yicha mashqlar tizimida birinchi bosqichni kirish mashqlari tashkil etadi. Ushbu mashqlar korpus texnologiyalari bilan dastlabki tanishuvni ta’minlaydi va talabalarni mazkur vositaning imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanishga tayyorlaydi. Yozma tarjima jarayoni faqat lingvistik bilim va ijodiy yondashuvni emas, balki texnologik vositalardan samarali foydalanishni ham talab etadi. Shuning uchun kirish mashqlari talabaning korpus bilan ishlashdagi dastlabki ko‘nikmalarini shakllantiradi. 197 Uning maqsadi talabani korpus interfeysi, qidiruv tizimi va parallel matnlar bilan ishlash jarayoniga jalb qilish, tarjima uchun zarur bo‘lgan til birliklarini topish va ularni kontekstdagi qo‘llanilishiga e’tibor qaratishni o‘rgatish. Vazifalari esa quyidagilardan iborat: − Talabaga korpus imkoniyatlarini tushuntirish va uni yozma tarjimada qo‘llash yo‘llarini ko‘rsatish. − So‘z va iboralarning turli variantlarini korpus orqali qidirib topish va ularning kontekstdagi farqlarini tahlil qilish. − Parallel korpusdan foydalanib, asl matn va uning tarjimasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni ko‘rsatish. − Talabani keyingi bosqich mashqlariga tayyorlash, ya’ni leksik, grammatik va stilistik moslashtirish mashqlariga o‘tish uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich malakani shakllantirish. Kirish mashqlari talabaning yozma tarjima faoliyatida korpusdan foydalanish bo‘yicha birlamchi ko‘nikmalarni hosil qiladi. Bu bosqichda talabalar so‘z boyligini kengaytiradi, birliklarning qo‘llanish chastotasini o‘rganadi, turli kontekstlarda ekvivalentlarning qanday ishlatilishini tahlil qiladi. Natijada, ular yozma tarjimada aniq va asosli tanlovlar qilishga tayyor bo‘ladi. Namuna: Exercise 1: Identifying Synonym Variants Use the corpus to find different Uzbek equivalents of the English word “development.” Retrieve 10 contexts from the KWIC window and write down the possible translations (e.g., rivojlanish, taraqqiyot, o‘sish). Mashqning maqsadi: Talabani korpus orqali ekvivalent variantlarni qidirish va ma’no konnotatsiyalarini aniqlashga o‘rgatish. -1-rasm. Taklif etilgan mashq va topshiriqlar tizimi “Kirish mashqlari” 198 Exercise 2: Working with a Parallel Corpus Using a parallel corpus, find 5 Uzbek translations of the English phrase “sustainable future.” Compare these variants and explain in writing which one best fits the given context. Mashqning maqsadi: Talabada parallel korpus yordamida asl matn va tarjima variantlari o‘rtasidagi semantik moslikni tahlil qilish ko‘nikmasini rivojlantirish. Exercise 3: Frequency-Based Selection Use the corpus to identify Uzbek equivalents of the English word “challenge” (e.g., muammo, qiyinchilik, vazifa, sinov). Compare their frequency of usage and justify which variant would be the most appropriate in written translation. Mashqning maqsadi: Talabani korpusdan foydalanib, ekvivalent tanlashda chastota va kontekst asosida qaror qabul qilishga o‘rgatish. Talabalarning yozma tarjima kompetensiyasini korpus vositasi yordamida takomillashtirish jarayoni samarali bo‘lishi uchun mashqlar tizimi va topshiriqlar tizimini o‘zaro uzviylikda qo‘llash zarur. Mashqlar tizimi talabaning lingvistik, grammatik, stilistik va analitik ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirsa, topshiriqlar tizimi uning mustaqil fikrlash, ijodkorlik va madaniyatlararo kompetensiyasini takomillashtirishga xizmat qiladi. Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, taklif etilgan to‘rt turdagi mashqlar talabaning yozma tarjima jarayonida korpusdan foydalanish qobiliyatini bosqichma-bosqich mustahkamlaydi. Shu bilan birga, to‘rt turdagi talabaning mustaqil izlanishi, qaror qabul qilish, ijodiy yondashuvi va madaniy sezgirligini rivojlantiradi. Demak, mashq va topshiriqlarning integratsiyalashgan tizimi talabaning nafaqat yozma tarjima kompetensiyasini, balki uning mustaqil tarjimon sifatida shakllanishini, kasbiy malakasini va global kommunikativ muhitga tayyorligini ta’minlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. https://www.professorjackrichards.com/difference-task-exercise-activity/?utm 2. Xavier, Rosely Perez. “Language Tasks and Exercises: How Do Teachers Perceive Them?” 3. Иванова Ю.В. "Обучение художественному переводу как виду межкультурной речевой деятельности" 4. Tuxtasinov I. Tarjimon tayyorlashda kasbiy kompetensiyalarni ekvivalentlik hodisasi asosida rivojlantirish. Ped. Fan.doktori diss. avtoref. – Т.: 2018. – 69 b. 5. Yo‘ldoshev U.R. Talabalarga badiiy tarjimani o‘qitishning lingvistik va metodik asoslari: Ped. Fan. doktori (DSc) disser. – Samarqand davlat chet tillari instituti. – Т.: 2024. – 264 b. 199 6. Abdug‘aniyeva J “Til OTMlar talabalarini ketma-ket tarjimaga o‘rgatishning lingvodidaktik xususiyatlari”. Ped. fan. bo’yicha fal. doktori disser. avtoreferati – Т.: 2020. – 26 b.