ZAMONAVIY TA'LIMDA TIL, TARJIMA VA MADANIYATNING INTEGRALLASHUVI
Abstract
ZAMONAVIY TA'LIMDA TIL, TARJIMA VA MADANIYATNING INTEGRALLASHUVI
Full text
236 ZAMONAVIY TA’LIMDA TIL, TARJIMA VA MADANIYATNING INTEGRALLASHUVI Jurayev Erkinjan Turdaliyevich [email protected] O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi Latipova Dilfuza Amrillayevna [email protected] O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi Annotatsiya. Maqolada chet tillarini o‘qitish jarayonida madaniyatshunoslikka oid yondashuvning roli, mazmuni va asosiy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Kulturologik yondashuvdan foydalanishning funksional xususiyatlari, vazifalari va shartlari aniqlanadi. Kalit so‘zlar: kulturologik yondashuv, sotsiolingvistik kompetensiya, kommunikativkognitiv metod, chet el madaniyati. ИНТЕГРАЦИЯ ЯЗЫКА, ПЕРЕВОДА И КУЛЬТУРЫ В СОВРЕМЕННОМ ОБРАЗОВАНИИ Жураев Эркинжан Турдалиевич [email protected] Преподаватель Узбекский государственный университет мировых языков Латипова Дильфуза Амриллаевна [email protected] Преподаватель Узбекский государственный университет мировых языков Аннотация. В статье рассмотрена роль, содержание и основные аспекты культурологического подхода в процессе обучения иностранным языкам. Определены функциональные особенности, задачи и условия использования культурологического подхода в процессе обучения иностранным языкам. Ключевые слова: культурологический подход, социолингвистическая компетенция, коммуникативно-когнитивный метод, иноязычная культура. INTEGRATION OF LANGUAGE, TRANSLATION, AND CULTURE IN MODERN EDUCATION Jurayev Erkinjan Turdaliyevich [email protected] Teacher Uzbek State World Languages University Latipova Dilfuza Amrillaevna [email protected] Teacher Uzbek State World Languages University
237 Abstrakt.The role, content and basic aspics of the cultural approach in the process of teaching foreign languages are viewed in the article. Functional peculiarities, tasks and conditions of the usage of cultural approach in the process of teaching foreign languages are defined. Keywords: cultural approach, sociolinguistic competence, communicativecognitive method, foreign language culture Kirish Jahon ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida global chet tilini o‘qitishda bir qancha kompetensiyalarni shakllantirish, chet til o‘qitish ta’limini zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib tashkil qilish bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, CEFR malaka talablari bo‘yicha o‘quvchilarga Yevropa tillarini o‘qitishda lingvistik, sotsiolingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish, zamonaviy o‘qitish usullarini erkin tanlash, lingvometodik mashqlardan va multimedial ta’lim dasturlaridan foydalanishning lingvodidaktik ta’minotini takomillashtirishga oid ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston’da umumiy o‘rta va oliy ta’lim tizimida o‘quvchilarga chet tilini o‘qitishda samarali usullardan foydalanish, xorijiy tajribalar asosida til o‘rgatishni tashkil qilish, o‘quvchilarda lingvistik va sotsiolingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishning me’yoriy asoslari va moddiy-texnik bazasi yaratilgan. “Ta’limtarbiya sohasida zamonaviy va oqilona tizim yaratish, o‘qitish metodlari, bilim berishda ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish, tarbiyada esa milliy an’ana va qadriyatlarga suyanish muhim” 35 Ustuvor vazifa etib belgilandi. Natijada Yevropa tillarini o‘qitishda lingvistik va sotsiolingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi, tizimi, lingvodidaktik ta’minoti asoslarini aniqlashtirish, kommunikant va kognizant shaxsini kamolga yetkazish yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishning pedagogik imkoniyatlari kengaydi. Sotsiolingvistik kompetensiya — kommunikantning shaxsiy xislatlari, autentik nutqning milliy xususiyatlarini, o‘zi yashayotgan mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari, marosimlari va boshqa milliy-madaniy xususiyatlarni bilish hamda tili o‘rganilayotgan har bir xalq, millat vakillarining o‘ziga xos barqarorlashgan urfodatlari, rasm-rusumlari bilan taqqoslagan holda taqdim eta olish qobiliyatini nazarda tutadi. Shaxsning til sohibi bilan uning qaysi millat, elat, etnik, diniy yoki madaniy muhitga tegishli ekanligini his etgan tarzda kommunikatsiyani amalga oshirishga doir bilim, ko‘nikma va malakalari majmui mazkur kompetensiyani tashkil qiladi. 35 «Xalq so‘zi» gazetasi, № 174 (7373), 24.08.2019. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi.
238 Asosiy qism XX asr oxirigacha “Til va tafakkur” muammosi keng miqyosda tadqiq qilindi. Ushbu nazariyani inkor qilmagan holda, chet til o‘qitish metodikasida “Til va madaniyat” uyg‘unligi masalasi tadqiqot obyektiga aylandi. Ya’ni ilk yondashuvda tilni o‘rganish orqali dunyoni idrok etish bo‘lsa, keyingi tushuncha til orqali xalqlarga xos madaniyatga tegishli barcha me’yorlarni egallashni nazarda tutgan. Ushbu davrdan nutq faoliyatini egallash g‘oyasi ilgari surildi. Psixolingvistik ma’lumotlarga ko‘ra nutqning uchta turi mavjud: nominativ, kommunikativ, kumulyativ. XX asrning birinchi yarmigacha chet til o‘qitish metodikasida nominativ nutq turi ishlatilib kelgan. Bunda asosan, chet tilini o‘rganish jarayonida predmet va hodisalarning nomlari chet tilida o‘rgatilgan. Tilni nominativ tarzda egallashda o‘quvchining muloqotni amalga oshirishi inobatga olinmagan. Komunikativ nutq turida muloqotni amalga oshirishga e’tibor qaratilgan. Kumulyativ nutq turida til materiali har bir tilda tovushdan tortib jumlagacha xalqning madaniyatini aks ettiradi. Masalan, ingliz tiliga xos hodisa bo‘lgan “th” harfi tovushlari, artikl, otning ko‘plik shakli yoki fe’lning hozirgi zamon (Present Simple) uchinchi shaxs birlik shakli (har uchalasi ham [z], [s], [iz] tarzida talaffuz etilishi qoidasi) o‘zbek tilida mavjud emas — bu til ichki interferensiyasiga sabab bo‘ladi. Kommunikativ-kognitiv metodda asosan mavzu doirasida fikr bayon etish, o‘zga shaxs fikrini idrok etish hamda umumiy bilim olish amali bajariladi. Bunda nutqning chegaralash vositasi bo‘lgan mavzular mavhumligicha qoladi. Kommunikativ-kumulyativ metodda esa, aniq nutqiy mavzular va nutqiy vaziyatlar doirasida muloqot qilish yetakchi amaliy maqsad qilib qo‘yiladi. Demak, qiyosiy madaniyatshunoslikda o‘rganiladigan chet til va ona tili sohiblarining madaniyatiga asosiy e’tibor qaratiladi. Bir so‘z bilan aytganda, chet el madaniy stereotiplarini egallash jarayonida ona tilidagi madaniyat modellari chuqurroq o‘zlashtiriladi. Natijada o‘quvchilarga milliy madaniy qadriyatlarga qo‘shimcha tarzda, o‘zga xalq qadriyatlari singdirilib boriladi. Zеро, XXI asr — madaniyatlar yaqinlashuvi, umumbashariy qadriyatlarga binoan faoliyat ko‘rsatish hamda milliy ma’naviyatni har tomonlama yuksaltirish hozirgi davrda eng muhim ijtimoiy ehtiyojga aylandi. Binobarin, kommunikativ-kognitiv/kumulyativ metodlar Yevropa mamlakatlari, AQSh, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyada keng tatbiq qilingan bo‘lib, chet tillarni belgilangan talablar asosida o‘rgatishda maqbuldir. Ular asosan chet til o‘qitish metodikasida zamonaviy fan tarmoqlari bo‘lgan lingvokulturologiya, konseptologiya hamda kognitologiya fanlarining so‘nggi yutuqlariga ko‘ra vujudga kelganligi e’tirof etiladi. Kommunikativ-kumulyativ metod bilan chet til o‘qitilganda esa, muloqot chog‘ida tili o‘rganilayotgan mamlakat (xalq) madaniyatidan o‘quvchilarni voqif etish maqsad qilib qo‘yiladi.
239 Har qanday chet tilni o‘rgatishda asosiy e’tiborni xorijiy til vositasida madaniyatga oid ma’lumotlarni inobatga olish lozim. Bular qatoriga o‘rganilayotgan mamlakat haqidagi an’analar, turmush tarzi, jamiyatda insonlarning yashash tarzi, tarix, iqtisod va yutuqlarni ifodalovchi barcha me’yoriy ma’lumotlarni o‘zlashtirish kiradi. 36 Sotsiolingvistik prinsiplar yurtimiz olimlari J.J.Jalolov, G.T.Maxkamova, U.Hoshimov, L.T.Ahmedova va boshqalar tomonidan chet til ta’limiga tatbiq qilingan. Xorijlik L.V.Shcherba, G.E.Vedel, A.N.Leontyev, A.A.Mirolyubov, V.A.Bukhbinder, S.K.Folomkina, E.I.Passov, A.A.Shakirova, V.L.Skalkin, L.Friman, S.Thornbury, D.Kristal kabi metodistlar ushbu prinsip ustida salmoqli tadqiqotlar olib borganlar. Xorijiy mamlakat madaniyati bilan tanishish orqali yoshlarning madaniy saviyasini oshirish muammosi hozirgi kunda alohida ahamiyatga ega. Chet tillarini o‘rganish va ularni xalqaro aloqa vositasi sifatida qo‘llash ushbu tillarda so‘zlashuvchilarning madaniyatini chuqur va ko‘p qirrali bilmasdan mumkin emas. Faqat bu ikki bilim — til va madaniyatning kombinatsiyasi samarali muloqotni ta’minlaydi. Madaniyatga oid materiallarni jalb qilish chet tilini o‘rganish motivatsiyasini keskin oshiradi, bu esa juda muhim, chunki motivatsiyasiz o‘rganish samarasizdir. 37 Shu munosabat bilan hal qilinishi kerak bo‘lgan bir qator masalalar mavjud: har xil turdagi o‘quv maskanlarida chet tili darslarida o‘quvchi va talabalar aslida qanday madaniy ta’lim olishlari mumkin; chet tilidagi o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlarining madaniy mazmuniga qo‘yiladigan talablar qanday bo‘lishi kerak; chet el madaniyati deganda zamonaviy tilning ajralmas qismi sifatida nimani tushunish kerak. Avvalo, ta’limda kulturologik yondashuv muammosining hozirgi holatini aniqlash kerak. Arshen M.A., Ippolitova N.V., Kolshanskiy G.V., Vereshchagina E.M., Kostomarov V.G., Krasilnikova V.S., Kolmogorova I.V., Lopasova J.Ya. kabi olimlar tomonidan amalga oshirilgan ushbu yo‘nalishning natijasi ta’lim jarayoni madaniyat vositachiligida, shaxsni tarbiyalashda madaniyat ustun bo‘lgandagina samarali bo‘lishi mumkin degan g‘oyani ilgari suradi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, umuman chet tilini va xususan chet el madaniyatini muvaffaqiyatli o‘rganish uchun quyidagilar zarur: chet tillarini o‘rganishda talabalar dunyoqarashini madaniy boyitishga integrativ yondashuv, ya’ni madaniyatning bitta sohasini emas, balki bir nechtasini o‘rganish (masalan, musiqa, 36 M.Sh. Ruzmetova, “Chet til egalashning tayanch darajasida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning lingvodidaktiv tadbiqi”. Monografiya, Toshkent 2022 37 Е.П. Турбина, “Роль культурологического подхода в процессе обучения иностранным языкам”, МП ФГБОУ ВО «Шадринский государственный педагогический университет»г. Шадринск, Россия.
240 teatr, kino, san’at va boshqalarni birgalikda); ko‘p madaniyatli va ikki tilli ta’limga yo‘naltirish, ta’lim tizimlarida madaniy izolyatsiyadan chiqish. Bu shuni anglatadiki, chet tili nafaqat o‘rganilayotgan til mamlakatlari madaniyatini tanishtiradi, balki uni taqqoslash orqali milliy madaniyatning xususiyatlarini ochib beradi, umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtiradi. Kulturologik yondashuvning asosiy tarkibiy qismlari: - folklor: kundalik hayot elementlari, afsonalar, ertaklar, maqollar, qo‘shiqlar, topishmoqlar, masallar va boshqalar; - mamlakatning geografiyasi, tarixi bilan tanishish; - urf-odatlar, an’analar, marosimlar; - san’at: rassomchilik, haykaltaroshlik, arxitektura, musiqa, kino, teatr; - badiiy adabiyot; - ommaviy axborot vositalari: gazeta maqolalari, broshyuralar, intervyu yozuvlari, so‘rovnomalar, fotosuratlar, asl adabiy asarlardan parchalar. Xulosa Mamlakat madaniyatini o‘rganmasdan chet tilini o‘zlashtirish mumkin emas. Agar ikkita milliy madaniyatni taqqoslasak, ular hech qachon to‘liq mos kelmaydi degan xulosaga kelish mumkin. Chunki bularning har biri milliy va internatsional elementlardan iborat. Har bir madaniyat uchun bu elementlarning umumiyligi boshqacha bo‘ladi. Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, tili o‘rganilayotgan xalqlarning madaniyatini bilmaslik bu xalq vakillari bilan muloqot vaqtida to‘siq bo‘lishi mumkin. Tili o‘rganilayotgan mamlakatning madaniyatini o‘rganish fanining ta’lim salohiyatini sezilarli darajada oshiradi, bundan tashqari, chet el madaniyatidan foydalanish o‘qitish uchun motivatsiyani shakllantirishga yordam beradi, bu til ta’limi sharoitida juda muhimdir, chunki chet tilidagi aloqaning o‘zi til muhiti tomonidan har doim ham qo‘llab-quvvatlanmaydi — bu haqiqiy zaruratdir. Chet tilini o‘qitishning muhim jihati — bu o‘quv maqsadlari uchun kulturologik materiallarni to‘g‘ri tanlashdir, bu quyidagilarni belgilaydi: - talabalar xalqlar tarixi va madaniyati haqidagi to‘g‘ri tasavvurlarni shakllantirish uchun tanlangan materiallarning ahamiyati; - ushbu material qay darajada asosiy madaniy tushunchalar bilan tanishishga rag‘bat bo‘la olishi, masalan “madaniy meros”, “til va xalqlar madaniyati” kabi; - madaniyatga oid tanlangan materialda ikkala mamlakat va xalqlar haqida noto‘g‘ri ma’lumotlarning yo‘qligi; - o‘quvchi va talabalar yosh xususiyatlari, kognitiv va kommunikativ qobiliyatlariga ko‘ra kulturologik materialning maqbulligi; - o‘quvchi va talabalarni madaniy tajovuz hamda madaniy kamsitishlardan himoya qilish usullari bilan tanishtirish mumkin bo‘lgan materiallardan foydalanmaslik.
241 Foydalanilgan manbalar ro‘yxati 1. M.Sh. Ruzmetova, “Chet til egallashning tayanch darajasida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning lingvodidaktik tadbiqi”. Monografiya, Toshkent 2022. – 172 b. 2. E.P. Turbina, “Rol’ kulturologicheskogo podxoda v protsesse obucheniya inostrannym yazykam”, MP FGBOU VO “Shadrinskiy gosudarstvennyy pedagogicheskiy universitet”, Shadrinsk, Rossiya. 3. Ippolitova, N.V. Razvitie lichnosti budushchego pedagoga v kontekste professional’noy podgotovki: monografiya / N.V. Ippolitova [i dr.]. - Shadrinsk: ShGPI, 2010. - 244 s. 4. Kolmogorova, I.V. Kulturologicheskiy podxod v nravstvennom vospitanii mladshix shkol’nikov: dis. ... kand. ped. nauk / I.V. Kolmogorova. - Yekaterinburg, 2000. - 193 s. 5. Krasilnikova, V.S. Lingvostranovedcheskiy podxod v opredelenii soderjaniya obucheniya angliyskomu yazyku doshkol’nikov i mladshix shkol’nikov // Inostrannye yazyki v shkole. - 1993. - №1. - S. 11–19. 6. Lopasova, J.Ya. Rol’ i mesto lingvostranovedcheskogo aspekta pri obuchenii inostrannym yazykam // Inostrannye yazyki v shkole. - 1985. - №2. - S. 24–54. 7. Jalolov J.J. Chet til o‘qitish metodikasi. Chet tillar oliy o‘quv yurtlari (fakultetlari) talabalari uchun darslik. “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. – T.: 2012. – B.429. 8. Jalolov J.J. Chet til o‘qitish zamonaviy metodikasiga bir nazar // Aktual’nye problemy filologii: Materialy regional’noy nauchnoy konferentsii. – Namangan: 2009. – S.25–28. 9. Ikromxonova F.I. Ingliz tilidan kommunikativ–kognitiv korrektiv kurs nazariyasi va amaliyoti (nolisony oliy o‘quv yurtlari misolida). P.f.n. dar. olish uchun diss.... – T.: 2012. – B.156. 10. Ishmuxametov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. Ta’lim muassasalari pedagog o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar. – T.: 2008. – B.182.