scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ERNEST SETON-TOMPSON ASARLARIDA EKOLOGIYA MUAMMOLARI

Ismoilova Risolat Oybekovna, Gʻaybullayeva Nigina Alisherovna

Abstract

ERNEST SETON-TOMPSON ASARLARIDA EKOLOGIYA MUAMMOLARI

Full text

292 ERNEST SETON-TOMPSON ASARLARIDA EKOLOGIYA MUAMMOLARI Ismoilova Risolat Oybekovna O‘ZDJTU Tarjimonlik fakulteti talabasi Gʻaybullayeva Nigina Alisherovna O‘ZDJTU Tarjimonlik fakulteti talabasi Ilmiy rahbar: Akromova Farizod Nuriddinovna O‘zDJTU, o‘qituvchi [email protected] Annotatsiya: Maqolada mashhur yozuvchi va tabiatshunos Ernest SetonTompsonning ijodi hamda uning tabiatni saqlash yo‘lidagi xizmatlari haqida so‘z boradi. AQSH va Kanadada adibning asarlari asosan tabiatni muhofaza qilish g‘oyalari nuqtai nazaridan o‘rganilgan bo‘lsa, adabiyot sohasidagi faoliyatiga kam e’tibor qaratilgani ta’kidlanadi. O‘zbekistonda esa Seton-Tompson ijodi hanuzgacha maxsus ilmiy tadqiqot ob’yekti bo‘lmagani qayd etiladi. Shu bois, uning tabiat va inson munosabatlarini yorituvchi asarlarini ona tilimizga tarjima qilish va ijodini chuqur ilmiy o‘rganish zarurligi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: Ernest Seton-Tompson, tabiatni saqlash, adabiyot, jonivorlar, tarjimalar, ilmiy tadqiqot, tabiat va inson munosabatlari, Kanada, AQSH. E.Seton-Tompson (1860-1946) asarlari xorijiy adabiyotshunoslar tomonidan XIX asr oxiri XX asr birinchi yarmi realistik adabiyotining eng yorqin va yuksak badiiy qiymatga ega qismi sifatida baholanadi. Kelib chiqishi angliyalik bo‘lgan E.SetonTompson – kanadalik adib, rassom-animalist, jamoat arbobi. Umrining ko‘p qismini AQSHda o‘tkazgan, amerika fuqaroligini olgan. Shu sababli uni amerikalik adib ham deb atash mumkin. E.Seton-Tompson ijodini o‘rganishning muhim ahamiyati shundaki, uning realistik asarlari ma’lum ma’noda XX asrning birinchi yarmi Kanada va AQSH inglizzabon adabiyotining yuksak estetik darajasini, o‘ziga xosligi va voqelikni tasvirlashning xilma-xilligini belgilaydi. Istiqlol sharofati tufayli mamlakatimizda xorijiy tillarni chuqurroq o‘rganishga va turli sohalarda xorij bilan aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. «Buning uchun xorijiy tillarni, adabiyot va badiiy tarjima san’atining nazariy va amaliy jihatlarini har tomonlama puxta egallagan mutaxassislarni tayyorlash imkoniyati bizda mavjud». Shu o‘rinda chet el adabiyoti yirik vakillarining ijodini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. E.Seton-Tompson shunday adiblardan biri hisoblanadi. E.Seton-Tompsonning asarlari dunyoning yuzlab yirik tillariga, shu jumladan, o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan. Adibning “Yovvoyi yo‘rg‘a” (jonivorlar haqidagi hikoyalar) kitobini taniqli adib Tog‘ay Murod tarjima qilgan. Bu kitob haqida E.SetonTompsonning o‘zi “Mening hayotim” (Trail of an Artist-Naturalist: The Autobiography of Ernest Thompson Seton, 1940) asarida shunday yozadi: “Bu kitob, 293 shubhasiz, adabiyotda jonivorlarni tasvirlash bobida yangi, realistik yo‘lni boshlab berdi. Unda birinchi bo‘lib jonivorlar turish-turmushi haqqoniy tasvirlab berildi. Shu vaqtgacha jonivorlar haqida masallar, ertaklar, hikoyalar mavjud bo‘lib, ularda jonivorlar havon terisini yopinib olgan odam bo‘lib yurib-turdi, odam bo‘lib gapiribgaplashdi”. E.Seton-Tompson jonivorlar haqidagi adabiy janrning asoschilaridan biri bo‘lib qoldi; u dunyoning turli burchaklarida ijod qilgan va qilayotgan ko‘plab animalist adiblarga katta ta’sir ko‘rsatdi. E.Seton-Tomson hayvonlar haqida 84 asar yozib qoldirdi. “Seton-Tompson hayvonlar haqida shunday asarlar yaratdiki, bunday asarlar Seton-Tompsongacha yaratilmagan edi, undan keyin ham yaratilmadi. Tabiat, xususan, jonivorlar haqida minglab asarlar yozildi, ammo hech kim Seton-Tompsondan oshib o‘tolmadi. Hech kim Seton-Tompson bo‘lolmadi”. (B.8). Seton-Tompsonning o‘zbek tilida chop etilgan “Yovvoyi yo‘rg‘a” kitobi bir qissa va yigirma bir hikoyadan tashkil topgan bo‘lib, kitobga hikoyalardan birining nomi berilgan. Bizningcha kitobning shunday nomlanishini o‘zbek tarjimoni belgilagan, zero marhum adib Tog‘ay Murodning otlarga mehri, muhabbati o‘zgacha bo‘lganligini kitobxonlar yaxshi bilishadi (jumladan, adibning “Ot kishnagan oqshomda” asari). Kitobdan joy olgan qissa “Domino” deb ataladi, unda bir tulkining hayoti haqida hikoya qilinadi. Qissa uch bo‘limdan iborat bo‘lib, ularda tulkining dunyoga kelishidan umrining oxirigacha bosib o‘tgan yo‘li, uning “oltin bolaligi”, yaxshi va yomon kunlari, raqiblari bilan kurashlari, mag‘lubiyat va zafarlari aks ettirilgan. Kitobdagi hikoyalarda Shimoliy Amerikaning o‘rmonlarida, keng preriyalarida, dengiz va ko‘llarida yashovchi turli jonivor va jonzotlar hayoti tasvirlangan. Bugungi kunda bashariyat o‘zini o‘zi qirib tashlashning oldini olishga intilayotgan, atrof-muhitni asrash va ekologiya masalalariga katta e’tibor qaratayotgan bir paytda Seton-Tompson asarlarini o‘rganish, adib g‘oyalarini nafaqat bolalar va o‘smirlar, balki kattalar o‘rtasida ham targ‘ib qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu haqida adibning o‘zi shunday degan edi: “Aminmanki, jonivorlarning har biri bizga qoldirilgan bebaho meros bo‘lib, bizning ularni na qirib tashlashga va na bolalarimizning qo‘llarida azob chekishlarini ko‘rib turishga haqqimiz yo‘q”. AQSH va Kanadada nashr etilgan kitoblarda E.Seton-Tompsonning asosan tabiatni saqlash borasidagi xizmatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Adibning adabiyot sohasidagi xizmatlari haqida Kanadada atigi bir asar, Rossiya matbuotida qisqagina bir maqola e’lon qilingan. Bizda esa Seton-Tompson ijodi afsuski shu paytgacha maxsus ilmiy tadqiqotning ob’yekti bo‘lgan emas. Shu sababli, bir tomondan, Seton-Tompsonning tabiatga, uning bag‘rida yashayotgan jonivorlarga, tabiat va inson o‘rtasidagi murakkab munosabatlarga 294 bag‘ishlangan boshqa asarlarini ham ona tilimizga o‘girish payti kelgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan uning ijodi ham ilmiy izlanishlarda tadqiq etilishi zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR : 1. Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. -T.: Ma’naviyat, 2008. – B. 139. 2. Seton-Tompson E. Yovvoyi yo‘rg‘a /rus tilidan Tog‘ay Murod tarjimasi/. – T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989; Noshir nashriyoti, 2010. 3. Tog‘ay Murod. Seton-Tompson kitobiga so‘zboshim/ Seton-Tompson E. Yovvoyi yo‘rg‘a. – T.: Noshir nashriyoti, 2010. – B.8.