scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TILSHUNOSLIKDA GAP VA PREDIKATIVLIK MUNOSABATLARI

Majidova Muhayyo Sirojiddinovna

Abstract

TILSHUNOSLIKDA GAP VA PREDIKATIVLIK MUNOSABATLARI

Full text

295 TILSHUNOSLIKDA GAP VA PREDIKATIVLIK MUNOSABATLARI Majidova Muhayyo Sirojiddinovna O‘zDJTU, Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi mukhayyo.[email protected]u Annotatsiya: Mazkur maqolada gapning hosil bo‘lishida predikativ kategoriyasi ma’nolarining o‘rni va ahamiyati haqida gap boradi. O‘zbek tilida har bir mustaqil fe’l o‘zagi ma’lum predikativ kategoriya ma’nolariga ega, jumladan, buyruq, shaxs, son, zamon va tasdiqdir. Shu nuqtai nazardan mustaqil fe’lning o‘zagi kichik gap bo‘la olishi maqolaning ilmiy g‘oyasi hisoblanadi. Kalit so‘zlar: mikromatn, so‘z, gap, mustaqil fe’l, predikativlik, kategoriya, semantika, Annotation: Dieser Artikel befasst sich mit der Rolle und der Bedeutung der prädikativen Kategorie bei der Satzbildung. In der usbekischen Sprache hat jeder unabhängige Verbstamm eine bestimmte Bedeutung der prädikativen Kategorie, einschließlich Befehl, Person, Zahl, Zeitform und Bestätigung. Aus dieser Sicht besteht die wissenschaftliche Idee des Artikels darin, dass der Stamm eines unabhängigen Verbs einen kurzen Satz bilden kann. Schlüsselwörter: der Mikrotext, das Wort, der Satz, das Vollverb, die Prädikativität, die Kategorie, die Semantik, Abstract: This article examines the role and significance of the predicative category in sentence formation. In the Uzbek language, each independent verb stem has a specific meaning of the predicative category, including command, person, number, tense, and affirmation. From this perspective, the scientific idea of the article is that the stem of an independent verb can form a short sentence. Keywords: microtext, word, sentence, full verb, predicativeity, category, semantic, Ma'lumki, inson oʻz fikrini gap, jumla va matn vositasida ifoda etadi. Jumla toʻliq nutq hodisasi. U muayyan xabar (axborot)ni mazmunan tugal ifodalashiga qarab shaklan gap yoki gapdan yirik birlikka (mikromatnga) mos keladi. Mikromatn esa gap kabi muayyan andoza asosida hosil boʻladi va shu andozaning nutqda voqelanishi taqozo etiladi. Matn lingvistikasi taraqqiy etishi bilan bir qatorga yana bir a'zo qoʻshiladi: gap – jumla – matn. Endi borliqqa munosabat yoki borliq bilan aloqa, eng avvalo, matnga xos deb qarala boshlaydi. Binobarin, matn eng yirik sintaktik birlik hisoblanadi. U har doim jumla tarzida namoyon boʻlib, tugallangan fikrni ifodalaydi. Matnda gaplarning joylashuvi muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. E.Vittmersning fikriga koʻra, matnda gapning oʻrni uning kommunikativ-mazmuniy vazifasiga bogʻliq [5, 49]. H. Izenberg ham gapning matndagi oʻrnini matnning kommunikativ mazmuni bilan bogʻlaydi [2,55]. O. I. Moskalskayaning fikricha, abzas va mikromatnning 296 birinchi gapi koʻpincha matnning oldingi qismlariga bogʻliq boʻladi. Mikromatndagi keyingi gaplarning oʻrni erkin emas. Chunki ularning qoʻllanishi uchun mikromatndagi birinchi gap asos boʻlib xizmat qiladi [3,149]. Ayrim mikromatnda gaplar oʻzaro mantiqan bogʻlangan boʻladi. Bunday aloqaning bir necha turi borligi H. Izenberg tomonidan koʻrsatilgan [1]: Die Lampe brennt nicht. Die Sicherung ist durchgebrannt. (Chiroq yonmaydi. Quvvatlagich kuygan.) Ushbu mikromatn tarkibidagi gaplar oʻzaro sabab-oqibat munosabati bilan bogʻlangan boʻlsa, quyidagi mikromatnda gaplar orasida butun-qism munosabati mavjud: Gestern ist ein Unglück geschehen. Peter hat sich den Arm gebrochen. (Kecha baxtsiz hodisa yuz berdi. Peter qoʻlini sindirib oldi.) Ta’kidlash joizki, har qanday matn zamirida borliqdagi muayyan mavjudot, voqea-hodisa, u yoki bu fakt, vaziyat haqidagi hukm yotadi. Bu esa matndagi soʻz va gaplar, shuningdek, matnning oʻzi ham yaxlit holda borliq bilan uzviy bogʻlanganligini koʻrsatadi. Binobarin, borliq bilan munosabat har qanday matnning zarur belgisi hisoblanadi. Shuni ta'kidlash joizki, bu masala ham dastlab gap nazariyasi doirasida tadqiq qilingan. 1931 yilda Y. Ries shunday deb yozadi: Gapni soʻz birikmasidan farqlovchi asosiy belgi unda ifodalanadigan voqelikka munosabat (das Verhältnis zur Wirklichkeit)dir. Gap ma'nosi uning tarkibidagi soʻz, soʻz birikmalari va ular orasidagi munosabatdan emas, oʻlik soʻzlarni jonli nutqqa aylantiradigan borliqqa munosabatdan iboratdir [4,74]. Rus tilshunosligida mazkur munosabat akad. V. V. Vinogradov tomonidan predikativlik deb nomlanadi. Uning tarkibiga shaxs, zamon va modallik kategoriyalari kiritiladi. Bu kategoriyalar birgalikda gapni grammatik jihatdan shakllantiradi; bu birlik soʻzlovchining voqelikka munosabatini koʻrsatib, nisbiy tugallangan fikr ifodalaydi. Binobarin, nutqiy faoliyat gap va jumla tarzida amalga oshadi. O‘zbek tilshunosligimizda barcha yo‘nalishda gap eng katta sintaktik birlik hisoblanadi. An’anaviy tilshunoslik, mazmuniy sintaksis, transfotmatsion, qiyosiytipologik yo‘nalishlarda eng kichik gap rus tilidagidek ega va kesimdan iborat deb hisoblanadi. Lekin struktur yo‘nalishda esa predikativlikka xos bo‘lgan bitta so‘z gap bo‘ladi degan nuqtai nazarga asoslaniladi. O‘zbek tilida birikma ikki xil bo‘ladi: nopredikativ va predikativ. Nopredikativ birikma tushuncha ifodalaydi, predikativ birikma biror fikrni bayon etishga xizmat qiladi. Eng kichik predikativ birikma, ya’ni eng kichik sodda gapda shakiliy va mazmuniy muvofiqlik yo‘q. Barcha mustaqil fe’lning o‘zagi shunday xususiyatga ega. U shaklan bir uzvli, ammo mazmunan murakkab o‘nga yaqin uzvdan tarkib topgan, bu uzvlardan ayrimi lug‘aviy, aksariyati grammatik ma’nodir. Ma’nolarning belgilangan darajasi bir xil emas. Jumladan, predikativlik kategoriyasi ma’nolari uning o‘zida mavjud: 1) buyruq (bevosita buyruq), 2) shaxs (tinglovch), 3) son (birlik), 4) zamon (kelasi zamon) va 5) tasdiq (bo‘lishlilik). Modomiki mustaqil fe’lning o‘zagida predikativlikning barcha belgisi mo‘jassam ekan uni kichik gap deb e’tirof etishga to‘g‘ri keladi. Binobarin, mustaqil fe’lning o‘zagi german va slavyan tillaridagidek faqat lug‘aviy (leksik) birlik emas, grammatik va 297 kommunikativ birlik hamdir. Shu bois u nutqda bir o‘zi eng kichik gap sifatida qo‘llanishi mumkin, masalan: ol, yoz, gapir kabi. Nutqiy maqsadu vazifa taqozo etsa, eng kichik gap o‘ng va chap tomonga kengayadi. Kengayishning fe’l o‘zagining lug‘aviy va grammatik xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Jumladan nutqiy amal buyruq ma’nosining ta’kidlanishini talab qilsa o‘zakdan keyin –gin qo‘shimcha yoki oldin (albatta va b.) so‘z qo‘llanadi: Olgin, albatta ol. G‘ani Predikativlik kategoriyasining yana bir a'zosi modallikning grammatik mohiyati, uning turlari, ifoda yoʻllari funksional morfologiya va gap sintaksisida atroflicha oʻrganilgan. Matn grammatikasida diqqat-e'tibor modallikning gapga xos boʻlmagan umumiy qonuniyatlarini aniqlashga qaratiladi. Bunda zamon kategoriyasidagidek nutq faoliyati turlari, nutqiy aloqa-muloqotning turli xil vaziyati, yozma nutqda esa har xil vazifaviy uslub va badiiy asar janri inobatga olinadi. Boshqacha aytganda, mikromatnning modal ochqich (klyuch)ini aniqlash taqozo etiladi. Aksar matnga bir xil modallik (reallik) xos. Ammo ayrim (asosan badiiy) matnda birdan ortiq ochqich boʻladi. Bunday holda butun matn va uning qismlariga xos modallikni koʻra bilish darkor [6, 334 – 335]. Xulosa qilib aytganda, har mustaqil fe’lning o‘zagi kichik gap bo‘la oladi, chunki unda zamon, shaxs, son va tasdiq mavjud, ushbu kichik gapga qo‘shimcha ta’sir o‘tkazish maqsadida uni chadan yoki o‘ngdan kengaytirish mumkin. Sintaktik semantikaning vazifasi gap yoki matn hosil boʻlishida asos boʻluvchi hamda borliq haqida inson tafakkuri tarzini aks ettiruvchi mazmuniy tuzilma (struktura)larni aniqlashdan iborat. Bu esa faqat gap asosida emas, matn zamirida ham tafakkurning muayyan mantiqiy shakli yotadi degan gʻoya bilan bogʻliq. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Isenberg H. Der Begriff "Text in der Sprachtheorie." ASG. Bericht, №8, 1970.– S. 1 – 21. 2. Isenberg H. Texttheorie und Gegenstand der Grammatik. – Berlin,1972. – 125 s. 3. Москальская О.И. Грамматика текста. – Москва: Высшая школа, 1981.–183с. 4. Ries Y. Was ist ein Satz? – Prag, 1931. – 168 s. 5. Wittmers E. Über das Modell einer allgemeinen Grundstruktur des Textes als Mittel zur Erfassung spezifischer Textgesetzmässigkeiten, erläutert am Beispiel der Ellipse. "Textlinguistik", I. – Dresden, 1970. – S. 70 – 75. 6. Zikrillayev G‘. Ruh va til. –Toshkent: Fan, 2018. – 464 b