scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NEMIS TILI VA O'ZBEK TILI O'RTASIDAGI FRAZEOLOGIZMLARNING QIYOSIY TAHLILI

Gaziyeva Zaynabxon Narimanovna, Rahmatullayeva Shahnoza Normumin qizi

Abstract

NEMIS TILI VA O'ZBEK TILI O'RTASIDAGI FRAZEOLOGIZMLARNING QIYOSIY TAHLILI

Full text

321 NEMIS TILI VA O‘ZBEK TILI O‘RTASIDAGI FRAZEOLOGIZMLARNING QIYOSIY TAHLILI Gaziyeva Zaynabxon Narimanovna O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi, Rahmatullayeva Shahnoza Normumin qizi O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti talabasi Annotatsiya: Ushbu maqola nemis va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarning o‘xshash va farqli jihatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan.Maqolada frazeologizmlarning strukturaviy, semantik va madaniy xususiyatlari qiyoslanadi. Natijalar ikki til frazeologik tizimining o‘ziga xosligini aniqlashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: frazeologizm, semantika, madaniy komponent, o‘xshashlik, farq. Abstract : This article is devoted to the analysis of similarities and differences in phraseological units of the German and Uzbek languages. The article compares the structural, semantic and cultural features of phraseological units. The results of the study reveal the peculiarities of the phraseological systems of the two languages. Keywords: phraseology, semantics, cultural component, similarity, difference. Аннотация: Данная статья посвящена анализу сходств и различий фразеологических единиц немецкого и узбекского языков. В статье сравниваются структурные, семантические и культурные особенности фразеологизмов. Результаты исследования позволяют выявить особенности фразеологических систем двух языков. Ключевые слова: фразеологизм, семантика, культурный компонент, сходство, различие. Frazeologizmlar har bir xalqning madaniyati, dunyoqarashi va tafakkur tarzini ifodalovchi turg‘un iboralardir. Ular tilning eng boy va obrazli qatlamini tashkil etadi. Nemis va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlarni solishtirish orqali ikki xalq tafakkuridagi umumiylik va milliylikni ko‘rish mumkin. Nemis va o‘zbek frazeologizmlarining tuzilishi o‘xshashligini : ular ko‘pincha fe’l + ot, sifat + ot shaklida bo‘ladi. Masalan: „aus allen Wolken fallen“ — “osmondan tushgandek bo‘lmoq”; „aus einer Mücke-eines Elephanten machen “ — “pashshadan fil yasamoq” . Semantik jihatdan frazeologizmlar obrazli ma’noga egadir. Ularning asosida ko‘pincha metafora yotadi. Ikkala tilda ham “osmon”, “bosh”, “yurak” kabi universal obrazlar keng qo‘llanib kelinadi. 322 Frazeologizmlar xalq madaniyatining ifodasi hisoblanadi.O‘zbek tilidagi “do‘ppisini osmonga otmoq” iborasi milliy atribut — do‘ppi bilan bog‘liqdir. Nemis tilida esa „Halsund Beinbruch!“iborasi omad tilash ma’nosida ishlatiladi — bu madaniy metafora nemis xalqining tarixiy e’tiqodlariga borib taqaladi. Shu bois, frazeologizmlarni to‘liq tarjima qilish qiyin,ular madaniy kontekst bilan chambarchas bog‘liq. Tarjima jarayonida semantik ekvivalentlik emas, balki funksional o‘xshashlik muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek tilida frazeologizmlar xalq og‘zaki ijodi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ko‘p hollarda maqollar va hikmatli so‘zlar bilan semantik yaqinlik hosil qiladi. Masalan, “qo‘l qovushtirib o‘tirmoq” iborasi faol bo‘lmaslikni bildirsa,nemis tilida unga ma’nodosh „die Hände in den Schoß legen“ iborasi mavjud. Nemis va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlar ma’no jihatidan bir necha guruhlarga bo‘linadi: 1. Hissiy holatni ifodalovchilar: „auf Wolke sieben schweben“ — “yettinchi osmonda uchmoq”; „kalte Füße bekommen“ — “qo‘rqib ketmoq” yoki “kapalagi uchmoq”. 2. Aqliy faoliyatni ifodalovchilar: „den Kopf verlieren“ — “sarosimada qolmoq”; “aqlini yeb qo‘ymoq” — o‘zbek tilida shunga o‘xshash obrazlar orqali ifodalanadi. 3. Madaniy va psixolingvistik jihatlar Frazeologizmlar xalq ruhiyatining oynasi hisoblanadi. Masalan, o‘zbek xalqida “yurak”, “ko‘z”, “qo‘l” obrazlari ijobiy his-tuyg‘ular bilan bog‘liq,nemis tilida esa “Kopf” (bosh) komponenti aql va mantiqni anglatadi.Masalan: „ein Herz aus Stein haben“ — “tosh yurak bo‘lmoq”; “tosh bag‘r” — o‘zbek tilida ham aynan shu ma’noda. Bu o‘xshashlik insoniyat tafakkuridagi universal obrazlarning mavjudligini ko‘rsatadi. Biroq „Schmetterlinge im Bauch haben“ (“qornida kapalaklar bo‘lmoq” — hayajonlanmoq) kabi iboralar nemis tiliga xos madaniy metafora bo‘lib, o‘zbek tilida bevosita muqobili yo‘q. 4. Tarjima va ekvivalentlik muammosi.Frazeologik birliklarni tarjima qilishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri semantik ekvivalent topish har doim ham imkonsiz. Tarjimada funksional ekvivalentlik (ya’ni, ma’no va vazifadosh variant tanlash) eng muhim tamoyil hisoblanadi. Masalan, „Da liegt der Hund begraben“ (“asl sabab shunda”) iborasi o‘zbekchada “qalavani uchi” tarzida ifodalanadi. Bu holatda tarjimon ma’noni emas, funksional rolni saqlaydi. Demak, frazeologizmlar tarjimasi lingvistikadan tashqari,madaniy kompetensiyani ham talab qiladi. 323 Nemis va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlar o‘zining barqaror tuzilishi, obrazlilik darajasi va madaniy konnotatsiyasi bilan xalq tafakkurini ifodalaydi. Ular o‘xshash semantik modellarni aks ettirgan bo‘lsa-da, milliy ruh, tarixiy an’analar va diniy tasavvurlar ularni farqlaydi. Frazeologizmlarni o‘rganish nafaqat tarjimashunoslik,balki madaniyatlararo kommunikatsiya uchun ham muhim ahamiyatga ega. Ularning tahlili til o‘rganishda estetik va madaniy kompetensiyani shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR : 1. Abduxalilova D. Wortpaare in deutscher und usbekischer Sprache. — cyberleninka.ru 2021. 2. Vinogradov V.V. Osnovnye tipy frazeologicheskix yedinits russkogo yazyka. — Moskva, 1977. 3. Влахов С., Флорин С. Непереводимое в переводе. – М.: Высшая школа, 1963. 4. Семёнова О.А. Русско-немецкий, немецко-русский словарь фразеологизмов,2011.