scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RASMIY MATNLARNING YARALISH TARIXI

Isayeva Gulora Faxriddinovna

Abstract

RASMIY MATNLARNING YARALISH TARIXI

Full text

407 RASMIY MATNLARNING YARALISH TARIXI Isayeva Gulora Faxriddinovna O‘zDJTU o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada rasmiy matnlarning yaralish tarixi, taraqqiyot bosqichlari shuningdek, rasmiy uslub va unga xos bo‘lgan xususiyatlar haqida ham fikr yuritiladi. Bundan tashqari, tilshunoslarning rasmiy uslub borasidagi fikrlari tahlilga tortiladi. Kalit so‘zlar:rasmiy matn, rasmiy uslub, yorliqlar, qaror, farmon, davlatchilik, bitigtoshlar, diplomatic yozishmalar. Аннотация : В статье рассматривается история создания официальных текстов, этапы развития, а также официально-деловой стиль и его особенности. Кроме того, анализируются взгляды лингвистов на официальноделовой стиль. Ключевые слова: официальный текст, официально-деловой стиль, этикетки, решение, указ, государственность, надписи, дипломатическая переписка. Annotation: This article examines the history of official texts, their stages of development, as well as the official business style and its characteristics. Linguists' views on official business style are also analyzed. Keywords:official text, official business style, labels, decisions, decrees, statehood, inscriptions, diplomatic correspondence. Rasmiy matn — bu davlat idoralari, tashkilotlar, muassasalar yoki mansabdor shaxslar tomonidan tuziladigan, huquqiy kuchga ega yoki rasmiy ma’lumotlarni ifodalovchi hujjatlar hisoblanib, ular farmon, qaror, buyruq, qonunlar, ariza, ma’lumotnoma, tilxat, shartnoma yoki rasmiy maktublar va bayonotlar shaklida bo‘ladi. Rasmiy matnlar tarixi insoniyatning davlatchilik va yozuv madaniyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, qadimiy tosh yozuvlardan tortib, hozirgi elektron hujjatlar tizimigacha — ularning barchasi jamiyat boshqaruvi, huquq va tartibni ta’minlash vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Yuqorida qayd etilgan rasmiy matnning barcha turlari rasmiy uslubda yoziladi. Rasmiy uslub esa tilshunoslar tomonidan turlicha atamalar bilan nomlangan. Jumladan, I.Qo‘chqortoyev rasmiy uslubni “rasmiy publitsistik” uslub deya nomlaydi va uni ijtimoiy-siyosiy uslubning bir tarmog‘i deb hisoblaydi. Tatar tilshunosi X.R.Kurbatov esa rasmiy uslubga “ish qog‘ozlari uslubi” deya ta’rif beradi. “Rasmiy ish uslubi” tushunchasiga, avvalo, hukumat faoliyatidagi rasmiy ishqog‘ozlari, xalqaro munosabat sohasi, yurisprudensiya, savdo va iqtisod, harbiy hayot faoliyatida, rasmiy idora va tashkilotlarda, alohida shaxsning hayotida ishlatiladigan 408 til kiradi. E’tibor beradigan bo‘lsak rasmiy hujjatlar yuz yilliklar osha davlat ijtimoiysiyosiy boshqaruvi, xalqaro diplomatiya, jamiyat qurilishi, kishilar o‘rtasidagi oldiberdi munosabatlarining huquqiyligini, ishonchliligini kafolatlovchi, shuning bilan birgalikda, ularning bajarilishini ta’minlovchi vosita bo‘lib kelgan. O‘tmish jamiyat boshqaruvi va huquqiy, iqtisodiy munosabatlarning shakllariga qarab rasmiy hujjatlarning turlari ham farqlangan. Zero, hujjatlar kechagina paydo bo‘lgan emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlardagi muhim holatlarni muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan. Dunyoning har bir mamlakatida qadimdan rasmiy ish-yuritish qog‘ozlari qo‘llanib kelgan. Masalan, eramizdan avval bo‘lgan Bobil (Vavilon) davlatining 17921950yillar podshohi Xammurapining buyrug‘i biln tayyorlangan qonunlar majmuasi mavjudligi haqida amerikalik sharqshunos Edvard Kera “Они написали на глине” asarida ma’lumot beradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qonun majmuasi 247 moddadan iborat bo‘lib, u busalt ustuniga qadimgi mixxat bilan yozilgan. Qonunda yerga egalik, savdosotiq, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar aks etgan. Davlatchilik, xalqaro diplomatik munosabatlar tarixida rasmiy ish yozishmalarning roli katta bo‘lgan. Chunki bunday rasmiy yozmalar uzoq davrlar qo‘llanishi natijasida qoliplashgan, bir qolipga tushirilgan, ya’ni trafaret holga kelgan. O‘zbek tilining rasmiy uslubi tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Hozirgi O‘zbekiston Respublikasi va unga tutash hududlarda vujudga kelgan qadimgi davlatlar, hoqonliklar, xonliklar, amirliklar, hokimliklar, bekliklarda yuritilgan ko‘plab hujjatlar fikrimizning yaqqol dalilidir. Bunday hujjatlar sirasiga farmonlar, yorliqlar, vaqfnomalar, arznomalar, qarznomalar, vasiqalarni kiritishimiz mumkin. Bu uslub davlatning ichki tartib-qoidalari, shu mamlakat fuqarolarining huquqiy munosabatlari, shuningdek davlatlararo siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun xizmat qilganligi bilan ham og‘zaki so‘zlashuv, ilmiy yoki badiiy uslublardan farq qilgan. Bugunga kelib bu uslubda mustaqil mamlakatimizning qonunlari, farmonlari, qarorlari, boshqaruv va nazorat organlarining buyruqlari, boshqa davlatlar bilan tuzilayotgan shartnomalar, bitimlar, bayonotlar, rasmiy axborotlar; korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va ular o‘rtasida yuritilayotgan o‘nlab turdagi hujjatlar yozilmoqda. Barcha turdagi korxonalarda yuritib kelinayotgan hujjatlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: ariza, bildirishnoma, buyruq, farmoyish, dalolatnoma, ishonchnoma, yo‘riqnoma, ustav, nizom, majlis bayoni, ma’lumotnoma, mehnat daftarchasi, tavsifnoma, tavsiyanoma, tarjimayi hol, tilxat, shartnoma, hisobot, e’lon, kafolat xati, da’vo xati, telegramma, telefonogramma, modemogramma, guvohnoma va boshqalar. Bulardan tashqari ayrim korxona, tashkilot, muassasalarning o‘zlarigagina tegishli hujjatlar ham borki, ular shu sohaga doir mutaxassislar tayyorlash jarayonida, malaka oshirish kurslarida o‘rgatib boriladi. Chunonchi, 409 tibbiyot, militsiya, prokuratura, sud, bojxona, kutubxona, buxgalteriya, bank xizmati va boshqa shu kabi sohalarga doir ayrim hujjatlar shu soha mutaxassislari tomonidan yoziladi yoki to‘ldiriladi. Rasmiy uslub leksikasi boshqa uslublardan ma’lum chegaralanishga egaligi bilan ham farq qiladi. Unda uslubiy bo‘yoqdor, so‘zlashuv uslubiga xos, shevaga oid, badiiy uslubga xos so‘zlar, iboralar, jargon va argolardan foydalanilmaydi. Bu uslub qat’iy ravishda yozma nutqning betaraf leksikasiga tayanib ish ko‘radi. Shuning uchun ham bu uslubga xos hujjatlar asosini siyosiy va xalqaro munosabatlar, mamlakat siyosiy va ma’muriy tuzilmalari hamda ularning faoliyati, huquq, qonun, iqtisod, ma’naviy-ma’rifiy sohaga hamda rasmiy-ma’muriy, idoraviy yo‘nalishga oid hujjatlar, ish qog‘ozlari leksikasi tashkil etadi. Yozma rasmiy matnlar tarixi turkiy rasmiy uslubning, davlat hujjatchiligi, diplomatikaning shakllanishi va takomili bilan uzviy bogʻliq boʻlib, u yurt egalari nomidan bitilgan qadimiy bitigtoshlar, tarix kitoblari, yorliqlar, buyruq va koʻrsatmalar, xonlar oʻrtasidagi rasmiy yozishmalarda tamgʻalanib qolgan. Ushbu hujjatlar til tarixining turli bosqichlarida amal qilgan siyosiy, rasmiy-diplomatik nutq, uning oʻziga yarasha belgilarini oʻrganishda muhim manbalar boʻlib xizmat qiladi; rasmiy muloqotning lingvo-kulturologik, etik-estetik, xalqaro-diplomatik oʻlchovlarini aks ettiradi. Muhim belgisi, yorliq va rasmiy-diplomatik xatlarda hukmdor nutqi muayyan qolipda, hujjatchilikning yozma uslubiy oʻlchovlariga tayangan shakllarda yuzaga chiqadi. Oltin Oʻrda xonlari va temuriy sultonlarning siyosiy, rasmiydiplomatik nutqi hukmdorlar buyrugʻi bilan bitilgan epigrafik matnlarda, ularning yorliqlarida, suyurgʻal bitiglarida, oʻzga yurtlarga yoʻllagan diplomatik hujjatlarida saqlanib qolgan. Yorliq va maktublarning bari xon yoki sultonlar tilidan bitilgan. Toʻgʻrirogʻi, hujjatlar xon va sultonlarning oʻz ogʻzidan yozib olinib, soʻng hattotlar tomonidan oqqa koʻchirilgan. Ular yurt egalarining rasmiy kishilarga, davlat idoralariga qaratilgan soʻzlari boʻlib, eski oʻzbek yozma adabiy tilidagi (“chigʻatoy turkchasi”da amal qilgan) siyosiy, rasmiy-diplomatik nutqni, rasmiy muloqot madaniyatining lingvo-kulturologik, etik-estetik oʻlchovlarini ifoda etadi. Muhim jihatlaridan biri, ulardagi nutq monologik xarakterga ega boʻlib, u bir kishiga, yaʼni hukmdorga qarashli. Yorliq va maktublarning turi, maqsadiga qarab matnning bayon uslubi, hukmdor nutqi ham farqlanib turadi. Siyosiy, rasmiy murojaatning ikkinchi turi – yozma nutq. Yozma rasmiy matnlar tarixi turkiy rasmiy uslubning, davlat hujjatchiligi, diplomatikaning shakllanishi va takomili bilan uzviy bogʻliq boʻlib, u ulus egalari nomidan bitilgan qadimiy bitigtoshlar, tarix kitoblari, yorliqlar, buyruq va koʻrsatmalar, xonlar oʻrtasidagi rasmiy yozishmalar, vasiqalarda tamgʻalanib qolgan. Ushbu hujjatlar til tarixining turli bosqichlarida amal qilgan siyosiy, rasmiy-diplomatik nutq, uning oʻziga yarasha belgilarini oʻrganishda muhim manbalar boʻlib xizmat qiladi, rasmiy muloqotning lingvo-kulturologik, etik-estetik, xalqaro-diplomatik oʻlchovlarini aks ettiradi. 410 Muhim belgisi, yorliq va rasmiy-diplomatik xatlarda hukmdor nutqi muayyan qolipda, hujjatchilikning yozma uslubiy oʻlchovlariga tayangan shakllarda yuzaga chiqadi. Dunyo tilshunosligida nutqning barcha funksional uslublari qatorida rasmiy uslubning ham mohiyati, xizmat doirasi, shakllanishi tarixi, ichki turlari, ish hujjatlarining yaratilishi, funksional-lingvistik xususiyatlari kabi masalalar chuqur o‘rganilgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Aminov, M., Madvaliyev, A. Davlat tilida ish yuritish. Toshkent, 2020. 2. Omonov, Q. XIV-XV yuzyilliklarda bitilgan turkey yorliqlar diplomatikasi. Toshkent, 2013. 3. Sodiqov, Q., Omonov, Q. O‘zbek tilining yozma uslublari tarixidan. Toshkent, 2023. 4. Qo‘ng‘urov, R., Karimov S. O‘zbek tili stilistikasi va nutq madaniyati. Samarqand, 1984. 5. Babaxanova, D. Официально-деловой стиль современного узбекского литературного языка. Ташкент, 1987.