scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DIPLOMATIK TIL SOHASIDA UCH KOMPONENTLI TERMINOLOGIK BIRIKMALARNING QO'LLANILISHI

Isayeva Gulora Faxriddinovna

Abstract

DIPLOMATIK TIL SOHASIDA UCH KOMPONENTLI TERMINOLOGIK BIRIKMALARNING QO'LLANILISHI

Full text

411 DIPLOMATIK TIL SOHASIDA UCH KOMPONENTLI TERMINOLOGIK BIRIKMALARNING QO‘LLANILISHI Isayeva Gulora Faxriddinovna O‘zDJTU o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada terminlar, ularning yasalish yo‘llari va turlari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, diplomatiya sohasida qo‘llaniladigan sohaviy so‘z birikmalari, ya’ni „Fachwortverbindungen“ haqida ma’lumot beriladi va ikki, uch va undan ortiq komponentli so‘z birikmalari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: terminologiya, sohaviy so‘z birikmalari, so‘z yasalish yo‘llari, tilshunoslik, leksik birliklar, diplomatiya, murakkab terminlar. Аннотация : В данной статье рассматриваются термины, способы их образования и типы. Также дается информация о специальной лексике, используемой в дипломатии, то есть «Fachwortverbindungen», и анализируется лексика, состоящая из двух, трёх и более компонентов. Ключевые слова: терминология, специальная лексика, способы образования, лингвистика, лексические единицы, дипломатия, сложные термины. Annotation: This article examines terms, their formation methods, and their types. It also provides information on specialized vocabulary used in diplomacy, or "Fachwortverbindungen," and analyzes vocabulary consisting of two, three, and more components. Keywords: terminology, specialized vocabulary, formation methods, linguistics, lexical units, diplomacy, compound terms. So‘nggi yillarda sohaviy tillar va ularning terminologik tizimlari ko‘plab tilshunoslarning alohida e’tiborini tortmoqda. Umuman olganda, terminologiyada turli so‘z yasash modellarini o‘rganish muammosi ko‘plab olimlar tomonidan tahlil qilingan. Biroq diplomatik soha tili nuqtayi nazaridan bu masala hali yetarlicha o‘rganilmagan. Yagona so‘zlardan tashkil topgan leksik birliklardan tashqari, diplomatik terminologiyada sohaviy so‘z birikmalari, ya’ni Fachwortverbindungen ham keng tarqalgan. Diplomatik terminologik tizimning tahlili shuni ko‘rsatadiki, ushbu sohada eng keng tarqalgan terminologik birlik turi — sohaviy so‘z birikmasidir. Tilshunoslik adabiyotida “Fachwortverbindungen” atamasidan tashqari yana boshqa nomlanishlar ham uchraydi: terminologik so‘z birikmalari, murakkab terminlar, terminologik konstruksiyalar, terminologik komplekslar. Biz esa bu ishda “sohaviy so‘z birikmasi” atamasidan foydalanamiz. 412 Sohaviy so‘z birikmasi deganda bir yoki bir necha so‘zning grammatik birikmasi tushuniladi, u muayyan maxsus tushunchani nomlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Murakkab sohaviy so‘zlarning tasnifi ularning tuzilishiga ko‘ra, turli komponentlar sonidan iborat terminlarni farqlash imkonini beradi. Shu sababdan biz ularni ikki, uch, to‘rt yoki besh so‘zdan iborat birikmalar deya tasnifladik va quyida uch va undan ortiq komponentli birikmalar haqida fikr yuritamiz. Uch tarkibli so‘z birikmalari so‘z birikmalari va leksik birliklar orasidagi o‘tish holatidagi birliklar sifatida tasniflanadi. Bunday tasnifning mohiyati shundaki, terminologik birlikning komponentlari o‘rtasidagi sintaktik bog‘lanish ularning maqomini belgilaydi. Masalan: Wiederherstellung freundschaftlicher Beziehungen (do‘stona munosabatlarni tiklash) terminida freundschaftliche Beziehungen (do‘stona munosabatlar) asosiy sintagma hisoblanadi, u Wiederherstellung (tiklash) orqali semantik jihatdan kengaytiriladi. Yoki yana bir misol: Abkommen über technische Hilfe (texnik yordam to‘g‘risidagi bitim) terminida esa technische Hilfe (texnik yordam) bazaviy sintagma bo‘lib, u Abkommen (bitim) komponenti yordamida rivojlantiriladi. Bu misollar shuni ko‘rsatadiki, diplomatik til terminologiyasida fe’lga asoslangan ko‘p tarkibli terminologik birliklar sintaktik jihatdan barqaror tuzilishga ega, semantik jihatdan esa harakat, jarayon yoki rasmiy amallarni ifodalashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, predloglar yordamida bog‘langan so‘z birikmalari ham keng qo‘llaniladi: Salut auf hoher See – ochiq dengizda salyut berish, Konferenz am runden Tisch – dumaloq stol atrofidagi konferensiya, die Internationale Organisation für Gesundheit – sog‘liqni saqlash bo‘yicha xalqaro tashkilot, Recht auf Ergreifung des Wortes – so‘zga chiqish huquqi, Abstimmung durch Sitzenbleiben – o‘tirgan holda ovoz berish, Einwerfen der Stimmzettel in die Wahlurne – saylov qutisiga byulleten tashlash. Shuningdek, predlogsiz uch komponentli so‘z birikmalari ham mavjud bo‘lib, ular artikllar orqali bog‘lanadi. Predlogsiz uch tarkibli so‘z birikmalari (S + A + S) — ya’ni ot + sifat + ot modelidagi terminlar — eng sermahsul (eng ko‘p ishlatiladigan) turlar sirasiga kiradi. Masalan: • Doyen des diplomatischen Korps – diplomatik korpus doyeni, • Fragen der protokolarischen Rangordnung – protokol tartibi masalalari, • System kollektiver Sicherheit – kollektiv xavfsizlik tizimi, • System vertraglicher Abmachungen – shartnomaviy kelishuvlar tizimi, • Abberufung des diplomatischen Vertreters – diplomatik vakilni chaqirib olish. Bu tipdagi S + A + S modelida aniqlovchi komponent ikki so‘zdan tashkil topgan semantik birlikdir. Agar bu birikmalardan sifat (aniqlovchi)ni olib tashlasak, u 413 holda terminning ma’nosi to‘liq bo‘lmaydi, aniq emas yoki noto‘g‘ri talqin etilishi mumkin. Masalan: • Doyen des (diplomatischen) Korps → (diplomatik) so‘zini olib tashlaganda ma’nosi noaniqlashadi, • Fragen der (protokolarischen) Rangordnung → protokollar tizimi aniqlanmaydi, • System (kollektiver) Sicherheit → xavfsizlikning turi yo‘qoladi, • System (vertraglicher) Abmachungen → shartnomaviy xususiyat yo‘qoladi, • Abberufung des (diplomatischen) Vertreters → “diplomatik” belgisiz umumiy “vakil” tushunchasiga aylanadi. Keyingi eng ko‘p qo‘llaniladigan tur - bu — S + S + V (ot + ot + fe’l) ko‘rinishidagi birikmalardir. Masalan: • die Vollmachten eines Delegierten prüfen – delegat vakolatlarini tekshirmoq, • die Gültigkeit der Ernennung anfechten – tayinlov haqiqiyligini shubha ostiga olmoq, • einer Regierung ein Ultimatum überreichen – hukumatga ultimatum topshirmoq, • die Aufnahme in eine Organisation beantragen – tashkilotga a’zo bo‘lishni so‘ramoq. Diplomatik til terminologik tizimida yana quyidagi model ham mavjud: S + S + Präp. + V (ot + ot + predlog + fe’l), masalan: • einen Bericht in Umlauf geben – hisobotni muomalaga kiritmoq, • die Unterlagen für eine Sitzung zusammenfassen – majlis uchun hujjatlarni tayyorlamoq, • auf einer schwarzen Liste stehen – qora ro‘yxatda turmoq. Yuqorida aytib o‘tganimizdek diplomatik til sohasida to‘rt va besh tarkibli terminologik birikmalar ham kuzatiladi, lekin diplomatik terminologiyada to‘rt yoki besh so‘zdan tashkil topgan so‘z birikmalari juda kam uchraydi. Bunday holatning sababi — diplomatik tilda ixchamlik va qisqalikka intilishdir. Chunki termin qancha uzun bo‘lsa, uning mazmuni torayadi va qo‘llanish sohasi cheklanadi. Quyida misollar keltiramiz. To‘rt komponentli so‘z birikmalariga misollar: • Nichteinmischung in die inneren Angelegenheiten – ichki ishlariga aralashmaslik, • Antrag auf Aufnahme einer Frage in die Tagesordnung – kun tartibiga masala kiritish to‘g‘risidagi taklif, • der Vertrag über Freundschaft und gegenseitige Hilfe – do‘stlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnoma, • außerordentlicher Gesandter und bevollmächtigter Minister – favqulodda va muxtor elchi, • Protokoll über den Austausch oder die Hinterlegung der Ratifizierungsurkunden – ratifikatsiya hujjatlarini almashish yoki topshirish to‘g‘risidagi bayonnoma. 414 Beshta so‘zdan tarkib topgan so‘z birikmalari: • Zeit und Ort der nächsten Sitzung festlegen – keyingi majlisning vaqt va joyini belgilamoq, • den internationalen Frieden und die internationale Sicherheit aufrechterhalten – xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlamoq. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, A + S (sifat + ot) modelidagi ikki tarkibli terminologik birikmalar diplomatik til terminologiyasida eng sermahsul hisoblanadi. Ular asosan tur tushunchalarini (Artbegriffe) ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu turdagi terminlarning ko‘pligi xalqaro munosabatlar va diplomatik amaliyotning rivojlanishi, yangi tushunchalar va real voqeliklarning paydo bo‘lishi bilan chambarchas bog‘liqdir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Wüster, E. Die internationale Angleichung der Fachausdrücke / E. Wüster // Elektrotechnische Zeitschrift. — № 16. — S. 550–552. 2. Wüster, E. Die allgemeine Terminologielehre — ein Grenzgebiet zwischen Sprachwissenschaft, Logic, Ontologie, Informatik und Sachwissenschaften / E. Wüster // Linguistics. — 1974. — № 119. — S. 61–106. 3. Handbuch der Terminologie des Völkerrechtes (Friedenrecht) und der internationalen Organisationen / Isaak Paenson. — München — New Providence London — Paris, 1993. — 179 s. 4. Lexikon der Vereinten Nationen / Helmut Volger. — München — Wien – Oldenburg — Verlag, 2000. — 775 s.