RUS VA O'ZBEK TILLARIDA TO'Y MAROSIMI KONSEPTI BILAN BOG'LIQ FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR VA ULARNING GURUHLANISHI
Abstract
RUS VA O'ZBEK TILLARIDA TO'Y MAROSIMI KONSEPTI BILAN BOG'LIQ FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR VA ULARNING GURUHLANISHI
Full text
463 RUS VA O‘ZBEK TILLARIDA TO‘Y MAROSIMI KONSEPTI BILAN BOG‘LIQ FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR VA ULARNING GURUHLANISHI Baymanov Habibullo Abdullayevich Toshkent Amaliy fanlar universiteti, PhD, dotsent Rahimov Fayziddin Rustamovich TTYSI tayanch doktorant [email protected], + 998 90 323-87-32 Annotatsiya: Mazkur maqolada tilning frazeologik fondi millatning moddiy va ma’naviy madaniyati, tarixiy taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqlikda shakllanishi tahlil qilinadi.Rus va o‘zbek tillarida to‘y marosimiga oid frazeologik birliklarning semantik xususiyatlari uch bosqich asosidagi davrni ifodalovchi frazeologizmlar tahlil qilinadi va bir qator olimlarning qarashlariga tayanilgan holda, frazeologik birliklarning milliy-madaniy xususiyatlari, xalq tafakkuri va urf-odatlar bilan bog‘liqligi yoritiladi. Kalit soʻzlar: frazeologik birlik, milliy-madaniy o‘ziga xoslik, dunyoqarash, to‘y marosimi, rus va o‘zbek tillarida frazeologik tizim, madaniy konsept. Annotatsion: This article analyzes the formation of the phraseological fund of a language in close connection with the material and spiritual culture of the nation and its historical development. The semantic features of phraseological units related to wedding ceremonies in Russian and Uzbek languages are examined through three stages periods. Based on the views of several scholars, the study highlights the national and cultural characteristics of phraseological units and their relationship with folk mentality, traditions, and customs. Keywords: phraseological unit, national-cultural identity, worldview, wedding ceremony, phraseological system in russian and uzbek languages, cultural concept. Аннотация: В данной статье анализируется формирование фразеологического фонда языка в тесной связи с материальной и духовной культурой народа, а также с его историческим развитием. Семантические особенности фразеологических единиц, связанных со свадебной обрядностью в русском и узбекском языках, рассматриваются на трёх этапах. Опираясь на взгляды ряда учёных, в исследовании раскрываются национально-культурные особенности фразеологических единиц, их связь с народным сознанием, традициями и обычаями. Ключевые слова: фразеологическая единица, национально-культурная специфика, мировоззрение, свадебный обряд, Фразеологическая система русского и узбекского языков, культурный концепт. Til frazeologik fondini o‘rganish uchun uning shakllanish qonuniyatlarini, tilning xalqning moddiy va ma’naviy madaniyati hamda jamiyat tarixiy rivojlanishi bilan bog‘liqligini tushunish zarur. Til frazeologik tarkibida mustahkamlangan
464 “tasvirlar tizimi” dunyoqarashning jamlanishi uchun ozuqa vazifasini bajaradi va bu til jamoasining moddiy, ijtimoiy yoki ma’naviy madaniyati bilan bog‘liq bo‘lib, uning madaniy-milliy tajribasi va an’analari haqida guvohlik beradi [1, 174]. Frazeologizmlar milliy tillarda shunday tasavvurlar asosida paydo bo‘ladiki, ular til jamoasi vakillarining kundalik-amaliy, tarixiy yoki ma’naviy tajribasini aks ettiradi [2,7]. Frazeologik birliklar, milliy madaniyatni va milliy-madaniy qadriyatlarni aks ettirish va qayta shakllantirishda ishtirok etadigan madaniy-milliy dunyoqarash stereotipidir. [3,23]. Ular konseptni ifodalashning eng muhim til vositalaridan biridir. Har bir xalqning til frazeologik birliklarida millatning ruhiyati va o‘ziga xosligi takrorlanmas tarzda ifodalanadi. Har bir madaniyat o‘z rivojlanishida betakrordir, jumladan, rus milliy xarakteri sharqiy va g‘arbiy inson sifatlarini o‘zida jamlagan. Buning sababi geografik kenglik, sharqiy qabilalar bilan bog‘lanish va boshqa omillardir. O‘rmonlar, cheksiz tekisliklar va daryolar xalq qalbida tinchlik, uyg‘unlik, falsafiy fikrlash istagini uyg‘otgan, deb hisoblanadi. O‘zbek xarakterida esa sharqqa xos madaniyat islomiy qarashlar bilan o‘zaro hamohang tarzda o‘z ifodasini topadi. L. Kovshova fikricha, milliy-madaniy o‘ziga xoslik dastlab “… xalq hayotining sharoitlariga butunlay bog‘liq bo‘lgan harakatlarni amalga oshirish usullarida namoyon bo‘ladi va til tashqarisida — urf-odatlar, an’analar, qonunlar tizimida, fikrlash, xulq-atvor, faoliyat normalari shaklida shakllanadi. … Madaniy bilim til ichida, uning birliklarining mazmunida, jumladan, tilning frazeologik tarkibida aks etadi”. [4,43]. Olamning lisoniy manzarasini yaratishda frazelogizmlar alohida rol o‘ynaydi. Aniqrog‘i, frazeologiya olam lisoniy manzarasining bo‘lagidir. Frazeologik birliklar “xalq hayotining ko‘zgusi”dir. Frazeologik birliklarning tabiati til egasining bilimlari, hayotiy tajribasi va mazkur tilda so‘zlashuvchi xalqning madaniy-tarixiy an’analari bilan chambarchas bog‘liqdir. [5,19]. Frazeologik birliklarning semantikasi inson va uning faoliyatini tavsiflashga qaratiladi. [6,21]. To‘y marosimiga oid frazeologik birliklarni uch guruhga bo‘lib tahlil qilish mavzuni yetarlicha asoslashga yordam beradi. 1. Rus va o‘zbek tillarida to‘yoldi davrni xarakterlovchi frazeologik birliklar. 2. Rus va o‘zbek tillarida to‘y kunini xarakterlovchi frazeologik birliklar. 3. Rus va o‘zbek tillarida to‘ydan keyingi davrni xarakterlovchi frazeologik birliklar. Tahlil natijalariga asoslanib birinchi guruhga kiruvchi to‘y marosimiga oid frazeologik birliklarni quyidagicha talqin qildik: Rus va o‘zbek tillarida to‘yoldi davrni xarakterlovchi frazeologik birliklar. Mazkur guruhga mansub frazeologik birliklar to‘yoldi davrining turli atributlari va hodisalarini ifodalab keladi. To‘yoldi davrida sevgan insonning mehrini qozonish, unga turmush qurish taklifini bildirish, bu taklifga rozilik olish yoki rozilik berish, shu
465 jumladan ota-onaning roziligini olish ham katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbek tilida quyidagi frazeologik birliklar bu bosqichga xos jarayon va holatlarni ifodalaydi: Atashib qo‘ymoq (unashmoq)- yigit bilan qizni kichkinaligidan ota-onalari tomonidan unashtirib qo‘ymoq; Boshiga yostiq bo‘lmoq - bu ibora Yoshi kattaroq bo‘lgan, hali turmush qurmagan qizlarga nisbatan ishlatiladi; Baland dorga osilmoqmavqeyi o‘zidan ancha yuqori bo‘lgan oilaga quda bo‘lish; Baxt qushini uchirib yubormoq - baxtidan( sevganidan)ayrilib qolmoq; Baxti ochilmoq (oila qurib osoyishta hayot kechirish chog‘iga yetmoq(asosan ayollarga nisbatan ishlatiladi); Belida belbog‘i bor – kuyovga ta’rif berganda ishlatilib,g‘ururini yo‘qotmagan degan ma’no anglashiladi; Orani uzmoq – uchrashib yurgan qiz yoki yigit bilan munosabatlarni to‘xtatmoq; Ko‘ngli ochiqqiz yoki yigitning xarakterini ta’riflaganda, ayniqsa sovchilar tomonidan ishlatiladi va samimiy, kamtardegan ma’nolarni anglatadi; Anoyi emas - o‘z ishini bilib qiladigan degan ma’noni anglatib, qiz yoki yigitni ta’riflaganda ishlatiladi; Aqldan ozmoq(esidan og‘moq)- telba bo‘lmoq, aqli boshidan ketdi, hissiy vaziyat tufayli fikrlash qobilyati to‘xtab qolmoq (bir marta ko‘rib yoqtirib qolganda ishlatiladi); Aqlini olmoq-maftun qilmo; Beshik ketditug‘ilganda, yoshlikda unashtirib qo‘yish (qizlarga nisbatan qo‘llaniladi);Bir boshini ikki qilmoq – uylantirmoq; Bir qoshiq suv bilan yutib yuborguday – qizning yoki yigitning chiroyiga nisbatan ishlatiladi; Bir so‘zli – ko‘p hollarda yigitlarga nisbatan ishlatilib gapida turadigan, vada bersa, bajaradigan degan ma’nolarda ishlatiladi; … bahona diydor g‘animat - sevgilisini ko‘rish uchun kelgan insonga nisbatan ishlatiladi; Bozori chaqqon - qiz bolaga nisbatan ishlatilib so‘rab keluvchilar ko‘p degan ma’noni anglatadi; Ostonasiga bosh urib kelmoq – juda katta umid bilan sovchilikka kelish; Boshi bog‘liq – unashtirilgan; Boshini bog‘lamoq – kelin qilib olishga shartlashib kelmoq; Boshi ochiq – unashtirilmagan yoki ajrashgan; Bo‘yi yetmoqqiz bolaga nisbatan ishlatiladigan ibora bo‘lib, turmush qurish yoshiga yetdi degan ma’noni anglatadi; Erga bermoq –uzatmoq; Erga tegmoq (chiqmoq) – oila qurmoq; Eshigining turmini buzmoq –qiz xonadoniga qatiy so‘rov bilan juda ko‘p marotaba kelmoq; Fotiha bermoq – to‘yni boshlashga rozilik bildirib duo bermoq; Istarasi issiq – yoqimli, jozibador; Kichik to‘y – qiz bilan yigit unashtirilishi munosabati bilan yigit tomon qiznikiga yuboradigan oziq-ovqat va sovg‘a-salomlar, shu kuni o‘tkaziladigaan ziyofa; Ko‘zga yaqin – o‘ziga tortadigan chiroyli qiz; Ko‘ngil bermoqyoqtirib qolmoq; Ko‘ngliga qo‘l solmoqnimani istashini bilish uchun harakat qilmoq, so‘rab ko‘rmoq; Maslahat oshi – to‘y bilan bog‘liq biror marosimni qanday o‘tkazish haqida fikrlashib olish uchun yig‘ilgan kishilarga beriladigan ziyofat; Onasi o‘pmagan - pok, iffatli; Patir ushatti - qizini berib, quda bo‘lishga rozilik bildirish marosimi, biror yaxshi voqeaning boshlanishi; Qulog‘ini tishlamoq – qiz bolani go‘dakligidayoq bo‘lajak qaylig‘i deb belgilab qo‘ymoq; Qo‘lini so‘ramoq - rozilik olmoq; Teshik munchoq yerda qolmas – uzoq vaqt turmush qilmay, uyda
466 o‘tirib qolgan qiz-juvonlar haqida, shuningdek, har bir narsa vaqti kelganda kerak bo‘lishi ishlatilishi mumkinligi haqida aytiladigan ibora; Yulduzlari juft tushgan – bir-biriga atab yaratilgan. Rus madaniyatida frazeologik birliklar kichik guruhi insonlarning to‘yoldi davriga aloqador bo‘lgan har xil xatti-harakatlari va holatini, shuningdek, bu davrga xos ijtimoiy-madaniy hodisalarni ifodalaydi. Chunki inson hayoti kutilmagan burilishlarga boy bo‘lib, turmush qurishga oid jarayonlarda ham turli voqealar yuz berishi mumkin. Masalan: Делать / сделать предложение; Предложить руку и сердце; Отдать свое сердце кому-либо (turmush qurish taklifini qilish); Сговорить невесту (kelinning ota-onasi bilan ularning qizini turmushga berishga ko‘ndirish haqida kelishuvga erishish). Bu birliklar to‘yga tayyorgarlik jarayonida hissiy holat va ijtimoiy qadriyatlarning ifodasini yaqqol namoyon etadi. Shuningdek, to‘ydagi bazi bir urfodat va marosim nomlari ham borki, ular ham shu tilga xos frazeologik birliklar sifatida namoyon bo‘ladi va til madaniyatining o‘ziga xosligini ifodalaydi: Ruslarda: Mылами кидать — kelinning dugonalari tomonidan nikoh oldidan bajariladigan fol ochish marosimi; Cемь поклонов — bo‘lajak nikoh haqida jamoatchilikka rasmiy e’lon berish marosimi; Запивать невесту — kuyov va kelinni bo‘lajak qarindoshlar bilan tanishtirish marosimi; Идти с рубахой — to‘y arafasida kelinning ota-onasi yoki kelinning o‘zi kuyovga ko‘ylak, ichki kiyim, belbog‘ va paypoq hadya qiladi;Чесать косу — to‘y arafasida kelinning sochini tarab o‘rimlarga ajratish, uni o‘rish marosimi; Веник катать — kelinga sovchilar kelib ketgach, uning dugonalari tomonidan qishloq bo‘ylab aravada aylantirish marosim; O‘zbek to‘ylarida: Fotiha to‘yi — kelinning ota-onasi qizlarini uzatish haqidagi qarorini e’lon qiladigan kun; Beshik ketdi - tug‘ilganda, yoshlikda unashtirib qo‘yish (qizlarga nisbatan qo‘llaniladi); Maslahat oshi – to‘y bilan bog‘liq biror marosimni qanday o‘tkazish haqida fikrlashib olish uchun yig‘ilgan kishilarga beriladigan ziyofat; Sabzi toʻg‘rar - to‘y kunidan bir kun oldin amalga oshadigan marosim bo‘lib, unda kuyovning oshna-og‘aynilari to‘y oshiga mo‘ljallangan sabzini tug‘rashadi va ertangi to‘yning maslahatini qilishadi. Bu marosim ham bugungi kunda ba’zi bir qishloq joylarda saqlanib qolgan bo‘lib, odamlarning bir-biriga mehrli oqibatli bo‘lishida o‘rni alohida. Shuni takidlash kerakki, bugungi kundagi bazi bir leksemalar rus tilida o‘z tarixiga ega bo‘lib, shu leksema asosida shu xalqning madaniyatini aks ettiruvchi frazeologik birliklar kelib chiqqan. Shunday qilib, frazeologik birliklar xalqning tarixiy tajribasi, madaniy qadriyatlari va hayot tarzini aks ettiruvchi lingvosemiotik kod bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar:
467 1. Арсентьева, Е. Ф. Фразеологические единицы английского, русского и немецкого языков с национально-культурным компонентом. / Е.Ф. Арсентьева, А. А. Залалдинова // Филология и Культура. - 2012. - № 2 (28). - С. 178-181. 2. Телия В.Н. Русская фразеология. Семантические, прагматические и лингвокультурологические аспекты. - М.: Яз. Рус. культуры, 1996. — 284 с. 3. Добрыднева Е.А. Коммуникативно-прагматическая паратигма русской фразеологии: монография. - Волгоград: Перемена, 2000. - 223 с. 4. Ковшова, М. Л. Лингвокультурологический метод во фразеологии: Коды культуры. Изд. 2-е. - М.: Книжный дом «ЛИБРОКОМ», 2013. - 456 с. 5.Фразеологический словарь русского литературного языка / Под.ред. А.И.Федорова.–М.,1996 6. Образные средства русского языка/Под ред. В.Н.Телия.–М.,1995.