scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK TILIDA O'ZLASHTIRMA NUTQ VA GAP

Ro'ziev Yarash Bozorovich

Abstract

O'ZBEK TILIDA O'ZLASHTIRMA NUTQ VA GAP

Full text

522 O‘ZBEK TILIDA O‘ZLASHTIRMA NUTQ VA GAP Ro‘ziev Yarash Bozorovich Fil.f.d., Buxoro davlat universiteti dotsenti e-mail: [email protected] Annotatsiya: O‘zbek tilida o‘lashtirma nutq deganda ko‘chirma gapdan sintaktik va morfologik yo‘l bilan hosil bo‘luvchi o‘zlashtirmalik nazarda tutiladi. O‘zlashtirmalikning birinchi turida ko‘chirma gap ham shaklan ham mazmunan o‘zgarishga uchraydi. Ko‘chirma gap shaklan birikma aniqrog‘i birikmali to‘ldiruvchiga aylanadi. Shunga ko‘ra fikr anglatuvchi til birligi murakkab tushuncha bildiruvchi birikma shaklini oladi. Muallif gapida esa bayon nohissiy bo‘lganda faqat uning kesimi vazifasidagi fe’l (de+di, de+gan edi, de+r edi va b.)ning o‘zagi o‘zgaradi (ayt+di, ayt+gan edi, ayt+ar edi va hokazo). Kalit so‘zlar: o‘zga nutq, ko‘chirma nutq, o‘zlashtirma nutq, matn, mikromatn, makromatn, muallif nutqi, xabar manbai, eshitilganlik semasi, sintaktik vosita, morfologik vosita, nutq fe’li, til qurilishi, tejamkorlik. Аннотация: Косвенная речь в узбекском языке относится к речи, образованной синтаксически из производного предложения. При этом типе косвенной речи производное предложение изменяется как по форме, так и по содержанию. Словосочетание превращается в составное, точнее, составное дополнение. Соответственно языковая единица, выражающая мысл, принимает форму сложного соединения, выражающего сложное понятие. В авторской речи при высказывании без эмоции изменяется толко основа глагола (de+di, de+gan edi, de+r edi и др..) (ayt+di, ayt+gan edi, ayt+ar edi и др.). Ключевые слова: чужая речь, прямая речь, косвенная речь, текст, микротекст, макротекст, авторская речь, источник сообщения, сема слышимости, синтаксические средства, морфологические средства, речевой глагол, языковая конструкция, экономия. Abstract: The indirect speech refers to the assimilation formed syntactically from the derived sentence. In this type of indirect speech, the derived sentence changes both in form and content. The phrase turns into a compound, more precisely, a compound complement. Accordingly, the language unit expressing thought takes the form of a compound expressing a complex concept. In the author's speech, when the statement is insensitive, only the stem of the verb (de+di, de+gan edi, de+r edi, etc.) is changed (ayt+di, ayt+gan edi, ayt+ar edi, etc.). Key words: foreign speech, direct speech, indirect speech, text, microtext, macrotext, author's speech, message source, audibility seme, syntactic means, morphological means, speech verb, language construction, economy. 523 O‘zgalar nutqi nutqning alohida turi bo‘lib nutqiy vaziyatning alohida ko‘rinishi hisoblanadi. Bunday holda monologda so‘zlovchi (yozma nutqda muallif)ning nutqiga boshqa birovning nutqi, dialogda esa boshqa birovlarning nutqi qo‘shiladi. So‘zlovchining o‘z nutqi obyekti bo‘lib borliqdagi voqea-hodisa va faktlar xizmat qiladi. O‘zining monologik nutqi vositasida so‘zlovchi tinglovchi (adresat)ga borliq haqida axborot, ma’lumot beradi. So‘zlovchining dialog tarzidagi o‘z nutqi esa nutqiy amal (nutq akti) ishtirokchilarining borliq haqidagi suhbatidan iborat bo‘ladi [1, 335336]. O‘zbek tilida o‘zlashtirmalik ikki usul, ya’ni sintaktik va morfologik yo‘l bilan ifoda etiladi. Birinchi tur deganda ko‘chirma gapdan sintaktik yo‘l bilan hosil bo‘luvchi o‘zlashtirmalik nazarda tutiladi. O‘zlashtirmalikning bu turida ko‘chirma gap ham shaklan ham mazmunan o‘zgarishga uchraydi. Ko‘chirma gap shaklan birikma aniqrog‘i birikmali to‘ldiruvchiga aylanadi. Shunga ko‘ra fikr anglatuvchi til birligi murakkab tushuncha bildiruvchi birikma shaklini oladi. Muallif gapida esa bayon nohissiy bo‘lganda faqat uning kesimi vazifasidagi fe’l (de+di, de+gan edi, de+r edi va b.)ning o‘zagi o‘zgaradi (ayt+di, ayt+gan edi, ayt+ar edi va hokazo). Sintaktik yo‘l bilan hosil bo‘luvchi o‘zlashtirmalikning eng kichik ko‘rinishi ikkita o‘zak, negizga qo‘shimcha yoki yordamchi so‘z qo‘shish bilan yasaladi. Uning bir necha andozasi bor, barchasi ikki qismdan iborat bo‘ladi. Shulardan biri (o‘zlashtirma xabar)ning birinchi qismi to‘rt yoki besh uzvdan, ikkinchi qismi ikki uzvdan tuziladi. Ikkinchi qism vazifasida qo‘llanuvchi so‘zning soni cheklangan, birinchi qismda esa morfologik vosita soni chegaralangan. Jumladan, kelishik qo‘shimchasidan faqat bittasi yoki u bilan vazifadosh bo‘lgan ko‘makchi ishlatiladi: Ol+gan+i+ni ayt+di. Ol + ish + i + ni ayt+di. Ol+moqchi+lig+i+ni ayt+di. Ol+gan+i haqida gapir+di va hokazo. Sho‘ro davrida o‘zlashtirmalikning asosan ana shu turi nazariy jihatdan tadqiq qilinib oliy va o‘rta ta’limga tatbiq etildi, ya’ni qoidalashtirilib, kodifikatsiya qilindi. Bu tur ko‘chirma gap bilan qiyosan, u bilan bitta umumiy sarlavha (o‘zga gap) ostida o‘rganildi. O‘zlashtirmalikning o‘zbek tili sintaktik qurilishiga xos-xos emasligi masalasida bahslashildi [2; 3]. Mazkur ishlarda o‘zga gapning tuzilishi, mazmuni va qo‘llanishiga nisbatan mualliflarning munosabati bir xil emas. Chunonchi ayrim tilshunosning fikriga ko‘ra ba’zi ko‘chirma gap avtor gapiga nisbatan mustaqilligini saqlaydi. Shu bois uni bog‘langan qo‘shma gap deyish mumkin. Ikkinchi xil ko‘chirma gap esa avtor gapini izohlab keladi va unga nisbatan ergash gap vazifasini bajaradi. Binobarin bunday ko‘chirma gap ergash gapga aylangan bo‘ladi [4, 9]. Akademik G‘. Abdurahmonov fikriga ko‘ra o‘zlashtirmalikning birinchi turi zohiran sodda, mazmunan qo‘shma gapga teng keladi. Shunga ko‘ra unda ikkita fikr ifodalanadi. Bu ayniqsa noqardosh tillar bilan qiyoslaganda yaqqol seziladi: Kitob olganini aytdi. ‒ Он сказал, что (он) покупал книгу. ‒ Er sagte, daß er ein Buch gekauft hat. O‘zlashtirma 524 gapning oliy o‘quv yurti darsligida sodda gap shaklida bo‘lishi e’tirof etiladi-yu qo‘shma gap bahsida beriladi [5]. Bu rus tiliga taqlid oqibatidir. Chunki rus tilida o‘zlashtirma gap ergashgan qo‘shma gap shaklida bo‘ladi. Ko‘chirma va muallif gapidan bitta sodda gap hosil bo‘ladi. Til faktlariga murojaat qilamiz: U har safar devor oshganda, endi kolxozda “katta qoziq” bo‘lganini aytib, Mehriga shon-shuhrat va’da qilar edi. 1 (107) Ushbu misol murakkab sodda gap, kesimi mazmunan ikkita, uyushib kelgan. Ammo shaklan o‘zbek adabiy tilining sintaktik qurilishi inobatga olinganidan birinchi qism predikativ shaklga ega emas (aytib). Bu shakl gapning oldingi qismini keyingi qismi bilan bog‘lash vazifasini bajaradi. Yozuvchi so‘z bog‘lovchi (va)ni qo‘shimcha bog‘lovchi (-ib) bilan almashtirgan. Natijada ikkala qism uzviy bog‘langan. Shu nazarda tutilmasa muallif gapi kesimining to‘liq shakli qo‘llanib ega, kesim munosabati ifodasini topadi: U .... aytar edi. Bundan tashqari shu bitta gap alohida abzas qilib berilgan. Bu bilan gapda ifodalangan fikrni mikromatnning boshqa qismidan ajratib ko‘rsatib unga o‘quvchining diqqati jalb qilingan. Endi ushbu misolning ruscha tarjimasini olib ko‘raylik: Добавим, что Зулфикаров не ограничивался вещественными дарами. Во время своих посещений он стремился также и поддержат дух Мехри, говоря, что тепер он в колхозе болшой человек, и намекая при этом, что-нибуд достанутся почести и даже слава (206). Tarjima ham alohida abzas qilib berilgan. Ammo uning hajmi asl nusxadan ikki baravardan ham katta. Buning boisi tarjimadagi birinchi gap asl nusxada yo‘q. Bir necha so‘z va birikma ham qo‘shilgan. Bundan tashqari o‘zlashtirma gap uyushiq kesimining har biri mustaqil predikativ shaklga ega bo‘lganidan ikkita o‘zlashtirma gap hosil bo‘lgan. Shunga ko‘ra tarjimada o‘zbek matniga xos tejamkorlik aks etmagan. Ayni paytda asl nusxada abzasning boshida qo‘llangan sifatdosh birikma orqali yozuvchi o‘quvchining diqqatini Zulfiqorov bilan Umidaning munosabati milliy axloq qoidalariga oddiy so‘zlar qo‘llanganidan (во время своих посещений) ifoda asl nusxada nazarda tutilgan ta’sir kuchini yo‘qotgan. Nemischa tarjimadagi abzasning hajmi ruscha tarjimaga mos. Chunki birinchi gap qo‘shilgan aniqrog‘i oldingi abzasdan bu yoqqa ko‘chirilgan. Boshqa ko‘p jihat ham rus tiliga aynan o‘xshash. Faqat abzasning o‘zlashtirma gap qismida nemis tilining o‘ziga xos grammatik xususiyati inobatga olingan. Nutq fe’li (erklärte)dan keyin bog‘lovchisiz ergash gap qo‘llangan bo‘lib so‘z tartibi mustaqil sodda gapdagidek. Birinchi kesim prezens kon’yunktiv (sei), ikkinchi kesim imperfekt kon’yunktiv shakli orqali ifodalangan: 1 Mazkur maqoladagi tahlilga tortilgan misollar A.Qahhorning Sinchalak asari va uning ruscha (Ptichka nevelichka) hamda nemischa (Sekretär Saida) tarjimalaridan olindi. 525 Es ist hinzuzufügen, daß Sulfikarows Geschenke nicht nur materieller Art waren. Während seiner Besuche bemühte er sich auch, Mechris moralische Verfassung zu helfen, indem er erklärte, er sei jetzt in der Kolchose ein großer Mann, und irgendwann einmal würde auch ihr, Mechri, mit seiner Hilfe Ehre und Ruhm zuteile. (112-113) Bitta sodda gapda ikkita ko‘chirma gap o‘zlashtirib bayon qilinishi mumkin: Qalandarov byuro sostaviga taklif qilgan nomzodlaridan Usmonjon Umarov o‘tmaganini, uning o‘rniga Ismoiljon Normatov o‘tganini eshitib, garchi shu odamni taklif qilish esiga kelmaganiga ichidan achinsa ham, jon-poni chiqib ketdi (85). Bu misolda ham muallif gapining kesimi fe’l bo‘lsada noto‘liq predikativ shaklga ega. Fe’l o‘zagi xabarning o‘zlashtirilganini anglatib qo‘shimchasi (-ib) gapning oldingi qismini muallif gapining to‘liq shakllangan kesimi bilan bog‘laydi (jon-poni chiqib ketdi). Muhim farq shuki ikkita ko‘chirma gap o‘zlashtirilganidan birikmali to‘ldiruvchi ikki marta qo‘llangan. Nutqiy maqsad talabi bilan gap tarkibidagi yetakchi so‘zlarning valentligi voqelanganidan o‘zlashtirma gap ancha kengaygan. Yana o‘zlashtirma xabar abzasning birinchi gapi, abzas esa bo‘limning birinchi abzasi ekanligi nazarda tutilsa unga mantiqiy urg‘u tushgan deyish mumkin. Muallif gapining egasi atoqli ot (Qalandarov) bilan ifoda etilgan bo‘lib tasvirlangan voqea-hodisa shu shaxsga daxldor. Nutqiy vaziyat talabiga ko‘ra yozuvchi atigi ikkita gapni alohida abzas qilib Qalandarovning salbiy munosabatini yuqori darajada birinchisida lug‘aviy vosita, ikkinchisida bundan tashqari grammatik vosita hamda nolisoniy omil (yozuvda undov belgisi) orqali ifodalangan. (Bu gap misolda berilmagan). Ruscha tarjimada asl nusxadagi bayon tarzi o‘zgartirilgan. Oqibatda atigi ikkita gap oltita katta-kichik gapga aylanib o‘n bir qatorli abzas hosil bo‘lgan. Tarjimon abzasning boshidan oxirigacha diqqat-e’tiborni Qalandarovning salbiy xususiyatini bo‘rttirib bayon qilishga qaratgan. Shu bois to‘rt o‘rinda undov belgisi qo‘yilgan. O‘zlashtirma xabardan atigi noto‘liq kesim ravishdosh shaklida (uznav) berilgan xolos. O‘zlashtirmalikni ifodalash uchun xoslangan to‘ldiruvchi ergash gapdan foydalanilmagan. Ism familiyasi keltirilgan shaxsdan bittasi tushirib qoldirilgan, ikkinchisining faqat ismi aytilgan va hokazo. Xullas yozuvchining o‘ziga xos uslubidan asar ham qolmagan. Mana o‘sha abzas: Узнав о случившемся, Каландаров был вне себя. В консе консов он, пожалуй, мог бы и сам выдвинут кандидатуру Исмаилджана, черт с ним, пуст бы был в бюро, он, Каландаров, вовсе не такой злопамятный, каким его считают! Его бесил не сам факт избрания Исмаилджана, а то, что он, Каландаров, внес предложение – хорошее или плохое, другой вопрос – и это предложение было отвергнуто! Он внес, а Саида отвергла! Вес свой гнев он тепер сосредоточил именно и персонално на Саиде. А осталные тоже хороши, уже готово, пошли у нее на поводу! (175-176) 526 Nemis tarjimoni ruscha matnga asoslanganidan ko‘pchilik qusur aynan takrorlangan. U ham o‘zlashtirma gap qo‘llamagan. Muallif gapining kesimini to‘liq predikativ shaklda (erfuhr) ishlatgan xolos. Yozuvchi uslubiga rioya qilmaslik oqibatida abzasga gap soni rus tilidagidan ham bitta ko‘paygan. Qo‘llangan iboralardan ayrimining ma’nosi rus tilidagidek asl nusxadan keskin farq qiladi. Masalan: ichida achinsa ham – chert s nim – der Teufel sollte ihn holen! va b. Boshqa xato va qusurlar ham borligidan abzasni to‘liq keltiramiz: Als Kalandarow erfuhr, was vorgefallen war, geriet er außer sich. Schließlich hätte er auch selbst Ismaildshan – der Teufel sollte ihn holen! – nominieren können. Sollte er doch in die Leitung hinein, er, Kalandarow, war gar nicht so übelnehmerisch, wie man glaubte! Nicht so sehr, daß Ismaildshan gewählt war, brachte ihn in Hornisch als vielmehr das: Er, Kalandarow, machte einen Vorschlag – ob gut oder schlecht, war eine andere Sache ‒, und dieser Vorschlag wurde einfach abgelehnt! Er machte ihn, und Saida lehnte ihn ab! Sein ganzer Zorn richtete sich jetzt speziell und persönlich gegen Saida, und die anderen, natürlich, die waren gleich bereit, ließen sich von ihr ins Schlepptau nehmen! (75) O‘zbek tilida o‘zlashtirmalik ikki usul bilan ifoda etiladi: biri sintaktik, biri morfologik. Sintaktik yo‘l bilan hosil bo‘luvchi o‘zlashtirmalikning eng kichik ko‘rinishi ikkita o‘zak, negizga qo‘shimcha yoki yordamchi so‘z qo‘shish bilan yasaladi. Uning bir necha andozasi bor, barchasi ikki qismdan iborat bo‘ladi. Shulardan biri (o‘zlashtirma xabar)ning birinchi qismi to‘rt yoki besh uzvdan, ikkinchi qismi ikki uzvdan tuziladi. Ikkinchi qism vazifasida qo‘llanuvchi so‘zning soni cheklangan, birinchi qismda esa morfologik vosita soni chegaralangan. Jumladan, kelishik qo‘shimchasidan faqat bittasi yoki u bilan vazifadosh bo‘lgan ko‘makchi ishlatiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Зикриллаев Ғ.Н. Руҳ ва тил. Тошкент: Фан, 2018. 2. Иминов А. Ўзлаштирма гап борми? Ўзбек тили ва адабиёти журнали. 1990, 3-сон. 3. Номозов К., Йўлдошев Б. “Ўзлаштирма гап борми?” мақоласини ўқиб. Ўзбек тили ва адабиёти журнали. 1993, 4-сон. 4. Назарова Х. Эски ўзбек ёзма ёдгорликларида кўчирма гапларнинг қўлланиши. Тошкент, 1959. 5. Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. Тошкент, “Ўқитувчи”, 1987. 6. Рўзиев Я.Б. Немис адабий тилида ўзлаштирма нутқ. International Scientific and Practical Conference "Modern philological paradigms: interaction of traditions and innovations II", www.myscience.uz. 18.03.2022, p. 72-77 7. Рўзиев Я.Б. Ўзбек тилшунослигида кўчирма ва ўзлаштирма нутқнинг талqину тавсифи. БухДУ илмий ахбороти. – Бухоро: БухДУ, 2022. -№ 4cон. 68-77-б.