scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ASTRONOMIYAGA OID LEKSEMALARNING FRAZEOLOGIK TABIATI

Muxtorjon Baxtiyarov, Fotimaxon Baxtiyarova

Abstract

ASTRONOMIYAGA OID LEKSEMALARNING FRAZEOLOGIK TABIATI

Full text

568 ASTRONOMIYAGA OID LEKSEMALARNING FRAZEOLOGIK TABIATI Muxtorjon BAXTIYAROV O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, (PhD) dotsent Fotimaxon BAXTIYAROVA Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, (PhD) Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillarida mavjud astronomiyaga oid leksemalarning frazeologik xususiyatlari lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Frazeologizmlarning semantik transformatsiyasi, obrazlilik darajasi, xalq tafakkuridagi koinot tasvirlari va ularning stilistik funksiyasi o‘zbek va ingliz tilidagi astronomiyaga oid leksemalarning qiyosiy tahlili asosida yoritib beriladi. Abstract. This article analyzes the phraseological features of lexemes related to astronomy in Uzbek and English from a linguistic point of view. The semantic transformation of phraseologisms, the level of imagery, images of the universe in popular thinking, and their stylistic function are highlighted based on a comparative analysis of lexemes related to astronomy in Uzbek and English. Аннотация. В статье анализируются фразеологические особенности лексем, связанных с астрономией, в узбекском и английском языках с лингвистической точки зрения. На основе сопоставительного анализа лексем, связанных с астрономией, в узбекском и английском языках освещаются семантическая трансформация фразеологизмов, уровень образности, образы Вселенной в народном сознании, их стилистическая функция. Kalit so‘zlar: Lingvokulturologiya, astronomiya, frazeologizm, semantik transformatsiya, poetik tafakkur, kulturologik xususiyat, madaniy qadriyat. Ключевые слова: лингвокультурология, астрономия, фразеология, семантическая трансформация, поэтическое мышление, культурологическая особенность, культурная ценность. Keywords: Linguoculturology, astronomy, phraseology, semantic transformation, poetic thinking, culturological feature, cultural value. Kirish. Frazeologik birliklar har bir tilning emotsional, obrazli va madaniy qatlamini tashkil etadi. Astronomik terminlar esa ilmiy tushunchalar bo‘lishiga qaramay, xalq tilida ko‘chma ma’noda, estetik va poetik tusda qo‘llaniladi. O‘zbek tilida “oydek go‘zal”, “quyoshdek porloq”, “yulduzdek porlash” kabi iboralar xalqning koinotga bo‘lgan munosabatini aks ettiradi. Bu birliklar orqali xalq tafakkurining kosmik tasavvurlari, qadriyatlari va estetik ideallari tilga singdirilgan holda namoyon bo‘ladi. Frazeologik birlik — bu ikki yoki undan ortiq so‘zdan tashkil topgan, ko‘chma ma’noga ega, tayyor til birligi. Astronomik frazeologizmlar esa osmon jismlari, koinot 569 hodisalari asosida shakllangan obrazli iboralardir. Ular xalqning kosmologik qarashlari, qadimiy e’tiqodlari va poetik tafakkurining til shaklidagi ifodasidir. Masalan, o‘zbek tilida “Oydek go‘zal” — go‘zallik ramzi, “Oyning o‘n beshi qorong‘u, o‘n beshi yorug‘” — kulfat ketidan xursandchilikning borligi, “Quyoshdek porloq” — yorqinlik, baxt, “Yulduzdek porlash” — mashhurlik, ajralib turish, “Osmondan tushgan” — kutilmagan hodisa, ajablanish ma’nolarini ifodalaydi. Ingliz tilidagi astronomiyaga oid leksemalarning frazeologik tabiati tahlilga tortilganda quyidagicha izomorfik va allomorfik jihatlar kuzatildi: Har ikki tilga oid astronomik birliklarning ko‘chma ma’nodagi semalarining semantik guruhlanishini jadval asosida quyidagicha ifodalash mumkin: 1-jadval. Semantik guruh Misollar Ma’no turi Go‘zallik obrazlari O‘zbek tilida: Oydek go‘zal, yulduzli tun Ingliz tilida: Beautiful as rose Starry Night Estetik, poetik Yorqinlik ramzlari O‘zbek tilida: Quyoshdek porloq, nur sochmoq Ingliz tilida: Shining bright as sunshing Umid, hayot, baxt Kutilmagan hodisalar O‘zbek tilida: Osmondan tushgan (Ingliz tilida bu ibora konteksga qarab tarjima qilinadi) Ajablanish, hayrat Orzu-intilish obrazlari O‘zbek tilida: Yulduz sanamoq (Ingliz tilida osmon jismi nomi bilan ifodalanadigan bunday ideoma yo‘q) Romantik, istak Aytish mumkinki, tahlilga tortilgan o‘zbek va ingliz tiliga mansub astronomiyaga oid leksemalar orqali ifodalangan iboralardan ba’zilarining ekvivalenti har ikki tilde mavjud (Quyoshdek porloq, nur sochmoqShining bright as sunshing, yulduzli tunStarry Night), o‘zbek tilida mavjud ba’zi iboralarning ingliz tilidagi ekvivalenti aynan osmon jismi nomi bilan ifodalanmasligi (Oydek go‘zalBeautiful as rose), o‘zbek tilida mavjud astronomiya terminlari bilan ifodalanadigan yana bir iboraning mazmuni ingliz tilida kontekstda aniq bo‘lishi (Osmondan tushgan-ingliz 570 tilida bu ibora konteksga qarab tarjima qilinadi)) holatlari, shuningdek, o‘zbek tilida mavjud yana iboraning ingliz tilida lakuna so‘z ekanligi kabi o‘xshash va noo‘xshash holatlar kuzatildi. Bu kabi qiyosiy tahlillar ayrim astronomiyaga oid leksemalar yordamida hosil qilingan frazeologik birliklarning har ikki til uchun universalligini ko‘rsatadi, shu bilan birga har ikki tilga oid astronomik tabiatli iboralar o‘zida lingvokulturologik xususiyatlarni namoyon etganligi bilan farqlanadi. Ushbu leksik qurilmalar she’riyat, folklor, publitsistika va og‘zaki nutqda keng qo‘llaniladi. Ular nutqning ta’sirchanligini oshirishga, emotsionalekspressivlikni yuzaga chiqarishga va estetik didni shakllantirishga xizmat qiladi. Har ikki tildagi yuqorida keltirilgan astronomik obrazlarning belgi sifatidagi semiotik xususiyati shundaki, ular belgi sifatida: Oy — go‘zallik, quyosh — hayot, yulduz — orzu, osmondan tushish — mo‘jiza. Bu belgilar xalq tafakkurida milliy madaniyatga xos, kodlangan semantik maydonni tashkil etadi. Xususan, o‘zbek xalqining qadimiy e’tiqodlarida oy, quyosh, yulduzlar muhim ramzlar sifatida tilga singib ketgan. Frazeologik birliklar orqali bu jismlar baxt, orzu, go‘zallik, hayot ramzlariga aylangan. “O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati”da 5000 dan ortiq frazeologik birliklar orasida astronomik obrazlar asosida yaratilgan iboralar alohida o‘rin egallaydi. Xulosa. O‘zbek va ingliz tilidagi astronomik terminlar faqat ilmiy tushunchalar emas, balki tilning obrazli qatlamini boyituvchi frazeologik birliklardir. Ular orqali tilshunoslik, madaniyatshunoslik va poetika birlashadi. Astronomiyaga oid frazeologik birliklar qiyoslanayotgan tillarning obrazli qatlamini boyitish bilan bir qatorda, ular xalq tafakkurining koinotga bo‘lgan estetik munosabatini ham ifodalaydi. Lingvistik jihatdan bu birliklar semantik transformatsiyaga uchragan, stilistik jihatdan esa emotsional ta’sir kuchiga ega. Semiologik jihatdan esa ular xalq madaniyatining kodlangan belgilar tizimini tashkil etadi. Ularni o‘rganish har ikki tilning madaniyatini qiyoslab o‘rganishda tilshunoslik, madaniyatshunoslik, semiotika va poetika nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. UzSWLU konferensiyasi: O‘zbek tilining izohli lug‘atlaridagi astronomik terminlar. – T.: 2023. 2. Qarshiyeva Sh. Frazeologik birliklarning lingvistik tahlili. – CARJIS, 2022. 3. Bekiyeva M.J. Frazeologik birliklar va emotsional-ekspressivlik. – Oriens, 2024. 4. ZiyoNET – https://library.ziyonet.uz 5. Baxtiyarova F.S. Astronomik terminlarning poetik va stilistik tahlili. – T.: 2025