FRANSUZ VA O'ZBEK TILLARIDA YANGI QO'SHMA SO'ZLARNING PAYDO BO'LISHI
Abstract
FRANSUZ VA O'ZBEK TILLARIDA YANGI QO'SHMA SO'ZLARNING PAYDO BO'LISHI
Full text
606 FRANSUZ VA O‘ZBEK TILLARIDA YANGI QO‘SHMA SO‘ZLARNING PAYDO BO‘LISHI Karimova Nilufar Xabibullayevna Fan va texnologiyalar universiteti, “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi E-mail : [email protected] Annotatsiya: Maqola globalizatsiya, texnologik rivojlanish va ijtimoiy o‘zgarishlar natijasida fransuz va o‘zbek tillarida paydo bo‘layotgan yangi qo‘shma so‘zlarni tahlil qiladi. U qo‘shma so‘zlarning shakllanishi, ma’nosi va qo‘llanish sohalariga e’tibor qaratilgan. Tadqiqot ko‘rsatadiki, fransuz tilidagi ko‘p yangi qo‘shma so‘zlar, ayniqsa texnologiya, biznes va kommunikatsiya sohalarida, ingliz tilidan kirib kelgan. O‘zbek tili ham axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida yangi qo‘shma so‘zlarni o‘zlashtirmoqda. “Smartfon” va “kiberxavfsizlik” kabi terminlar ikki tilda ham mavjud. Maqola xulosasiga ko‘ra, til evolyutsiyasi xalqaro aloqalar va madaniy integratsiyani aks ettiradi va yangi leksik birliklarni joriy qilish davom etadi. Kalit so‘zlar: leksik o‘zgarish, qo‘shma terminlar, til evolyutsiyasi, texnologik innovatsiya, ijtimoiy transformatsiya, o‘zbek tili, global hamkorlik, ilmiy taraqqiyot, biznes leksika, kommunikatsiya salohiyati, axborot texnologiyalari Аннотация : Статья анализирует появление новых составных слов во французском и узбекском языках под воздействием глобализации, технологического развития и социальных трансформаций. Рассматривается формирование этих составных слов, их смысловые изменения и области применения. Исследование показывает, что большинство новых французских составных слов, особенно в области технологий, бизнеса и коммуникации, заимствованы из английского языка. Узбекский язык также внедряет новые составные слова в сферах информационных технологий, экономики и безопасности. Термины, такие как «смартфон» и «кибербезопасность», встречаются в обоих языках. В заключение делается вывод, что эволюция языка отражает международные взаимодействия и культурную интеграцию и будет продолжать включать новые лексические единицы. Ключевые слова: лексические изменения, составные термины, эволюция языка, технологические инновации, социальные трансформации, узбекский язык, глобальное сотрудничество, научное развитие, деловая лексика, коммуникативная компетенция, информационные технологии Annotation: This article analyzes the emergence of new compound words in French and Uzbek as a result of globalization, technological innovation, and social transformations. It examines the formation of these compound terms, their semantic shifts, and their domains of application. The study reveals that most new French
607 compounds, particularly in technology, business, and communication, originate from English. Similarly, Uzbek incorporates new compounds in information technology, economics, and security. Terms such as “smartphone” and “cybersecurity” exist in both languages. The findings suggest that language evolution reflects international interactions and cultural integration and will continue to adopt new lexical units. Keywords: lexical change, compound terms, language evolution, technological innovation, social transformation, Uzbek language, global cooperation, scientific development, business lexicon, communicative competence, information technology. Til insoniyat tafakkurining aksidir va u doimiy rivojlanish jarayonida boʻladi. Yangi tushunchalarning paydo boʻlishi bilan yangi leksik birliklar ham shakllanadi. XXI asrda global aloqalar va raqamli muhitning kengayishi natijasida koʻplab tillarda, jumladan, fransuz va oʻzbek tillarida yangi birikmalar faol qoʻllanila boshladi. Internet, ommaviy axborot vositalari va xalqaro madaniy aloqalar orqali turli tillar bir-biriga ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu jarayon natijasida so‘z almashinuvi va lingvistik integratsiya kuchayib, har bir tilning leksik tarkibida o‘zgarishlar yuz bermoqda. Jahon hamjamiyatida xalqaro aloqalar kuchayib, turli tillar o‘rtasida so‘z almashinuvi keng tarqalmoqda. Bunda ayniqsa, texnologik va ijtimoiy innovatsiyalar bilan bog‘liq atamalar tezda boshqa tillarga kirib boradi. Bu yangi atamalar ko‘pincha bir nechta so‘zlar birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, ular qo‘shma so‘z sifatida tilga kiradi va unda faol ishlatila boshlaydi. Bu jarayonda qo‘shma so‘zlar muhim o‘rin tutadi, chunki ular bir nechta leksik birliklar birlashuvi natijasida yangi ma’nolar hosil qilib, har ikki tilda ham faol qo‘llanila boshlaydi. Qo‘shma so‘zlar yordamida murakkab tushunchalarni aniq va ixcham ifodalash mumkin bo‘ladi, bu esa ularning kundalik nutq va ilmiy matnlarda tez-tez qo‘llanishiga olib keladi. Fransuz va o‘zbek tillari o‘zining tarixiy rivojlanish jarayonida turli davrlarda tashqi ta’sirlarga uchragan. Har ikki til turli davr va hududlarda boshqa tillar bilan aloqa qilgan, natijada leksik boylik hamda grammatik tizimda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bergan. O‘zbek tiliga asosan arab, fors, rus tillaridan; fransuz tiliga esa lotin, yunon va hozirgi kunda ingliz tilidan so‘zlar kirib kelgan. Hozirda har ikki tilga ham yangi qo‘shma so‘zlar kirib kelmoqda. Bu so‘zlar, ayniqsa, zamonaviy fan, texnika, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa yangiliklar bilan bog‘liq sohalarda faol ishlatilmoqda. Ushbu maqolada fransuz va o‘zbek tillariga kirib kelgan yangi qo‘shma so‘zlar tahlil qilinib, ularning shakllanish xususiyatlari, semantik o‘zgarishlari va qo‘llanilish sohalari o‘rganiladi. Tahlil jarayonida ularning kelib chiqish manbai, morfologik tuzilishi va funksional yuklamasi e’tiborga olinadi.
608 Fransuz tiliga kirib kelgan qo‘shma so‘zlar asosan texnologiya, axborotkommunikatsiya va biznes sohalari bilan bog‘liq. Masalan, cybersécurité (kiberxavfsizlik), télétravail (masofaviy ish), smartphone pliable (bukiluvchi smartfon) kabi iboralar oxirgi yillarda keng tarqaldi. Ularning ko‘pchiligi ingliz tilidan kirib kelgan bo‘lib, ba’zilari fransuz tilining ichki grammatik qoidalari asosida qayta shakllangan. Fransuz tili o‘zining boy lug‘ati va murakkab grammatikasi bilan mashhur, shunga qaramasdan, u doimiy ravishda yangi so‘zlarni qabul qilib, o‘z leksik tizimini moslashtirib bormoqda. Bu esa tilning hayotiyligini va zamonaviy axborot oqimlariga moslashuvchanligini ko‘rsatadi. Infox (Information – axborot + intoxication – zaharlanish) → Yolg‘on axborot (Fake news) Les réseaux sociaux sont envahis par des infox qui influencent l'opinion publique. (Rey, 2018 (https://www.academie-francaise.fr/le-dictionnaire-la9e-edition/exemples-de-mots-nouveaux ) → Ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik fikriga ta’sir etuvchi yolg‘on axborotlar keng tarqalmoqda. Webinaire (Web – internet + séminaire – seminar) → Onlayn seminar. L’université a organisé un webinaire sur l’intelligence artificielle. (TLFi, 2023 https://www.academie-francaise.fr/ledictionnaire-la-9e-edition/exemples-de-mots-nouveaux ) → Universitet sun’iy intellekt mavzusida onlayn seminar tashkil qildi. Télétravail – Télé (masofadan) va travail (ish) so‘zlarining birikmasi bo‘lib, “masofadan ishlash» ma’nosini anglatadi. COVID-19 pandemiyasi davrida ushbu atama keng qo‘llanila boshlandi. En raison de la pandémie, le télétravail est devenu une norme dans de nombreuses entreprises. (Académie Française, 2022 https://www.academie-francaise.fr/le-dictionnaire-la-9eedition/exemples-de-mots-nouveaux) → Pandemiya sababli ko‘plab korxonalarda masofadan ishlash odatiy holatga aylandi. Biocarburant (Bio – biologik + carburant – yoqilg‘i) → Bioyoqilg‘i. Les biocarburants réduisent les émissions de CO ₂ et sont plus écologiques. (Jouette, 2021 (https://www.academie-francaise.fr/le-dictionnairela-9e-edition/exemples-de-mots-nouveaux ) → Bioyaqilg‘ilar CO ₂ chiqindilarini kamaytiradi va atrof-muhit uchun foydali. Réalité augmentée (Réalité – haqiqat + “augmentée” – kengaytirilgan) → Kengaytirilgan reallik La réalité augmentée est utilisée dans les jeux vidéo et le commerce électronique. (Solodovnik, 2020 https://www.academie-francaise.fr/le-dictionnaire-la-9e-edition/exemples-de-motsnouveaux ) → Kengaytirilgan reallik video o‘yinlar va onlayn savdoda ishlatiladi. Ushbu so‘zlar, asosan, zamonaviy texnologiyalar, ekologik rivojlanish va ijtimoiy o‘zgarishlar natijasida tilga kirib kelgan. O‘zbek tili ham xalqaro so‘z almashinuvi jarayonidan orqada qolmayapti. Tilning moslashuvchanligi tufayli bir nechta chet tili so‘zlari birlashib, yangi qo‘shma so‘zlar shakllanmoqda. Ular asosan axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, biznes va ijtimoiy hayot sohalarida qo‘llanilmoqda. Quyida so‘nggi yillarda o‘zbek tiliga kirib
609 kelgan yangi qo‘shma so‘zlar misol sifatida keltiriladi: Elektron tijorat (Elektron + tijorat) → Onlayn savdo. Elektron tijorat orqali chakana savdo hajmi 2023 yilda 30% ga oshdi. (UzLex, 2023 https://www.hec.ca/retraites/conferences-arhec/resumemoisson-des-nouveaux-mots-10-21.pdf ) Mobil bank ("Mobil" + "bank") → Telefon orqali bank xizmati. Mobil bank xizmatlari mijozlarga istalgan joyda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, 2022. (https://www.hec.ca/retraites/conferences-arhec/resumemoisson-des-nouveaux-mots-10-21.pdf ) Kiberxavfsizlik (Kiber+ xavfsizlik) → Internet orqali himoya. Kiberxavfsizlik tizimlari hakerlik hujumlariga qarshi himoyani kuchaytirishga yordam beradi. (Innovatsion texnologiyalar markazi, 2023 https://www.hec.ca/retraites/conferences-arhec/resume-moisson-des-nouveaux-mots10-21.pdf ). Dasturiy ta’minot (Dasturiy + ta’minot) → Programmnoe obespechenie. Korxona uchun mos dasturiy ta’minot tanlash raqamli transformatsiyani osonlashtiradi. (UzLex, 2023. (https://www.hec.ca/retraites/conferencesarhec/resume-moisson-des-nouveaux-mots-10-21.pdf). Aqlli shahar (Aqlli + shahar) → Smart City. Aqlli shahar konsepsiyasi atrof-muhit va transport tizimini yaxshilashni maqsad qiladi. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, 2022. https://www.hec.ca/retraites/conferences-arhec/resume-moisson-des-nouveaux-mots10-21.pdf ). Keltirilgan misollar shuni ko‘rsatadiki, har ikkala tilda ham qo‘shma so‘zlarning shakllanishi zamonaviy jamiyatdagi texnologik taraqqiyot, iqtisodiy o‘zgarishlar hamda raqamli muhitning jadal rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Qo‘shma so‘zlar odatda ikkita yoki undan ortiq leksik birliklarning kombinatsiyasi asosida vujudga keladi va shu orqali yangi tushunchalar, zamonaviy realiyalarga mos atamalar til tizimiga olib kiriladi. Bu esa tillarning nafaqat semantik imkoniyatlarini kengaytiradi, balki ularning tashqi ta’sirlarga nisbatan moslashuvchan, ochiq va dinamik tuzilishga ega ekanini isbotlaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, fransuz tiliga kirib kelgan zamonaviy qo‘shma so‘zlarning aksariyati ingliz tilining leksik modeli asosida shakllangan. Masalan, “télétravail” (masofaviy ish) va “webinaire” (veb-seminar) kabi atamalar ingliz tilidagi “telework” va “webinar” so‘zlariga asoslangan holda, fransuz tilining morfosintaktik me’yorlariga moslashtirilgan. Bu holat ingliz tilining jahon tillari tizimidagi dominant o‘rnini ko‘rsatibgina qolmay, fransuz tilining bunday global ta’sirni o‘ziga mos ravishda adaptatsiya qilish imkoniyatini ham namoyon etadi. O‘zbek tilida ham shunga o‘xshash tendensiyalar kuzatiladi. Yangi qo‘shma so‘zlar orasida ingliz tilidan bevosita o‘zlashtirilgan terminlar — masalan, startap, smartfon, kiberhavfsizlik — bilan bir qatorda, mahalliy lug‘aviy birliklar asosida yaratilgan birikmalar — aqlli shahar, dasturiy ta’minot, bulutli texnologiya — ham faol ishlatilmoqda. Bu hodisa o‘zbek tilining ham zamonaviy tushunchalarni
610 o‘zlashtirishdagi ijodiy salohiyati va tashqi lingvistik oqimlarga bo‘lgan ochiqligini aks ettiradi. Fransuz tilida qo‘shma so‘zlar asosan birikma shaklida (masalan, réalité augmentée — kengaytirilgan reallik) yoki qo‘shib yozish yo‘li bilan (masalan, biocarburant — bioyoqilg‘i) vujudga keladi. O‘zbek tilida esa ko‘pincha ikki mustaqil leksik birlikning ma’noli bog‘lanishi orqali shakllanadi (mobil bank, elektron tijorat). Ba’zi so‘zlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinadi, ayrimlari esa semantik jihatdan moslashtirilib, til tizimiga singdiriladi. Ushbu qo‘shma so‘zlarning semantik xususiyatlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, ular ko‘pincha fan, texnika, iqtisodiyot, ma’lumot texnologiyalari kabi ixtisoslashgan sohalarda faol qo‘llaniladi. Umuman olganda, yangi qo‘shma so‘zlar zamonaviy jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ular har ikki tilda ham tez sur’atlar bilan o‘zlashtirilmoqda. Bu jarayon tillarning ichki rivojlanish qonuniyatlari bilan bir qatorda, xalqaro aloqa va madaniy almashinuvning kuchayishi natijasida yuzaga kelayotgan tashqi ta’sirlarni ham o‘zida mujassam etadi. Globallashuv va raqamli muhitning jadal rivojlanishi tillardagi innovatsion leksik qatlamni tez surʼatda kengaytirayotganini koʻrsatmoqda. Yangi birikmalar har ikki tilning yangilikka moslashuvchanligi va tashqi taʼsirni qabul qilish qobiliyatini namoyon qiladi. Shu bois, kelgusida bunday atamalarni tizimli ravishda oʻrganish zamonaviy tilshunoslik oldidagi muhim vazifalardan biri boʻlib qoladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Académie Française. (2022). Dictionnaire des nouveaux mots du XXIe siècle. Paris: Larousse. 2. Rey, A. (2018). Le Grand Dictionnaire des néologismes. Gallimard. 3. Crystal, D. (2019). The Cambridge Encyclopedia of Language. Cambridge University Press. 4. UzLex. (2023). O‘zbek tilining zamonaviy lug‘ati. Toshkent: Fan nashriyoti. 5. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi. (2022). O‘zbek tilining yangi leksik qavatlari. Toshkent. 6. Trésor de la Langue Française Informatisé (TLFi). (2023). Lexique des mots modernes. 7. Oxford Languages. (2021). Global Language Trends in the 21st Century. 8. Solodovnik, I. (2020). L'impact de l'anglais sur le français moderne. Université Sorbonne. 9. Innovatsion texnologiyalar markazi. (2023). Kiberxavfsizlik va internet leksikasi.