scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SPORT YO'NALISHIDA KASBIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHDA TERMINOLOGIK LEKSIKANING O'RNI VA AHAMIYATI

Shamirzayeva Zarifa Xudoyorovna

Abstract

SPORT YO'NALISHIDA KASBIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHDA TERMINOLOGIK LEKSIKANING O'RNI VA AHAMIYATI

Full text

632 SPORT YO‘NALISHIDA KASBIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHDA TERMINOLOGIK LEKSIKANING O‘RNI VA AHAMIYATI Shamirzayeva Zarifa Xudoyorovna Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti tayanch doktaranti E-mail: [email protected] Annotatsiya: Maqolada kasbiy kompetensiyani rivojlantirishda faoliyat (operatsion-texnologik) komponentning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Muallif Ya.A. Komenskiy fikrlariga tayangan holda til bilimining maqsadi — bilim olish va uzatish vositasi ekanligi, uni mukammal bilish esa amaliy faoliyatda samarali qo‘llay olish bilan belgilanadi, deb ta’kidlaydi. Faoliyat komponenti mutaxassisning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash, kasbiy vazifalarni bajarish va boshqarish ko‘nikmalarini ifodalaydi. Kalit so‘zlar: kasbiy kompetensiya, faoliyat komponenti, terminologik leksika, sport ta’limi, til va tafakkur, termin, terminologiya, mutaxassis tayyorlash, amaliy faoliyat, ilmiy tilda ifoda. Ya.A.Komenskiyning fikricha, oʻrganilayotgan tillar fanning asosi emas, balki bilim olish va uzatish vositasidir. Muayyan tilni bilishning mukammalligi uni ishlatishning amaliy vazifalari bilan belgilanadi[1] Faoliyat (operatsion-texnologik) komponent sport yo`nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyasi rivojlanishining asosiy qatlamini tashkil etadi. U mutaxassisning egallagan bilimlarini amalda qo‘llay olish, kasbiy vazifalarni samarali bajarish, ta’lim yoki ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlarini ifodalaydi. Mazkur komponent orqali kasbiy kompetensiya nazariy bilimlardan amaliy faoliyatga o‘tish bosqichida shakllanadi. Faoliyat komponentining mazmuni ko‘nikma, malaka, metod va texnologiyalarni amalda tatbiq etish jarayoni bilan belgilanadi. U o‘qituvchining yoki mutaxassisning faoliyatini tashkil etuvchi operatsion harakatlar, kasbiy texnologiyalarni egallash darajasi hamda ularni ijodkorlik bilan qo‘llay bilish salohiyatini o‘z ichiga oladi. Kasbiy kompetensiyani shakllantirish jarayonida terminologik leksikaning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi, chunki har qanday sohada samarali faoliyat yuritish, avvalo, shu soha doirasidagi maxsus terminlarni chuqur bilish va ulardan to‘g‘ri foydalanish bilan bevosita bog‘liqdir. Mazkur holat, xususan, sport yo‘nalishidagi ta’lim jarayonida yanada dolzarbdir. Sport sohasiga oid terminologik leksika — bu sport faoliyatining mohiyati, jarayonlari, vositalari va natijalarini ifodalovchi maxsus atamalar tizimi bo‘lib, u o‘quvchilarning kasbiy tili, muloqot madaniyati va tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi. 633 Terminlarni to‘g‘ri anglash va amaliy faoliyatda ularni aniq qo‘llay bilish bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Sport terminologiyasini o‘qitish va o‘zlashtirish jarayoni nafaqat lingvistik bilimni kengaytiradi, balki kasbiy fikrlash, kommunikativ madaniyat va amaliy faoliyatda terminlardan foydalanish malakasini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Terminologiya — bu ma’nodor tushunchalar va maxsus bilim va faoliyat sohalaridagi aniq voqeliklarni ifodalovchi so‘zlar va so‘z birikmalaridan iborat tizim, u adabiy tilning bir ostiztizimi hisoblanadi, tilning boyish manbalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi [2] va undan mustaqil mavjud bo‘la olmaydi[3] Terminologiyaning paydo bo‘lishi, shakllanishi va nutqda faoliyat ko‘rsatishi bilim-amaliy faoliyat jarayonida haqiqatni bevosita aks ettirish hamda ilmiy nazariya va amaliyotning rivojlanishi bilan bog‘liqdir[4] V.P.Danilenkoning ta’kidlashicha, terminologiya bu umumadabiy tilning mustaqil funksional turi, ya’ni an’anaviy fan tili (fan, ilm yoki texnika tili) nazarda tutiladi [5] X. Xyuellning qayd etishiga ko‘ra, terminologiya muayyan fanga oid terminlar yoki texnika sohasida qo‘llanadigan so‘zlar yig‘indisidir. Biz terminlar ma’nosini qayd etish orqali ular ifodalaydigan tushunchalami ham qayd etamiz[6] O.Vinokurning fikricha, termin - har doim aniq va ravshan. Terminlar sistemasi tili ongli shakllantiriladi. Zero, termin o'z-o'zidan, stixiyali tarzda paydo bolmaydi, balki zarurligi, jamiyatda unga ehtiyoj mavjudligi bois yaratiladi.[7] A.Gerdning Kognitiv-gnoseologik komponentining asosiy vazifalari Tahlil va qo`llash Professional matnlarni tushunish va tahlil qilish. Ilmiy maqolalar, qo`llanmalar va trening dasturlarini o`qish va tushunish. musobaqa qoidalari, sport metodikalari va trening rejalarini ingliz tilida tahlil qilish Mustaqil rivojlanish Yangi manbalarni o‘rganish, ilmiy tadqiqotlarni kuzatib borish va o‘z faoliyatida qo‘llash. Trening va pedagogik faoliyatni ingliz tilidagi manbalar asosida takomillashtirish. Kasbiy kommunikatsiyaga tayyorlanish. Trenerlar, murabbiylar va sportshunoslar bilan ingliz tilida samarali muloqot qilish qobiliyatini shakllantirish Amaliyotga tadbiq qilish O‘rganilgan termin va nazariy bilimlarni mashg‘ulotlar, treninglar va sport jarayonlarida qo‘llash. Muammolarni yechish va sport faoliyatini samarali boshqarish uchun ingliz tilidagi bilimlardan foydalanish. Nazariy bilimlarni egallash. Sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ingliz tilidagi termin va tushunchalarni o`rganish. Sport anatomiyasi, fiziologiyasi, metodikasi va psixologiyasi bo`yicha asosiy ilmiy bilimlarni egallanishi 634 mulohazasiga ko‘ra, tennin ilm-fan taraqqiyotining muayyan bosqichida mavjud tushunchalaming asosiy xususiyatlarini aniq va to‘laligicha aks ettiruvchi maxsus terminologik ma’noga ega tabiiy va sun’iy til birligi, ya’ni so‘zyoki so‘zbirikmasidir[8] O.Axmanovaning ta’kidlashicha, terminologiya qaysidir fan o‘z taraqqiyotining oliy darajasiga erishgandagina yuzaga chiqadi, ya’ni termin muayyan tushuncha aniq ilmiy ifoda kasb etgandan so'ng tan olinadi. Terminni notermindan farqlashning muhim vositasi uni ilmiy asosda ta’riflashmng mumkin emasligidadir.[9] Xulosa qilib aytganda, kasbiy kompetensiyani rivojlantirishda faoliyat (operatsion-texnologik) komponent hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, u mutaxassisning nazariy bilimlarini amaliy faoliyatda qo‘llay olish qobiliyatini ifodalaydi. Ushbu jarayon samaradorligi ko‘p jihatdan o‘quvchining terminologik leksikani puxta o‘zlashtirganligiga bog‘liq. Sport yo‘nalishida o‘qitiladigan terminlar nafaqat lingvistik bilimni kengaytiradi, balki talabalarda kasbiy tafakkur, kommunikativ madaniyat va amaliy muloqot ko‘nikmalarini shakllantiradi. Tilni mukammal bilish — bu uni amaliy faoliyatda samarali qo‘llay olish bilan belgilanadi, degan Ya.A. Komenskiy fikri kasbiy kompetensiyani rivojlantirishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Terminologiyani o‘zlashtirish jarayoni ilm-fan va amaliyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlaydi hamda bo‘lajak mutaxassislarning professional tayyorgarlik darajasini oshiradi. Shu bois, terminologik leksikani o‘qitish har qanday kasbiy ta’lim tizimining ajralmas va zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Коменский Я.А. Великая Дидактика// Ян Амос Коменский. Избранные педагогические сочинения. - М.: Учпедгиз, 1954, С. 164-391. 2. Даниленко В.П. Лексико-семантические и грамматические особенности слов-терминов// Исследования по русской терминологии. Под ред. В. П. Даниленко.-М.: Наука, 1971. С. 7-67. Александровская Л.В. Семантика термина как члена общелитературной лексики (на материале английской морской терминологии). Автореферат диссертации на соискание уч.степени канд. филологических наук. - М.: Изд. МГПИЯ им. М. Тореза, 1973. - 24 с. 3. Шмелев Д.Н. Современный русский язык. Лексика. Учебное пособие для студентов педагогических институтов по специальности «Русский язык и литература». -М.: Просвещение, 1977. - 335 с. 194 Сердюкова Н.Л. Сопоставительный анализ терминологии психиатрии в английском и русском языках/ На материале номинаций болезней и болезненных состояний. Автореферат диссертации ... кандидата филологических наук. - СПб: Изд-во СПбГУ, 1998. - 17 с. 635 4. Туманян Э.Г. О методе изучения языка как социолингвистической архисистемы// Методы социолингвистических исследований. — М.: Ин-т языкознания РАН, 1995. - С. 299 - 313. 5. Гендлина И.Е. Устойчивые словосочетания терминологического характера в языке немецкой технической литературы (на материале литературы по машиностроению): Конференция научных работников по вопросам лингвистики и методики преподавания иностранных языков. Тезисы докладов. - М.: 1¬й МГПИЯ им. М. Тореза, 1968. - С. 43 - 45.Михайлов А.И. См.: Русско-англо-французский словарь по информационной теории и практике. 6. Даниленко В.П. Русская терминология. Опыт лингвистического описания,- М.,: Наука, 1977. 7. Whewell W. The philosophy of the inductive sciences founded upon their history. Vo. I-II. - London, 1967. 8. Винокур Г.О. О некоторых явлениях словообразования в русской технической терминологии. Труды МИФЛИ. Т.%. Сборник статей по языкознанию. - М., 1961.-С.3-10. 9. Ахманова О.С.,Тер-Мкртичан С.А. Научное определение как лингвистическая и семиотическая проблема. Проблематика определений терминов в словарях разных типов.-М.: Наука, 1976.- С.57-63