FRANSUZ TILI KOMPARATIV FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING SEMANTIK TAHLILI
Full text
91 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar FRANSUZ TILI KOMPARATIV FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING SEMANTIK TAHLILI M.J. Isroilova Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasi katta o‘qituvchisi, f.f.f.d.(PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.17627412 Annotatsiya: Til elementlarining о‘ziga xos bо‘lmagan vazifa va ma’noda qо‘llanishi asosida transformatsiya erkin birikma yoki gapning tо‘g‘ri manosidan kelib chiqmaydigan frazeologik ma’no yuzaga keladi. Frazeologik birliklarni erkin birikmadan farqlovchi differensial mezon semantik transformatsiya va obrazlilikdir. Mazkur tadqiqot ishida frazemalarning maxsus turi hisoblangan komparativ frazemalar fransuz komparativ frazeologik birliklari semantikasi misolida fransuz milliymadaniy xususiyatlariga bo’gliq tarzda o’rganiladi. Kalit so‘zlar: frazeologiya, frazema, komparativ frazeologiya, simvolika/ramziylik, aktualizatsiya, transformatsiya, okkazionallik, stilistik xususiyat, individual-avtor o’zgarishlar Til elementlari majmui deb tushunilgan frazeologiyaga oid ilk nazariy qarashlar dastlab XIX asrning oxirida umumiy tilshunoslikka oid asarlarda tilga olina boshlangan. Jumladan, nemis tilshunosi German Paul so‘z birikmasi tarkibidagi leksemalarning ma’nosi butunlay boshqacha bo‘lgan ma’no anglatuvchi muayyan turg‘un iboralarni, ingliz tilshunosi Genri Svit tuzilishi jihatidan to‘g‘ri, ammo semantik jihatdan tartibsiz/noto‘g‘ri bо‘lgan idiomalarni, fransuz tilshunosi Mishel Breal[1] qat’iyligi va semantik shaffofligi bilan ajralib turadigan sо‘z guruhlari ("formules", "locutions", "groupes articulés"/"formules", "locutions", "groupes articulés ") mavjudligini kо‘rsatadi. Ferdinand de Sossyur “Umumiy tilshunoslik kursi”da о‘zi “tayyor iboralar” deb ataydigan frazeologik birliklarni ham e’tibordan chetda qoldirmadi. Yana bir fransuz tilshunosi Albert Seshe[2] о‘z navbatida, birinchi holatda komponentlarning semantik о‘ziga xosligini yо‘qotishi, ikkinchi holatda esa saqlanishi bilan ajralib turadigan ikki turdagi frazeologizmlar, sо‘z birikmalari va qо‘shma sо‘zlar borasida tadqiqot olib bordi. Frazeologiyaning fan sifatida shakllanishi fransuz-shvitsar tilshunosi Sh.Balli[1] nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u sо‘z birikmalari va frazeologik birliklarga ishora qilib: “Agar sо‘zlar guruhida har bir grafik birlik о‘zining individual ma’nosining bir qismini yoki hech birini saqlab qolmasa, bu elementlarning birikmasi yakka о‘zi juda aniq ma’noga ega bо‘lsa, bular qо‘shma iboralardir, bu - biz frazeologiya termini ostida tushunadigan faktlarning barchasidir" deb aytib о‘tadi [1]. Uning ishlarini davom ettirgan holda A.J.Greymas, E. Kosseriu, P. Giro[9], F. J. Osmann[10], Gaston Gross[8], Alen Rey[12] kabi frazeologlar fransuz tili frazeologiyasi rivojiga о‘z hissalarini qо‘shgan holda samarali tadqiqot olib bordilar. Shu bilan birga, frazeologik birliklarning individual-avtor о‘zgartirishlarining psixolingvistik jihatdan tadrijiy shakillanishi, badiiy matndagi frazeologik birliklarning semantik ifodasining о‘ziga xos jihatlari, stilistik xususiyatlari, frazeologik ellipsis, ikkilamchi aktualizasiya, komponent tarkibini almashtirish, frazeologik okkazionallik, zamonaviy fransuz matbuotida erkin va frazeologik birliklarning struktur tahlili muammolari olimlar tomonidan batafsil o‘rganilgan. Fransuz komparativ frazeologik birliklarini (KFB) semantik guruhlarga ajratishda ularning obrazli motivatsion asosi, fransuz xalqi ongida milliy-madaniy jihatdan ramzga aylangan xususiyatlarini inobatga olish muhim. Binobarin, bu tushuncha va predmetlar muayyan vaziyatlarning unsurlari bilan o‘zaro bog‘lanib, ayrim hollarda muayyan assotsiatsiyalarni keltirib chiqarishi tabiiy. Ular bir paytning o‘zida ham milliy ham baynalminal xarakterga ega bo‘lishi
92 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar mumkin. Ko‘pgina fransuzcha otlar frazeologik birliklarning tarkibiy qismlari ushbu til ona tilisi bo‘lgan so‘zlashuvchilari orasida juda barqaror assotsiatsiyalarni keltirib chiqaradi. Belgi o‘z tabiatida bo‘lgan narsadan boshqa narsani ifodalovchi obyekt, tasvir, yozma so‘z yoki tovush bo‘lishi mumkin. Ushbu yangi ma’no assotsiatsiya, o‘xshashlik yoki ijtimoiy muvofiqlik orqali beriladi. Oddiyroq qilib aytganda, belgi muallif tomonidan taklif qilingan taqqoslash deyish mumkin, ya’ni o‘quvchi uni dekodlashni bilishi bu o‘rinda muhim sanaladi. Masalan: Le feug‘ayrat, ehtiroslar, sevgi, ruh, intuitiv bilimni, le chêne uzoq umr, salomatlik, mustahkamlik, mag‘rur xarakterni, la sphère – mukammallikni, l'eau-poklanish, cho‘qinish, e’tiqod qilish, moslashuvchanlikni, le lion-jasorat, kuch, go‘zallik, olijanoblikni, l'œil-ravshanlik, hushyorlik, hamma narsani oldindan ko‘ra olishni, Xudoni, chameau – hushyorlikni, tigre – hasad, rashkni, loup – vahshiylik, aigle – aqlni ifodalash ramzi sifatida fransuz xalqi nutqida ishlatiladi. O‘rganilayotgan aniq obyekt sifatlar majmui bilan belgilanadiganligi sababli u anglashning ko‘plab yo‘llarini keltirib chiqaradi. Darhaqiqat, ramziy tasvir bir nechta ma’noga ega bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, amalga oshirilgan va belgining ma’nosini aniqlashga imkon beruvchi havola haqiqiy bo‘lishini va mantiqiy fikrlashga asoslanganligini ham ta’minlash kerak. Masalan: vert(e)- yashil rangi fransuzlarda ikkita bir-biriga qarama-qarshi ma’noda ishlatiladi. Birinchisi, vert belgisi yoshlikni ifodalashi mumkin. Ushbu ramziylikning kelib chiqishi bahor kurtaklari, yashillikka burkanishga qiyoslash asosida kelib chiqqan deb hisoblanadi. Vertning zid ma’nosi, kasal odamni ifodalash uchun ishlatiladi, chunki, ko‘ngil aynishi, kasal teri rangi ko‘pincha yashil rangda bo‘ladi deb hisoblanadi. Izlanish davomida hayvon nomlarining takroriy mavjudligi ramziy ahamiyatga ega. Ular ifodasining har xil ekanligi hayvonlarning turli fazilatlarini hisobga olgan holda dekodlanishini anglatadi. Misol uchun: le chat - bu mutlaqo erkin va mustaqillikka ega, u odamlarning hamrohi bo‘lishi mumkin lekin hech qachon ularga tegishli emas. Kichkina jussaga ega bo‘lishiga qaramay, u jonli va ta’sirchan hujum va mudofaa qobiliyatiga ega bo‘lgan hayvondir. Ushbu aniq tavsifdan ayni belgining mumkin bo‘lgan ma’nolarini sanab o‘tish mumkin. Mushuk odamlarning erkin va mustaqil ruhini va kundalik hayotdagi vaziyatlarga yoki hodisalarga moslashish qobiliyatini ramziylashtiradi: agile comme un chat. Mushuk vafotidan keyin qayta boshqa tanada yashash ramzi bo‘lishi mumkin: avoir neuf vie comme le chat; agar mushuk qora bo‘lsa, u salbiy belgini anglatishi mumkin: regarder comme un chat noir. Komparativ frazeologiik birliklar etaloni sifatida ishlaydigan ramziy belgilar mos ravishda ijobiy yoki salbiy assotsiatsiyalarni keltirib chiqaradi. Shunday qilib, standartga aylangan ijobiy yoki salbiy baholashning yashirin vaziyati lisoniy birlik semalarini vaziyatga ko‘ra ba’zan o‘zgartirgan holda, butun komparativ frazeologik birlikni ijobiy yoki salbiy baholashiga turtki bo‘ladi. O‘xshatishni baholash, asosan, o‘xshatish etaloniga, u qanday assotsiatsiyalarni ifodalashiga bog‘liq. Quyidagi fransuz komparativ frazeologizmlarida nafaqat fransuz balki baynalminal ramziylikni fodalovchi “chien” [1.Mammifère domestique dont de nombreuses races sont élevées ; spécialement le mâle (opposé à chienne). 2.Se regarder en chiens de faïence avec hostilité] bilan bog‘liq assotsiatsiyalarning to‘liq ifodasini ko‘rib chiqamiz. Bizga ma’lumki chien-sadoqat, do‘stlik ramzi hisoblanadi ammo fransuz komparativ frazemalarida bu belgining salbiy sifatlari ko‘proq aks ettiriladi: • être malade/fatigué(e) comme un chien - crever comme un chien galeux, très malade [ARSC :167]; • …comme un chien (péj.) - .. que de chien [ARSC :168];
93 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar • Arriver/venir ..comme un chien dans un jeu de quillestrès mal à propos, avec des mauvais traitements [ARSC :169] ; • Avoir du crédit comme un chien à la boucherien’en avoir aucun [ARSC :169]; • Las comme un chien -qui ne se dit plus [ARSC :169]; • crever comme un chien galeux-implique une mort misérable où l’on est abandonné de tous[ARSC :169] ; • s’entendre, vivre, être comme chient et chat-se disputer sans cesse[ARSC :169] ; • être comme le chien du jardinierêtre jaloux d’un bien qu’on ne désire pas soi-même ; • être comme un chien à l’attacheêtre tenu à des oblegations continuelle(pour son travail, etc) ; • être fait comme un chien fouavoir l’air négligé, être mal accoutré ou mal peigné ; • etriller quelqu’un comme un chien courtaudle rosser ; • coiffé comme un chien fouêtre ébouriffé, une personne très laide ; • nager comme un chien de plombtrès mal nager[12,ARSC :170] ; • tuer comme un chiensans pitié ; • ..comme un chien mouillé-en étant trempé ; • être malheureux comme un chien qui se noieun homme très malheureux ; • être heureux comme le chien qui se casse le nezun homme très malheureux(une antiphrase) [12, ARSC :170] ; • fidèle comme un chien-dont l’attachement, le dévouement à quelqu’un restent constants, et sur lesquels on est sûr de pouvoir compter. Yuqorida berilgan chien-it komponentli 17 ta komparativ frazema kasallik, g‘am-qayg‘u, baxtsizlikni, 1 ta frazema baxt ramzini ifodalaganligini ko‘rish mumkin. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, ma’lum millat ongida in’ikos etgan ramz bir paytning o‘zida bir-biriga zid ma’no ifodalashi mumkin. Bunga sabab komparativ frazema tarkibidagi o‘xshatish predmeti tabiati, uning xususiyati bilan bir qatorda sifat ham muhim rol o‘ynaydi. Sifat orqali solishtirishda ko‘p hollarda baholash birinchi komponentga, og‘zaki o‘xshatishda esa ikkinchi komponentga bog‘liq bo‘lib, birinchi komponentning sifatlovchisi sifatidagi ulushi ancha yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, komparativ frazema tarkibida ishlatilgan ramziy belgining ma’nosiy salbiydan ijobiyga o‘zgarishi frazema tarkibida ishlatilgan sifatga bog‘liq. Sifat salbiy baholi bo‘lsa KFB tarkibidagi ijobiy baholi ramz salbiy vaziyatga nisbatan ishlatiladi. Sifat ma’no turlariga ko‘ra frazeologik birlik tarkibida ijobiy yoki salbiy baholashning ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Masalan : adjectifs de couleur : blanc, noir, rouge, rose ; adjectifs désignant l’apparence de la forme : corpulent, étroit, courbé, plat; adjectifs caractéristiques : modeste, gai, avare, simple, gentil, gentil; adjectifs de statut : vieux, riche, chaleureux, calme, cool, ouvert, heureux ; adjectifs de mesure: large, étroit, long, proche, large, lourd; adjectifs de goût: aigre, amer, insipide, sucré; adjectifs désignant l’odeur: piquant, parfumé, puant ; adjectifs de lieu et de temps: soir, matin, automne, printemps). Bunday holatda hukmning ijobiy yoki salbiy bo‘lishi til egasi vaziyati, millatning milliy-madaniy, estetik xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq. Quyida ba’zi sifatlar orqali salbiy yoki ijobiylikni ifodalagan komparativ frazeologizmlarni ko‘rib chiqamiz. Blanc, blanche (adj.) - oq sifati fransuz tilida odatda tana rangi, yuzning qo‘rquv va kasallikdan (salbiy) oqargan holatini ifodalaydi : [ARSC :76] être blanc comme un linge /un drap (so‘zma-so‘z :choyshab kabi oqarib ketgan), être blanc comme un linge, être blanc comme un drap(choyshabdek, bo‘zdek oqarib ketgan) yoki semantik ottenkasi kuchayishi bilan être blanc comme un cadavre, être blanc comme mort(jasad kabi oqarib ketmoq) kabi tarkibida sifat mavjud bo‘lgan komparativ
94 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar frazemalar salbiy bahoni, blanc comme du laitier(sutdek oppoq bo‘lmoq) esa ijobiy bahoni ifodalaydi. Shu o‘rinda vaziyatga nisbatan ishlatiluvchi blanc sifati ishtirokidagi komparativ frazemalarga ham e’tibor qaratsak. Ma’lum vaziyatga nisbatan ishlatiluvchi blanc li frazemalar asosan ijobiy bahoni ifodalashi mumkin, bu yerda sifat emas tarkibidagi etalon asosiy vaziyatni baholovchisi sifatida qaralishi lozim: sortir blanc d’une affaire(ishdan oppoq bo‘lib chiqmoq, ishdan silliq qutulmoq). Droit -to‘g‘ri, tik ma’nosi bilan inson tashqi ko‘rinishi va xarakteri-rostgo‘ylikni, ya’ni ijobiylikni ifodalaydi : [ARSC :295 très droit, très rapide(en parlant d’une personne)]; Droit comme un cierge(shamdek tik, to‘g‘ri), droit comme un échalas (ustundek tik, to‘g‘ri), droit comme un I (I (harfi) kabi to‘g‘ri-kaltakdek to‘g‘ri), Droit comme un jonc (buloqdek haqiqatgo‘y, musaffo), comme un sapin (archa kabi tik). Ammo antiteza orqali ifodalanishi, zid ma’no anglatish holatlarini ham uchratish mumkin :[ ARSC : 295 tordu, déjeté-egri, qiyshiq] droit comme une faucille (ss : o‘roqdek to‘g‘ri, aslida o‘roq qiyshiq shaklda bo‘ladi), droit comme la jambe d’un chien (it oyog‘i kabi to‘g‘ri). Heureux, malheureux -baxtli, baxtsiz sifati bilan : être malheureux comme un chien qui se noie (cho‘kayotgan it kabi baxtsiz bo‘lish), malheureux -baxtsiz sifati orqali salbiy konnotativlikni[ARSC :170un homme très malheureux ] va être heureux comme le chien qui se casse le nez (burnini sindirgan it kabi baxtli bo‘lmoq-aslida burni singan itning baxtli bo‘lishi notabiiy)- [ARSC :170un homme très malheureux ] heureux -baxtli ijobiy ma’noni ifodalovchi sifati orqali salbiy konnotativlikni ifodalash hollari mavjud. Demak, komparativ frazeologik birliklar tarkibidagi sifat baholashi har doim ham sifat bilan ifodalangan asosga bog‘liq emas. Antifraza asosida qurilgan komparativ frazeologizmlar bunga yaqqol dalil bo‘la oladi. Bunday iboralardagi standart asosga zid keladi, uni inkor etadi va frazeologik birlikka mutlaqo teskari ma’noni beradi, ya’ni sifat ijobiy baho beradi va taqqoslash obyekti uni salbiy bahoga o‘zgartiradi. Bunday frazeologizmni baholashning mohiyatini faqat uning barcha tarkibiy qismlarini tahlil qilish asosida tushunish mumkin. Shuningdek, komparativ frazeologizmlar insoniy fazilatlar va shaxslararo munosabatlarni ifoda etuvchi vaziyatni mifologik KFB lar asosida ifodalashi bilan bir qatorda, inson yashaydigan atrof-muhitni ham tavsiflaydi. Bunday qiyoslashlarni belgi va ma’no nuqtayi nazaridan rang-barang namoyon bo‘lishining intensivligini tavsiflovchi (comme le pot au noirzone océanique peu appréciée des marins en raison des conditions météorologiques qui y règnent ; situation à risque ; une situation instable et dangereuse) hayvon, osimlik dunyosini tavsiflovchi (dur comme de la pierre, dur comme fer) kichik guruhlari mavjudligini ta’kidlash joiz. Yuqoridagi tahlillarga ko‘ra, tadqiqot davomida topilgan fransuz komparativ frazeologik birliklar tarkibida hayvon, o‘simlik dunyosi, rang va mifologik ramzlar takrori ko‘zga yaqqol tashlandi. References: 1. BALLY, Charles (1951) Traité de Stylistique française. Paris, 3e éd. Librairie Klincksieck. p. 65-66. 2. Sechehaye A., « Les deux types de la phrase », Genève. 1920. p. 315-322. ; Sechehaye, A. 1921 : « Locutions et composés », Journal de psychologie normale et pathologique 18 : 654-675. 3. Sweet H. New English Grammar. Logical and Historical / H. Sweet. – London: Oxford University Press, 1930. – 499 p. 4. Cazelles N., « Les comparaisons du français » P. : Belin, 1996. – 336 p. ;
95 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar 5. Coseriu, E. Les procédés sémantiques dans la formation des. Cahiers Ferdinand de Saussure. 1982. P.1–17 6. Greimas A.J. Idiotismes, proverbes, dictons. Cahiers de lexicologies. – 1960. Vol. II. P. 41-61. 7. Gross G., « Les expressions figées en français : noms composés et autres locutions », P. : OPHRYS, 1996. – 161 p. 8. Guiraud P. Les locutions françaises. Presses universitaires de France, P. : 1962. – 232 p. 9. Hausmann F.J. La langue de la presse. Histoire de la langue française 1945-2000. Sous la direction de Gérald Antoine et Bernard Cerquiglini. – P. : CNPS EDITION, 2000 – p.199-210 10. Les expressions idiomatiques. Communication et language. №58, 1983. p. 38-48. 11. Musayev Q., Tarjima nazariyasi asoslari. Darslik.T. : 2005.-352 12. Rey A., Chantreau S, « Dictionnaire des expressions et locutions”. P. : Le Robert, 2007. – 896 p. 13. Г. Пауль. Принципы истории языка. М., 1960. 14. Маматов А.Э. Очерки по французской фразеологической стильистике –Т.: Ўқитувчи, 1989. – 118 с.; Потоская Н.П. Стильистика современного французского язика: Учеб. пособие // Н.П.ПотоскаЙ. – М.: Вис. школа, 1974. – 246 с.