scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TILLARNING HOZIRDA QO'LLANILISHI, QO'LLANMASLIGI VA TIL OILALARIGA AJRATILISHIGA KO'RA TASNIFI

Ruxshona Ziyodulla qizi Xolto'rayeva; Hulkar Faxriddin qizi Nurullayeva; Muharram Elmo'min qizi Xidirova

Full text

140 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar TILLARNING HOZIRDA QO‘LLANILISHI, QO‘LLANMASLIGI VA TIL OILALARIGA AJRATILISHIGA KO‘RA TASNIFI Ruxshona Ziyodulla qizi Xolto’rayeva Hulkar Faxriddin qizi Nurullayeva Muharram Elmo’min qizi Xidirova Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17627654 Annotatsiya: Bugungi globallashuv davrida dunyo tillarining o‘zaro ta’siri, ularning qo‘llanilish darajasi va holati tobora o‘zgarib bormoqda. Ayrim tillar xalqaro muloqot vositasiga aylanayotgan bo‘lsa, boshqalari esa yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Mazkur maqolada tillarning hozirgi holati, ularning qo‘llanilishi va qo‘llanmasligining asosiy sabablari hamda genealogik tasnifi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, tillarning madaniy va ijtimoiy rivojlanishdagi o‘rni ham yoritilgan. Kalit so‘zlar: til, til oilasi, xalqaro til, yo‘qolib borayotgan tillar, globalizatsiya, genealogik tasnif. Abstract: In today’s era of globalization, the interaction between world languages, as well as their level of use and status, is constantly changing. While some languages are becoming means of international communication, others are on the verge of extinction. This article discusses the current state of languages, the main reasons for their usage and non-usage, and their genealogical classification. It also highlights the role of languages in cultural and social development. Keywords: language, language family, international language, endangered languages, globalization, genealogical classification. Kirish Til — insoniyat jamiyatining eng asosiy aloqa vositasi, milliy madaniyat va tafakkurning ko‘zgusidir. Dunyoda mavjud bo‘lgan minglab tillar o‘zining tarixi, tuzilishi va qo‘llanish darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. Hozirgi kunda texnologik taraqqiyot, xalqaro aloqalar va global kommunikatsiyalar natijasida ayrim tillar keng tarqalib, jahon miqyosida ishlatilmoqda. Shu bilan birga, ko‘plab kichik etnik guruhlarning tillari unutilib, yo‘qolib bormoqda. Demak, tillarning hozirgi qo‘llanilishi va ularning genealogik tasnifi masalasi nafaqat lingvistik, balki ijtimoiy-madaniy jihatdan ham dolzarb mavzulardan biridir. Adabiyotlar tahlili va metodologiya Tilshunos olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra (R.Sayfullayeva, N.Baskakov, A.Sodiqov va boshqalar), hozirgi dunyoda 6–7 ming atrofida til mavjud. Ularning ichida 20 ga yaqin til global darajada millionlab insonlar tomonidan ishlatiladi. Masalan, ingliz, xitoy (mandarin), ispan, arab, rus va fransuz tillari xalqaro miqyosda yetakchi o‘rinda turadi. Tadqiqotlarda qayd etilishicha, har ikki haftada bir til yo‘qoladi. Bu esa UNESCO tomonidan “yo‘qolib borayotgan tillar” ro‘yxatini tuzishga sabab bo‘lgan. Asosiy sabablar quyidagilar hisoblanadi: • Globalizatsiya va urbanizatsiya jarayonlari; • Rivojlangan tillarning iqtisodiy-siyosiy ta’siri; • Ta’lim tizimida mahalliy tillarning chetga surilishi; • Yoshlarda milliy tilga bo‘lgan befarqlik; • Raqamli makonda cheklangan ishlatilish. Shu bilan birga, ayrim mamlakatlar tilni saqlash va qayta tiklash siyosatini amalga oshirmoqda. Masalan, Uels tili (Cymraeg) va ivrit (Hebrew) tillari muvaffaqiyatli tiklangan tillar sirasiga kiradi. 141 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar Metodologik jihatdan maqolada tillarning ijtimoiy faoliyati, ishlatilish sohalari va genealogik kelib chiqishiga asoslanib tahlil qilindi. Web of Science’da nashr etilgan “Global predictors of language endangerment and the future of linguistic diversity” maqolasida til yo‘qolish jarayonini tug‘diruvchi omillar keng tahlil qilingan. U yerda 6 511 ta nutqiy til ma’lumotlar bazasi asosida 51 ta predictor (demografik, ijtimoiy, huquqiy, ekologik va infrastruktura ko‘rsatkichlari) o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida til xavfi ehtimoli bilan eng bog‘liq besh jarayon aniqlangan: 1. L1 (ona tili) so‘ylovchilar soni — tilni so‘zlashuvchilarning kamayishi xavfni oshiradi. 2. Qanday hududlarda boshqa tillar bilan chegaradosh bo‘lishi (bordering language richness) — turli tillar bilan chegaradosh hududlarda til xavfi yuqori bo‘lishi mumkin. 3. Yo‘l tarmog‘i zichligi (road density) — yo‘l tarmog‘i rivojlangan hududlarda odamlar harakatchanligi ortadi, bu esa til almashuv jarayonini tezlashtirishi mumkin. 4. O‘rta ma’lumot yillari (average years of schooling) — yuqori ma’lumot olgan jamiyatlarda dominant tillarga o‘tish ehtimoli katta bo‘lishi mumkin. 5. Ya’ni hududdagi boshqa tillarning xavf darajasi — atrofdagi tillar ham xavfli bo‘lsa, tildagi bosim oshadi. Asosiy qism 1. Tillarning hozirgi qo‘llanilishi Dunyo tillarining qo‘llanilish darajasi ularning aholi soni, iqtisodiy qudrati, siyosiy mavqei va madaniy ta’siri bilan chambarchas bog‘liqdir. Ingliz tili – xalqaro aloqa, fan, texnologiya va internet tili sifatida yetakchi o‘rinda. Xitoy (mandarin) – eng ko‘p so‘zlashuvchi til (1 milliarddan ortiq). Ispan, arab, rus, fransuz tillari – xalqaro diplomatiya va ta’limda muhim o‘rin tutadi. Ayni paytda, ko‘plab afrikalik va osiyolik xalqlarning tillari faqat mahalliy darajada ishlatiladi. 2. Tillarning qo‘llanmasligi va yo‘qolib borishi Ko‘plab tillar asosan kichik etnik guruhlar orasida so‘zlashiladi. Agar yosh avlod u tilda muloqot qilmasa, til asta-sekin unutiladi. Tilning yo‘qolishi — madaniyat va milliy xotiraning ham yo‘qolishidir. Masalan: Avstraliya aborigenlari tillarining 90 foizi yo‘qolib ketgan; Yaponiyaning Ainu tili deyarli so‘zlashuvdan chiqqan; Markaziy Osiyoda ham ba’zi qadimiy lahjalar va shevalar yo‘qolib bormoqda. 3. Tillarning genealogik tasnifiTilshunoslikda tillar kelib chiqish (genealogik) jihatdan o‘xshashliklariga: ko‘ra oilalarga ajratiladi. Eng yirik til oilalari quyidagilardir Til oilasi Misollar Hudud Indo-yevropa ingliz, rus, hind, fors, ispan, fransuz Yevropa, Osiyo Turkiy o‘zbek, turk, qozoq, uyg‘ur, qirg‘iz Markaziy Osiyo, Turkiya Semit arab, ivrit, amxar Yaqin Sharq, Afrika Sino-tibet xitoy, birman Sharqiy Osiyo Fin-ugor fin, eston, vengr Shimoliy Yevropa Dravid tamil, telugu, kannada Hindiston janubi Bantu (Niger-Kongo) suahili, zulu, xosa Afrika 142 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar O‘zbek tili turkiy tillar oilasining qarluq guruhiga kiradi va 50 milliondan ortiq inson tomonidan ishlatiladi. Xulosa Xulosa qilib aytganda, tillarning hozirgi holati insoniyat madaniyati va tafakkurining xilmaxilligini namoyon etadi. Maqolada aytilishicha, agar hech qanday choralar ko‘rilmasa, til yo‘qolishi tezligi keyingi 40 yil ichida uch barobar oshishi mumkin va har oy kamida bitta til yo‘qolishi ehtimoldan holi emas. Ba’zi tillar global miqyosda kengayib borayotgan bo‘lsa, boshqalari yo‘qolish xavfi ostida. Shu sababli, har bir xalq o‘z tilini asrash, uni yosh avlodga o‘rgatish, raqamli maydonda rivojlantirish va xalqaro miqyosda targ‘ib etish uchun harakat qilishi lozim.Til – millatning yuragi, tarixiy xotirasi va madaniy mavjudligining timsolidir. References: 1. Web of Science. Global Language Endangerment Index: Trends and Forecasts(2023). Clarivate Analytics. 2. Sayfullayeva R., Qurbonova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent, 2009. 3. Baskakov N.A., Sodiqov A.S., Abduazizov A. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent, 1979. 4. Bushuy A.M., Safarov Sh. Til qurilishi: tahlil metodlari va metodologiyasi. – Toshkent, 2007. 5. UNESCO. Atlas of the World’s Languages in Danger. – Paris, 2010. 6. Crystal D. Language Death. – Cambridge University Press, 2000.