ITALYAN TILIDAGI SOMATIK IBORALARNING TARJIMADA BERILISHI
Full text
232 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar ITALYAN TILIDAGI SOMATIK IBORALARNING TARJIMADA BERILISHI Behzod Xudoyqulov O’qituvchi, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17629168 ANNOTATSIYA: Frazeologik iboralarni o'rganish juda muhim, chunki ular nutqni yanada ravon va tabiiy qiladi. Frazeologik iboralar tilda so’zlashuvchilar orasida keng qo‘llaniladi va kundalik muloqotning ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu maqolada somatik iboralarning tarjimada berilishi hamda ma’noviy xususiyatlari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: frazeologiya, frazeologik ibora, somatizm, frazeologizmlar, tarjima. ПЕРЕВОД СОМАТИЧЕСКИХ ВЫРАЖЕНИЙ НА ИТАЛЬЯНСКИЙ ЯЗЫК Бехзод Худайкулов Преподаватель, Денауский институт предпринимательства и педагогики [email protected] АННОТАЦИЯ: Важно изучать фразеологизмы на всех языках, так как они делают речь более беглой и естественной. Фразеологические выражения широко используются носителями языка и являются неотъемлемой частью повседневного общения. В статье анализируются переводческие и семантические свойства соматические фразеологизмы. Ключевые слова: фразеология, фразеологическое выражение, соматические фразеологизмы, перевод. TRANSLATION OF SOMATIC EXPRESSIONS IN ITALIAN Bekhzod Khudaykulov Italian Teacher, Denau institute of entrepreneurship and pedagogy. [email protected] ANNOTATION: In all languages, learning phraseological expressions is very important because they make speech more fluent and natural. Phraseological expressions are widely used among speakers of a language and are an integral part of everyday communication. This article analyzes the translation and semantic features of somatic phraseological units. Keywords: phraseology, phraseological expression, somatic phraseological units, translation. KIRISH: Frazeologik birliklar semantik-uslubiy va sintaktik xususiyatlariga ko’ra so’z birikmalari, sodda va qo’shma gapdan ajralib, alohida bir turkum tashkil etadi, ya’ni frazeologik birliklarda so’z, so’z birikmalari va gapning bir-biriga zid qo’yilishi belgilari ma’lum ma’noda neytrallashadi, dialektik birlikda yaxlit holatda yuzaga chiqadi. Tilshunoslikda frazeologik birliklar koʼp qirrali lingvistik va madaniy birlik sifatida atroflicha oʼrganilgan. Mazkur birliklarda soʼzning oʼz maʼnosi emas, uning koʼchma maʼnosi yaxlitlikda namoyon boʼladi. Ushbu mustaqil qiymat tarkibiy qismlar qiymatining umumiy yigʼindisiga mos kelishi (baʼzan mos kelmasligi) bilan xarakterlanadi [Макарова С.Г.,1999:24].
233 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar Somatik frazeologik iboralar — bu inson tanasi (ya'ni, soma — yunoncha “tana”) bilan bog‘liq iboralardir. Ular odatda tana a’zolari (bosh, qo‘l, yurak, ko‘z, til, oyoq va h.k.) ishtirokidagi frazeologik birliklar bo‘lib, ko‘pincha ko‘chma ma’noda ishlatiladi. Masalan o‘zbek tilida: • Ko‘ngli ko‘tarildi – xursand bo‘ldi. • Ko‘zi tushdi – nimanidir xohladi yoki e’tiborini qaratdi. • Til topishdi – kelishib olishdi. • Yuragi orqaga tortdi – qo‘rqdi. Bu iboralarning leksik ma’nosi emas, balki ko‘chma (metaforik), frazeologik ma’nosi muhim. Somatik iboralarni o‘rganishning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi: ➢ Tilni chuqurroq tushunishga yordam beradi: Somatik iboralar milliy mentalitet, madaniyat va xalqning dunyoqarashini aks ettiradi. ➢ Tarjimada muhim: Har bir tilda somatik iboralarning o‘ziga xosligi bor. Masalan, o‘zbek tilidagi “Yuragi orqaga tortdi” iborasi inglizchada “He lost his nerve” kabi tarjima qilinadi. ➢ Lingvistik tadqiqotlar uchun asos: Frazeologiya, semantika va pragmatika sohalarida tadqiqot olib borishda qo‘llaniladi. Frazeologik iboralar keng toifani o‘z ichiga oladi. Somatik frazeologik iboralar – bu frazeologizmlarning bir turidir. Italyan tilida ham somatik iboralar inson tana azolari nomlari bilan bog‘liq iboralardir. Ular odatda ko‘chma ma’noda ishlatiladi. Masalan, quyidagi somatik iboralar va ularning ma’noviy xususiyatlarini tahlil qilamiz: • Fatto a mano – Qo’lda yasalgan, yasama • Prenderci la mano - O’rganib olmoq, qo’li kelishib qolmoq. • Ci si lavano le mani – Ma’suliyatsiz bo’lmoq biror ma’suliyat olmaydigan kishiga nisbatan. • Avere le mani sporche – Aybdorlikni ifodalaydi. (so’zma-so’z tarjimada - qo’llari kir bo’lmoq). • Lavarsene le mani – Ma’suliyatdan bosh tortish • Mettere la mano sul fuoco - Kafolat bermoq, aniqligini tasdiqlamoq • Mani pulite – To’g’ri, xatoga yo’l qo’ymagan • Stringere la mano – Yaxshi, muvaffaqiyatli kelishuvlar bo’lganda ishlatiladigan ibora. • Avere le mani lunghe - Qo’li uzun bo’lmoq, yetarli qudrati bo’lmoq. • Mettersi le mani nei capelli (si fa così quando si è disperati) –Umidsiz qolmoq ma’nosida. • Un pugno di mosche in mano – Hech narsaga erishmasdan, hech narsasiz qolmoq • Essere un tipo o una persona alla mano - do’stona, ko’ngli ochiq va har qanday vaziyatga kirishib keta oladigan odamga nisbatan ishlatiladi. • Essere a portata di mano - bu ibora biror joyni juda yaqinda joylashganini ifodalashda ishlatiladi. Ma’nosi: Juda yaqin, bir qadamda. Iboraning aksi - fuori mano; Ma’nolari: Uzoqda/ uzoqda joylashgan • Mettersi una mano sulla coscienza - Aql bilan/rahm – shavqat bilan munosabatda bo’lmoq/yordam bermoq. • Mette le mani avanti – Oldini ol, himoyalan – Biror salbiy holatni, hafagarchilikni oldini olishda ishlatiladi. • A mano a mano - Bu iboraning ma’nosi – sekin-sekin, bosqichma-bosqich. • Prendere per mano – Yordam bermoq, to’g’ri yo’lni korsatmoq . Frazeologik iboralar matnga emotsional, obrazli, ifodali ohang qo‘shadi.
234 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar Obrazli vositalarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilish asnosidagi qiyinchiliklar kelib chiqishining asosiy sabablari tilning milliylik, oʼziga xos xususiyatlari bilan bogʼliqdir [Axmedov, 2018: 123]. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, frazeologik iboralar quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega: • Frazeologik iboralar – bu ko‘chma ma’noga ega, barqaror tuzilishga ega bo‘lgan obrazli iboralardir. • Ularni so‘zma-so‘z tarjima qilish mumkin emas, balki ma’noviy ekvivalent topish zarur. • Frazeologik iboralar tilning emotsional va madaniy qatlamini tashkil qiladi. • Har bir tilda ular xalq ruhiyati va milliy tafakkurini aks ettiradi. Frazeologik iboralar – so‘zma-so‘z tarjima qilib bo‘lmaydigan, barqaror, ko‘chma ma’noli ifoda bo‘lib, bir butun ma’noni bildiradi. Frazeologizmlar odatiy so‘z birikmalaridan farqli ravishda o‘zining aniq va tayyor shakliga ega bo‘ladi. Frazeologizmlar odatiy so‘z birikmalaridan farqli ravishda o‘zining aniq va tayyor shakliga ega bo‘ladi. Iboraning tarkibidagi har bir so‘zni alohida tarjima qilinsa – asl ma’no yo‘qoladi. Frazeologik iboralar grammatik jihatdan o‘zgartirilmaydi (yoki juda kam hollarda) ularning shakli tayyor qolip sifatida qabul qilinadi. References: 1. Аҳмедов. О. С. Инглиз тили иқтисодиёт терминологиясида соматик ва зоономик компонентли терминларнинг таржимадаги лексик-семантик хусусиятлари. Иностранные языки в Узбекистане, (4), 2018. - 123-130. 2. Kovalev, V. Il Kovalev: dizionario russo-italiano, italiano-russo. Zanichelli. 2020 3. Крысин Л. П. Толковый словарь иноязычных слов. – М., 1998. – 503 с. 4. Макарова С.Г. Функционально-стилистический компонент коннотации фразеологических единиц русского и французского языков: Автореф. дис. ... канд. филол. наук. – Казань, 1999. – 24 с 5. Мусаев Қ. М. Таржима назарияси асослари. – Т., 2005. – 361 б. 6. https://dictionary.reverso.net/italian-english/ 7. https://context.reverso.net