scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BADIIY TARJIMADA LINGVISTIK EKVIVALENTLIK VA MADANIY UYG'UNLIK MASALASI

D.D.Tog'aymurodov; M.K.Xaitmamatova; Filologiya fakulteti

Full text

262 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar BADIIY TARJIMADA LINGVISTIK EKVIVALENTLIK VA MADANIY UYG‘UNLIK MASALASI D.D.Tog‘aymurodov Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasi mudiri M.K.Xaitmamatova Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo’nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17629425 Annotatsiya: Ushbu maqolada badiiy tarjimaning lingvistik va madaniy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida badiiy asar tarjimasida ma’no va uslub birligini saqlash, shuningdek, milliy ruh va madaniy uyg‘unlikni yetkazish muammolari yoritilgan. O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asaridan olingan iboralar asosida erkin, so‘zma-so‘z va harfma-harf tarjima usullari solishtirilgan. Natijalarga ko‘ra, erkin tarjima usuli badiiy matnning tabiiyligi va estetik jozibasini saqlab qolishda muhim rol o‘ynaydi. Tarjimonning asosiy vazifasi – asarning ma’nosi, ohangi va emotsional ruhini yangi til vositasida qayta yaratishdan iborat ekani ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: badiiy tarjima, erkin tarjima, lingvistik ekvivalentlik, madaniy uyg‘unlik, O‘tkir Hoshimov, iboralar tarjimasi. Abstract: This article examines the linguistic and cultural aspects of literary translation. The study highlights the challenges of preserving meaning, style, and national spirit in literary works during the translation process. Idioms from O‘tkir Hoshimov’s novel “Between Two Doors” were analyzed using literal, letter-by-letter, and free translation methods. The results demonstrate that the free translation approach plays a key role in maintaining the naturalness and aesthetic beauty of the text. It is emphasized that the translator’s primary task is to recreate the meaning, tone, and emotional spirit of the original work through the means of another language. Keywords: literary translation, free translation, linguistic equivalence, cultural harmony, O‘tkir Hoshimov, idiomatic expressions. Аннотация: В данной статье рассматриваются лингвистические и культурные аспекты художественного перевода. В ходе исследования анализируются проблемы сохранения смысла, стиля и национального духа при переводе литературных произведений. На основе романа Уткира Хошимова «Между двумя дверями» проведено сопоставление дословного, буквального и свободного способов перевода. Результаты показывают, что свободный перевод играет важную роль в сохранении естественности и эстетической выразительности текста. Отмечается, что основная задача переводчика — передать смысл, тон и эмоциональную атмосферу оригинала средствами другого языка. Ключевые слова: художественный перевод, свободный перевод, лингвистическая эквивалентность, культурная гармония, Уткир Хошимов, перевод фразеологизмов. Kirish Badiiy tarjimabu tilshunoslikning eng murakkab va jiddiy yo’nalishlaridan biridir. Bu tur adabiy asar, roman, hikoya, she’r, dramalarni bir tildan boshqa tilga to’g’ri tarjima qilish jarayoni. Ilmiy tarjimadan farqli o’laroq, badiiy tarjimada nafaqat matnning ma’nosini, balki uning emotsional ta’sirini, uslubi, ritmi, madaniy va estetik qadriyatlarini ham saqlab qolish asosiy fazifasidir. Har bir yozuvchining o’ziga xos yozish uslubi mavjud va tarjima qilinganda bu tasvirlash mahoratini saqlab qolish lozim. Badiiy tarjima borasida bir qancha jahon va mahalliy lingvist olimlar izlanishlar olib 263 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar borishgan. Bulardan ingliz va rus tarjimashunos olimi Roman Jakobson tarjima turlari va ahamiyati haqida izlanishlar olib borgan. Uning fikricha tarjima 3 turga bo’linadi; 1. Intralingual tarjimaog’zaki belgilarning bir xil tilning boshqa belgilari yordamida talqin qilinish; 2. Tillararo tarjimaog‘zaki belgilarning boshqa til yordamida talqin qilinishi. 3. Transmutatsiya yoki intersemiotik tarjimaog’zaki bo’lmagan belgilar tizimlarining belgilari yordamida og’zaki belgilarning talqini. 1 R.Jakobsonning bu tasnifi juda keng qamrovli, falsafiy va chuqur ahamiyatga ega, chunki bu nazariyasi tarjima tushunchasini kengaytiradi, har bir tur o‘ziga xos muammolarga ega ekanligini ko‘rsatadi va ijodiy jarayonlarni tushunishga yordam beradi. Bundan tashqari, amerikalik tilshunos J. Katford boshqa tomondan, ya’ni iboralarni tarjimasiga ko‘ra 3 qismga bo‘ladi; 1) So’zma-so’z tarjima. 2) Harfma-harf tarjima. 3) Erkin tarjima. 2 Bu usullar ko’pincha atama va iboralarni tarjimasida foydalaniladi. Sababi iboralar tilshunoslikda va adabiyotda qanday ma’noda ishlatilganiga qarab, turli fikrlarni keltirib chiqarishi mumkin Misol uchun, o’zbek tilidagi “Xudo biz bilan” iborasini oladigan bo’lsak, so’zma-so’z tarjimada “God with us” tarzida tarjima qilinadi, harfma-harf tarjimada “God is with us” tarzida, erkin tarjimada bo’lsa “Never mind about them” tarzida tarjima qilinadi. Bu usullardan to’g’risi erkin tarjima bo’ladi. Badiiy tarjima xalqlararo ko’prik vazifasini ham bajaradi, sababi bu tarjima turi turli xalqlar adabiyoti va madaniyatini bir-biriga tanishtiradi, ularning o’zaro boyishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari, bu uslub o’ziga xos bir san’at bo’lib, u ikki til va madaniyat o’rtasida uyg’unlik yaratishga qaratilgan ijodiy jarayon. Bu insoniyatning umumiy adabiy merosini kengaytiradi va uni ko’proq odamlar uchun ochiq qiladi. Misol qilib oladigan bo’lsak, Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romanini ingliz tiliga tarjima qilgan yozuvchi Mark Edvard Reese 3 nafaqat tarjima qilgan, balki uning ma’no, ohang, uslubiyat na jozibadorligini ham saqlab qolgan. Bundan tashqari, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, tarjimashunos olim, publitsist G’aybulla Salomov ham badiiy tarjima usullari to’g’risida ko’plab izlanishlar olib borgan. Tarjimashunosning fikricha, tarjima qilish natijasida yangi iboralar, terminlardan, birikmalar, obrazlar kirib keladi 4 . Ingliz va o’zbek tilida shakl jihatidan bir-biriga aynan muvofiq keladigan, xatto xususiyatlari ham o’xshash bir turkum birikmalari borki, ularni bir-biriga nafaqat muqobil variant, xatto yaxshi ekvivalent deb hisoblash mumkin. Ammo, asosiy narsama’no bir-biriga monand emas, shuning uchun bunday birikmalar xatto muqobil variant ham bo’lmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri, tarjima turiga va ma’nosiga e’tibor bermay tarjima qilishdir. Misol qilib shuni aytish joizki, o’zbek tilini o’rgangan chet elliklar ‘’ tepa sochi tikka bo’ldi’’ so’zini qanday qilib odamning tepa sochi tikka bo’lishi mumkin deb o’ylashlari uchrab turadi, lekin ular iborani asl ma’nosini ‘’ jahli chiqdi ‘’ deb tushunmaydi. Buning sababi, tarjimada yuqorida C. Catfordning nazaryasiga ko’ra erkin uslubda tarjima qilmay faqat grammatik jihatdan tarjimasini tushunishgan. Tillar bir-biridan e’tiborga olishi mumkin bo’lgan narsada emad, balki nimani yetkazishi kerakligi bilan farq qiladi. Ko’pincha, bir tildan boshqa tilga tarjima qilish, bir tildagi xabarlarni alohida kod birliklari uchun emas, balki boshqa tildagi butun xabarlar uchun almashtiradi. Bunday tarjima xabarli 1 Roman Jakobson ‘’On linguistic aspects of translation’’ 233 ‘’ 1959’’ 2 John Cunnison Catford ‘’ Linguistic theory of translation ‘’ 25 ‘’1965’’ 3 U.S. Peace Corps volunteer, academic ‘’2019 .17.11’’ 4 ‘’Tarjima tashvishlari’’ ziyo press 149 264 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar nutqdir; tarjimon boshqa manbaadan olingan xabarni qayta kodlaydi va uzatadi. Shunday qilib, tarjima ikki xil koddagi ikkita ekvivalent xabarni hamo’z ichiga oladi. Metodlar Ushbu tadqiqotda badiiy tarjimaning lingvistik va madaniy jihatlari tahlil qilindi. Metodologiya sifatida taqqoslama tahlil, semantik izoh va kontekstual yondashuv usullaridan foydalanildi. Tadqiqot materiallari sifatida O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asaridan olingan o‘zbekcha iboralar va ularning ingliz tiliga tarjimalari tanlab olindi. Ushbu iboralar so‘zma-so‘z, harfma-harf va erkin tarjima usullari asosida tahlil qilindi. Shuningdek, Roman Jakobsonning tarjima turlari haqidagi nazariyasi (intralingual, interlingual, intersemiotic) va J. C. Katfordning tarjima darajalari haqidagi g‘oyalari metodologik asos sifatida qo‘llanildi. Tahlilda har bir ibora ikki bosqichda ko‘rib chiqildi: (1) Leksik-semantik tahlil – iboraning asl ma’nosi va majoziy ifodasi aniqlanib, tarjima variantlari bilan solishtirildi; (2) Madaniy-ekvivalent tahlil – iboralardagi milliy-madaniy birliklar ingliz tilida qanday ifodalanganiga e’tibor qaratildi. Natijalar o‘zaro taqqoslash orqali baholandi va badiiy tarjimada erkin yondashuvning ustunliklari amaliy misollar bilan isbotlandi. Natijalar Asarni tarjima qilish uni qanday o’qishga to’g’rirog’i, qanday uqishga, qanday talqin etishga bog’liq.shuningdek, badiiy janrlar badiiy adabiyotning turli janrlarni o’z ichiga olgan bo’ladi 5 . Shu sababli ham bu turdagi tarjima ijodiy yondoshuv va umumiy ma’noni tushunishni talab qiladi. Sababi, o’zbek adabiyotidagi ko’plab ibora va birikmalarni o’zga tilga tarjima qilishda umumiy ma’noni tushunish talqab qilinadi. Misol qilib oladigan bo’lsak taniqli o’zbek yozuvchisi O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarida juda ta’sirchan iboralar qatnashgan va ular o’quvchiga o’sha davr holati hamda sharoitini oson tushunishiga va o’quvchini o’sha muhitda yashashi uchun yo’l ochadi. Ushbu asardagi iboralar erkin uslubda ya’ni umumiy ma’noni tushunish orqali tarjima qilinadi. 1) Tosh bog’laganmisan? Tezroq bo’lare you taking your sweet time? 2) Yuragimni vahima bosdimy stomach dropped 3) Qulog’ini kesgudek ovozi boricha baqirdia defining yell 4) Og’zim suv ochib ketdimy mouth was watering 5) Ko’zidan qo’rqinchli olov chaqnadi – his eyes blazed 6) Tilim tanglayimga yopishdiit was speechless 7) Quloq osib yotamizI am all ears 8) Qiyomat qopgandek bo’ldiall hell broke loose 9) Dunyoni buzg’udek chinqirdiscreamed at the top of the lungs 10) Og’zimda erib ketadisimply diviner 6 Ushbu asardagi eng ko’p qo’llangan iboralarni tarjima qilishda umumiy ma’noni tushunib, mos kelhan idiomaga tarjima qilinadi. Badiiy matn tarjimasi bilim va san’atkorlikni talab etadi. Badiiy matnning estetik qiymati undagi matn qanchalik darajada o’quvchi bilan muloqotga kirishgani bilan belgilanadi. Muhokama Shu o’rinda dunyoning ba’zi tarjimashunos, tilshunos olimlarining aynan “tarjima” so’ziga bergan ta’riflarini keltirib o’tsak. “Tarjima – mazmun va uslub birligini saqlagan holda asl nusxani boshqa til yordamida aniq takrorlashdir. Bunda tarjima qayta hikoya qilishdan farq qiladi, unda xorijiy asl nusxaning mazmunini yetkazish, mayda detallarni o’tkazib yuborish va uslubni takrorlash 5 Tarjimashunos G’aybulla Salomov “ Boburnoma” Toshkent 1996 6 O’tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi” 1985 265 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar haqida qayg’urmaslik mumkin. Tarjima mazmun va uslubning birligi boshqa til asosida qayta yaratiladi va shuning uchun tarjima tiliga xos bo’lgan yangi birlik bo’ladi. 7 ” Ushbu fikrga asoslanib yuqoridagi iboralarni mazmunan tushuntiradigan bo’lsak: 1ibora “ tosh bog’laganmisan” so’zi erkin holatda tarjima qilinganda tosh so’zidan foydalanilmaydi. Sababi, bu so’z “ nega buncha sekin ish qilyapsan” degan ma’noni beradi va tosh bog’lash bilan aloqasi yo’q. 2ibora “yuragimni vahima bosdi” so’zi so’zma-so’z tarjimasida yuragini vahima bosgani, itargani deyilsa erkin usulda biron bir hodisa yoki narsadan qo’rqqanlik ma’nosini beradi va yuragini vahima ustidan bosmaydi. 3ibora “qulog’ini kesgudek ovozi boricha baqirdi”. Ushbu birikmada baqirgan ovozi qulog’ini kesib oladi degani emas, balki shunchalar qatiq baqirganki , bu ovozining balandligidan qulog’i kesilgudek bo’lgan ya’ni juda baland ovozda baqirgan. Agar so’zma-so’z tarjima qilinsa, “cut” so’zidan foydalanardik. Lekin ma’nosi o’zgarib ketardi. 4ibora “og’zim suv ochib ketdi” birikmasi o’zidan suv oqqanini emas, balki shunchalar shirin ovqatni yeganda yoki yeyishdan oldin ishlatiladi va bunda “open” ya’ni ochmoq so’zi ishlatilmaydi. 5ibora “ko’zidan olov chaqnadi” so’zi aslida jahli juda chiqqanligini bildiradi va bu iboradi ko’zidan olov chiqishi haqida hech qanday ma’no yo’q. Hamda “fire” so’zi ishlatilsa ma’nosi xató bo’lib ketadi. 6ibora “tilim tanglayimga yopishdi” birikmasi tili tanglayiga yopishib qolganini emas, balki gapirolmay qolganini, nima deyishni bilolmayotganini anglatadi va bu iborani tarjima qilganda tilning yopishishi bo’yicha “stick” so’zidan foydalanilmaydi. 7ibora ‘quloq osib yotamiz” birikmasini so’zma-so’z tarjima qilganda qulog’ini osish ma’nosini beradi lekin ma’no chiqmaydi va bu tajimada “I am all ears” tarzida tarjima qilinadi, hamda so’zmaso’z tarjimada meni butun tanam quloqqa aylandi degan ma’no beradi. Biroq, erkin ma;noda seni butun vujudim bilan eshityapman degan ma’noni beradi. 8ibora “qiyomat qopgandek bo’ldi” iborasi qiyomat qopganini emas, balki hamma ish tartibsizlandi yoki hammasi teskari ketdi degan ma’noni beradi. Buning tarjimasida “qopmoq yoki qiyomat” so’zlaridan foydalanilmaydi. 9ibora “dunyoni buzg’udek chinqirdi” so’zi chinqirishi butun dunyoni buzganini emas , balki juda qattiq baqirganini bildiradi, hamda “break” degan so’zdan foydalanilmaydi. 10ibora “og’zimda erib ketadi” degan ibora biron narsa og’zida erib ketadi degan ma’noni emas, biron ovqat juda ham Shirin va mazali ekanligini bildiradi va bu yerda “melt” degan so’zdan foydalanilmaydi. Ushbu iboralarning hammasi erkin holatda tarjima qilinadi va ma’nosi saqlanib qolinadi. Hamda bu iboralarning asl ma’nosi, jozibadorligi saqlab qolinishi lozim. Sababi, til - nutq tuzib, fikr. his-tuyg'u, istak kabilarm ifodalashda xizmat qiladigan fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimi; kishilar orasida asosiy va eng muhim aloqa-aralashuv, fikrlashuv quroli bo’lib xizmat qiladigan ijtimoiy hodisa. Madaniyat tilda o'z aksini topadi. Masalan, yaponlar odatda "yo'q" so'zini ishlatishmaydi. Ular "yo'q" deyishdan qochish uchun boshqa so'zlar yoki gaplar ishlatishadi, chunki bu so’z boshqa xalq ma’daniyatlarida juda qo’pol eshitilishi mumkin va tarjimada aynan ana shu jihatlarga kata e’tibor qaratilishi lozim. Milliy odatlar narsa - hodisalar faqat o'ziga xos bo'lsa. ular tarjima qilinmaydi, masalan, sari, kimono, mahsi, kavish kabilar. Bular xuddi madaniy tenninlardek o'quvchilar uchun tushuntirib beriladi. Agar maxsus so'z ahamiyatga arzimaydigan bo'lsa, u 7 J.C.Catford “ A lingual theory of translation “oxford university press 1965. 266 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar oddiygina boshqa so'z bilan almashtiriladi. Shunday qilib, tarjima yuzlashadigan eng qiyin muammolardan biri buyumlar yoki voqea - hodisalarning leksik ekvivalentini topishdir. Tarjimon faqatgina ikki tilni emas, balki ikki madaniyatni taqqoslaydi. Madaniyatlaming farqi tufayli tarjima qilinadigan tildagi tushunchalarda taJjima qilinayotgan tilda leksik ekvivalent bo'lmasligi mumkin. Bu geografiya, urf-odatlar, e'tiqodlar, dunyoqarashlar va boshqalarning turlichaligi tufayli bo' Iishi mumkin. Tarjimon tushunchalarni ifodalash uchun tarjima tilida yangi yo'l va usullami topishi zarur. 8 XULOSA Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, badiiy tarjimada so‘zma-so‘z yondashuv har doim ham ma’no va uslubni to‘liq ifodalab bera olmaydi. Tarjimon asosan erkin tarjima usulidan foydalanishi zarur, chunki badiiy matnda ifodalanayotgan emotsional ta’sir, milliy kolorit va estetik go‘zallik faqatgina mazmuniy ekvivalentlik orqali yetkaziladi. O‘zbek tilidagi ko‘plab iboralar (masalan, “yuragimni vahima bosdi”, “qiyomat qopgandek bo‘ldi”, “quloq osib yotamiz”) ingliz tilida so‘zmaso‘z emas, balki idiomatik mos shaklda tarjima qilinganda o‘z jozibasini saqlab qoladi. Demak, badiiy tarjima – bu ikki tildagi so‘zlarning o‘zaro almashinuvi emas, balki ikki madaniyat o‘rtasidagi ijodiy muloqotdir. Tarjimonning asosiy maqsadi — mazmunni, his-tuyg‘uni, uslubni va milliy ruhni saqlagan holda yangi matnda qayta yaratishdir. Shu jihatdan, badiiy tarjima tilshunoslik, adabiyotshunoslik va madaniyatshunoslikni birlashtiruvchi ko‘p qirrali ilmiy-ijodiy jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. References: 1. Jakobson, R. On Linguistic Aspects of Translation. — 1959. — B. 233. 2. Catford, J. C. Linguistic Theory of Translation. — London: Oxford University Press, 1965. — B. 25. 3. U.S. Peace Corps Volunteer, Academic. — 2019. 17-noyabr. 4. Tarjima tashvishlari. — Toshkent: Ziyo Press, — B. 149. 5. Salomov, G‘. Boburnoma. — Toshkent: 1996. 6. Hoshimov, O‘. Ikki eshik orasi. — Toshkent: 1985. 7. Catford, J. C. A Lingual Theory of Translation. — Oxford University Press, 1965. 8. Salomov, G‘. Tarjima nazariyasi. — Toshkent: 1983. — B. 31. 8 G’aybulla Salomov “Tarjima nazariyasi” 31