scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTONDA MUALLIFLIK HUQUQI: NAZARIY ASOSLARI, HUQUQIY SHAKLLARI VA ILM-FAN RIVOJIDAGI AHAMIYATI

Muratbekova Sarbinaz Sharafat qizi; Paluanyazova Nargiza Torenyaz qizi; Sayfullayeva Zaynab Sunnat qizi

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada mualliflik huquqi tushunchasi va O‘zbekistonda ilm-fan sohasidagi ahamiyati yoritib berilgan. Mualliflik huquqining nazariy asoslari, uning shaxsiy va mulkiy huquqlar shakllari va muddatari haqida ma’lumot beriladi. Mualliflik huquqini buzish oqibatlari, javobgarlik va institutning yoshlar uchun ahamiyati keng tahlil etiladi.

Full text

518 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 O‘ZBEKISTONDA MUALLIFLIK HUQUQI: NAZARIY ASOSLARI, HUQUQIY SHAKLLARI VA ILM-FAN RIVOJIDAGI AHAMIYATI Muratbekova Sarbinaz Sharafat qizi Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistranti. +998997743366, [email protected] Paluanyazova Nargiza Torenyaz qizi Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistranti. +998995407074, [email protected] Sayfullayeva Zaynab Sunnat qizi Toshkent kimyo-texnologiya instituti katta o‘qituvchisi, PhD. https://doi.org/10.5281/zenodo.17630156 Annotatsiya. Mazkur ilmiy maqolada mualliflik huquqi tushunchasi va O‘zbekistonda ilm-fan sohasidagi ahamiyati yoritib berilgan. Mualliflik huquqining nazariy asoslari, uning shaxsiy va mulkiy huquqlar shakllari va muddatari haqida ma’lumot beriladi. Mualliflik huquqini buzish oqibatlari, javobgarlik va institutning yoshlar uchun ahamiyati keng tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: mualliflik huquqi, intellektual mulk, javobgarlik, mualliflik huquqi instituti АВТОРСКОЕ ПРАВО В УЗБЕКИСТАНЕ: ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ, ПРАВОВЫЕ ФОРМЫ И ЕГО ЗНАЧЕНИЕ В РАЗВИТИИ НАУКИ Аннотация. В данной научной статье рассматривается понятие авторского права и его значение в сфере науки Узбекистана. В статье представлены сведения о теоретических основах авторского права, его формах и сроках действия личных и имущественных прав. Подробно анализируются последствия нарушения авторских прав, ответственность за их нарушение и значение этого института для молодежи. Ключевые слова: ответственность, авторское право, интеллектуальная cобственность, институт авторского права COPYRIGHT IN UZBEKISTAN: THEORETICAL FOUNDATIONS, LEGAL FORMS, AND ITS SIGNIFICANCE IN THE DEVELOPMENT OF SCIENCE Abstract. This scientific article discusses the concept of copyright and its importance in the field of science in Uzbekistan. It provides information about the theoretical foundations of copyright, its forms and duration of personal and property rights. The consequences of copyright infringement, liability and the importance of the institution for young people are widely analyzed. Keywords: copyright, intellectual property, liability, copyright institution Hozirgi davrda intellektual mulk huquqlarining eng muhim bo’g’inlaridan biri sifatida mualliflik huquqi alohida ahamiyat kasb etadi. Jahon tajribasida ushbu institut nafaqat ijodkor shaxs manfaatlarini himoya qilishga, balki jamiyatning ilmiy, madaniy va texnologik rivojiga ham xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasida ham mualliflik huquqi sohasida mustahkam huquqiy asoslar yaratilgan bo’lib, ular ham o’z navbatida huquqiy asoslarga ega bo’lib hisoblanadi. B. Ruzimovning ta’kidlashicha, “mualliflik huquqi – bu ijodkor shaxsning o’z intellektual mehnati mahsuliga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarini belgilab beruvchi huquqiy institutdir” 1 . 1 Ruzimov B. Intellektual mulk huquqi asoslari. – Toshkent: TDYU nashriyoti, 2019. – 45-bet. 519 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Bu instituti o’ziga xos xususiyatlarga ega hisoblanib, davlat va jamiyatda rivojlanishni ta’minlashga, ilm-fanni yaxshilashga yordam beruvchi kuch hisoblanadi. Shu sababli ham, turli hil olimlar unga turlicha fikr bildirgan holda, uni ahamiyatli institute deb hisoblaydlar. O’zbekiston Respublikasi huquq sohasidagi barcha institutlarning rivojlanishi uchun sharoit yaratib berib kelmoqda va ularni himoya qilish va faoliyatini kafolatlash maqsadida huquqiy asoslar yaratib berilgan. Mualliflik huquqi sohasidagi eng asosiy manba va huquqiy asoslarning biri–konstitutsiya hisoblansa, ikkinchisi–O’zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlari to’g’risida”gi qonun hisoblanadi. Bu qonunda asosan, mualliflik huquqi obyektlari, subyektlari va ularning huquqlari, mualliflik huquqining amal qilish muddatlari haqida normalar belgilangan. Shu tariqa mualliflik huquqiga tegishli bo’lgan deyarli barcha munosabatlar ushbu qonun va boshqa O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi va himoya qilinadi. Mualliflik huquqi obyektlari va subyektlari. Mualliflik huquqi obyekti — bu shaxsning ijodiy mehnati natijasida yaratilgan ilmiy, adabiy va badiiy asarlardir. Oʻzbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida”gi Qonunining 5-6-moddaslari 2 da mualliflik huquqi obyektlari aniq belgilab qo’yilgan. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:  adabiy asarlar (kitob, maqola, darslik, dissertatsiya va boshqalar);  ilmiy-tadqiqot ishlari va ularning natijalari;  badiiy va sahna asarlari;  musiqa asarlari va ularning notaga yozilgan shakli;  kinofilmlar, teleko’rsatuvlar, multfilmlar va boshqa audiovizual asarlar;  rasm, surat, chizma, haykaltaroshlik va meʼmorchilik asarlari;  kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazalari;  kartalar, chizmalar, texnik hujjatlar va loyihalar. Mualliflik huquqi subyekti – bu bevosita asarni yaratgan shaxs, ya’ni muallifdir. Odatda, muallif – jismoniy shaxs bo’lib, u asarni o’zining ijodiy mehnati bilan yaratgan bo’ladi deb ko’pchilik adabiyotlarda ta’rif beriladi. Qonunchilikda muallifning ismi asarda ko’rsatilishi va u bilan bog’liq barcha shaxsiy huquqlar kafolatlanishi belgilangan. Shu bilan birga, O’zbekistonda qonunchiliga hammualliflik tushunchasi ham bor bo’lib, qonunda unga quyidagicha ta’rif beriladi. Ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi, mazkur asar boʻlinmas bir butun yoki har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat ekanligidan qatʼi nazar, hammualliflarga birgalikda tegishli boʻladi. 3 Mutlaq mualliflik huquqlari egasi oʻz huquqlaridan xabardor qilish uchun mualliflik huquqining muhofaza belgisidan foydalanishi mumkin boʻlib, bu belgi asarning har bir nusxasida aks ettiriladi va quyidagi uch unsurdan iborat boʻladi: aylana ichidagi lotincha “C” harfi; mutlaq mualliflik huquqlari egasining ismi-sharifi (nomi); asar birinchi marta chop etilgan yil. Bu belgilar muallifni har qanday nizolardan himoya qilish va buzilgan huquqlarini qayta tiklashda yordam berish maqsadida o’ylab topilgan bo’lib, davlatimizdagi ko’pchilik bu huquqdan foydalanadi. 2 https://lex.uz/ru/docs/-1022944 3 https://lex.uz/ru/docs/-1022944 520 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasida intellektual mulk huquqlarini, jumladan mualliflik huquqini himoya qilish sohasida qator tub o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar mamlakatda ijodiy muhitni qo’llab-quvvatlash, huquq egalarining manfaatlarini himoyalash hamda xalqaro standartlarga mos huquqiy mexanizmlarni shakllantirishga qaratilgan. Shuningdek, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzganlik holatlariga nisbatan yangi tartibda kompensatsiya tizimi joriy qilindi. Endilikda huquqbuzarlik sodir etilganda, aniq moddiy zarar isbotlanmasa ham, huquqbuzar tegishli kompensatsiyani to’lashga majbur bo’ladi. Bu esa huquq egalarining manfaatlarini yanada samarali himoya qilish imkonini beradi 4 . Yangi qonunlarga ko’ra, intellektual mulk obyektlarini ro’yxatdan o’tkazish jarayonida ariza topshirishning elektron shakllari keng joriy etildi. Patentlar, kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazalarini ro’yxatdan o’tkazish muddati qisqartirildi, sertifikatlar yagona QR-kod bilan ta’minlanadigan bo’ldi. Bu islohotlar zamonaviy boshqaruv tamoyillariga asoslanib, tadbirkorlar va ijodkorlar uchun qulaylik yaratadi. Mazkur islohotlar O’zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo bo’lish jarayonida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish masalasi JSTning TRIPS bitimi (Intellektual mulk huquqlari savdo jihatlari bo’yicha kelishuv) talablari bilan chambarchas bog’liqdir 5 . Shu orqali mamlakatda xorijiy investitsiyalarni jalb etish, innovatsion muhitni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo’llab-quvvatlash imkoniyati kengaymoqda. Xulosa qilib aytganda, mualliflik huquqi ilm-fan, texnika va sanoat sohasidagi eng muhim institutlarning biri hisoblanadi. Mualliflik huquqini ta’minlash maqsadida hozirgi kunda juda ko’p islohatlar amalga oshirilmoqda va yangidan qonunlar qabul qilinmoqda. Ushbu maqolada mualliflik huquqi haqida umumiy tushunchalar berildi va amaliy ahamiyati tahlil qilindi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ruzimov B. Intellektual mulk huquqi asoslari. – Toshkent: TDYU nashriyoti, 2019. 2. S.O. IPR Law Firm, “Uzbekistan introduces new compensation law for intellectual property infringement”, 2024. 3. TRIPS Agreement, World Trade Organization, 1994 4. Lex.uz 4 S.O. IPR Law Firm, “Uzbekistan introduces new compensation law for intellectual property infringement”, 2024. 5 TRIPS Agreement, World Trade Organization, 1994.