QO'POLLIK (IMPOLITENESS) PRAGMATIKASI VA IJTIMOIY FUNKSIYALARI HAQIDA
Full text
305 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar QO‘POLLIK (IMPOLITENESS) PRAGMATIKASI VA IJTIMOIY FUNKSIYALARI HAQIDA Muhammadiyeva Munisa Bahodir qizi DTPI 1-kurs magistranti M.J.Isroilova Ilmiy rahbar: f.f.f.d., (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.17630401 Annotatsiya: Ushbu tadqiqot ishida internetdagi siyosiy bahslar jarayonida kuzatiladigan qo‘polliklar (impoliteness) tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Ishda onlayn muloqotning kommunikativ xususiyatlari, siyosiy diskurslarda nutq etiketi me’yorlarining buzilishi, shuningdek, qo‘pollikning strategiyalari va ijtimoiy vazifalari keng yoritilgan. Kalit so‘zlar: qo‘pollik pragmatikasi, impoliteness, siyosiy diskurs, internet muloqoti, kommunikativ strategiya, ijtimoiy funksiya, til etiketi, kinoya, onlayn bahs, pragmatik tahlil. So‘nggi yillarda internet texnologiyalarining tez sur’atlarda rivojlanishi insonlar o‘rtasidagi muloqot shakli va mazmunini tubdan o‘zgartirmoqda desak mubolag‘a bo`lmaydi. Virtual muhit ya’ni ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, forumlar hamda yangiliklar saytlaridagi fikr bildirish, izoh qoldirish imkoniyatining mavjudligi siyosiy mavzularda bahs-munozaralar yuritish uchun keng imkoniyat yaratdi. Biroq bu kabi ochiq muloqot maydonlarida ko‘pincha nutq etiketi me’yorlariga rioya qilinmasligi, hissiyotlarga berilish, tajovuzkor til va qo‘pollik (impoliteness) holatlarining ko‘payishi kuzatilmoqda. Natijada, tilshunoslikda yangi yo‘nalish “Virtual pragmatika” shakllanmoqda[1]. Mazkur tadqiqotning dolzarbligi shundaki, u internetdagi siyosiy diskursning lingvopragmatik xususiyatlari bo`lgan qo‘pollik strategiyalari, ularning kommunikativ maqsadi va ijtimoiy vazifalarini aniqlashga qaratilgan. Ishda taniqli tilshunoslar Culpeper, Brown va Levinson , Spencer-Oatey kabi olimlarning nazariy qarashlari hamda o‘zbek tilidagi onlayn siyosiy muloqot namunalariga tayangan holda o‘rganiladi. Impoliteness/qo‘pollik konsepti ham mazkur yo‘nalish tadqiqot obyektlaridan biri hisoblanib, muloqot davomida ongli yoki bilvosita tarzda namoyon bo‘ladigan hurmatsizlik, nutqiy tajovuz yoki ijtimoiy masofa buzilishi kabi hodisalarni o‘rganadi. Bu hodisa ayniqsa siyosiy diskurslarda yaqqol ko‘zga tashlanadi, chunki siyosiy bahs ishtirokchilari o‘z qarashlarini himoya qilish, raqibni kamsitish, uning obro‘sini tushirish yoki g‘oyaviy ustunligini ko‘rsatish maqsadida turli pragmatik strategiyalardan foydalanadilar. Internetdagi bu turdagi siyosiy bahslar an’anaviy yuzma-yuz muloqotdan farqli ravishda anonimlik, tezkor axborot almashuvi va keng auditoriyali ekanligi bilan ajralib turadi. Shu bois, bu jarayonda namoyon bo‘ladigan qo‘pollik nafaqat shaxslararo munosabatlarning, balki jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy va madaniy qarama-qarshiliklarning ifodasi sifatida ham namoyon bo‘ladi. Bu holat impolitenessni nafaqat til hodisasi, balki ijtimoiy ahamiyatga ega pragmatik mexanizm sifatida tahlil qilish zarurligini ko‘rsatadi. Shu tariqa, internetdagi siyosiy bahslarda qo‘pollik pragmatikasi nafaqat tilshunoslik, balki ijtimoiy psixologiya va madaniyatshunoslik nuqtayi nazaridan ham o‘rganilishi lozim bo‘lgan murakkab kommunikativ hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Qo‘pollik (inglizcha impoliteness) pragmatikasi XX asrning oxirlarida Kommunikativ tilshunoslikning mustaqil yo‘nalishlaridan biri sifatida shakllandi. Ushbu tushuncha dastlab G. Leechning “Pragmatics of Politeness” asari g‘oyalari asosida shakllanib, keyinchalik J. Culpeper tomonidan mustaqil nazariy konsepsiya sifatida ishlab chiqildi. Brown va Levinsonlarning “Politeness Theory”asaridagi muloqotda hurmat, muvozanat va ijtimoiy uyg‘unlikni saqlash asosiy maqsad qilingan bo‘lsa, impoliteness nazariyasi buning aksi
306 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar sifatida ya’ni, hurmatsizlik, agressiv munosabat, ijtimoiy masofa buzilishi va hokimiyatni namoyish etuvchi kommunikativ holatlarni tahlil qiladi[2]. Culpeper ta’kidlaganidek[3], impoliteness shunchaki odoblilik me’yorlariga zid so‘zlashuv emas, balki maqsadga yo‘naltirilgan kommunikativ strategiyadir. So‘zlovchi bunday usul orqali o‘zining ustunligini bildirish, raqibni kamsitish yoki ijtimoiy ierarxiyada o‘z mavqeini mustahkamlashga intiladi. Shu sababli impoliteness konsepti til orqali ijtimoiy kuch munosabatlarini ifodalovchi vosita sifatida talqin etiladi. Siyosiy bahslar ayniqsa, internet makonida keskin hissiyotlar, mafkuraviy to‘qnashuvlar va qarama-qarshi pozitsiyalar bilan ajralib turadi. Bu holat muloqot ishtirokchilarini nutq etiketi me’yorlaridan chetga chiqishga, ya’ni turli qo‘pollik strategiyalarini qo‘llashga undaydi. Internetdagi siyosiy muloqot quyidagi o‘ziga xos jihatlari bilan tavsiflanadi[4]: • Anonimlik – foydalanuvchilar o‘z shaxsini yashirganlari sababli javobgarlik hissi kamayadi; • Tezkorlik – fikrlar tez almashiladi, bu esa emotsional nazoratning sustlashishiga olib keladi; • Omma oldida chiqish – bahs ishtirokchisi o‘z fikrini ommaga yoqimli tarzda emas, balki raqibni tanqid qilish orqali mustahkamlashga intiladi. Fikrimizni yanada aniqroq qilsak, siyosiy forumlar va ijtimoiy tarmoqlarda uchraydigan “sen bilmas ekansan”, “bunday fikr faqat johillarga xos”, “seni yetti uxlab tushingga ham kirmaydi” kabi ifodalar shaxsga yo‘naltirilgan tajovuz (personal attack)ni va ijtimoiy ustunlikni ko‘rsatish strategiyasini namoyon etadi.Tilshunoslikda bunday holatlar face-threatening acts (FTA) ya’ni “ijtimoiy obro‘ga tahdid soluvchi nutq harakatlari” sifatida talqin qilinadi. 1-jadval: Siyosiy diskurs kontekstida esa ular raqibni obro‘sizlantirish, pozitsiyasini zaiflashtirish yoki o‘z tarafdorlarini safarbar etish maqsadida qo‘llanadigan pragmatik vosita sifatida namoyon bo‘ladi.
307 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib, internetdagi siyosiy bahslar va qo‘pollik konseptual xaritasini qisqacha quyidagicha ko‘rsatish mumkin. Demak, siyosiy diskursda qo‘pollikning paydo bo‘lishi ko‘pincha g‘oyaviy qaramaqarshiliklar, shaxsiy ambitsiyalar, ijtimoiy maqom tafovutlari hamda milliy-madaniy qadriyatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq. Internet makonida fikr bildirish erkinligi kengaygani sababli, foydalanuvchilar o‘z nuqtayi nazarini himoya qilish jarayonida muloqot etikasi me’yorlarini buzish, raqibni kamsitish yoki masxaralash kabi usullardan foydalanishga moyillik bildiradilar. Shuningdek, impolitenessning eng ko‘p uchraydigan asosiy strategiyalaridan biri bu ochiq qo‘pollik (bald on record impoliteness)dir. Foydalanuvchi raqibga bevosita tajovuz qiladi, haqoratlaydi yoki fikrini keskin rad etadi. Masalan: “Siz siyosatdan hech narsa tushunmaysiz”, “Bunday odamlar mamlakatni halokatga olib boradi”. Kinoyaviy (sarcastic) qo‘pollik tanqid yoki kamsitish, hazil yoki kinoya ohangida bo‘lsada, aslida salbiy munosabat ifodalanadi. Masalan: “Zo‘r fikr, faqat uni jiddiy odam aytganida yaxshi bo‘lardi.” Yashirin (covert) qo‘pollik shaklida bevosita tajovuzsiz, ammo shubha, istehzo yoki salbiy baho orqali kamsitish maqsadi amalga oshiriladi. Internet bahslarida kuzatiladigan qo‘pollik nafaqat shaxsiy tajovuz, balki ijtimoiy funksiya bajaruvchi vosita sifatida ham namoyon bo‘ladi. Ya’ni, foydalanuvchilar bunday muloqot orqali o‘zining ma’lum guruhga mansubligini bildiradi, raqib g‘oyasiga qarshi birdamlikni shakllantiradi va o‘z siyosiy mafkurasini mustahkamlaydi. Impolitenessning qo‘llanishi milliy-madaniy kontekst bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbek internet muhitida qo‘pollik ko‘pincha milliy qadriyatlarni himoya qilish, siyosiy adolatsizlikka e’tiroz yoki “haqni himoya qilish” shaklida namoyon bo‘ladi. Shu sababli, ayrim holatlarda bunday nutqiy tajovuz jamiyat tomonidan ijtimoiy jihatdan maqbul deb qabul qilinadi. Foydalanuvchilar impolitenessni ongli ravishda qo‘llaydilar va bu orqali dominantlik, ustunlik yoki g‘oyaviy ishonchlilikni ko‘rsatishga intiladilar. Shu bois, qo‘pollik internet siyosiy muloqotida strategik kommunikatsiya vositasi sifatida qaraladi. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, onlayn siyosiy bahslarda impolitenessning yuqori darajada namoyon bo‘lishi empatiya yetishmasligi, virtual masofa, anonimlik va javobgarlikning pastligi bilan izohlanadi. Bu holatlar muloqot madaniyatining pasayishiga va siyosiy muhokamalarning konstruktivligini cheklanishiga sabab bo‘ladi[1]. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, internetdagi siyosiy munozaralar zamonaviy kommunikatsiya madaniyatining eng murakkab va ziddiyatli jihatlaridan biridir. Ushbu munozaralarda uchraydigan qo‘pollik (impoliteness) hodisasi tilshunoslik, ijtimoiy psixologiya va siyosatshunoslik sohalarining kesishgan nuqtasida shakllanib, faqat axloqiy normalarning buzilishi sifatida emas, balki ijtimoiy va ideologik mavqeni ifodalovchi pragmatik vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, internetdagi siyosiy muloqotdagi impoliteness pragmatikasi murakkab va ko‘p qirrali hodisa bo‘lib, u jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy qarama-qarshiliklarni hamda til madaniyatining zamonaviy o‘zgarishlarini aks ettiradi. Bunday holatlarni ilmiy tahlil qilish virtual kommunikatsiya madaniyatini rivojlantirish, siyosiy munozaralarda konstruktivlikni ta’minlash va sog‘lom muloqot tamoyillarini mustahkamlash uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Siyosiy diskursda impolitenessning asosiy uch turi: ochiq, yashirin va kinoyaviy qo‘pollik keng qo‘llaniladi. Ular yordamida foydalanuvchilar raqibning g‘oyasiga qarshi chiqish, o‘z fikrining ustunligini ko‘rsatish yoki ma’lum ijtimoiy guruhga mansubligini bildiradi. Shu bilan birga, qo‘pollik muloqotdagi faqat agressiya emas, balki strategik kommunikativ vosita sifatida ham xizmat qiladi. Internet muloqotining o‘ziga xos xususiyatlari anonimlik, tezkor fikr almashish va javobgarlikning pastligi impolitenessning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, siyosiy bahslarda bu holat shaxsiy
308 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar tajovuz, stereotiplar va hissiy reaksiyalar ko‘rinishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, ba’zi hollarda qo‘pollik adolatni himoya qilish, milliy qadriyatlarni saqlash yoki siyosiy faollikni ifodalash vositasi sifatida talqin qilinadi. References: 1. Culpeper J. Impoliteness: Using Language to Cause Offence. Cambridge University Press, 2011-302 b. 2. Christie C. The Handbook of Language and Politics. London: Routledge. 2013512 b. 3. Dynel, M. Impoliteness and Interactional Humor in Online Communication. Pragmatics & Society, 3(2), 2012289–312. 4. Muminova Z. Siyosiy diskursda til va ideologiya: lingvopragmatik tahlil. Toshkent: Universitet nashriyoti. 2022-210 b. 5. Garifullina, R. “Onlayn siyosiy diskursda impolitenessning lingvopragmatik xususiyatlari.” Til va jamiyat jurnali, №4, 2018. 56–63-betlar. 6. To‘xtaboyeva, M. Nutq pragmatikasi va madaniy kontekst. Toshkent: Fan nashriyoti. 2021-188 b.