scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AXBOROT XAVFSIZLIGI VA MA'LUMOTLARNI HIMOYALASH

Mamitov, Otamurod Janiqul o'g'li; Nodirov, Jasur

Abstract

Mazkur ishda zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlanishi sharoitida axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoyalash masalalari yoritilgan. Unda axborot xavfsizligining asosiy tamoyillari — maxfiylik, butunlik va mavjudlik tushunchalari batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, ma’lumotlarni himoyalashning turli usullari, jumladan parollar va autentifikatsiya, shifrlash, antivirus dasturlari, tarmoq xavfsizligi va zaxira nusxalash kabi yo‘llar misollar asosida ko‘rib chiqilgan. Ish davomida axborot xavfsizligiga tahdidlar va ularning oldini olish choralari ham o‘rganilgan. Natijada, foydalanuvchilarning ma’lumotlarini himoyalash madaniyatini shakllantirish bugungi kunda har bir inson va tashkilot uchun muhim zarurat ekanligi ta’kidlangan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 18 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17633912 AXBOROT XAVFSIZLIGI VA MA’LUMOTLARNI HIMOYALASH Mamitov Otamurod Janiqul o‘g‘li Samarqand davlat pedagogika institutining akademik litseyi Informatika fani o‘qituvchisi Е-mail: [email protected] Nodirov Jasur Samarqand davlat pedagogika institutining akademik litseyi Informatika fani o‘qituvchisi ANNOTATSIYA Mazkur ishda zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlanishi sharoitida axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoyalash masalalari yoritilgan. Unda axborot xavfsizligining asosiy tamoyillari — maxfiylik, butunlik va mavjudlik tushunchalari batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, ma’lumotlarni himoyalashning turli usullari, jumladan parollar va autentifikatsiya, shifrlash, antivirus dasturlari, tarmoq xavfsizligi va zaxira nusxalash kabi yo‘llar misollar asosida ko‘rib chiqilgan. Ish davomida axborot xavfsizligiga tahdidlar va ularning oldini olish choralari ham o‘rganilgan. Natijada, foydalanuvchilarning ma’lumotlarini himoyalash madaniyatini shakllantirish bugungi kunda har bir inson va tashkilot uchun muhim zarurat ekanligi ta’kidlangan. Kalit so‘zlar: axborot xavfsizligi, ma’lumotlarni himoyalash, shifrlash, kompyuter tarmog‘i, virus, fishing, maxfiylik, butunlik, mavjudlik, foydalanuvchi madaniyati, kibertahdid, xavfsizlik siyosati. Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha jabhalariga chuqur kirib bormoqda. Har bir sohada kompyuter tizimlari, internet tarmoqlari va elektron ma’lumotlar almashinuvi keng qo‘llanilmoqda. Shu bilan birga, axborotdan noto‘g‘ri foydalanish, ma’lumotlarni o‘g‘irlash yoki buzish holatlari ham ko‘paymoqda. Shu sababli axborot xavfsizligini ta’minlash va ma’lumotlarni himoyalash masalasi zamonaviy jamiyat uchun eng muhim yo‘nalishlardan biriga aylandi. Axborot xavfsizligi deganda, ma’lumotlarni ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘qotish yoki oshkor etishdan himoya qilish tushuniladi. U uchta asosiy tamoyilgamaxfiylik, butunlik va mavjudlikka asoslanadi. Maxfiylik ma’lumotning INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 19 faqat ruxsat etilgan shaxslar tomonidan ko‘rilishini ta’minlaydi, butunlik esa ma’lumotning buzilmasligi va o‘zgartirilmasligini anglatadi. Mavjudlik esa zarur paytda ma’lumotdan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lishini bildiradi. Bugungi raqamli asrda turli kibertahdidlar — viruslar, fishing, xakerlik hujumlari, zararli dasturlar va ijtimoiy muhandislik usullari orqali axborot tizimlariga zarar yetkazilmoqda. Shu bois foydalanuvchilar o‘z shaxsiy va xizmat ma’lumotlarini himoya qilish uchun turli himoya choralarini, jumladan kuchli parollar, antivirus dasturlari, ma’lumotlarni shifrlash va zaxira nusxalarini yaratish usullarini qo‘llashlari zarur. Axborot xavfsizligi - bu ma’lumotlarni ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘qotish yoki oshkor etilishdan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasidir. Bugungi kunda axborot har qanday davlat, tashkilot yoki shaxs uchun eng qimmatli boylik hisoblanadi. Shu sababli uni ishonchli himoya qilish har bir foydalanuvchining eng muhim vazifasiga aylanmoqda. Axborot xavfsizligi uch asosiy tamoyilga asoslanadi: 1. Maxfiylik (Confidentiality) – ma’lumot faqat ruxsat etilgan shaxslar tomonidan ko‘rilishini ta’minlaydi. Masalan, parol bilan himoyalangan faylga faqat egasi kirishi mumkin. 2. Butunlik (Integrity) – ma’lumot buzilmasligi yoki ruxsatsiz o‘zgartirilmasligini bildiradi. Misol uchun, onlayn bank tizimida foydalanuvchi ma’lumotlarini o‘zgartirishga faqat tizim egasi ruxsat berishi mumkin. 3. Mavjudlik (Availability) – zarur paytda ma’lumotdan foydalanish imkonini beradi. Masalan, davlat saytlarining doimiy ishlashi Hozirgi kunda axborot tizimlariga qarshi ko‘plab tahdid turlari mavjud. Ulardan eng keng tarqalganlari quyidagilardir: • Kompyuter viruslari – foydalanuvchi kompyuteriga zarar yetkazuvchi zararli dasturlar. Masalan, fayllarni o‘chiruvchi yoki tizimni sekinlashtiruvchi viruslar. • Fishing (phishing) – foydalanuvchini aldab, shaxsiy ma’lumotlarini (login, parol, karta raqami va h.k.) qo‘lga kiritish usuli. Odatda soxta elektron pochta xabarlari orqali tarqaladi. • Xakerlik hujumlari – tarmoqqa noqonuniy kirish orqali tizimni buzish yoki ma’lumotni o‘g‘irlash. • Ijtimoiy muhandislik – inson psixologiyasidan foydalanib ma’lumotlarni qo‘lga kiritish. Masalan, foydalanuvchini “administratorman” deb ishontirib, parolini so‘rash. Bu hujumlardan saqlanish uchun bir nechta himoyalanish usullari mavjud bo‘lib , ular orqali ma’lumotlarimizni himoyalashimiz mum-kin bo‘ladi. Ma’lumotlarni himoyalash - bu foydalanuvchilarning shaxsiy yoki xizmat ma’lumotlarini ruxsatsiz INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 20 kirish, o‘zgartirish yoki yo‘qotishdan himoya qilishga qaratilgan texnik va tashkiliy choralar majmuasidir. Parollar va autentifikatsiya tizimlari: Parol – bu eng oddiy, lekin eng muhim himoya vositalaridan biridir. Kuchli parollar yordamida foydalanuvchi o‘z hisobini begona shaxslardan himoya qiladi. Misol: foydalanuvchi o‘z elektron pochtasi uchun “123456” yoki “password” kabi oddiy paroldan foydalanmasa, balki “otamurod@2025!” kabi murakkab parol qo‘llasa, tizimni buzish ancha qiyinlashadi. Shuningdek, ikki bosqichli autentifikatsiya (2FA) tizimi ham xavfsizlikni yanada oshiradi - masalan, foydalanuvchi akkauntga kirganda paroldan tashqari telefoniga yuborilgan maxsus kodni ham kiritadi. Antivirus dasturlari: Antivirus dasturlari zararli dasturlar (virus, trojan, spyware va boshqalar)ni aniqlash, tozalash va ularning kompyuterga kirishini oldini olish uchun xizmat qiladi. Misol: agar foydalanuvchi internetdan noma’lum fayl yuklab olsa, antivirus uni avtomatik tekshiradi va virus bo‘lsa, foydalanuvchini ogoh-lantiradi. Shifrlash - ma’lumotni kodlash orqali uni faqat maxsus kalitga ega shaxs o‘qiy oladigan shaklga keltirish jarayonidir. Misol uchun quydagicha ma’lumotlarni shifrlash orqali himoya qilishimiz mumkin bo‘ladi. Oddiy matn: Salom, bugun soat 9:00 da uchrashamiz. Shu ma’lumotni quydagicha shifrlaymiz. Caesar cipher usuli bilan, harfni 3 ta siljitib har bir harf 3 ta keyingi harfga o‘zgartirilgan (S → V, a → d, l → o …). Natijada xabarni faqat “3 ta orqaga siljitish” qoidasi ma’lum bo‘lgan kishi o‘qiy oladi. Bu klassik shifrlash usuli bo‘lib, tarixda ham ko‘p ishlatiladi va quydagi holatga o‘zgarib qoladi. Shifrlangan matn : Vdorp, exjxq vrdw 9:00 gd xfkudvkdplc. Kredit karta raqamlarini himoyalashda ham shiflash algoritimi qo‘llaniladi. Masalan quydagi karta raqmi : 8600 1234 5678 9876 ushbu holatdan shifrlash algoritimi orqali quydagicha shifrlanadi, 4f7a91c6b24d8c9efc22c11891a35689 bu raqam AES (Advanced Encryption Standard) yordamida shifrlangan.. Shifrlangan ma’lumotdan asl raqamni maxsus kalitsiz topib bo‘lmaydi.. Bank tizimlari mijozlarning ma’lumotlarini shu tarzda himoya qiladi. Zaxira nusxalar : Ma’lumotlarning zaxira nusxalarini yaratish - axborot yo‘qolgan taqdirda uni qayta tiklash imkonini beradi. Misol: talaba o‘z referatini faqat kompyuterida saqlab qo‘ysa, tizim buzilganda fayl yo‘qoladi. Agar u shu faylni Google Drive yoki USB fleshkada ham saqlasa, keyinchalik uni bemalol tiklay oladi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 21 Xulosa Hozirgi raqamli asrda axborot inson faoliyatining eng muhim resurslaridan biriga aylangan. Shu sababli axborot xavfsizligini ta’minlash va ma’lumotlarni himoyalash har bir foydalanuvchi, tashkilot hamda davlat darajasida dolzarb masalaga aylangan. Ma’lumotlarning yo‘qolishi, o‘g‘irlanishi yoki buzilishi katta moliyaviy zarar va ishonch yo‘qotilishiga olib keladi. Shu bois zamonaviy texnologiyalar yordamida axborotni himoyalash usullari - shifrlash (encryption), parol bilan himoyalash, antivirus dasturlardan foydalanish, zaxira nusxa (backup) yaratish, axborotga ruxsatni cheklash kabi choralar muhim ahamiyatga ega.Shifrlash usuli orqali ma’lumotlar faqat ruxsat etilgan foydalanuvchi tomonidan o‘qilishi mumkin bo‘lgan kod holatiga keltiriladi. Xulosa qilib aytganda, axborot xavfsizligi – bu nafaqat texnik jarayon, balki foydalanuvchining madaniyati, mas’uliyati va ongli yondashuvi bilan chambarchas bog‘liqdir. Har bir inson o‘z ma’lumotlarini ehtiyotkorlik bilan saqlasa, kuchli parollar qo‘llasa, shubhali havolalardan foydalanmasa va xavfsizlik qoidalariga amal qilsa, axborot xavfsizligini yuqori darajada ta’minlash mumkin bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Stallings, William. Cryptography and Network Security: Principles and Practice. Pearson. 2. Tahirov, Behzod Nasriddinovich. Axborot xavfsizligi asoslari. Buxoro: Fan va ta’lim, 2022. 3. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida” R-Q-964, 20 sentyabr 2024 4. “Oʻzbekiston Respublikasi qonuni «Axborot-lashtirish to‘g‘risida», “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar va axborot xavfsizligiga oid huquqiy maqolalar.