scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IMPORT TOVARLARNING SUN'IY PASAYTIRILGAN BOJXONA QIYMATIGA QARSHI INNOVATSION MEXANIZMLAR: XALQARO TAJRIBA ASOSIDA O'ZBEKISTON UCHUN YECHIMLAR

Tursunov Ibrohimjon Rashid oʻgʻli

Abstract

Maqolada import qilinadigan tovarlarning bojxona deklaratsiyasida qiymatini sun'iy pasaytirish (undervaluation) muammosi tahlil qilinadi. Germaniya, Polsha, Singapur va Estoniya tajribasi asosida O‘zbekistonda tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan uchta zamonaviy mexanizm taklif qilinadi: Real-Time Customs Price API, Importchilar uchun Reputatsiya Reytingi va Blockchain Invoice Registry. Ushbu mexanizmlar narx manipulyatsiyasini kamaytirish, bojxona daromadlarini oshirish va halol raqobatni ta’minlashga xizmat qiladi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 507 IMPORT TOVARLARNING SUN'IY PASAYTIRILGAN BOJXONA QIYMATIGA QARSHI INNOVATSION MEXANIZMLAR: XALQARO TAJRIBA ASOSIDA O'ZBEKISTON UCHUN YECHIMLAR Tursunov Ibrohimjon Rashid oʻgʻli Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti Namangan filiali talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17634129 Annotatsiya. Maqolada import qilinadigan tovarlarning bojxona deklaratsiyasida qiymatini sun'iy pasaytirish (undervaluation) muammosi tahlil qilinadi. Germaniya, Polsha, Singapur va Estoniya tajribasi asosida O‘zbekistonda tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan uchta zamonaviy mexanizm taklif qilinadi: Real-Time Customs Price API, Importchilar uchun Reputatsiya Reytingi va Blockchain Invoice Registry. Ushbu mexanizmlar narx manipulyatsiyasini kamaytirish, bojxona daromadlarini oshirish va halol raqobatni ta’minlashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Bojxona, bojxona qiymati, qiymatni sun'iy pasaytirish (undervaluation), Real-Time Customs Price API, Reputatsiya reytingi, Blokcheyn, raqamlashtirish, bojxona daromadlari, xavfni boshqarish. Kirish Global savdo aloqalari kengayishi bilan import jarayonlarini nazorat qilish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bojxona stavkalari davlat byudjetining muhim daromad manbai hisoblanadi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni adolatsiz raqobatdan himoya qiladi. Biroq, ayrim importchilar tovarlarning haqiqiy bojxona qiymatini sun’iy pasaytirish orqali bojxona to‘lovlaridan qochishga harakat qiladi. Bu holat davlat budjet daromadlarining kamayishi, halol tadbirkorlar uchun raqobat muhitining buzilishi va ichki bozor narxlari tuzilishining buzilishiga olib keladi. Ushbu maqola qiymatni sun’iy pasaytirish muammosiga qarshi kurashish uchun xalqaro tajriba asosida innovatsion texnologiyalarga asoslangan yechimlarni taklif etishga qaratilgan. Davlat Bojxona muammosi Qo`llanilgan mexanizm O‘zbekistonga Germaniya/P olsha Polsha Qiymatni subyektiv baholash. xatoliklari Markazlashgan indikativ narx bazalari va avtomatlashtirilgan profiling tizimlari. Real-Time Customs Price API Singapur Bojxona nazoratini tezlashtirish va halol importchilarni rag‘batlantirish Trusted Trader" (Ishonchli savdogar) dasturi va soddalashtirilgan rasmiylashtirish. Importchilar uchun Reputatsiya Reytingi Estoniy Hujjatlarning xavfsizligi va o‘zgaruvchanligini oldini olish. Davlat xizmatlarida, jumladan, ayrim ma’lumotlar bazalarida blokcheyn texnologiyasini qo‘llash. Blockchain Invoice Registry ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 508 Bojxona qiymatini pasaytirishga qarshi innovatsion yechimlar 1 Real-Time Customs Price API (Narxlarni real vaqtda avtomatlashtirilgan monitoringi) Import qilinayotgan tovarlarning deklaratsiya qilingan qiymati global bozorlar, xalqaro ma'lumotlar bazalari va oldingi shunga o'xshash bitimlar narxlari bilan avtomatik tarzda real vaqtda solishtiriladi. Bu mexanizm narx manipulyatsiyasini sezilarli darajada kamaytiradi. Bojxona xodimining subyektiv baholash imkoniyati yo‘qoladi, bu esa korrupsiya xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. O‘zbekistonda tatbiq etish uchun bu API Bojxona qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi, UzEx va bank tizimlari bilan integratsiya qilinishi lozim. Importchilar uchun Reputatsiya Reytingi Importchi korxonalarga raqamli reyting beriladi. Ular bojxona intizomi, qonunbuzarliklar tarixi (ayniqsa, qiymatni pasaytirish holatlari) va hujjatlarining to‘liqligi bo‘yicha tizimli baholanadi Masalan Deklaratsiya narxi 80$ Global bozor narxi 110$ Signal : narx past, tekshiruv talab qilinadi Reyting Ta`rif Amaliy natija A+ 3 yil davomida jiddiy qonunbuzarliklarsiz, to‘liq hujjatlar. Tezlashtirilgan rasmiylashtirish ("Yashil yo‘lak"), minimal tekshiruv. B Kichik nomuvofiqliklar mavjud, o'rtacha darajadagi ishonch. Standart rasmiylashtirish, tanlab olingan tekshiruvlar. C Qiymatni pasaytirish holatlari qayd etilgan, qonunbuzarlik tarixi bor To‘liq tekshiruv, yuqori xavf guruhi, qo‘shimcha bojxona to‘lovlari va jarimalar. Reyting natijalari ochiq e’lon qilinishi orqali halol tadbirkorlar rag‘batlantiriladi, qoidabuzarlik esa iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘ladi. Blockchain Invoice Registry ( Blokcheyn asosidagi Hisob-fakturalar reestri ) Barcha import operatsiyalari uchun tuzilgan hujjatlar ( invoice, kontraktlar) Blokcheyn tizimiga kiritiladi. Blokcheyn ma’lumotlarni xavfsiz va o‘zgarmas tarzda saqlashni kafolatlaydi, bu esa "ikki narxli hisob-faktura" (dual pricing) amaliyotini to‘liq yo'qotadi. Natijada yashirin to‘lovlar va noqonuniy pul o‘tkazmalari kamayadi, import narxlari bo‘yicha to‘liq shaffoflik ta’minlanadi. O'zbekistonga moslash Markaziy bank va yirik to‘lov tizimlari bilan integratsiya orqali narx va to‘lov summasining bir xil bo‘lishini kafolatlaydi. Blockchain — bu ma’lumotlarni xavfsiz va o‘zgarmas tarzda saqlash usuli. Oddiy qilib aytganda:Bu raqamli daftar (ledger) bo‘lib, unga ma’lumotlar “blok” shaklida yoziladi Har bir blok oldingi blok bilan bog‘langan, shuning uchun o‘zgartirish deyarli imkonsiz. Tavsif: Barcha import hujjatlari blokcheyn orqali ro‘yxatga olinadi, ikki narxli invoice imkoniyati yo‘q. Vizual misol: Invoice #1 → blockchain ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 509 Invoice #1 #2 → blockchain Natija: ikki xil narx bo‘lmaydi Natija: “Ikki narxli kontrakt” amaliyoti tugaydi. Yashirin to‘lovlar kamayadi. Import narxlari bo‘yicha to‘liq shaffoflik ta’minlanadi. Mexanizm Asosiy iqtisodiy foyda Budjetga ta’siri Raqobat muhitiga ta’siri 1. Real-Time API 1.1 Narx manipulyatsiyasini oldini olish. 1.2 Bojxona tushumlarining oshishi, yashirin iqtisodiyotning kamayishi. 1.3 Bozor narxlarining shaffofligi va barqarorligi ta’minlanadi 2. Reputatsiya Reytingi 2.1Halol tadbirkorlar vaqtini tejash, sarmoyaviy jozibadorlik 2.2 Jarimalar samaradorligining oshishi 2.3 Halol biznes subyektlari uchun adolatli ustunlik yaratish 3. Blockchain Registry 3.1Xalqaro tranzaksiyalarning to‘liq shaffofligi. 3.2 Kapitalsizlanish va noqonuniy pul o‘tkazmalari xavfining kamayishi. 3.3 "Ikki narxli" kontraktlar orqali yuzaga keladigan adolatsiz raqobatni yo‘qotish Xulosa va takliflar Bojxona qiymatini sun'iy past ko'rsatish nafaqat davlat byudjeti uchun daromad manbaini qisqartirish, balki ichki sanoatni izdan chiqaruvchi jiddiy iqtisodiy xavfdir. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, samarali yechimlar avtomatlashtirilgan narx monitoringi, tizimli tahlil va importyorlarni reytinglashtirish bilan uzviy bog'liq. O‘zbekistonga taklif etilgan innovatsion mexanizmlar – Real-Time Customs Price API, Reputatsiya Reytingi va Blockchain Invoice Registry – bojxona daromadlarini oshiradi, halol raqobatni tiklaydi va iqtisodiy shaffoflikni kuchaytiradi. Ularni joriy etish orqali xavfni boshqarish tizimi yanada samarali va ob’yektiv bo‘ladi. Adabiotlar Royhati 1. European Commission (2023) – Customs digital systems and TARIC database recommendations 2. Singapore Customs Authority (2022) – Trusted Trader program details 3. Government of Estonia (2020) – Blockchain technology in public administration 4. State Customs Committee of the Republic of Uzbekistan – Official regulations and practices 5. https://uz Wikipedia.org