scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

HEARTLAND, RIMLAND VA LEBENSRAUM: GEOSIYOSIY NAZARIYALAR ORQALI GLOBAL O'YINNING XARITASI

Ergashbayev Sherzod Ikromjon o'g'li; Xasanov Ne'matillo Farxodjon o'g'li

Abstract

Geosiyosiyani o‘rganayotganingizda, ko‘pincha shunday o‘ylaysiz: dunyo xaritasi – bu oddiy qog‘oz emas, balki u orqali ming yillik raqobatlarning izlari yashirin. XX asr boshlarida paydo bo‘lgan Heartland (Halford Makinder), Rimland (Nikolas Spaykman) va Lebensraum (Fridrix Ratsel) nazariyalari aynan shu raqobatni ochib beradi. Bu maqolada har bir nazariyani alohida ko‘rib chiqiladi va uning aniq tarixiy shakllanishini, asosiy ma’nosini va amaliy misollarini batafsil bayon etilib, solishtirib, farq va o‘xshashliklarini tahlil qilinadi. Maqsadimiz nafaqat faktlarni sanab o‘tish, balki bugungi kontekstda (Rossiya-Ukraina urushi, Xitoyning “Bir kamar, bir yo’l” loyihasi) ularning qanday holda ekanini ko‘rsatish hisoblanadi. Bu nazariyalar global gegemoniya o‘yinining qoidalari, lekin ularni o‘qiganda shuni unutmaslik kerakki, geografiya muhim, ammo insoniy qarorlar va texnologiyalar undan ustun chiqishi mumkin.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 524 HEARTLAND, RIMLAND VA LEBENSRAUM: GEOSIYOSIY NAZARIYALAR ORQALI GLOBAL O‘YINNING XARITASI Ergashbayev Sherzod Ikromjon o'g'li Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Xalqaro munosabatlar kafedrasi o'qituvchisi. E-mail: [email protected] Xasanov Ne’matillo Farxodjon o’g’li Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabasi. E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17634217 Kirish Geosiyosiyani o‘rganayotganingizda, ko‘pincha shunday o‘ylaysiz: dunyo xaritasi – bu oddiy qog‘oz emas, balki u orqali ming yillik raqobatlarning izlari yashirin. XX asr boshlarida paydo bo‘lgan Heartland (Halford Makinder), Rimland (Nikolas Spaykman) va Lebensraum (Fridrix Ratsel) nazariyalari aynan shu raqobatni ochib beradi. Bu maqolada har bir nazariyani alohida ko‘rib chiqiladi va uning aniq tarixiy shakllanishini, asosiy ma’nosini va amaliy misollarini batafsil bayon etilib, solishtirib, farq va o‘xshashliklarini tahlil qilinadi. Maqsadimiz nafaqat faktlarni sanab o‘tish, balki bugungi kontekstda (Rossiya-Ukraina urushi, Xitoyning “Bir kamar, bir yo’l” loyihasi) ularning qanday holda ekanini ko‘rsatish hisoblanadi. Bu nazariyalar global gegemoniya o‘yinining qoidalari, lekin ularni o‘qiganda shuni unutmaslik kerakki, geografiya muhim, ammo insoniy qarorlar va texnologiyalar undan ustun chiqishi mumkin. Heartland nazariyasi: Markaziy “pivot” Nazariyaning tarixiy rivojlanishi Heartland nazariyasi 1904-yilda britaniyalik geolog va siyosatchi Halford J. Makinderning “The Geographical Pivot of History” maqolasida birinchi marta e’lon qilingan. Bu vaqtlarda, XIX asr oxiri va XX asr boshi, Britaniya imperiyasi Rossiya bilan Markaziy Osiyoda “Buyuk o‘yin” nomini olgan kurash borayotgan edi. Bu o‘yin shuni anglatadiki - kim bu hududlarni nazorat qilsa, shu dunyoda ustun bo‘ladi. 1853-1856-yillardagi Qrim urushida Rossiyaning Britaniya va Fransiya ittifoqining dengiz flotlariga qarshi mag‘lubiyati Makinderga quruqlik qudrati haqida nazariyalarini oldinga surishga turtki bo‘lgan. Makinder bu vaqtlar Temir yo‘llar texnologiyasi paydo bo‘layotgan davrga to‘g‘ri kelgani uchun quruqlik bosqinlari osonlashishini bashorat qilgan. 1919-yilda Makinderning bu nazariyasi “Demokratik ideallar va haqiqat” kitobida “Heartland” deb nomlangan va rivojlantirilgan. Pirovardida bu kitob Yevropa imperiyalarining Rossiya tahdidiga javobi bo‘lgan. Germaniya va Fransiya ham shu g‘oyalarga asoslangan holda siyosat qurgan. Zamonaviy olimlar Makinderning bu ishini “klassik realism”ning ramzi sifatida ko‘riladi deb tahlil qilishadi, chunki u geografiyani siyosatning asosiy kaliti deb hisoblagan. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 525 Sevara Sharipovaning 2005-yilgi maqolasida bu nazariya Markaziy Osiyodagi dekolonial muhokamalarda “yordamchi yoki to‘siq” sifatida baholanishi haqida ma’lumot beradi. Lekin uning bu maqolasi mahalliy ovozlarni hisobga olmaganligi uchun tanqid qilinadi. 1 Nazariyaning ma’nosi va konsepsiyalari “Sharqiy Yevropani boshqargan – Heartlandni boshqaradi; Heartlandni boshqargan – Jahon orolini boshqaradi; Jahon orolini boshqargan –dunyoni boshqaradi.” buni ma’lum ma’noda “Heartland” nazariyasining yuragi desak ham bo‘ladi. “Heartland” bu Yevroosiyoning markaziy qismi, taxminan Volga daryosidan sharqda, Arktika muzlaridan janubda (cho‘llar va tog‘lar), Yangtze daryosidan g‘arbda va Himolaydan shimolda. Bu hudud tarixdan tabiiy himoyalangan hudud sifatida ko‘riladi, ya’ni, dengizdan hujum qilish qiyin, oziq-ovqat va tabiiy resurslarga boy. Dunyo aholisining katta qismi va resurslarining yarmiga yaqini shu yerda joylashgan. Makinder dengiz qudrati o‘rniga quruqlik qudratini ustun deb hisoblagan. Tanqidchilar esa Makinder texnologik o‘zgarishlarni, samolyotlar, raketalar, endi esa dronlarni, hisobga olmagan deb tanqid qilishadi, ya’ni, Heartland endi unchalik ham “himoyalangan” emas. Nazariyaga asoslangan asosiy amaliy misollar. Tarixiy misol sifatida Sovet Ittifoqining Ikkinchi jahon urushidagi pozitsiyasini keltirish mumkin. Ikkinchi jahon urushi vaqtida SSSR Heartlandning katta qismini nazorat qilardi va bundan tashqari U natsist Germaniyasini Stalingrad (1942-1943) va Kursk (1943) janglarida mag‘lub etgan edi. Bu jarayonlar Makinderning “Heartland” nazariyasi kabi ishlagan. Hozirda, Xitoyning “Bir kamar, bir yo‘l” loyihasi ham Heartlandga kirish asnosida faoliyat olib bormoqda. 2013-yildan beri Markaziy Osiyoda: Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikistonda, temir yo‘llar va portlar qurish orqali resurslarga erishishni osonlasshtirish uchun Xitoy bu tashabbusni amalga oshirish uchun amaliy harakat qilmoqda, ya’ni bu Makinderning “Heartland” hududini yangi iqtisodiy “stimul”ga aylantirgan. Sevara Sharapovaning tahlilida bu loyiha Markaziy Osiyodagi mahalliy ayollar va dehqonlarning ovozini e’tiborsiz qoldirayotgani ko‘rsatiladi. Umuman, Heartland bugungi resurs kurashida hali ham o‘z ahamiyatini saqlab qolmoqda va yirik davlatlar bu hudud uchun kurash olib bormoqda. 2 Rimland nazariyasi: Chegaraviy “halqa” Tarixiy shakllanishi Rimland nazariyasi 1940-yillarda, Ikkinchi jahon urushi davrida amerikalik geosiyosatchi Nikolas J.Spaykman tomonidan ishlab chiqilgan. U Makinderning Heartland g‘oyasiga qarshi “Markaz emas, balki chekkalar haqiqiy jang maydoni” deb javob bergan. Bu nazariya 19421944-yillarda Yale universitetidagi tadqiqotlarida shakllangan bo‘lib, 1944-yildagi “The Geography of the Peace” kitobida batafsil bayon etilgan. Bu vaqtda Germaniya va Yaponiya Yevroosiyo qirg‘oqlarini bosib olayotgan edi. Spaykman AQShning Yevropa va Osiyodagi ittifoqlarini mustahkamlash uchun bu nazariyani ishlatgan. Nazariya Spaykmanning 1943-yilda vafot etishiga qaramasdan, shogirdlari, J.R. Devis, uni davom ettirib rivojlantirgan. 1 https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=APQWOA0AAAAJ&citation_for_view= APQWOA0AAAAJ:WF5omc3nYNoC 2 https://scholar.google.com/citations?user=APQWOA0AAAAJ&hl=ru ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 526 Bu nazariya Alfred Texer Mahanning “dengiz qudrati” g‘oyalariga yaqin, lekin Makinderdan farqli o‘laroq, periferiya zonalarga va iqtisodiy bog‘lanishlarga e’tibor qaratadi. Nazariyaning ma’nosi va konsepsiyalari “Rimlandni boshqargan – Yevroosiyoni boshqaradi; Yevroosiyoni boshqargan – jahon taqdirini belgilaydi”,- buni esa Rimland nazariyasining formulasi sifatida ko‘rish mumkin. Rimland – Yevroosiyoning qirg‘oq hududlaridan iborat “halqa” bo‘lib, taxminan 5600 km uzunlikdagi zonan o‘z ichiga oladi. U zonada G‘arbiy Rimland (Yevropa: Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya; Shimoliy Afrika: Turkiya, Misr), Janubi-Sharqiy Rimland (Yaqin Sharq: Eron, Saudiya Arabistoni; Hind okeani: Hindiston, Pokiston; Janubi-Sharqiy Osiyo: Indoneziya, Filippinlar) va Sharqiy Rimland (Xitoy qirg‘oqlari, Yaponiya, Koreya) hududlarni ko‘rish mumkin. Bu hudud dengiz savdo yo‘llari portlar va sanoat markazlarini o‘z ichiga oladi. Bu hududdan dunyo savdosining 70% dan ortig‘i amalga oshiriladi. Heartlandni izolyatsiya qilish uchun Rimland ideal yechim hisoblanadi. Ya’ni dengiz flotlari, havo kuchlari va ittifoqlar orqali “bo‘g‘ish” harakatlarini amalga oshirish mumkin. Nazariya iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlikni hisobga oladi, globalizatsiya Rimlandni yanada muhim qilgan, ammo geografik determinizmni saqlaydi. Tanqidlar esa dengizga ortiqcha e’tiborni ko‘rsatadi, quruqlik kuchlari (yadroviy raketalar) va kibertahdidlar endi Rimland chegaralarni buzib o‘tib ketadi, bundan tashqari, Xitoyning “Bir kamarbir yo’l” tashabbusi Rimlandni chetlab o‘tishi mumkin. 3 Nazariyaga asoslangan asosiy amaliy misollar. AQShning Sovuq urushdagi “bo‘g‘ish siyosati” Truman Doktrinasida (1947) Rimlandni mustahkamlash boshlangan. Koreya urushi (1950-1953) da Yaponiya va Janubiy Koreya Rimland nazariyasi asosi sifatida ishlatilgan desak bo‘ladi. Eyzinxauer davrida CIA va harbiy yordamlar orqali Rimland nazariyasi amalga oshirilgan. Tinch okeanidagi raqobatlar nazariyaga asoslangandek ko‘rinadi, Barak Obamaning 2011-yildagi “Osiyoga pivot” strategiyasi JanubiSharqiy Osiyodagi Rimlandni mustahkamlashga qaratilgan. 2021-yildagi AUKUS (Avstraliya, Buyuk Britaniya, AQSh – Avstraliyaga yadroviy suv osti kemalari) va QUAD (AQSh, Yaponiya, Hindiston, Avstraliya) ittifoqlari ham shu nazariyaga asoslangan, ular Rimlandni Xitoy tahdididan himoya qiladi, savdo yo‘llarini, Malakka bo‘g‘ozini nazorat qiladi. Rossiya-Ukraina urushida Rimlandning Yevropa qismi, Polsha, Bolgariya, Ruminiya, NATO orqali mustahkamlangan, bu 2022-yildan beri millionlab yevro yordam va qurol yetkazib berish orqali amalga oshirilgan. Umuman, Rimland bugungi globalizatsiyada eng moslashuvchan va iqtisodiy sanksiyalar (Rossiyaga qarshi) va savdo urushlari (AQSh-Xitoy) shu nazariyaga asoslangan. 4 Lebensraum nazariyasi: “Tirik organizm” Nazariyaning tarixiy rivojlanishi Lebensraum konsepsiyasiga 1897-yilda nemis geografi Fridrix Ratselning “Politische Geographie” kitobida asos solingan. Ratsel biologiyadan (ijtimoiy darvinizm) ilhomlanib, davlatlarni “tirik organizmlar” deb ko‘rgan – ular kengayishi, migratsiya qilishi kerak, aks holda nobud bo‘ladi. Bu g‘oya Birinchi jahon urushidan keyin Versal shartnomasining Germaniya hududlarini cheklaganida kuchaygan, chunki millionlab nemislar o‘zlarini qisib qo‘yilgandek his qilgan. 3 https://scholar.google.com/citations?user=bxQs9S4AAAAJ&hl=fr 4 https://scholar.google.com/citations?user=8lfXKoMAAAAJ&hl=en ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 527 Ratselning shogirdi Karl Hausxofer uni geosiyosiyatga aylantirgan va Makinderning Heartland g‘oyasini qo‘shgan va natsist partiyasiga ta’sir qilgan. Adolf Gitler 1925-yildagi “Mein Kampf” kitobida irqiy talqin qilib, “Sharqdagi tirik joy” deb nomlagan, bu nemis millatchiligi va Gobino irqiy gipotezalarining sintezi hisoblandi. Nazariyaning ma’nosi va konsepsiyalari Nazariyaning markaziy g‘oyasi – Har bir xalq yashashi, ko‘payishi va rivojlanishi uchun kengroq hududga ega bo‘lishi kerak deydi va xalqni tirik organizm sifatida ko‘radi. Bu yondashuv Germaniya aholisi va iqtisodiy ehtiyojlari uchun mavjud chegaralar yetarli emas, deb ta’kidlagan. Sharqiy Yevropa – Polsha, Ukraina, Belorussiya va Rossiyaning g‘arbiy hududlari “bo‘sh” yerlar sifatida baholangan, slavyan va yahudiy xalqlar esa “past irq” deb, ularni “yer ochish” uchun siqib chiqarish yoki yo‘q qilish rejalashtirilgan. Ratselda biologik kengayish (migratsiya, kolonizatsiya, “o‘lim motivi” – yo‘q bo‘lib ketish qo‘rquvi), Gitlerda esa irqiy ustunlik asosiy o‘rinda bo‘lgan. Umumiy hudud – 1–1.5 million kv.km bo‘lib, aholining 50–80 millionga yetkazilishi ko‘zlangan. Bu nazariya geografik determinizmni irqchilik va biologiya bilan bog‘lab, bosqinchilik va genotsidni oqlagan. Tanqidlar esa biologik determinizmni rad etadi: siyosat faqat hududga emas, balki madaniyat, iqtisod va axloqqa tayanadi. Ratselning asl qarashi nisbatan betaraf bo‘lsa-da, Gitler talqini uni jinoyatga aylantirgan. Nazariyaga asoslangan asosiy amaliy misollar. Tarixiy misol sifatida 1939-yilgi Polsha bosqini 1941-yildagi Operatsiya Barbarossa ko‘rsatiladi: bu jarayonda natsistlar Sharqiy Yevropani bosib olib, kolonizatsiya qilishni boshlagan, “General plan Ost” rejasi esa slavyan aholisini 30–50% ga kamaytirishni ko‘zlagan, natijada 27 million sovet fuqarosi, shu jumladan 6 million yahudiy, holokost va millionlab polshaliklar halok bo‘lgan. Albert Speerning arxitektura loyihalari ham aynan shu g‘oyaga asoslanib, nemis kolonistlari uchun “sof” shaharlar yaratishni maqsad qilgan, Nurnberg sudida esa Lebensraum siyosati “insoniyatga qarshi jinoyat” sifatida qoralangan. Bugungi tahlillarda bu nazariya neo-imperializm va ekologik raqobatning timsoli sifatida talqin qilinadi: ba’zilar Rossiyaning Ukrainadagi “denatsifikatsiya” da’vosini shunga o‘xshatishadi, ammo bevosita bog‘liq emas, chunki Putin ko‘proq Makinderning Heartland konsepsiyasiga yaqin turadi. Ian Klinkening 2018-yilgi tahlilida Ratsel g‘oyalaridagi “o‘lim motivi” – ekspansiya orqali omon qolish qo‘rquvi eslatib o‘tiladi, bu Gitler talqinini tushuntiradi va iqlim migratsiyasida qayta ko‘rinishi ehtimoldan holi emas. Alexandros Stogiannosning 2023-yilgi tadqiqoti esa Lebensraumning biogeografik asosini tanqid qilib, Ratselning “siyosiy-geografik” talqini irqchilikni oqlaganini ko‘rsatadi; ammo bugungi Yevropa Ittifoqining sharqqa kengayishi yumshoq Lebensraumga o‘xshasa-da, u resurslar uchun amalga oshiriladi va xalqaro huquq hamda inson huquqlari bilan cheklanadi. Solishtiruvchi tahlil: O‘xshashliklar, farqlar va bugungi “O’yin” O‘xshashliklar: Umumiy ildiz va Yevroosiyo markazi Uchala nazariya ham geografik determinizmga asoslangan: hududlar siyosiy kuchquvvatni belgilaydi va Yevroosiyo global o‘yinning yuragi hisoblanadi. Heartland va Rimland Makinder-Spaykman zanjirida bir-birini to‘ldiradi – birinchisi quruqlik markaziga, ikkinchisi periferiyaga qaraydi, ammo ikkalasi ham “Jahon orolini” nazorat qilishni maqsad qiladi. Lebensraum ham sharqiy Yevropani ekspansiya zonasi sifatida ko‘radi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 528 Silva Bezerraning 2022-yilgi tahlilida bu uchta nazariya Rossiyaning siyosatini shakllantirgani ko‘rsatilgan, masalan, Putinning “Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi” Heartland va Rimlandni birlashtiradi, Lebensraumdan esa revanshizmni o‘z ichiga oladi. Barchasi resurslar, aholi va transport yo‘llarini nazorat qilish orqali global gegemoniya uchun “kalit hudud”ni ta’kidlaydi. Bu o‘xshashliklar XX asr urushlarini tushuntiradi va Ikkinchi jahon urushi Heartland (SSSR), Rimland (AQSh ittifoqlari) va Lebensraum (Germaniya) to‘qnashuvi edi. 5 Farqlar: Strategik, etik va metodologik jihatlar Heartland quruqlik bosqinlari va tabiiy himoyaga tayanadi, Rimland dengiz va havo kuchlari va iqtisodiy ittifoqlarga, Lebensraum esa irqiy va biologik kolonizatsiyaga tayanadi. Neytralroq holda Heartland Rossiya ekspansiyasini oqlaydi, Rimland AQShning “tiyib turish” yondashuvini oqlaydi. Lebensraum esa genotsidga olib kelgan, shuning uchun etnik jihatdan qoralangan. Texnologik farq: Makinder temir yo‘llarga asoslansa, Spaykman dengizga ishongan, Gitler “tabiiy huquq”ni irqchilik bilan bog‘lagan holda amalga oshirgan bu nazariyalarni. Metodologik jihatdan Heartland va Rimland tizimli, Lebensraum esa subyektiv. Tanqidlarda Heartland va Rimland determinizm uchun (geografiya siyosatni “majburlaydi” deb), Lebensraum irqchilik uchun tanqid qilinadi. Masalan, Ratselning “o‘lim motivi” bugungi ekologik kurashlarni oqlashi mumkin, ammo inson huquqlariga zid. Zamonaviy ahamiyati Bugungi geosiyosiyada Heartland Rossiya, Xitoy va AQSHning Markaziy Osiyo uchun raqobatini tushuntiradi. Rimland AQSh-Xitoy Tinch okeani kurashini aks ettiradi. Lebensraum esa imperial xavflarni eslatadi: iqlim o‘zgarishi bilan “resurs migratsiyasi” (Afrika-Yevropa) yangi da’volarni keltirib chiqarishi mumkin, ammo BMT va Yevropa huquqlari buni yumshatadi. Solishtirish shuni ko‘rsatadiki, bu nazariyalar Zbignev Brzezinskining “Buyuk shaxmat taxtasi” kabi yangi modellariga asos bo‘lgan va Duginning “Yevroosiyo” g‘oyalari ularni birlashtiradi. Tanqidlar, globalizatsiya va kibertahdidlar nazariyalarni eskirgan deb tahmin qiladi; dekolonial nuqtai nazardan ular G‘arb markazchiligini mustahkamlaydi. Shaxsiy tuhuncha, bu nazariyalar “o‘tmish” emas – ular bugungi sanksiyalar va ittifoqlarda yashaydi, lekin ularni insoniy axloq bilan birlashtirish kerak. 6 Xulosa Heartland, Rimland va Lebensraum nazariyalari geosiyosiyatning asosiy poydevori bo‘lib, ular Yevroosiyoning global taqdirini belgilaydi. Har biri o‘z davrining tahdidlariga javob bergan. Bugungi dunyoda Rimland eng dolzarb ko‘rinadi, chunki globalizatsiya sohil bo‘yi hududlarni muhimligini oshirgan, lekin Heartland resurs kurashini, Lebensraum esa insoniy xavflarni eslatadi. Kelajak tadqiqotlari bu nazariyalarni iqlim va AI kontekstida o‘rganishi kerak, masalan, kibertahdidlar “virtual Rimland” yaratishi mumkin, yoki AI dronlari Heartland himoyasini buzishi. Bu nazariyalar bizga shuni o‘rgatadiki geografiya muhim, ammo inson qarorlari – asosiy. 5 https://scholar.google.com/citations?user=APQWOA0AAAAJ&hl=ru 6 https://scholar.google.com/citations?user=APQWOA0AAAAJ&hl=ru ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 529 Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Megoran, N., Sharapova, S., & Faizullaev, A. (2005). Halford Mackinder's 'Heartland' – a Help or Hindrance? The Geographical Journal, 171(2), 170–172. 2. Wu, Z. (2006). Nicholas Spykman's Rimland Theory and Its Strategic Implications. Teaching and Research, 78, 78–85. 3. Klinke, I. (2018). Friedrich Ratzel, Lebensraum and the death motif. Journal of Historical Geography, 61, 97–101. https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0305748817302463 4. Stogiannos, A. (2019). Lebensraum: Bio-geographical Signifier with PoliticalGeographical Signified? In The Genesis of Geopolitics and Friedrich Ratzel: Dismissing the Myth of the Ratzelian Geodeterminism (pp. 123–145). Springer. https://www.springerprofessional.de/en/lebensraum-bio-geographical-signifier-withpolitical-geographica/16235578 5. Bezerra, V. da S., & Pinheiro, F. M. F. (2022). As teorias de Dugin, Mackinder e Spykman: Três conceitos de Eurásia e suas implicações para a Rússia. Revista de Geopolítica, 16(1), 1–25. https://revistageo.com.br/revista/article/view/535 6. Astarita, C., & Marconi, M. (2024). Reading Spykman in Beijing: Can the Rimland theory question the Belt and Road Initiative? L'Espace Politique, 49–50. https://journals.openedition.org/espacepolitique/12118?lang=en