SUN'IY INTELLEKT DAVRIDA NUTQ MADANIYATINI SAQLASH MUAMMOLARI
Full text
496 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar SUN’IY INTELLEKT DAVRIDA NUTQ MADANIYATINI SAQLASH MUAMMOLARI Qosimova Yasmina Bobomurot qizi To‘rayeva Intizor Bahromovna Nomozova Soliha Botir qizi Denov tadbirkorlik va pedagigika insitituti talabalari [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17636774 Annotatsiya. Ushbu maqola sun’iy intellekt davrida nutq madaniyatini saqlash muammolari yorritilgan. Maqolada muallif tomonidan zamonaviy texnalogik taraqqiyotning madaniyatiga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil etilgan hamda bu masalalarning jamiyatda qanchalik dolzarbligi asoslab berilgan.Maqolada raqamli davrda insonlar o‘rtasidagi muloqot jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida fikr yuritiladi. Muallif o‘z qarashlarini misollar, dalillar va tahlillar orqali asoslaydi. Maqolada shuningdek, axborot texnalogiyalarini muloqot madaniyatiga ta’siri haqida so‘z yuritadi. Umuman olganda maqola sun’iy intellekt davrida nutq madaniyatini saqlash mavzusining mohiyatini keng yoritib o‘quvchiga chuqur tasavvur hosil qiladi. Kalit so‘zlar. Sun’iy intellekt, nutq madaniyati, raqamli davr, axborot texnalogiyalari, mustaqil fikrlash, kitobxonlik, so‘z boyligi, muloqot, muloqot sun’iylashuni. Annotation. This article discusses the problems of preserving speech culture in the era of artificial intelligence. The author analyzes the impact of modern technological development on culture and substantiates the relevance of these issues in society. The article examines the problems that arise in the process of communication among people in the digital age and offers ways to solve them. The author supports their views with examples, evidence, and analyses. The article also discusses the influence of information technologies on the culture of communication. In general, the article provides a broad understanding of the importance of maintaining speech culture in the era of artificial intelligence and helps the reader gain a deep insight into the topic. Keywords: Artificial intelligence, speech culture, digital era, information technologies, independent thinking, reading habits, vocabulary, communication, artificial communication. Aннотация. В данной статье рассматриваются проблемы сохранения культуры речи в эпоху искусственного интеллекта. Автор анализирует влияние современного технологического прогресса на культуру и обосновывает актуальность этих вопросов в обществе. В статье рассматриваются проблемы, возникающие в процессе общения между людьми в цифровую эпоху, и предлагаются пути их решения. Автор обосновывает свои взгляды примерами, доказательствами и анализом. Также в статье обсуждается влияние информационных технологий на культуру общения. В целом, статья дает широкое представление о сути темы сохранения культуры речи в эпоху искусственного интеллекта и помогает читателю глубже понять данный вопрос. Ключевые слова: Искусственный интеллект, культура речи, цифровая эпоха, информационные технологии, самостоятельное мышление, чтение, словарный запас, общение, искусственная коммуникация. Bugungi kunda insoniyat hayotining deyarli barcha sohalariga korib kelgan , ya’ni o‘qitish, o‘qish, yozish va hattoki fikrlash jarayonlari ham sun’iy intellekt yordamida oshirilmoqda. Biroq bu jarayonlarning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda nutq madaniyatining yo‘qolishiga ya’ni pasayishiga, so‘z boyligini kamayishiga va inson muloqotining sun’iylashuvi kabi muammolarga ham sabab bo‘lmoqda. Nutq madaniyati - insonning manaviy darajasi va madaniyatining ko‘zgusidir. Til orqali
497 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar milliy qadriyatlar, tarix, va madaniyat ham avloddan avlodga o‘tadi. Shu sababli sun’iy intellekt(AI) vositalaridan foydalaniah jarayonida til va nutqning tabiiyligiga putur yetkazmaslik dolzarb masaladir. Ushbu maqola shunday muammolarni hal qilishga qaratilgan. Sun’iy intellekt tizimlari (Chatgpt, Google translate, spaCy, NLTK) bugungi kunda insonlarning kundalik muloqot jarayoniga faol kirib kelmoqda. Insonlar sun’iy intellektga tayanishi natijasida adabiy til me'yorlariga e'tibor kamayadi, so‘z tanlash imkoniyati pasayadi va nutqdagi tabiiylik yo‘qoladi. Sun’iy intellekt (AI) bizga xohlagan mavzumizni yoritib beroladi va bu biz uchun qulay lekin bu jarayon bizni fikrlashimizga salbiy ta’siri qiladi, ya’ni biz mustaqil fikrlash qobiliyatimiz pasayadi. Sun’iy intellekt (AI) bizni nutq madaniyatimizga ham o‘z ta’sirini ham o‘tkazmay qolmaydi. Asosan bu holatni biz xorijiy ibora va so‘zlarni ko‘p ishlatishimiz orqali namoyon bo‘ladi. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p blogerlar tilidan ko‘rishimiz mumkin ya’ni <<istoriya qo‘ydim>>, <<atmetka qilib qo‘ying>>, <<like bosing>> kabi iboralarida nomoyon bo‘ladi. Shu bilan birga nutq madaniyatini buzilgan holatini do‘stlarimiz va boshqa yaqinlarimizga ijtimoiy tarmoqlar orqali yozayotganimizda so‘zlarni qisqartirib yozganimizda namoyon bo‘ladi. Masalan, "Telefon qilib yuboring - tel qiling", "maktabga borasanmi - makga borasanmi" kabi iboralarda ko‘rishimiz mumkin. Bugungi kunda sun’iy intellekt (AI) insonlarda so‘z boyligini kamayishiga sabab bo‘layotgan omillardan eng asosiysidir. Asosan foydalanuvchilar sun’iy intellektdan tayyor holdagi javobni olib fikr fikrlamaslikka o‘rganadi lar va shu sababli soz boyligi torayib o‘zlarini lug‘atida faqat kundalik hayotida ishlatadigan bir xil so‘zlarni bilishadi, ya’ni bir xil andozadagi so‘zlardan va iboralardan foydalanadilar. Undan tashqari sun’iy intellekt (AI) orqali biz so‘zlarni o‘rniga turli xil imoj va stikerlardan foydalanish ko‘paymoqda bu esa muloqotining sun’iylashuviga sabab bo‘ladi. Bu muammolarni hammasiga asosan kitob kitob o‘qimaslik va sun’iy intellektdan noto‘g‘ri foydalanish sabab bo‘ladi. Bu muammolarni bartaraf etish uchun biz ko‘p kitob o‘qishimiz insonlar bilan tabiiy muloqotni yo‘lga qo‘yishimiz, sun’iy intellektdan (AI) oqilona foydalanishimiz zaruzdir. Undan tashqari bu muammolarga qarshi choralardan yana biri tilni tozalashga va to‘g‘rilashga xizmat qiluvchi loyihalarni qo‘llab quvvatlash kerak. Shu o‘rinda maktab va oliy o‘quv yurtlarida <<nutq madaniyati>>ga ko‘proq e'tibor berish kerak. Shu bo‘yicha tadbirlar va tanlovlar o‘tkazish kerak. Bu tanlovlar yoshlar uchun qiziqarli bo‘ladi. Shu tanlovlar davomida o‘quvchilar sun’iy intellektdan foydalanishda ham adabiy tildan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini ham o‘rganishi mumkin. Shu bilan birga yoshlarni faqat raqamli chat emas yuzma-yuz muloqat qilishga undash ya’ni rag‘batlantirish lozim. Yuqorida aytilganidek sun’iy intellektdan (AI) ko‘p va noto‘g‘ri foydalanish so‘z boyligini kamayishiga ham olib keladi. Bu muammoni hal qilish uchun asosan kitobxonlikni rivojlantirish kerak va internet dasturlarida til va o‘yinlar, so‘z boyligini oshirish bo‘yicha ilovalar ochilishi kerak, chunki hayotimizga sun’iy intellekt kirib bo‘lgan ya’ni hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Shunday ekan sun’iy intellekt (AI) orqali nutqadaniyatini choralarini ko‘rish ko‘proq samaraliroq bo‘ladi. Shuningdek, sun’iy intellekt dasturlarini o‘zbek tilining boy lug‘at bazasi bilan to‘ldirish, milliy so‘zlarni ko‘proq ishlatishga yo‘naltirish lozim. Shu bo‘yicha o‘quvchilar, o‘qituvchilar talabalar uchun <<sun’iy intellekt (AI)bilan yozish etikasi>> bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqish darkor. Shunday ekan, agar sun’iy intellekt (AI) ta’lim o‘rganish va ijod maqsadida ishlatilsa, u aksincha so‘z boyligini oshirish vositasiga aylanishi mumkin. Sun’iy intellekt (AI) yordamida vosita sifatida emas balki, asosiy manba sifatida ishlatish lozim. Sun’iy intellektning (AI) o‘zi xavfli emas undan qanday
498 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar foydalanishimiz muhim. Agar inson real suhbat o‘rniga sun’iy intellekt (AI) yordamida murojaatlarni ham amalgam oshirsa ovoz ohangi ham yo‘qolishi mumkin. Xulosa qilib aytganda sun’iy intellekt( AI) davrida nutq madaniyatini saqlash dolzarb muammoga aylangan, ya’ni u ko‘p hollarda salbiy ta’sir qilmoqda. Masalan insonlarni mustaqil fikrini yo‘qolishiga olib kelmoqda. Bu uchun asosiy chora esa sun’iy intellekt o‘rniga ko‘proq kitoblardan foydalanish zarur . Hozirgi kunda sun’iy intelekt sababli hattoki o‘qituvchilarni so‘zlari ham nutq madaniyatiga zid holatga kelib qolgan. Nutq madaniyati tilda mavjud bo‘lgan xilma xil ifoda shakllaridan fikr uchun eng uyg‘unlarini tanlay bilishidir, ammo hozirda sun’iy intellekt tufayli bir xil so‘z boyliklaridan foydanilyapti. Biz sun’iy intellektdan oqilona ya’ni uni faqat yordamchi, fikrlarni to‘ldiruvchi sifatida foydalanishimiz kerak. Agar inson o‘qisa, yozsa, o‘ylasa va fikrni o‘zi ifoda etsa hech qanday texnalogiya uning til boyligi va muloqot tabiiyligini , madaniyatini yo‘q qila olmaydi. Shu sababli sun’iy intellekt vositalaridan foydalanganda inson tafakkuri , his tuyg‘usi va madaniyati birinchi o‘rinda turishi kerak. Faqat shundagina biz raqamli davrda ham o‘z tilimiz va nutq madaniyatimizni saqlab qolishimiz mumkin bo‘ladi. Kishining tafakkuri, madaniy-ma’naviy saviyasi dastlab uning nutqida aks etadi. Har bir inson unutmasligi kerakki sun’iy intellekt bu insonning yordamchisi, lekin uning uning o‘rnini bosuvchisi emas. References: 1. Jo‘rayev. T. T, Halimov. S. G‘. Nutq madaniyati 2021. 68-bet 2. Teshaboeva. D. M. , Kamolova. M. N. Nutq madaniyati. Toshkent. Iqtisodiyot 2018 19-bet 3. Yuldashev. B. Badiy nutq stlistikasi. Samarqand. SamDU nashri 1982-yil 81-bet 4. O'zbek nutq madaniyatining dolzarb muammolari. Toshkent 1990 36-bet