scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YANGI O'ZBEKISTONDA ILM- FAN RIVOJIGA QARATILGAN CHORA TADBIRLARNING ISHLAB CHIQILISHI

Faxriddin Yormatov Joylovovich

Full text

6 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc YANGI O‘ZBEKISTONDA ILMFAN RIVOJIGA QARATILGAN CHORA TADBIRLARNING ISHLAB CHIQILISHI Faxriddin Yormatov Joylovovich Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tarix kafedrasi mudiri, t.f.n, dotsent. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17636907 XXI asrga kelib ilm-fan shu darajada rivojlandiki, yer yuzidagi deyarli butun insoniyat aql bovar qilmas yutuqlarga erishib, og‘iri yengil, uzog‘i yaqin, ishlab chiqarish samaradorligi rivojlangan bir davrni boshidan kechira boshladi. Ya’ni, hozirgi eng yangi davr yadro energiyasi, quyosh energiyasi, ximiyani yanada rivojlantirish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, hamda fantexnikaning boshqa yanada murakkab sohalarini o‘zlashtirish davri ekanligi bilan xarakterlanadi. Ilg‘or va taraqqiy etgan davlatlar tajribasidan kelib chiqib ta’kidlash lozimki, ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bugungi ilm-fan taraqqiyoti muhim ahamiyatga ega. Ilm-fansiz taraqqiyot amalga oshmaydi va jamiyat ziddiyatlar girdobiga yuz tutadi. Hozirgi paytda jamiyat va sivilizatsiyalar avvalo ijtimoiy qadriyatlar va ta’lim tizimlari bilan raqobatlashmoqda. Shu nuqtai nazardan, buyuk ajdodlarimiz bo‘lgan islom olamining mutafakkirlari asarlarini, ularning butunjahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini chuqur o‘rganish, teran anglash va keng ommalashtirish alohida ahamiyatga egadir. Biz yana bir muhim jihatga e’tibor berishimiz kerakki, O‘zbekistonda ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni moliyalashtirish qonunchilik asosida uning maqsadli mo‘ljaliga va ko‘pligiga asoslanadi. Ilg‘or ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni joriy etish – iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, ularning iqtisodiy mustaqilligi va bozordagi mavqeini mustahkamlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, ta’lim, ilm-fan hamda ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, uning natijasida innovasion ishlanmalar yaratish, ulardan mamlakatimizning ilmiytexnologik salohiyatini mustahkamlash va iqtisodiyotimizni ravnaq toptirish zarur. Mustaqillikning ilk davrida boshlangan ilm-fanga bo‘lgan e’tibor mamlakatimizda ko‘plab sezilarli darajada o‘zgarishlarni yuzaga keltira boshladi. Yangi O‘zbekistonda esa bu ijobiy ishlar shubhasiz o‘zining yuksak pallasiga ko‘tarildi. Sh.M.Mirziyoyevning mamlakat Prezidenti sifatida o‘z faoliyatini boshlagan ilk yillardanoq barcha sohalardagi kabi ilm-fan sohasida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilib, o‘ziga xos choratadbirlar ishlab chiqila boshladiki, bu bugungi kunga kelib o‘zining ijobiy natijasini bera boshladi. 2018-yil 7-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3698-son qarori[1, 9-b] ga asosan, innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni yanada samarali joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida ilmiy tadqiqot muassasalarining 36 nafar ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda oliy ta’lim muassasalarining 78 nafar ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, mazkur qaror ijrosi doirasida oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida innovasion jamg‘armalar va ilmiy-innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linmalar tashkil etildi. Jamg‘armalarda ayni paytda 3,8 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ shakllantirildi. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovasion ishlanmalar iqtisodiyot tarmoq va sohalarini innovasion rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va vazifalaridan kelib chiqib, xorijiy tajribalarni e’tiborga olgan holda bosqichma-bosqich shakllantirilib, grantlar doimiy ravishda e’lon qilindi. Jumladan, 7 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 2018 yilda jami 1748 ta loyiha 193,4 mlrd so‘m miqdorida moliyalashtirilib, shundan amaliy loyihalar tegishliligi bo‘yicha 912 ta va 114,5 mlrd, fundamental loyihalar 369 ta va 38,2 mlrd, innovasion loyihalar 285 ta va 32,9 mlrd, yosh olimlarning amaliy loyihalari - 165 ta va 6,3 mlrd, xalqaro ilmiytexnik loyihalar esa - 17 ta va 1,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 avgustdagi PQ-3899-sonli qarori[2,11-b] bilan Innovasion rivojlanish vazirligi huzurida Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamg‘armasi tuzildi. Ilmiy va ilmiy-texnik ishlanmalarni o‘rganish va tijoratlashtirishning normativ-huquqiy bazasini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3855-son qarori[3,14b]ga muvofiq tasdiqlangan 43 ta ishlanmaning tijoratlashtirilishi bilan bog‘liq barcha masalalarga Fanlar akademiyasining 15 ta ilmiy tekshirish institutlari va 6 ta tijorat banklari jalb etildi. Tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq 18 ta loyiha bo‘yicha innovasion kompaniyalar ochildi, 9 ta loyiha bo‘yicha lisenziya shartnomasi imzolandi. Ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun 2018-2021 yillarda 32,3 mln AQSH dollari yo‘naltirildi. Ilmiy-tadqiqot muassasalarini zarur sarflash materiallar bilan uzluksiz ta’minlashga 2018-2021 yillarda 1,9 mln AQSH dollari yo‘naltirilgan. 2018-yilda qabul qilingan “2019-2021 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini innovasion rivojlantirish strategiyasi”ning amalga oshirilishi natijasida qishloq xo‘jaligi, energetika, qurilish, ta’lim hamda sog‘liqni saqlash sohalarida texnologik rivojlanish va innovatsiyalarni joriy etishni ta’minlash va rag‘batlantirish borasida katta yutuqlarga erishildi. 2018-2022 yillarda ilm-fan va innovasion faoliyatga oid jami 88 ta normativhuquqiy hujjat - 3 ta Qonun, 6 ta Prezident Farmoni va 28 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 40 ta qarori va 12 ta farmoyishi qabul qilindi, natijada sohada raqobat, manfaatdorlik va javobgarlik muhiti shakllandi. Yangi O‘zbekistonda fan va innovatsiyalar rivojiga alohida e’tibor qaratilib juda katta hajmdagi mablag‘lar ajratilayotganini quyidagi ma’lumotlardan ham bilib olish mumkin. • 2018-yilda “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiya”si, 2022 yilda “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovasion rivojlanish strategiya”si qabul qilindi; • Tarmoq korxonalari va ijtimoiy soha buyurtmalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish orqali ilmiy loyihalarni moliyalashtirishning yangi – grant tizimi joriy etildi; • Innovatsiya va ilm-fan sohalariga davlat byudjetidan ajratiladigan yillik mablag‘lar hajmi 3 baravarga hamda loyihalarni moliyalashtirish hajmi 3,5 barobarga oshirildi, xususan mablag‘larning 40 foizi zaruriy asbob uskunalar, reagent va materiallar xaridiga yo‘naltirildi; • Ilm-fan sohasida boshqaruv tizimi takomillashtirildi, xususan ilmiy tashkilotlarning ilmiyinnovatsion faoliyati samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan milliy reyting tizimi joriy etildi; • Yosh olimlar soni 1,5 baravarga oshirildi, xususan 6,5 ming nafardan (2018 yildagi ko‘rsatkich) 10,8 ming nafarga (2022 yildagi ko‘rsatkich); • oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy darajasiga ega xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari 3,2 barobarga oshirildi hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga asosan xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi joriy etildi; • Ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasi tubdan yangilandi, 5 yil davomida ularga jami 160,16 mlrd. so‘m bo‘lgan 272 turdagi laboratoriya asbob-uskunalari yetkazib berildi; • Ilm-fan va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish tizimi diversifikatsiya qilindi, 2018-2022 yillar davomida sanoat korxonalari va xususiy sektordan fan va innovatsiyalarga ajratilgan mablag‘lar 3 barobarga ko‘paydi, 2022 yilda (954 mlrd. so‘m sarflandi) davlat tomonidan 146 moliyalashtirishdan (ajratilgan 591 mlrd. so‘m) 1,6 baravarga oshdi.[4, 5-b]. 8 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Yangi O‘zbekistonda ilm-fanni yanada rivojlantirishga qaratilgan ahamiyatga molik ishlardan biri 2019 yil 19 oktyabrda № O‘RQ-576 sonli “ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonun[5]ning qabul qilinishi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining “ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonuni 6-bob va 46-moddadan iborat. O‘tmishda ham olimlar, ijod ahli faoliyati davlat rahbarlari tomonidan qo‘llab quvvatlangan. Bizning zamonimizga kelib, u aksariyat davlatlarda xalq xo‘jaligining ajralmas sohasiga aylangan va u davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadi hamda uning ijrosi nazorat qilinadi. Mamlakatimizda ilmfanni yanada rivojlantirishga doir chora tadbirlarning ishlab chiqilishi keng ko‘lamda uzoqni ko‘zlagan holda olib borilmoqda. Biz ushbu masalalar bo‘yicha quyidagicha xulosa va takliflarni berishimiz maqsadga muvofiqdir; -fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish negizida fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslarini mustahkamlash, hamda uning keltirib chiqarayotgan oqibatlaridan inson va jamiyat manfaatlariga mos keladigan to‘g‘ri yo‘nalish kasb etishi kerak; -hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti yo‘nalishlari va tendensiyalarini, ularning jamiyatdagi roli va funksiyalarini yaxlit tarzda va chuqur o‘rganish; Bugungi ilmiy-texnika taraqqiyotida qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning o‘zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolarini hal etish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash; Biz yana bir muhim jihatga to‘xtalmoqchimizki, bugungi kunda ijtimoiy va ilmiy-texnika taraqqiyotida ilmiy maktablarning ahamiyati va o‘rnini hisobga olish hamda ilmiy-texnik taraqqiyotda ma’naviy ishlab chiqarish jarayonlarining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlariga alohida e’tibor qaratmog‘imiz kerak. Birinchidan, sog‘lom nasl, sog‘lom avlodni hosil qilish ishlarining izchil yo‘lga qo‘yilganligi; Ikkinchidan, dunyoga kelgan sog‘lom naslni barkamol etib tarbiyalash uchun ularga dunyoviy bilimlarning sir - asrorlarni o‘rganish ishlarining ta’lim muassasalarini tashkil etish orqali amalga oshirilayotganligi; Uchinchidan, kuchli ijtimoiy himoya yuritish asosida barcha kam ta’minlangan oilalar, nogironlar va keksalarning munosib turmush kechirishlari uchun shart – sharoitlar yaratib berilayotganligi; To‘rtinchidan, zamonaviy bilim cho‘qqilarini egallash uchun zarur bo‘lgan axborot va kommunikatsion vositalar bilan ta’minlash ishlarining muntazam ravishda amalga oshirilayotganligi; Ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot jarayonida axborot xavfsizligini ta’minlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyotda quyidagi mezonlar muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, texnogen sivilizatsiya transformatsiyasi va globallashuvida har qanday milliy davlatning xalqaro mavqei va maqomi uning jahon hamjamiyati bilan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, manfaatdorligiga; Ikkinchidan, tarixiy shakllangan milliy texnogen sivilizatsiya an’analarini, merosini saqlashiga, dunyo xalqlari tajribalarini transformatsiyasi va ijodiy rivojlantiruvchi ob’yektiv shart-sharoitlari sub’yektiv omillari yetarlicha; Uchinchidan, texnogen sivilizatsiya globallashuvining obyektiv xarakterini zaruriyatini, imkoniyatlarini anglash asosida, uning tendensiyasini, transformatsiyasi yo‘nalishlarini prognozlashtirish belgilashga; To‘rtinchidan, umuminsoniy va milliy qadriyatlar integratsiyasini global texnogen sivilizatsiya manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishning konstruktiv usullarini, rasional vositalarini yaratishga; 9 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Beshinchidan, texnogen sivilizatsiya globallashuvining muhim sub’yekti bo‘lgan milliy davlatlar boshqaruv tizimi demokratik xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jonlantirish, mamlakat ilm-fanining xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshliligini ta’minlash, mavjud ilmiy maktablar salohiyatini yanada mustahkamlash hamda ularning innovatsion salohiyatini rivojlantirish maqsadida 2019-yil 30-avgustda” Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4433-son qarori[6, 150-b]qabul qilindi. Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni to‘liq safarbar etgan holda ilmiy-innovasion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq 2020-yil 29-oktyabrda “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097 sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni e’lon qilinishi ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shuni alohida mamlakatimizda e’tirof ilm-fan etish va joizki, innovasion rivojlanish sohasini tubdan isloh qilish maqsadida ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va innovasion faoliyatni rivojlantirish uchun qulay shart sharoitlarni yaratishni nazarda tutuvchi 2017–2021 yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovasion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Respublikada innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida Innovasion rivojlanish vazirligi tashkil etildi. Yangilanayotgan mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal rivojlantirish, qisqa muddat ichida uni dunyo tan oladigan mamlakatlar darajasiga olib chiqish uchun innovatsiyaning tub mohiyatini ochib bergan Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida “... biz O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz..”[7, 151-b], deya ta’kidladilar. Darhaqiqat O‘zbekiston sharoitida iqtisodiyotdagi innovasion jarayonlarni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlovchi tegishli me’yoriy-xuquqiy hujjatlar qabul qilinishi va innovasion faoliyatni rag‘batlantiruvchi aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi, milliy innovasion tizimini shakllantirishga shu bilan hamqadam, ilm-fan iqtisodiyotning barcha tarmog‘i taraqqiyotida katta o‘rin tutadi. Mamlakatimizdagi yangi davr shiddati bugun ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani har qachongidan ham ko‘ra dolzarb ahamiyatga ega ekanligini, joriy etilayotgan qaror va farmonlar ilm-fan sohasi rivojida davlat boshqaruv tizimining ustuvorligini aniq, qat’iy asoslamoqda. 2021-yilning 1-aprel kunida yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan PF-6198-son “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda PQ-5047 son “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qaror yuzasidan chora-tadbirlar dasturining tasdiqlanishi yangilanayotgan O‘zbekistonda ilm-fan va innovatsion rivojlanishning yangi bosqichini boshlab berdi. Qabul qilingan ushbu farmon va qarorda 10 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc birinchi islohot, albatta, boshqaruv tizimini takomillashtirishdan boshlandi. Hududlarda ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini joriy qilish va hududiy innovatsion infratuzilmalar ishlab chiqildi. Ikkinchi qadam sifatida, innovatsion faoliyatga muhim qo‘shimcha moliyaviy mablag‘lar manbaini belgilash va bu orqali tashkilotlarga innovasion faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun erkin muhit yaratish maqsadida innovasion jamg‘armalar tashkil etiladi. Ilm fanga davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hajmini bosqichma-bosqich innovatsiyalar sohasiga oshirish, ilm-fan moliyalashtirishning va yangi mexanizmlarini joriy qilish, ilmiy va innovasion loyihalarni amalga oshirishda xususiy sektorning ishtirokini kengaytirish bu jamg‘armalar ilmiy tadqiqotlar va innovasion ishlanmalarni rag‘batlantirish, ilmiy-laboratoriya asbob-uskunalari, materiallar va butlovchi buyumlar sotib olish, ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini shakllantirish va yangilash, ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va innovatsiya faoliyati bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni amalga oshirishga yo‘naltirilishi belgilandi. Yana bir e’tirof etadigan tomoni shundaki, ilmiy texnik dasturlarni shakllantirishning eski tizimi tubdan isloh qilinib, yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, startap loyihalarini amalga oshirish, intellektual mulk qatnashadigan yangi korxonalarni shakllantirish va rasionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish uchun zarur shartsharoit yaratishga keng imkoniyatlar yaratildi. O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib Global innovasion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ta ilg‘or mamlakat qatoriga kirishiga qaratilgan 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovasion rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi. Yangi O‘zbekistonda innovatsion faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shuningdek ilm-fan va ilmiy faoliyatni rivojlantirish va istiqbolda uni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ilmiy tadqiqot muassasalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaga jadal tadbiq qilishni rivojlantirish maqsadida “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” qabul qilindi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar ilm-fan va innovatsiyalarda ko‘plab kamchiliklarni bartaraf etdi, natijada Global innovatsiya indeksi (Global Innovation Index) hisoboti natijasiga ko‘ra, respublika reytingi 29 pozisiyaga yaxshilandi va 131 mamlakat orasida 93-o‘rinni egalladi[8]. Har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining salmoqli qismi ijtimoiy xarajatlarga, shu jumladan, ta’lim va ilm-fanga sarflanadi. 2021-yilda mamlakat byudjetidan faqat innovasion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun 239 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. 2022-yilda bu ko‘rsatkich 671 milliard so‘mdan ortiqni yoki davlat byudjeti xarajatlarining 0,39 foizini tashkil etadi. O‘tgan to‘rt yil davomida 28 ta ilmiy tashkilot va 4 ta innovasion texnopark tashkil etildi. Olimlarning maoshlari uch baravarga ko‘paydi. Soha tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini yangilashga katta mablag‘lar sarflandi. Davlat ilmiy-tadqiqot siyosatining muhim ishtirokchisi sifatida 28 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi va 4 ta davlat muzeyini o‘z ichiga olgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining faoliyati takomillashtirildi. 2018-2021 yillarda 342 ta ilmiy ishlanma tijoratlashtirildi. Natijada 151,2 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi, 128,7 milliard so‘mlik mahsulotlar sotildi. Umuman olganda, so‘nggi yillarda ilm-fan va innovatsiyalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning huquqiy asoslari yaratildi. Jumladan, innovasion faoliyat 2018-2021-yillarda sohasida 2 ilmiy qonun, Prezidentning 5 ta Farmoni va 26 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 35 ta qarori va 7 ta farmoyishi qabul qilindi. 2022- 11 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc yil dekabr oyi oxirida innovasion rivojlanish vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga aylantirildi. Umuman olganda xulosa sifatida shuni qayd etish lozimki, Yangi O‘zbekistonda ilmfanni yanada rivojlantirishga doir ko‘plab ahamiyatga molik chora tadbirlarning ishlab chiqilishi kelgusi taraqqiyotni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi ilmiy-texnik taraqqiyotda ma’naviy integratsiya ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili sifatida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllanishida fuqarolar faolligi oshishiga, hamda ularning ozod, obod va erkin, demokratik fuqarolik jamiyati qurish ishlarida jamiyatimiz aholisini ma’naviy integratsiya jarayoni negizida bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishda, ularni jipslashishga, uyushishga, safarbarlikni ta’minlashning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. References: 1. https://lex.uz/docs/3723561. 2. https://lex.uz/docs/3853858. 3. https://lex.uz/docs/3823583 4. O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining 2018-2022 yillardagi asosiy faoliyat natijalari. Toshkent. 2022.-B. 5. 5. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2019 y., 03/19/576/3970-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021 y., 03/21/721/0952-son; 09.09.2024 y., 03/24/957/0689-son) 6. Yormatov F. J. “Fan va texnika taraqqiyoti hamda sanoatdagi o‘zgarishlar” (XVII-XXI asr boshlari).T.-B.150. 7. O‘sha joyda-B.151. 8. Innovatsiya. 2020-09-02.