scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SURXON VOHASI AHOLISINING O'SIMLIKLAR BILAN BOG'LIQ ANANAVIY QARASHLARI XUSUSIDA BA'ZI MULOHAZALAR

Eshkurbonov Sirojiddin Bozorovich

Full text

26 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc SURXON VOHASI AHOLISINING O‘SIMLIKLAR BILAN BOG‘LIQ ANANAVIY QARASHLARI XUSUSIDA BA’ZI MULOHAZALAR Eshkurbonov Sirojiddin Bozorovich Termiz iqtisodiyot va servis universiteti dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). pochta: [email protected] Tel: +998997481589 https://doi.org/10.5281/zenodo.17637092 Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekistonning janubiy hududi hisoblanmish Surxon vohasi aholisi orasida qadimdan shakllanib kelgan o‘simliklar bilan bog‘liq udumlar, bilimlar va xalq qarashlarining xususiyatlari o‘rganildi. Xususan, aholi orasida afsonaviy va fetish ahamiyatga ega bo‘lgan yovvoyi o‘simliklar (ko‘ztikan, hazar isfand, chinor, archa, tudona va boshqalar), madaniy o‘simliklar (don, mevali daraxtlar, bog‘ va poliz ekinlari), hududdagi o‘simliklar bilan bog‘liq geografik nomlar (Sayrob chinori tabiiy yodgorligi, Murch bobo masjidi, Tut ota va boshaqalar) dala tadqiqotlari, ilmiy adabiyot va manbalarga asoslanib tarixiy-etnografik jihatdan tahlil etildi. Kalit so‘zlar:. Ko‘ztikan, hazar isfand, chinor, archa, tudona, don, mevali daraxtlar, bog‘, poliz ekinlari, Sayrob chinori tabiiy yodgorligi, Murch bobo masjidi, Tut ota. Tabiat hodisalarini, jumladan, o‘simliklarni timsollashtirish eng qadimgi e’tiqod ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, insonlarning dunyoqarashi sifatida vujudga kelgan. Qadimdan insonlarning xo‘jalik faoliyatida bevosita tabiat bilan bog‘liq bo‘lganligi bois ham, ularning o‘simliklar dunyosi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi muhim hisoblangan. Surxon vohasining tabiiy-iqlim sharoiti, qulay geografik joylashuvga egaligi uchun ham tabiati noyob flora va faunaga boy hisoblanadi. Maqolada voha o‘simlik dunyosining faqat ba’zilariga to‘xtalib o‘tdik. Lekin, ular juda ko‘p yuzlab turlarni o‘z ichiga oladi. Mavjud to‘plangan materiallar asosida Surxon vohasi aholisi orasida o‘simliklar bilan bog‘liq bo‘lgan xalq qarashlari, urf-odat va bilimlarni uch guruhga bo‘ldik: 1) aholi orasida afsonaviy va fetish ahamiyatga ega bo‘lgan yovvoyi o‘simliklar (ko‘ztikan, hazar isfand, chinor, archa, tudona va boshqalar); 2) madaniy o‘simliklar (don, mevali daraxtlar, bog‘ va poliz ekinlari); 3) Surxon vohasidagi o‘simliklar bilan bog‘liq geografik nomlar (Sayrob chinori tabiiy yodgorligi, Murch bobo masjidi, Tut ota va boshaqalar). 1906 yilda nashr etilgan “Ajoyib ul maxluqot va g‘aroyib ul masnuot” kitobida jami o‘simliklar 760 turi insonlar uchun yaratilgan deb yozilgan [1:231]. Surxon vohasida “ko‘z qo‘rqitar” odati bo‘lgan. Bordiyu daraxt kam hosil bersa, uni egasi bolta ko‘tarib kesmoqchi bo‘lib, boltani unga asta-sekin urib oladi, ya’ni qo‘rqitadi. Uning yonida turganlar “kesmang, kelgusi yil mo‘l hosil beradi” deyishadi [2:28]. J.Frezer tasdiqlashicha, bu odatlar jahonning ko‘pgina xalqlarida uchraydi [3:135-137]. Ekinlarga zararkunandalar tushsa, “muqaddas” joylardan tuproq keltirib unga sochganlar. O‘simlik yoki daraxt shoxlariga tumor osib qo‘yganlar. Ba’zi joylarda g‘alla qorakuya bilan zararlansa, Bobodehqonga atab is chiqarishgan. Ba’zilar o‘z tomorqalaridagi ekinlar o‘rtasiga “ko‘z tegmasin” deb molning bosh suyagini qorakuya bilan chizib tayoq uchiga osib qo‘yganlar. O‘zbek xalqining an’anaviy turmush tarzida yer, don va nonga bo‘lgan o‘ziga xos hurmatehtirom bilan bog‘liq turli-tuman udumlar va marosimlar hozirgacha saqlanib kelayotganligini ko‘rish mumkin. Xalqona qarashga ko‘ra bug‘doy, olma, qovun, anjir va rayhon dastlab jannatda o‘sgan [4, 5]. Shu bois ushbu o‘simliklar va mevalar doimo e’zozlangan. Ayniqsa xalq orasida yerga 27 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc bug‘doy sepish eng xayrli amallardan biri sanalgan va bug‘doy ekilgan maydonlarni oyoq osti qilish gunoh hisoblangan [6:112-117]. Qolaversa bug‘doydan tayyorlanadigan taomlar ham alohida qadrlangan. Jumladan, bahorda ilikuzildi paytida ayollar tomonidan namlangan bug‘doyni ko‘klatib sumalak tayyorlash va bir marta sumalak tayyorlangan uyda yetti yil mobaynida xar yili bir marta sumalak pishirish udumlari hozirgacha davom etib kelmoqda [7:211-212]. Xalq an’analarida gul azaldan sevilib, e’zozlab kelingan. Mehnat ahlining gul o‘stirishi, uni parvarish qilishi, hurmat va ehtirom ramzi sifatida bir-biriga gul taqdim etish odatlari qadimdan ma’lum. Taniqli etnograf N.P.Ostroumov “Sartlar” nomli asarida: “Men oddiy insonlarning, aravakash yoki meshkobning ham qulog‘iga gul taqishi, do‘ppisi tagiga qistirishi uchun gul axtarishini ko‘rib hayratda qoldim”, deb yozgan edi[8:36]. Gul bayrami O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy an’analaridan hisoblanadi. Bu xalqimizning tabiat go‘zalliklaridan zavq olishidan, o‘ta nozik nafosatliligidan dalolat beradi. Gul ushlagan odamdan yomonliq chiqmaydi. Gul yaxshilik, himmat belgisi. Turmush tarzimizni gulsiz tasavvur etish mumkin emas. Sevishganlar bir-biriga gul hadya etishadi. Odamlar bir-biriga bo‘lgan sog‘inchini gul bilan izhor qiladi. Gul to‘y-tantanalarni bezaydi. Mamlakatimizning ko‘pgina mintaqalarida, masalan Surxon vohasida “Gul sayli” deb atalgan bayram marosimlari o‘tkazilgan. Go‘zallik, shodu xurramlikdan iborat bu xalq sayili bizning davrimizda yangicha mazmun kasb etdi. Ommaviy tarzda o‘tkazilayotgan gul bayramlari kishiga estetik zavq, ma’naviy oziq beradi. “Gul sayli” va “lola sayli” ham aslida o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra, odamlarning dam olish, ko‘ngil ochish, xordiq chiqarishiga mo‘ljallangan marosimdir. Kuzatish va tekshirishlar shuni dalillaydiki, kishilar hamma o‘simliklarni emas, ko‘pincha ajoyib, g‘aroyib o‘simliklarni muqaddas hisoblaganlar. Shundaylardan biri - sunbula yoki zuhrasochdir. Hisor tog‘i etagida Sunbula degan joy bor. U yerda ajoyib sunbulalar o‘sadi. Ko‘p asrlar davomida qishloq joylarda, xususan, tog‘ aholisi orasida ba’zi o‘simliklar fetish funksiyasini o‘tagan, chunonchi tudona, sedana, tasbeh, hassa-musa, qalampirmunchoq, ko‘ztikan, ko‘ktikan, hamishabahor kabilar. Kishilar odamlarga, hayvonlarga, daraxt va poliz ekinlariga, uylariga “ko‘z” tegadi deb yuqoridagi o‘simliklardan shaxsiy avtomobillariga ham osib qo‘ygan. Ko‘ztikan vohaning turli joylarida uchraydigan tikanli o‘simlik bo‘lib, “ko‘z tegishi”ga qarshi yoki “yomon ko‘zdan” himoya qilish uchun undan foydalanilgan. Ko‘ztikan Surxon vohasining adir va qirlarida tabiiy holda o‘ssa, sug‘oriladigan hududlarda begona o‘t sifatida ekinlar orasida ham uchraydi. U ko‘pincha ko‘zga tashlanadigan biror buyumga osib qo‘yilgan. Ba’zan badanga “ko‘z qo‘tir” chiqqanda, unga qarshi ko‘ztikan poyasini yondirib, kulini bosishgan [9:223]. Voha aholisi ko‘ztikan bilan isiriq aralashmasidan tumorlar qilib ko‘zga tashlanadigan otlarga, sigirlarga, qo‘y va boshqa hayvonlarga hamda yosh bolalarga, ayrim hollarda yigit hamda qizlarga taqib qo‘yishgan. Barcha ko‘zga tashlanadigan narsalar hayvonlar, kishilar, ekinlar ko‘ztikan yordamida “yomon ko‘zdan” saqlanib kelgan deb bilishgan. Shuning uchun ham bozorga olib borilayotgan hayvonga ko‘ztikan va isiriq aralashmasidan qilingan tumor taqib qo‘yilar yoki xonadondan chiqish oldidan isiriq tutatib, ko‘ztikan shoxchasini birga bozorga olib borishgan. Hamisha bahor yoki tilak o‘ti haqida ham turli afsonalar bo‘lgan. Kimki bu o‘tni uyiga osib qo‘ysa baxt topadi. Buning siri shundaki, u osib qo‘yilsa va suv sepib turilsa ikki yilgacha so‘limaydi. Muqaddas o‘simliklardan yana biri hassa-musadir. Rivoyatlarga ko‘ra, Muso payg‘ambar tayog‘ini (hassasini) yerga qadaganda, o‘sha yerdan shu o‘simlik unib chiqqan. Tog‘ qishloqlarida yashovchi aholi kimning hassa-musadan tayog‘i bo‘lsa, unga insu-jinslar yaqinlashmaydi deb bilishgan. 28 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Fitonsidl o‘simliklarga glyukozoidlar – piyoz, sarimsoq va achchiq qalampir kabilar kiradi. Ajdodolarimiz glyukozoidlarning inson salomatligi uchun foydali ekanligini qadimdan bilganlar. Piyoz, sarimsoq va achchiq qalampirni ziyon-zahmatlardan asrovchi vosita deb bilishgan. Chaqaloqni yomon ruhlardan asrash maqsadida, unga Sarimsoq deb ism qo‘yishgan. Sarimsoqning tarkibida yuqumli mikroblarni qiradigan fitonsid moddalar bor. Xalq tabobatida uni “sarimsoq-tanim sog‘, ming dardga da’vo” deb hisoblanadi. Surxon vohasida ayrim dehqonlar sarimsoq va qalampir kabi o‘simliklarni o‘z hovlilariga ekmaganlar, “irim” qilganlar. Zaharli o‘simliklarga gazanda, chayon o‘t va xiyol kabi giyohlar kiradi. Jumladan, gazanda vohaning tog‘li hududlarida tarqalgan. Bu to‘g‘rida ham turli rivoyatlar to‘qilgan: agar kimki unga ixlos va e’tiqod qo‘yib ushlasa, u o‘zidan zahar sochmaydi, aks holda o‘zidan kuchli zahar chiqarib, ushlagan kishini chaqadi. Isiriq, do‘lana, murch, pista va chilonjiyda (unobi) kabi shifobaxsh o‘simliklar ham muqaddas hisoblagan. Masalan, isiriq O‘rta Osiyoda keng tarqalgan ko‘p yillik o‘simlik (buni ba’zi joylarda ispand, hazarispand) bo‘lib, olimlarning aniqlashicha, zoroastrizm davridan buyon ma’lum. U qadimgi eronliklarning spenta so‘zidan olingan bo‘lib, ilohiy, muqaddas degan ma’noni bildirgan. Isiriq odatda vohaning cho‘l va adirlarida, qisman tog‘li hududlarida tabiiy holda ko‘plab o‘sadi. Ayniqsa, u qo‘y qo‘ralari, mollar haydalgan yo‘llar, qishloqlar atrofida o‘t sifatida ko‘plab uchraydi. Voha aholisi qadim zamonlardan beri isiriqdan dorivor o‘simlik sifatida foydalanib kelishgan. Isiriqdan tayyorlangan suyuqlik bilan qadim zamonlardan buyon xalq tabobatida qichima, bod va teri kasalliklarini davolashda foydalanib kelingan. Qaysi xonadonda isiriq tutatilib turilsa, kasallik kam bo‘ladi, chunki u kasalliklarni keltiruvchi “yomonko‘z” dan saqlaydi va ins-jinslarni haydab chiqaradi, deb qaralgan. Isiriq tutatilganda ajralib chiqayotgan tutun xonalarda dezinfeksiya qilish xususiyatiga ega bo‘lib, havoni har xil kasallik tug‘diruvchi mikroblardan tozalaydi. Natijada shu xonadonda kasallik kam bo‘lib, u yana o‘zining yoqimli hidi bilan boshqa hidlarni yo‘qotadi deb qaralgan. Isiriq xalq tabibchiligida profilaktika maqsadlarida foydalanilgan. Uning tutuni mikrob va bakteriyalarni yo‘qotadi. Isiriq shifobaxsh o‘simlik sifatida revmatizm, radikulit, gripp, shol va bezgak kabi kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Isiriqni yomon ko‘zlardan, yomon ruhlardan asrovchi “kuch” deb ham bilishgan [10:242]. Undan har bir xonadonda shifobaxsh sifatida keng foydalanilgan. Xonadon va unda yashovchilarni barcha yomonliklardan himoya qilish vositasi sifatida ko‘pincha isiriq uyning kirish eshigiga osib qo‘yilgan. Aholi isiriqdan asosan quritilgan holda foydalanganlar. U dasht hududlardan “pishgan”dan so‘ng terib olib kelingan. Vohada ushbu o‘simlikdan nafaqat o‘zbek, balki tojik, turkman va boshqa millatga mansub etnik va etnografik guruhlarning o‘z xonadonida foydalanganligini kuzatish mumkin. Bunga sabab ushbu guruhlarning yonma-yon yashashi natijasida bir-birlari bilan o‘zaro madaniyatlar almashinuvi natijasida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari isiriq dunyo xalqlarida ham, xususan forslar, tojiklar, kurdlar hamda turkiy xalqlar orasida ham keng foydalanilgan. Chilonjiyda 100 yilgacha umr ko‘radi, bo‘yi 8-12 metr, vitaminlarga boy shifobaxsh daraxt. Chilonjiyda asrlar davomida o‘zining shifobaxsh xususiyati bilan odamlar e’tiborini tortgan. Uning mevasi va ildizidan qon bosimini pasaytirish, jigar, buyrak va ichak kasalliklarini davolashda keng foydalanilgan. Fitonsid grekcha fiton - o‘simlik, latinch atsederes—qiruvchi, ya’ni kasal tarqatuvchi mikroorganizmlarni o‘ldiruvchi. 29 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Surxon vohasida ko‘p uchraydigan o‘simliklardan yana biri pista bo‘lib, uning xandon pista deb ataladigan turi ko‘plab uchraydi. Pista bargida shiraning bir turi faoliyati natijasida bujg‘un deb ataladigan ichi bo‘sh kulrang sariq, pushti rangli no‘xatdek bo‘rtmachalar hosil bo‘ladi. Bujg‘un yoki buzg‘unchi aslida hasharotlarning o‘simlik barglarini teshib, tuxum qo‘yishi natijasida hosil bo‘ladi. Odatda bu o‘simlik bargini hasharot yaralagan joyida hujayra shirasi va oziq moddalar to‘planadi. Uning mevasi xalq tabobatida ko‘krak va sil kasalliklarini davolashda, shuningdek, tanasidan olinadigan shiradan esa, yaralarni davolashda foydalanilgan. Uning vatani O‘rta Osiyodir. U faqat tog‘ zonalarida o‘sadi. Lekin keyingi yillarda uning maydoni keskin kamayib ketdi. Uning shu doridarmonlik xususiyati bo‘lgan. Kimki pista mevasidan yesa aqlli, dono bo‘ladi degan rivoyatlar bo‘lgan. Ma’lumki, pista daraxti 100, 200 yilda yetiladi. Bobotog‘dagi pistalarning o‘rtacha yoshi 80 dan oshgan. Arg‘uvongul o‘simligi ham tog‘larda o‘sadi. Uning moyidan oshqozon va asab kasalliklarini davolashda foydalanilgan. Arg‘uvongulning qizil rangda bo‘lishi bu gul jangda halok bo‘lgan insonlarning qonidan ko‘karib chiqqan degan qarashlar bo‘lgan. Bir qancha urf-odatlar efir moyli o‘simliklar - yong‘oq, chinor, anjir va jiyda kabi daraxtlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu daraxtlarning tagida uzoq vaqt turib qolinsa, bosh og‘riydi, kishi o‘zini nohush his etadi deb bilishgan. Xulosa shuki, voha aholisi o‘zining ko‘p yillik kuzatishlari asnosida o‘simliklarning turli xarakterli xususiyatlari haqidagi keng bilimlar va tajribalarga ega bo‘lib borganlar. Shuningdek, ular o‘simliklarning ma’lum xususiyatlarini, ayniqsa shifobaxshligini bir qator afsona hamda rivoyatlar bilan bog‘laganlar. Voha aholisida asrlar davomida bir qancha o‘simliklar bilan bog‘liq xalq qarashlari vujudga kelgan bo‘lib, ular bugungi kunda ham aholi turmush tarzida saqlanib qolinganini ko‘rishimiz mumkin. Bu kabi o‘simliklarga munosabat yosh avlodni tabiatga bo‘lgan ijobiy qarashlarini shakllantirishda, tabiat va uning ne’matlaridan oqilona foydalanishga undaydi. XX asrning o‘rtalariga kelib, fan-texnikaning rivojlanishi, siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy o‘zgarishlar natijasida dehqonchilik bilan bog‘liq urf-odat va marosimlarning anchagina qismi unutildi, yoki ijtimoiy-madaniy jarayonlar ta’sirida shakl jihatidan o‘zgardi. References: 1. Токарев С.А. Ранние формы религии. – М.: Политиздат, 1990. – С. 381. 2. Мирхасилов С. К изучению реликтов доисламских верований у узбеков в дореволюционном прошлом. – В кн.: Этнографическое изучение быта и културы узбеков. Ташкент, 1972. –С. 28. 3. Фрезер Дж. Золотая ветв (перевод с английского). Вып. I. М. – Л., 1931, –С. 135-137. 4. Мухиддинов И. Земледелие памирских таджиков и Ишкашима в XIX—начале XX в (Исторнко-эпюграфический очерк). М., 1975. С. 91; 5. Джахонов У. Земледелие таджиков долины Соха в конце XIX — начале XX в. Душанбе, 1989. С. 116. 6. Аширов А. “Авесто” ва деҳқончилик анъаналари хусусида айрим мулоҳазалар // Ўзбекистонда ижтимоий фанлар. 2005. №1-2. Б. 112-117; 7. Снесарев Г. П. Реликты домусулманских обрядов у узбеков Хорезма. М., 1969. С. 211212. 8. Остроумов Н.П. Сарты. Ташкент, 1890, С. 36. 9. Набиев М. ва б. Қизиқлари ботаника. Тошкент, 1975. 223-бет. 30 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 10. Гафферберг Э.Г. Пережитки религиозных представлений у белуджей, В кн.: Домусулманские верования и обряды в Средней Азии. М., 1975. –С. 242.