DENOV BEKLIGI: IQTISODIYOT MANBAI YOKI STRATEGIK QALQON? (XVIII–XIX ASRLARDA BEKLIKNING IQTISODIY EKSPLUATATSIYASI VA HARBIY-SIYOSIY AHAMIYATI ZIDDIYATI)
Full text
35 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc DENOV BEKLIGI: IQTISODIYOT MANBAI YOKI STRATEGIK QALQON? (XVIII–XIX ASRLARDA BEKLIKNING IQTISODIY EKSPLUATATSIYASI VA HARBIY-SIYOSIY AHAMIYATI ZIDDIYATI) Nazirov Baxtiyor Safarovich Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti [email protected] Тел.+998996776022, ORCID: https://orcid.org/0000-0002-8580-4299 Ibragimova Manzura Maxmasiddiq qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi, [email protected], Tel:+998994838206 ORCID: https://orcid.org/0009-0007-4206-6795 https://doi.org/10.5281/zenodo.17637131 Annotatsiya. Ushbu maqola XVIII–XIX asrlarda Buxoro amirligi tarkibidagi Denov bekligining ziddiyatli tarixiy oʻrnini tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotda Denovning amirlik uchun bir tomondan strategik qalqon va harbiy-siyosiy tayanch vazifasini oʻtagani, ikkinchi tomondan esa beklikning hosildor yerlari sababli ogʻir iqtisodiy ekspluatatsiya manbaiga aylangani yoritilgan. Maqolada Surxon vohasining geografik ahamiyati, beklikdagi yer egaligi shakllari (amlok, mulki hur) hamda natural va pul soliqlarining haddan ziyod yuqoriligi tahlil qilinadi. Shuningdek, amirlikning qattiq soliq siyosatiga javoban yuz bergan dehqonlar qoʻzgʻolonlari (masalan, 1757 va 1868-yillardagi xalq harakatlari) beklik hayotining asosiy ziddiyati sifatida koʻrsatiladi. Tadqiqot natijalari Denov bekligining Buxoro amirligi barqarorligida hal qiluvchi rol oʻynaganini, ammo bu rolni bajarish mahalliy aholi uchun ijtimoiy qashshoqlik va norozilikka olib kelganini ilmiy manbalar asosida xulosalaydi. Kalit so‘zlar. Denov, beklik, amlok yerlar, Said Otaliq madrasasi, Hisor,Sarijo‘y, Amir Muzaffar, mulki hur, vaqf yerlari. Annotation. This article analyzes the contradictory historical role of the Denov Beglik (Province) within the Bukhara Emirate during the 18th–19th centuries. The research highlights how Denov served, on the one hand, as a strategic shield and military-political bulwark for the Emirate, while on the other, its fertile lands caused it to become a source of heavy economic exploitation. The article analyzes the geographical importance of the Surkhan Oasis, the forms of land ownership in the Beglik (amlyak, mulki hur), and the excessively high rates of natural and monetary taxes. Furthermore, peasant uprisings (such as the popular movements of 1757 and 1868), which arose in response to the Emirate’s strict tax policy, are shown as the main contradiction in the Beglik’s existence. The findings conclude that the Denov Beglik played a crucial role in the stability of the Bukhara Emirate, but that fulfilling this role led to social poverty and resentment for the local population, based on scientific sources. Keywords. Denov, Beglik (Province), Amlyak lands (State lands), Said Otaliq Madrasah, Hisor, Sarijoy, Emir Muzaffar, Mulki Hur (Private property), Vaqf lands (Religious endowment). Аннотация. Данная статья посвящена анализу противоречивой исторической роли Денауского бекства в составе Бухарского эмирата в XVIII–XIX веках. В исследовании освещается, как Денау, с одной стороны, служил стратегическим щитом и военнополитической опорой эмирата, а с другой стороны, его плодородные земли превратили его в источник тяжелой экономической эксплуатации. В статье анализируются географическое значение Сурханской долины, формы землевладения в бекстве (амляк, мульки хур), а также чрезмерно высокие ставки натуральных и денежных налогов. Крестьянские восстания
36 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc (например, народные движения 1757 и 1868 годов), возникшие в ответ на жесткую налоговую политику эмирата, рассматриваются как основное противоречие в жизни бекства. Результаты исследования приходят к выводу, что Денауское бекство играло решающую роль в стабильности Бухарского эмирата, но выполнение этой роли приводило к социальной нищете и недовольству местного населения, что подтверждается научными источниками. Ключевые слова. Денау, Бекство, земли Амляк, Медресе Саид Аталика, Гиссар, Сарыджуй, Эмир Музаффар, Мульки Хур, земли Вакуф (Вакф). Kirish. Mamlakatimiz tarixida Surxon vohasi oʻziga xos muhim oʻrin tutadi. Ushbu hudud muhim savdo yoʻllari, iqtisodiy va madaniy aloqalar tutashgan joyda joylashganligi tufayli bu yerda yirik tarixiy voqealar sodir boʻlgan. Surxon vohasi geografik jihatdan qulay, strategik aloqa va savdo yoʻllari oʻtgan muhim hudud sanaladi. Buxoro xonligi va amirligi davrida bu voha Buxoroni Hisor, Qobadiyon, Koʻlob va boshqa sharqiy bekliklar bilan bogʻlab, Afgʻoniston va Hindiston shaharlari bilan olib boriladigan har tomonlama aloqalarda chorraha vazifasini oʻtagan. Vohadagi asosiy maʼmuriy markazlar Boysun, Denov, Sherobod, Yurchi va Sarijoʻy shaharlari boʻlib, ularda joylashgan qoʻrgʻonlar beklarning qarorgohi vazifasini bajargan. Beklik qarorgohlari tabiiy tepaliklar, xushmanzara va suv manbalari serob joylarda qurilgan [1, 385-b]. XIX asr davomida vohada 3 ta asosiy beklik mavjud boʻlgan. Yurchi va Sarijoʻyda iqtisodiy hamda siyosiy mustahkamlik qaror topmaganligi sababli oʻz nufuzi va ahamiyatini yoʻqotib borgan. Hisor bekligi siyosiy jihatdan Buxoro amirligida birinchi oʻrinda turgan boʻlsa-da, Sharqiy Buxorodagi Denov bekligi alohida siyosiy mavqega ega boʻlgan. Denov bekligi strategik jihatdan muhim joyda joylashganligi bois, Sharqiy Buxoro qoʻshinlari aynan Denovda toʻplangan va bekliklar oʻrtasidagi kelishuv va bitimlar shu yerda imzolangan. Denov Hisor bilan oʻlkaning mahalliy aholi markazlari bilan bogʻlanadigan qulay hududda joylashgan boʻlib, Surxon vohasining yuqori oqimidagi aholi yashaydigan markazlarni bogʻlaydigan boy madaniy taraqqiyotga ega mintaqadir. Denov XVII–XVIII asrlarda Buxoro xonligi tarkibidagi rivojlangan shaharlar ichida karvon savdosining markazlaridan biri boʻlgan. Shaharda hunarmandchilikning yuzdan ortiq turi, ayniqsa, kon-charm tayyorlash, etikdoʻzlik, toʻquvchilik, zardoʻzlik, qandolatchilik, oʻyinchoqsozlik kabi sohalar yaxshi rivojlangan edi. Denov Surxondaryo vohasidagi eng qulay geografik hududda joylashgan boʻlib, aholisi oʻta mehnatkash, tuprogʻi hosildor, iqlimi dehqonchilik qilish uchun eng qulay, buloqlari va daryolari suvlarga serob bu mintaqa sarhadlari Hisor togʻ qoʻltigʻlarigacha choʻzilgan iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega boʻlgan maskan edi. 1601-yilda Buxoroda hokimiyatni oʻrnatgan Ashtarxoniylar sulolasi Denov hududida oʻz hokimiyatini mustahkamlagan va Shayboniy Jonibek Sulton avlodi Muhammad Salim Sultonni bu hududga hokim etib tayinlagan [2]. Maqolaning dolzarbligi va maqsadi: Yuqorida qayd etilgan omillar Denov bekligining Buxoro amirligi hayotida ikkilamchi rol oʻynaganini koʻrsatadi. Denov bir tomondan amirlik uchun strategik qalqon va muhim diplomatik markaz boʻlgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, uning yuqori iqtisodiy salohiyati Amirlik tomonidan kuchli ekspluatatsiya manbai sifatida foydalanilishiga sabab boʻlgan. Ushbu maqolaning asosiy maqsadi XVIII–XIX asrlar mobaynida Denov bekligining ana shu ziddiyatli oʻrnini: uning harbiy-siyosiy ahamiyati va ogʻir iqtisodiy yuk oʻrtasidagi tafovutni manbalar asosida tahlil qilishdan iborat. Asosiy qism. Denov bekligi XVIII–XIX asrlarda Buxoro amirligining Sharqiy Buxoro hududlarida alohida siyosiy va harbiy ahamiyatga ega boʻlgan. Beklikning bu maqomi uning noyob geografik joylashuvi va amirlikning mudofaa tizimidagi bevosita ishtiroki bilan belgilanadi. Denovning eng muhim strategik funksiyasi uning Buxoro amirligi uchun chorraha vazifasini oʻtashida namoyon boʻladi. Beklik Buxoroni sharqiy bekliklar – Hisor, Qobadiyon, Koʻlob bilan
37 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc bogʻlagan asosiy yoʻllar ustida joylashgan boʻlib, u orqali Afgʻoniston va Hindiston shaharlari bilan olib boriladigan savdo va diplomatik aloqalar yoʻnaltirilgan, bu esa mintaqaviy siyosatdagi rolini kuchaytirgan. Denov beklik hududining Hisor togʻlari qoʻltigʻigacha choʻzilganligi Amirlikning janubiy sarhadlarida muhim mudofaa chizigʻi sifatida xizmat qilishga sharoit yaratgan. Bu joylashuv Buxoroni tashqi, ayniqsa janubiy (Afgʻon) hujumlardan himoyalovchi tabiiy qalqon rolini oʻynaga. Beklikning strategik joylashuvi uning harbiy-siyosiy nufuzini sezilarli darajada oshirgan. Denov Sharqiy Buxoro qoʻshinlari toʻplanadigan asosiy markaz boʻlgan. Zarurat tugʻilganda bekliklararo harbiy kuchlar aynan shu yerda saf tortgan. Bundan tashqari, bekliklar oʻrtasidagi muhim kelishuv va bitimlar Denovda imzolanishi uning diplomatik markaz sifatidagi alohida siyosiy mavqeidan dalolat beradi. Eng muhimi, Denovning harbiy ahamiyati XVIII asrning ikkinchi yarmida, Mangʻitlar sulolasi hukmronligi davrida, yaqqol namoyon boʻlgan. Amir Shohmurodning qatʼiy siyosati tufayli Surxondaryo hududi afgʻonlar hujumi va talon-tarojidan butunlay xalos boʻlgan, bu esa Denovning Amirlik uchun strategik qalqon ekanligini amalda isbotlagan [1]. Denov bekligi faqat harbiy yoki siyosiy emas, balki maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan ham amirlikning birlashtiruvchi markazi boʻlishga intilgan. Amir Shohmurod (Amiri maʼsum) oʻz siyosatida aynan Denovga alohida eʼtibor qaratgan. U shaharda madrasalar qurib, yoshlarni ilm olishga chorlagan, vayron boʻlgan qalʼa, madrasa va masjidlarni taʼmirlash uchun soliqdan tushgan mablagʻlarni yoʻnaltirgan. Eng muhimi, Amir Shohmurod Denov markaziy masjidlarida darveshlar jamiyatini tuzib, odamlarni samimiy, kamtarona yashashga, din yoʻliga kirishga chaqirgan. Bu harakatlar oʻzaro nizo-janjallar markaziga aylangan, yagona davlat atrofida birlashmagan Surxon hududini maʼnaviy-axloqiy jihatdan birlashtirishga qaratilgan boʻlib, Amirning xalq orasida "Begunoh amir" (Amiri maʼsum) degan ulkan obroʻ qozonishiga xizmat qilgan. Bu holat Denovning nafaqat tashqi, balki ichki maʼmuriy barqarorlik uchun ham muhim tayanch boʻlganini tasdiqlaydi [2]. Shu bilan birga, XVIII asrning birinchi yarmidan boshlab Surxon vohasining ijtimoiy-siyosiy hayoti Mangʻitlar sulolasi bilan chambarchas bogʻliq holda kechadi. Denov aholisining xon jabrzulmiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻoloni sababli, Mangʻitlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahimxon ushbu hududga 1757-yilda hujum qildi. Qoʻzgʻolon Rahimxonning 40 ming kishilik qoʻshini tomonidan shafqatsizlarcha bostirilib, qoʻzgʻolon ishtirokchilari jazolandi. Denov bekligi 1758-yilda Buxoro amirligi maʼmuriy boshqaruv tizimi asosida tashkil etilib, unga bek rahbar etib tayinlandi. Denov bekligi quyidagi amlokliklarga boʻlingan: Sangardak, Poshor, Chambuloqlar, Oʻrtaqoʻru, Yurchi, Sina, Qarluq, Poʻstindara, Xadrachi, Doʻrmon, Gardiqoʻrgʻon. Denov bekligida yerga egalik qilish shakllari boshqa bekliklar kabi amir yorliqlarida koʻrsatilgan hujjat asosida olib borilgan [3]. Ushbu hududdagi yerlar hosildor, geografik jihatdan qulay iqlim sharoitiga ega boʻlganligi uchun amirning nazorat vakillari soliq olish jarayoniga jiddiy eʼtibor bilan qarar edilar. Amirlik nazoratida boʻlgan tanho yer egaligiga karvonsaroylar, tegirmonlardan keladigan daromadlar kirgan. XVIII asrning oxiri va XIX asr mobaynida Buxoro amirligi sharqida joylashgan Denov bekligida soliq tizimi oʻziga xos tartibda joriy etilgan boʻlib, soliqlar natural yoki pul shaklida yigʻib olingan. Manbalarda taʼkidlanishicha, Denov bekligidan amirlikka katta miqdorda gʻalla, jun va qoʻylar suruvi joʻnatilgan. Amir Shohmurodning qatʼiy harakati tufayli Surxondaryo hududi afgʻonlar hujumidan va talon-taroj etilishidan butunlay xalos boʻlgani qayd etishga loyiq [4]. Denov bekligining Buxoro amirligi hayotida tutgan ziddiyatli oʻrni uning beqiyos iqtisodiy salohiyati bilan bevosita bogʻliq edi. Beklik markaziy hukumat uchun nafaqat strategik qalqon boʻlgan, balki ogʻir soliqlar va majburiyatlar yuklangan, doimiy ekspluatatsiya manbai sifatida ham xizmat qilgan.
38 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Denov Surxondaryo vohasidagi eng qulay geografik hududda joylashgan boʻlib, bu unga katta iqtisodiy ustunlik bergan. Mintaqaning tuprogʻi nihoyatda hosildor, iqlimi dehqonchilik qilish uchun eng qulay hamda buloqlari va daryolari suvlarga serob edi. Shu sababli, butun amirlikdagi eng hosildor yerlar aynan Denov bekligida joylashgan hisoblanardi. Bu tabiiy boyliklar beklikni Buxoro amirligining iqtisodiy taʼminotida asosiy tayanch nuqtaga aylantirgan. Qishloq xoʻjaligidan tashqari, beklikda hunarmandchilikning 120 dan ortiq turlari rivojlangan. Ayniqsa, charmsozlik, etikdoʻzlik, toʻquvchilik, zardoʻzlik va qandolatchilik kabi sohalar ajralib turgan. Denov XVII–XVIII asrlarda Buxoro xonligi tarkibidagi karvon savdosining asosiy markazlaridan biri sifatida xizmat qilgan, bu uning xalqaro aloqalarda ham muhim oʻrin tutganini koʻrsatadi [5]. Denovning bunday boy iqtisodiy salohiyati amir hokimiyati nazoratining keskin kuchayishiga sabab boʻlgan. Amirlik nazorat vakillari hosil yigʻimi va soliq olish jarayoniga juda jiddiy eʼtibor bilan qaraganlar. Denov bekligida soliqlar natural yoki pul shaklida yigʻib olingan boʻlib, amirlikka katta miqdorda gʻalla, jun va qoʻylar suruvi joʻnatilgan. Eng muhimi, Buxoro amirligi qushbegi mahkamasi hujjatlarida Denov bekligi soliq xarajatlari hosil yigʻimiga nisbatan 15 foiz yuqori belgilanganini koʻrsatadi, bu esa markaziy hokimiyat tomonidan bevosita ekspluatatsiya siyosati olib borilganidan dalolat beradi. Beklikdagi yer egaligi shakllari ham ekspluatatsiyaning tizimli asosini tashkil etgan. Amirning nazoratida boʻlgan tanho yer egaligiga karvonsaroylar, tegirmonlar va, ayniqsa, amlok yerlari kirgan. Amlok yerlari rasman sotish yoki garovga qoʻyish mumkin boʻlmasa-da, koʻpincha yirik mansabdorlar yoki Joʻybori shayxlar tomonidan sotib olingan. 1920-yilgi maʼlumotda 5010 ta amlok yerining 32 tasi Denovda boʻlganligi amir nazorati ostidagi yerlarning sezilarli ulushi mavjudligini koʻrsatadi. Bundan tashqari, amirga xizmat koʻrsatgan shaxslarga beriladigan mulki hur (yoki holis) va ijaraga beriladigan mulki xiroj (1920-yilda jami yerlarning 15 foizi) yerlari ham markaziy gʻaznaga doimiy daromad keltirgan. Shu tariqa, Denov bekligi oʻzining iqtisodiy manba sifatidagi qiymati tufayli Buxoro amirligining doimiy moliya manbai boʻlib xizmat qilgan, bu esa beklik aholisiga ortiqcha soliq yuki va qashshoqlik olib kelgan [4]. Denov aholisi haddan ziyod soliq siyosati va mahalliy amaldorlarning jabr-zulmi tufayli nihoyatda qashshoqlashib qolgan. Sherobod begi Sodiqbekbiy va qozi mulla Abdurahimning tan olishicha, narx-navoning keskin koʻtarilishi (masalan, bir hafta ichida 1 mann bugʻdoy narxining 18 tangadan 26 tangaga, 1 qoʻyning esa 12 tangadan 21 tangaga koʻtarilishi) mahalliy aholining yashash sharoitini yanada ogʻirlashtirgan. Iqtisodiy bosimga javoban xalq ochiq qoʻzgʻolonlarda oʻz noroziligini bildirdi: − 1757-yilgi qoʻzgʻolon: Mangʻitlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahimxonga qarshi Denov aholisining koʻtarilgan yirik harakati boʻlib, u toʻgʻridan-toʻgʻri xonning jabr-zulmiga qarshi yoʻnaltirilgan edi. Bu qoʻzgʻolon Muhammad Rahimxonning 40 ming kishilik qoʻshini tomonidan shafqatsizlarcha bostirilgan. − 1868-yilgi yirik xalq harakati: Amir Muzaffarxonga (1855–1885) qarshi Denovda yirik xalq harakati boʻlib oʻtgan. Dehqonlar zakot va chorvadan olinadigan soliqqa norozilik bildirganlar va qoʻzgʻolon shafqatsizlarcha bostirilgan. − 1885–1886-yillardagi yirik dehqonlar qoʻzgʻoloni: Denov va Sherobod bekliklarida boʻlib oʻtgan bu qoʻzgʻolon ham zakot va chorva soligʻiga norozilik natijasi edi [1]. Bu harakatlar Denov aholisi oʻzlarining ekspluatatsiyaga asoslangan hayot tarziga qarshi faol kurash olib borganliklarini isbotlaydi. Denov bekligining Buxoro amirligi uchun strategik qalqon sifatida qanchalik qimmatli boʻlsa, uning aholisining ekspluatatsiya manbai sifatidagi mehnati shunchalik ogʻir boʻlgan. Beklik
39 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc tashqaridan Afgʻonlar hujumidan himoyalangan va amirlikning mudofaa tayanchi boʻlib koʻringani bilan, ichkaridan haddan ziyod soliq-toʻlovlar, amaldorlar zulmi va ijtimoiy notinchlik tufayli yemirilayotgan edi. Bu ziddiyatli holat beklikning Buxoro amirligi tarkibidagi omonat oʻrnini belgilab berdi: aholining doimiy noroziligi amirlikning janubiy chegaralaridagi barqarorligiga xavf solgan asosiy omil boʻlib qoldi. Xulosa. Olib borilgan tahlillar natijasida shuni xulosa qilish mumkinki, Denov bekligi XVIII– XIX asrlarda Buxoro amirligi hayotida koʻp qirrali va ziddiyatli oʻrin tutgan. Denov amirlikning siyosiy-iqtisodiy barqarorligida muhim oʻrin tutgan ilgʻor va sermahsul vohalardan biri sifatida tarixda chuqur iz qoldirgan. Birinchidan, strategik va maʼnaviy qalqon funksiyasi: Denov bekligi amirlik uchun strategik, harbiy va maʼnaviy jihatdan qimmatli strategik qalqon vazifasini oʻtadi. Uning Hisor, Qobadiyon, Koʻlob kabi sharqiy bekliklar va Afgʻoniston bilan aloqalardagi chorraha vazifasi harbiy strategiyada hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan. Ayniqsa, Denov Sharqiy Buxoro qoʻshinlari toʻplanadigan markaz boʻlib, Amir Shohmurodning islohotlari orqali afgʻonlar hujumidan himoyalanish hamda hududning maʼnaviy-axloqiy birlashuv markaziga aylanishi (Amiri maʼsum faoliyati) uning amirlik barqarorligidagi muhimligini tasdiqlaydi. Ikkinchidan, iqtisodiy ekspluatatsiya manbai: Beklikning qulay geografik joylashuvi, unumdor yerlari, serob suv manbalari hamda rivojlangan hunarmandchilik va karvon savdosi tufayli amirlik xazinasiga salmoqli daromad keltirgan. Biroq, bu yuqori iqtisodiy salohiyat uning aholisiga eng ogʻir ijtimoiy-iqtisodiy yuk yuklanishiga sabab boʻlgan. Buxoro amirligi uchun Denov birinchi navbatda ekspluatatsiya manbai sifatida qabul qilingan. Markaziy hokimiyat tomonidan soliq xarajatlarining hosil yigʻimiga nisbatan 15 foizgacha yuqori belgilanishi, natural soliqlar va ogʻir majburiyatlar dehqonlarning qashshoqlashuviga olib kelgan. Uchinchidan, siyosiy beqarorlik omili: Yuqoridagi ziddiyat beklikda norozilik harakatlarining doimiy ravishda yuzaga chiqishiga asos boʻlgan. 1757-yilgi yirik qoʻzgʻolon va 1868-yildagi xalq harakatlari Denovning tashqaridan qalqon boʻlib koʻringaniga qaramay, ichkaridan ekspluatatsiya tufayli siyosiy beqarorlikka moyilligini koʻrsatadi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, Denov Buxoro amirligining barqarorligi va siyosiy butunligini saqlashda muhim rol oʻynagan, biroq bu muhim rol mahalliy aholining ogʻir qashshoqligi va muntazam ijtimoiy bosim evaziga amalga oshirilgan ziddiyatli tarixiy hodisa sifatida baholanishi lozim. References: 1. Turdiyev, T., Tursunov, S. "Denov". Toshkent: Fan, 2009. – 705 b. 2. Yakubova, D. T. "Surxondaryo tarixi". Toshkent: Lesson press, 2022. – 129-131-b. 3. Ochildiyev, F. "Surxon vohasi bekliklaridagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy oʻzgarishlar". Toshkent: Abu matbuot-konsalt, 2008. – 168 b. 4. Annaev, T., Shaydullaev, Sh. "Surxondaryo tarixidan lavhalar". Toshkent: Oʻzbekiston, 1966. 5. Qobulov, E. A. "Surxon vohasi xoʻjaligi". Toshkent: Akademnashr, 2012.