SURXONDARYO VILOYATI SPORT TA'LIMI TIZIMINING EVOLYUTSIYASI: KADRLAR TA'MINOTIDAGI TARIXIY SABABLAR VA BUGUNGI YECHIMLAR (1945–1960 YILLAR)
Full text
52 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc SURXONDARYO VILOYATI SPORT TA’LIMI TIZIMINING EVOLYUTSIYASI: KADRLAR TA’MINOTIDAGI TARIXIY SABABLAR VA BUGUNGI YECHIMLAR (1945–1960 YILLAR) Bengmatov Alibek Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusi o’qituvchisi, Sho‘rchi, O’zbekiston. Tel. +998 90 248 29 98 SURKHANDARYA REGION SPORT EDUCATION SYSTEM EVOLUTION: HISTORICAL CAUSES AND MODERN SOLUTIONS IN PERSONNEL PROVISION (1945–1960) Bengmatov Alibek Lecturer, Surkhandarya Campus of Navoi Innovations University, Shurchi, Uzbekistan Tel. +998 90 248 29 98 ЭВОЛЮЦИЯ СИСТЕМЫ СПОРТИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В СУРХАНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ: ИСТОРИЧЕСКИЕ ПРИЧИНЫ И СОВРЕМЕННЫЕ РЕШЕНИЯ В ОБЕСПЕЧЕНИИ КАДРАМИ (1945–1960 ГОДЫ) Бенгматов Алибек Преподаватель, Сурхандарьинский кампус Университета инноваций Навои, Шурчи, Узбекистан Тел. +998 90 248 29 98 +998 99 670 26 02 https://doi.org/10.5281/zenodo.17637324 Annotatsiya. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Surxon vohasida jismoniy madaniyat va sport sohasini rivojlantirishning eng muhim va dolzarb yo‘nalishlaridan biri sohani malakali mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash masalasi bilan chambarchas bog‘liq edi. Urushdan keyingi davrda mamlakat miqyosida sog‘lom avlodni tarbiyalash, jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirish va sport harakatini ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lsa-da, Surxondaryo viloyatida bu boradagi ishlar bir qator ob’yektiv va sub’yektiv sabablar tufayli sust kechdi. Garchi Sovet hukumati tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish hamda mutaxassis kadrlar tayyorlashni jadallashtirishga doir bir qator muhim qarorlar qabul qilingan bo‘lsa-da, vohada malakali kadrlar yetishmovchiligi uzoq yillar davomida hal etilmagan muammo sifatida saqlanib qoldi. Mazkur maqolada aynan shu masala – Surxon vohasida jismoniy madaniyat va sport sohasini kadrlar bilan ta’minlashdagi tarixiy muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda mutaxassislarning malakasini oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, urushdan keyingi davrda qabul qilingan siyosiy qarorlar, ta’lim tizimidagi islohotlar, mahalliy sport tashkilotlari faoliyati va kadrlar tayyorlashdagi tajribalar o‘rganilib, bu jarayonlarning Surxondaryo viloyatida sport ta’limi tizimining shakllanishiga ko‘rsatgan ta’siri yoritiladi. Kalit so’zlar: jamoatchi yo‘riqchilari, GTO, BGTO, razryadchi-sportchilar, spartakiada musobaqalari. Abstract: After World War II, one of the most important and pressing directions in Surkhandarya region was the provision of qualified specialists in the field of physical culture and sports. Although the country paid special attention to raising a healthy generation, improving the physical education system, and popularizing sports nationwide, progress in Surkhandarya was slow due to a number of objective and subjective factors. Despite several important decisions by the Soviet
53 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc authorities aimed at developing physical education and sports and accelerating specialist training, the shortage of qualified personnel in the region remained a persistent problem for many years. This article analyzes this issue in detail — the historical problems of personnel provision in the field of physical culture and sports in Surkhandarya, their causes, and practical measures aimed at improving the qualifications of specialists. Moreover, post-war political decisions, reforms in the education system, the activities of local sports organizations, and experiences in personnel training are studied to highlight their impact on the formation of the sport education system in Surkhandarya. Keywords: community instructors, GTO, BGTO, athlete-sportsmen with ranks, Spartakiad competitions. Аннотация: После Второй мировой войны одним из наиболее важных и актуальных направлений в Сурхандарьинской области было обеспечение квалифицированными специалистами сферы физической культуры и спорта. Несмотря на то, что в стране уделялось особое внимание воспитанию здорового поколения, совершенствованию системы физического воспитания и популяризации спорта, в Сурхандарьинской области прогресс был медленным из-за ряда объективных и субъективных факторов. Несмотря на ряд важных решений советских властей, направленных на развитие физической культуры и спорта и ускорение подготовки специалистов, нехватка квалифицированных кадров в регионе оставалась долгосрочной проблемой. В данной статье подробно анализируется эта проблема — исторические трудности обеспечения кадрами сферы физической культуры и спорта в Сурхандарьинской области, их причины и практические меры по повышению квалификации специалистов. Кроме того, рассматриваются послевоенные политические решения, реформы в системе образования, деятельность местных спортивных организаций и опыт подготовки кадров для освещения их влияния на формирование системы спортивного образования в Сурхандарьинской области. Ключевые слова: общественные инструкторы, ГТО, БГТО, спортсмены-разрядники, соревнования Спартакиады. Kirish. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, mamlakatda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Biroq bu sohaning bugungi yuksak bosqichga ko‘tarilishi, ayniqsa Surxondaryo viloyatidagi sport ta’limi tizimining shakllanishi va rivojlanishi uzoq tarixiy jarayonlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Mazkur jarayonning ildizlari XX asrning o‘rtalariga, xususan 1945–1960-yillar oralig‘iga borib taqaladi. Bu davr Surxondaryo viloyatida jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimining shakllanish davri bo‘lib, o‘ziga xos ijtimoiy-siyosiy, madaniy va iqtisodiy omillar bilan belgilanadi. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyingi yillarda mamlakat hayotining barcha jabhalarida, jumladan, ta’lim va sport tizimida ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Urushdan keyingi davrda aholi salomatligini mustahkamlash, mehnat unumdorligini oshirish, yoshlarni jismonan chiniqtirish va sog‘lom avlodni voyaga yetkazish davlat siyosatining muhim vazifasiga aylandi. Shu nuqtai nazardan, 1940–1950-yillarda Surxondaryo viloyatida sport maktablari, jismoniy tarbiya bo‘limlari, o‘quv-uslubiy markazlar hamda o‘qituvchi va murabbiylar tayyorlash tizimi bosqichma-bosqich shakllana boshladi. Biroq bu jarayon o‘ziga xos qiyinchiliklar, xususan kadrlar yetishmovchiligi, moddiy-texnik bazaning sustligi va malakali mutaxassislarni jalb etishdagi muammolar bilan kechdi. Mazkur masalani o‘rganish nafaqat tarixiy ahamiyatga ega, balki bugungi sport ta’limi tizimining takomillashtirilishi uchun ham muhim nazariy va amaliy xulosalar beradi. Chunki
54 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Surxondaryo viloyatining o‘ziga xos iqlimiy, geografik hamda ijtimoiy-madaniy sharoitlari bu hududda sport turlarining rivojlanishida alohida yondashuvni talab qilgan. Ayniqsa, 1950–1960-yillar davomida respublika miqyosida jismoniy tarbiya tizimining markazlashuvi, pedagogik kadrlar tayyorlash institutlari faoliyatining kengayishi, sport jamiyatlari faoliyati hamda hududiy sport maktablarining tashkil etilishi Surxondaryoda ham yangi bosqichni boshlab berdi. Shu bois, 1945–1960-yillarda Surxondaryo viloyatida sport ta’limi tizimining evolyutsiyasini tahlil qilish, bu davrda kadrlar ta’minotini shakllantirgan ijtimoiy-siyosiy, ma’muriy va madaniy omillarni o‘rganish hamda bugungi kun bilan tarixiy qiyosiy tahlil asosida solishtirish ilmiy izlanishning dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu tadqiqot nafaqat tarixiy jarayonlarni yoritishga, balki zamonaviy sport ta’limi tizimida mavjud muammolar uchun samarali yechimlar ishlab chiqishga ham xizmat qiladi. Shuningdek, arxiv hujjatlari, hukumat qarorlari, o‘quv dasturlari va mahalliy sport tashkilotlari faoliyati materiallarini o‘rganish orqali Surxondaryo viloyatining sport ta’limi tarixidagi uzviylik va o‘zgarishlarning mantiqiy izchilligini aniqlash imkonini beradi. Asosiy qism. Ikkinchi jahon urushidan keying yillarda Survon vohasida jismoniy madaniyat va sport sohasini rivojlantirish, aholini barcha qatlami orasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilishga alohida e’tibor qaratildi. SSSR Xalq Komissarlar Soveti tomonidan 1947 yilda “Sportchilarning sport-texnikaviy jihatdan erishayotgan yutuqlarining rag‘batlantirib borish to‘g‘risida” qaror qabul qilinib, unda o‘quv-sport ishlarining sifat darajasini ko‘tarish belgilangan edi. O‘zbekiston KP(b) Markaziy Qo‘mitasi va Vazirlar Kengashi mazkur qarorga asoslanib, 1947 yilning 1 aprelida tegishli qaror qabul qildi. Bu Qarorda tinch davrda jismoniy madaniyat sohasini yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan edi [16, 45-b]. 1946 yilda Denov shahrida tashkil etilgan tayyorlov kursida jismoniy tarbiya faollaridan 105 kishi: jamoatchi yo‘riqchilar, jismoniy tarbiya jamoalari raislari, hakamlar, sportning ko‘plab turlari bo‘yicha murabbiylar tahsil oldi [8, 6-varoq]. Viloyatdagi jismoniy tarbiya xodimlarining bir qismi malaka oshirish uchun Toshkent, Moskva va Leningrad shaharlariga yuborildi. Biroq xuddi avvalgidek son jihatdan o‘sib borayotgan jismoniy tarbiya jamoalarini mutaxassislar bilan ta’minlash muammoasi hali ham to‘liq o‘z yechimini topmagan edi. Jismoniy tarbiya harakatidagi erishilgan muayyan ijobiy najalarga qaramasdan, Surxondaryoda hali ham bu sohada hal qilinishi lozim bo‘lgan qator muammolar, qiyinchiliklar mavjud edi. Jumladan, sport inshootlari yetishmas, malakali jismoniy tarbiya mutaxassislari taqchil edi. Bundan tashqari, viloyatdagi ko‘pgina maktablarda jismoniy tarbiya darslarini maxsus ma’lumotga ega bo‘lmagan kishilar o‘tishar, sport mashg‘ulotlarini esa jismoniy tarbiyaning yetarli darajada malaka va ko‘nikmaga, maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan kishilar olib borishardi. Qishloq yoshlarini jismoniy jixatdan tarbiyalash ishlari nihoyatda past darajada edi [12]. VKP (b) Markaziy qo‘mitasining 1948 yil 27 dekabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitalari, partiya va sovet hukumatning mamlakatda jismoniy tarbiyaning ommaviyligini oshirish, sovet sportchilarining mahoratini yuksaltirish haqidagi yo‘l-yo‘riqlarini bajarilish ahvoli to‘g‘risida”gi qarorida jismoniy tarbiya va sport ishlaridagi kamchiliklar muhokama qilindi [9]. Ushbu qarorda jismoniy tarbiya kadrlari tayyorlashning juda qoniqarsizligi, sport inshootlari tarmoqlarining sekin kengayayotganligi, jismoniy tarbiya va sport ishlar sust targ‘ib qilinayotganligiga alohida e’tiborni qaratgan edi. VKP(b) Markaziy qo‘mitasining mazkur qarorda shunday ta’kidlab o‘tgan edi: «...jismoniy tarbiya sohasidagi eng muhim vazifalardan biri mamlakatda jismoniy tarbiya harakatining ommaviyligini oshirish; sport mahorati saviyasini
55 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc yaxshilash va ana shu asosda yaqin yillar ichida sovet sportchilarining muhim sport turlari bo‘yicha jahon birinchiligini qo‘lga kiritishini ta’minlashga erishilsin»[1,73-b]. O‘zbekiston KP(b) Markaziy Qo‘mitasi byurosi 1949 yil 16 martda VKP (b) Markaziy Qo‘mitasining yuqorida tilga olingan qarorini muhokama qilib, “Respublika jismoniy tarbiya ishlarini jiddiy nuqsonlarini bartaraf etishning chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi [10]. Ushbu qaror asosida viloyat sport tashkilotlari mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda Surxondaryoda jismoniy tarbiya harakatini yuksaltirish borasida aniq tadbirlar ishlab chiqdilar. Viloyat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasining sa’yi harakati bilan Termiz shahri va rayonlarda jismoniy tarbiya kadrlari tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil etildi. Viloyat xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda maktablardagi jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining 15 kunlik seminarlari uyushtirildi [11]. Biroq bu davrda sezilarli yutuqlar bilan bir qatorda hali ham yechimini kutayotgan qator muammolar ham bor edi. Jumladan, jismoniy tarbiya sohasida malakali murabbiylar, o‘qituvchilarning yetishmasligi, sport anjomlarining kamligi umumiy ishga xalaqit berib turar edi. Masalan, 1953-1954 o‘quv yilida o‘rta va yetti yillik maktablarda (viloyat miqyosida) jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan atigi 4 nafar muallim ishlardi, holbuki, qolgan maktablarda esa umumiy o‘rta, yetti yillik yoki boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ishlardi [6]. Tabiiyki, viloyatdagi ko‘pgina o‘rta maktablarda jismoniy tarbiya darslarini o‘tish saviyasi past edi, sinfdan tashqari o‘tkaziladigan musoboqalarda o‘quvchilar kam ishtirok etardi, ayniqsa, qishloq joylarda sport bazalari, anjom va jixozlar yetishmasdi. Bundan tashqari maktabning o‘zida tashkil etiladigan musobaqalar, o‘rtoqlik uchrashuvlari viloyatning sport hayotidan munosib o‘rin olmagan edi. Maktab o‘quvchilari, ayniqsa mahalliy millat vakillari bo‘lgan yosh qizlar o‘rtasida jismoniy tarbiyani tashviqot qilish ishlari nihoyatda sust olib borilardi [2]. 1956 yilning may oyida Termiz shahrida IX viloyat Spartakiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda sportchilar sportning 10 turi bo‘yicha bellashishdi. Musoboqalarning final qismida viloyatining barcha rayonlari jamoalaridan 764 nafar sportchilar qatnashdilar. Ushbu musoboqada umumjamoa hisobida Termiz shahri terma jamoasi birinchi, Jarqo‘rg‘on jamoasi ikkinchi, Sariosiyo rayoni jamoasi esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi [13]. Spartakiadaning barcha bosqichlarida 25662 nafar jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilar ishtirok etdi va unda sport turlari bo‘yicha 32 ta viloyat rekordi o‘rnatildi va yangilandi. 3954 nafar I darajali GTO nishondori, 495 nafar II darajali GTO nishondori, 1 nafar SSSR sport ustasi, 20 nafar birinchi, 154 nafar ikkinchi, 323 nafar uchinchi, 123 nafar o‘smirlar razryadchilari va sport turlari bo‘yicha 79 nafar murabbiylar tayyorlandi [3]. Jismoniy tarbiya faollari bilan ishlash jamoatchi trenerlar, yo‘riqchi (instruktor)lar, ishlab chiqarish gimnastikasi ishtirokchilari, sport hakamlari, jismoniy tarbiya jamoalari kengashlari raislari, jismoniy tarbiya tashkilotlari tayyorlashga doir barcha vazifalarni bajarish maqsadida Surxondaryo viloyati sport jamiyatlari va tashkilotlari uyushmasi kengashi qoshida 15 ta sport federatsiyasi tuzildi[16, 59-65 b.]. 1960-yilda Surxondaryo viloyatida jismoniy tarbiya va sport sohasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Masalan, shu yilning o‘zida 46 ta yangi jismoniy tarbiya jamoasi tuzildi va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilar safiga 2715 nafar yigit-qiz kelib qo‘shildi. Shuningdek, 3956 nafar GTO nishondori, 356 nafar razryadli sportchi, 244 nafar jamoatchi instruktorlar tayyorlandi. 6 ta stadion, 99 ta voleybol, 24 ta basketbol maydonchalari, 3 ta otish tiri va sport zali qurildi [7]. Surxondaryoning jismoniy tarbiya tashkilotlari sa’yi harakatlari bilan 1964 yilda 25000 GTO nishondori, 10250 nafar razryadli-sportchi, shuningdek 2 nafar SSSR sport ustasi va 110 nafar birinchi razryadli sportchi tayyorlandi [5]. Shunga qaramasdan viloyatda jismoniy tarbiya va sport
56 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc sohasida kamchiliklar hamon to‘liq bartaraf etilmagan edi. Sport inshoatlari va kompleks maydonchalar viloyatning 10-15 % xo‘jaliklaridagina mavjud bo‘lib, ko‘pgina joylarda oddiy sport bazalari ham yetishmasdi, jismoniy tarbiya jamoalarining nisbatan kamroq qismigina zarur sport inventarlari va jihozlari bilan ta’minlangan edi. Malakali kadrlar yetarli darajada emasdi. Jumladan, 1955 yilda 366 nafar jismoniy tarbiya xodimi bo‘lib, ularning 88 nafarigina oliy ma’lumotli, 77 nafari o‘rta maxsus ma’lumotli edi [14]. Umumta’lim maktablaridagi 251 nafar jismoniy tarbiya o‘qituvchilarning 42 nafari oliy, 63 nafari o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, bu 40-45 foizni tashkil etardi. Jami 850 ta sakkiz yillik umumta’lim maktabining 49 tasida umuman jismoniy tarbiya o‘qituvchisi yo‘q edi. 113 ta maktabda esa bu fanni maxsus ma’lumotli bo‘lmagan sportchilar yoki harbiy xizmatdan bo‘shagan kishilar o‘tishardi [15]. Xulosa. Surxondaryo viloyatida jismoniy tarbiya va sport tizimi juda katta qiyinchiliklar, moddiy resurslarning taqchilligi, mutaxassislar yetishmasligi jiddiy tarzda kuchaygan sharoitlarda yo‘lga qo‘yildi. Sovet hukumati yillarida vohaga sportning qator yangi turlari kirib keldi. Ushbu sport turlarining rivojlanishi yo‘lida ma’lum siljishlar yuz berib, qator sport turnirlari tashkil etildi. Sport sohasida faoliyat yuritgan fidoyi insonlarning sa’y-harakatlari bilan ko‘plab sport inshootlari jamoatchilik va hashar asosida qurib bitkazildi. Jismoniy tarbiya va sport sohasi ustoz va murabbiylarining tinimsiz mehnati tufayli viloyat sportchilari viloyat va respublika sport musobaqalarida faol ishtirok etib ko‘pincha faxrli o‘rinlarni olib keldi. References: 1. Алексеев Н. М., Организация работы в объединенных коллективах физической культуры, М., 1971. – С. 73. 2. Dala yozuvlari. (Denov tumani, Lochin mahallasi, 31-uyda yashovchi sport faxriysi Oqbo‘taev Abdurashid Yakubovich bilan suhbat materiallari). 2020 yil 20 oktabr. 3. O‘zbekiston milliy arxivi. 2310-fond, 1-ro‘yxat, 744-ish, 197-varoq. 4. O‘zbekiston milliy arxivi. 2310-fond, 1-ro‘yxat, 164-ish, 95-96 –varaqlar. 5. O‘zbekiston milliy arxivi. 2310-fond, 1-ro‘yxat, 52-ish, 112-varoq.. 6. O‘zbekiston milliy arxivi. 2310-fond, 1-ro‘yxat, 539-ish, 41-varoq. 7. O‘zbekiston milliy arxivi. 2766-fond, 1-ro‘yxat, 961-saqlov birligi, 20-varoq. 8. Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 92-fond, 1-ro‘yxat, 94-ish, 6-varoq 9. Surxondaryo viloyati davlat arxivi, 18-fond, 1ro‘yxat, 115-ish, 22 varaq 10. Surxondaryo viloyati davlat arxivi, 18-fond, 1ro‘yxat, 115-ish, 27 varaq 11. Surxondaryo viloyati davlat arxivi, 18-fond, 1ro‘yxat, 58-ish, 12-18 varaq 12. Surxondaryo viloyati davlat arxivi, 18-fond, 1ro‘yxat, 73-ish, 28-29 varaq 13. Surxondaryo viloyati davlat arxivi, 45-fond, 1ro‘yxat, 45-ish, 66varaqlar. 14. Surxondaryo viloyati davlat arxivi. 92 –fond, 1-ro‘yxat, 77-ish, 70-varoq.. 15. Surxondaryo viloyati davlat arxivi. 92 –fond, 1-ro‘yxat, 77-ish, 12-47-varoq. 16. Toshpo‘latov J.T. Surxandaryoda jismoniy madaniyat va sport.- Termiz: 1991.- 138 b.