ILK SHAHARSOZLIK MADANIYATINING SHAKLLANISH DAVRI TARIXI
Full text
67 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ILK SHAHARSOZLIK MADANIYATINING SHAKLLANISH DAVRI TARIXI Sattorov Firdavs Ulug’bek o’g’li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarix yo’nalishi magistranti e-pochta: sa[email protected] Tel: +998977861601 https://doi.org/10.5281/zenodo.17638393 Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘rta Osiyoda ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanish jarayoni, uning asosiy omillari va tarixiy bosqichlari arxeologik va tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan. Mehnat taqsimoti, ijtimoiy tabaqalanish, hunarmandchilikning rivoji, boshqaruv tizimining shakllanishi va savdo-sotiq aloqalarining kuchayishi ilk shaharlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan muhim omillar sifatida izohlangan. Maqola O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi eng qadimiy shaharlarning paydo bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, shaharsozlik tarixini o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: A.A.Asqarov, E.V.Rtveladze, A.S.Sagdullayev, hunarmandchilik va savdosotiq, Afg’onistondagi Mundigak, bronza davri, Moxenjodaro, Xarappa, Kalibangan, O’zbekiston, V.Tarn. Jamiyatdagi ma’lum bo’g’in sifatida ilk shaharlarning paydo bo’lishi butun jamiyat hayotidagi chuqur sifatiy urinishlar bilan bog’liq bo’lib, ushbu tarixiy - madaniy rivojlanish natijasida shaharlar qishloqdardan kelib chiqadi. Ushbu jarayon natijasida ikkala qarama-qarshilik birlashuviga asoslangan jamiyat rivojlanishining davr taqozo etgan o’ta muhim yangi qonuniyatlari ma’lum tuzum sifatida o’rnatiladi. Muhim yangi ijtimoiy jarayon sifatida shaharlar shakllanishidagi dastlabki shart - sharoitlar ilg’or va nisbatan jadal rivojlangan (ma’lum tarixiy va tabiiy sharoitlarda, albatta) jamiyatda, ko’p qirrali mehnat taqsimoti jarayonining doimiy chuqurlashuvi natijasida paydo bo’ladi. Ilk shaharlarning paydo bo’lish asoslari va omillari masalalari bo’yicha turli yillarda V.M.Masson, D.Litvinskiy, A.A.Asqarov 1 , V.I.Sarianidi, E.V.Sayko, I.M.Dyakonov, G.Ye.Areshyan, T.Sh.Shirinov, E.V.Rtveladze, A.S.Sagdullayev 2 hamda qator xorijlik olimlar tadqiqot ishlari olib bordilar 3 . Ularning turli hajmdagi maqolalari va monografiyalarida ilk shaharlar paydo bo’lish asoslari, omillari va shart-sharoitlar, dunyo tarixidagi qadimgi shaharlar bilan qiyosiy tahlil masalalari ko’rib chiqildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, kammahsul mehnat va ishlab chiqaruvchi kuchlarning nisbatan past darajasi sharoitida mehnat taqsimoti jamiyat rivojlanishining yagona asosi edi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, doimiy tabaqalanish jarayoni va ishlab chiqarish faoliyatining ixtisoslashuvi mehnatning umumiy hajmi va qo’shimcha mahsulot o’sishini ta’minlab, ehtiyojlar tartibining murakkablashuviga olib keladi. Fikrimizcha, bu jarayon esa o’z navbatida ijtimoiy iqtisodiy hamda madaniy-maishiy munosabatlarning keyingi tabaqalashuvi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Siyosiy jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalanishning xususiyatlari va darajasini izohlash paytida, turli munosabatlarni emas, balki urug’ jamoasining ustunlik qilishini hisobga olgan holda, qadimgi ko’mish marosimlari, turar joylar va boshqalardan tabaqalanish haqidagi arxeologik ma’lumotlarning tarixiy tahliliga ehtiyotkorlik bilan yondashuv talab etiladi. Ko’p qirrali mehnat taqsimotining umumiy tartibda ajralishi va turli ko’rinishdagi bopsharuv vazifalari manzilgohlar turlarining 1 Asqarov A. Eng qadimiy shahar, Toshkent, Ma’naviyat, 2001 – yil. 2 Sagdullayev A.S. O’zbekiston tarixi, T., 2019. 76 – 93 b. 3 Eshov B, Qadimgi O’rta Osiyo shaharlari tarixi. Toshkent, Fan va Texnologiya, 2008. B – 25–26.
68 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc o’lchamlariga ko’ra hamda jamoat ishlarining tashkiliy ahamiyatiga qarab tabaqalanishga imkoniyat yaratdi. Demak, quyidagi shart-sharoitlar ilk shaharlar paydo bo’lishi uchun asosiy va muhim o’rinda turadi: 1. Qishloq (manzilgoh)larning aholi soniga qarab kengayib borishi. 2. Qishloq (manzilgoh)larda aholi tabaqalanishining boshlanishi. 3. Mehnatning markazlashuvi va mehnat faoliyatining chuqurlashib borishi. 4. Mehnatning yangi ehtiyojlarni qondirishdagi zaruriy shart sifatida ixtisoslashuvi 4 . Ilk shaharning paydo bo’lishida ko’plab ijtimoiy-madaniy xususiyatdagi omillar sabab bo’lishiga qaramay, turli sharoitlarda u yoki bu guruh nisbatan ustunlik qiladi. Fikrimizcha, aniq tarixiy-madaniy sharoitlarda shahar madaniyatining shakllanishi ijtimoiy-iqtisodiy (hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi), harbiy-siyosiy (mudofaa sharoitlariga bo’lgan ehtiyoj) va boshqaruv (boshqaruv tizimining ajralishi) tartiblarining mavjudligi bilan uzviy bog’liqdir 5 . Mehnat taqsimotini shaharlar paydo bo’lishidagi asosiy sabablardan biri sifatida ko’rib chiqayotgan paytimizda bu jarayonning dastlabki davrda nisbatan tor hudud doirasida yuz berishini ham alohida qayd etish zarur. Shahar madaniyatining shakllanishi xo’jalik - madaniy tiplar o’rtasidagi mehnat taqsimoti rivojlanib, ayrim jamoalar o’rtasidagi mehnat taqsimotiga aylanish darajasiga mos keladi. Ilk shahar madaniyatining muhim ko’rinishlaridan biri - aholining turli qatlamlari yashovchi turli shakldagi aholi punktlarining paydo bo’lishi va o’zaro munosabatlari isbotlanadi. Bu o’rinda shunga alohida e’tibor berish lozim bo’ladiki, shahar madaniyatining shakllanishi etnogenetik jarayonlarda sifatiy yangi bosqich boshlanganligidan dalolat beradi. Mil. avv. IV ming yillikning oxiri - III ming yillikning boshlariga kelib O’rta Osiyoning ko’pgina hududlarida o’troq dehqonchilik iqtisodiyoti va aholining o’sishi natijasida yirik аholi manzilgohlari – oziq - ovqat zaxirasi, hunarmandchilik faoliyati, jamoa ibodatxonalari hamda hokimiyat organlari markazlashgan hududlarga - qishloq xo’jalik viloyatlari yoki vohalarning markazlariga aylanib boradi 6 . Ilk shaharlarning vazifaviy holati hamda ularning ichki tuzilishi o’ziga xos xususiyatlarga, o’z rivojlanish shakliga ega. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bronza davri O’rta Osiyo shaharsozligining shakllanishida sug’orma dehqonchilik asosiy ahamiyatga ega bo’lgan bo’lsa-da, O’rta Sharqning ayrim ilk shaharlari bundan mustasno (misol uchun, Afg’onistondagi Mundigakning shakllanishida lojuvard-tranzit yo’li katta ahamiyatga ega bo’lgan). Jaxon tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, urbanizatsiya jarayonlari barcha hududlarda bir xil kechmagan va bu jarayon bir necha davr va bosqichlardan iborat. Misol uchun, mil. avv. IV ming yillikning ikkinchi yarmida Misrda Enxab (Nexen) va Buto shaharlari poytaxt shaharlar sifatida mavjud bo’lgan bo’lsa, mil. avv. III ming yillik boshlarida Mesopotamiyada Kish, Uruk, Lagash, Umma, Larsa kabi yirik shaharlar bor edi 7 . Qadimgi Elam va Erondagi dastlabki yirik shahar markazlari Suza, Anshan, Shahri So’xta kabilar ham mil.av. III ming yillikning boshlariga oid. Aynan mana shu davrda Hindistonda Moxenjodaro, Xarappa va Kalibangan kabi yirik shahar markazlari taraqqiy etadi. Dunyo tarixidagi ushbu ilk shahar markazlarining rivojlanish bir necha davrlarni o’z ichiga oladi. Dastlabki shaharlar o’sha davr uchun jiddiy ko’rinish bo’lib, ular boshqaruv va turli marosimlar markaziga aylanadi. Ularda hunarmandchilik ishlab chiqarish, aholi ehtiyojlari uchun xizmat qiladigan manzillar, hukmdor va uning ma’muriyati, diniy marosimlar vakillari, shuningdek, atrof qishloq xo’jalik tumanlarida ishlovchilar mavjud edi. Ishlab chiqarishdagi iqtisodiyotning tashkil 4 Eshov B, Qadimgi O’rta Osiyo shaharlari tarixi, Toshkent, 2006. – B. 21 5 Eshov B, Qadimgi O’rta Osiyo shaharlari tarixi. Toshkent. Fan va Texnologiya. 2008. – B. 27 6 Eshov B, Qadimgi O’rta Osiyo shaharlari tarixi. Toshkent, Fan va Texnologiya, 2008. B - . 28–29 7 Eshov B, Qadimgi O’rta Osiyo shaharlari tarixi. Toshkent, 2006. – B. 61
69 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc topishi, sug’orma dehqonchilik va uy chorvachiligining rivojlanishi, dastlabki metallning (mis, bronza) o’zlashtirilishi hamda ulardan mehnat, jangovar, uy-ro’zgor buyumlarining tayyorlanishi va nihoyat, dastlabki shaharlarning paydo bo’lishi insoniyat tarixida, jumladan, O’rta Osiyo xalqlari davlatchiligi tarixida juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Jamiyatdagi mavjud shart-sharoitlar va omillar mil. avv. III ming yillikning oxiri - II ming yillikning boshlariga kelib yuqorida ta’kidlaganimizdek, O’rta Osiyo hududlarida o’zida shaharsozlik madaniyati belgilarini aks ettiruvchi aholi manzilgohlarining paydo bo’lishiga olib keldi 8 . Dastlabki shaharlarda aholining turli ishlab chiqarishdan kelgan qo’shimcha mahsuloti, yirik inshootlar - saroylar, ibodatxonalar, mudofaa inshootlari kabi qurilishlarda, madaniy va iqtisodiy aloqalarda o’zining moddiy aksini topdi. Jamiyat hayotida mehnatning ikkinchi ijtimoiy taqsimoti yuz berishi natijasida ixtisoslashgan hunarmandchilik taraqqiy etadi. Arxeologik ma’lumotlar ko’hna shaharlarda hunarmandchilikning turli sohalari - kulolchilik, metallga ishlov berish, zargarlik kabi sohalari ancha rivojlanganligidan dalolat beradi. O’rta Osiyodagi dastlabki shahar markazlari ulardagi yirik qurilish inshootlari (saroylar, ibodatxonalar va boshq.) ko’plab hunarmandchilik ustaxonalarining mavjudligi mavqei bilan qishloqlardan ajralib turadi 9 . Shaharlarni jamiyat taraqqiyotining yetakchi omili sifatida yuzaga kelishi insoniyat rivojlanishi tarixidagi muhim voqea bo’lib, bu jarayon ibtidoiy turmushdan sivilizatsiyaga, urug’chilik tuzumidan davlatchilikka o’tishning bosh va asosiy belgisidir. Tadqiqotchilarning ko’pchiligi e’tirof etganlaridek, zivilizatsiya - insoniyat taraqqiyoti bo’lib o’tayotgan jamiyat xayotining ma’lum davrida paydo bo’ladi. Sivilizatsiyaning paydo bo’lishi va yuksak darajada rivojlanishida shaharsozlik madaniyatining ahamiyati beqiyosdir. Olib borilgan tadqiqotlarni tahlil qilish va solishtirish shuni ko’rsatadiki, O’rta Osiyo jumladan, O’zbekiston sivilizatsiyasi xam Sharqdagi dastlabki sivilizatsiyalar Mesopotamiya va Hindistonning Xarappa madaniyati bilan uzviy – aloqada shakllangan va rivojlangan. Bu ikkala mashhur sivilizatsiyalar oralig’ida joylashgan O’rta Osiyo qadimgi Sharq xalqlarining yagona iqtisodiy va madaniy tizimga birlashuvida hamda ular o’rtasidagi turli aloqalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mil. avv. III ming yillikka kelib O’rta Osiyo daryo vohalarida o’lchamlari jihatdan kattagina bo’lgan jamoat inshootlari, dushmandan himoyalanish vositasi bo’lgan mustahkam devorlar paydo bo’lishi dastlabki shaharsozlik madaniyati belgilari edi 10 . III - II ming yilliklarga kelib esa, O’rta Osiyo jamiyatida sodir bo’lgan iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari ilk shaharlarning keyingi rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Ilk shaharlarning paydo bo’lishi dastlabki davlatchilik shakllanishidagi eng muhim va asosiy omil bo’lib, bu ikkala jarayon uzviy bog’lik holda kechgan. O’ziga xos qonuniyatga ko’ra shaharsozlik madaniyati uzoq va bosqichmabosqich davrlarni bosib o’tgan. Xususan, A.Asqarov 11 va T.Shirinovlarning O’rta Osiyoning janubidagi ilk shahar madaniyatiga bag’ishlangan maxsus monografiyasida ta’kidlanishicha, O’rta Osiyo jamiyati taraqqiyotidagi urbanistik jarayonlarning boshlanishi uzoq vaqt antik davr, deb hisoblanib, yanada qadimgi yodgorliklar nazardan chetda qolgan 12 . Vaholanki, O’rta Osiyoning shahar madaniyati qisqa muddatli tarixiy hodisa bo’lmasdan, chetdan kirib kelmagan. Bu holat uzoq davom etgan urbanistik jarayonlarning natijasi bo’lib, janubiy hududlarda bronza davridayoq boshlangan edi. Demak, ayrim tadqiqotchilarning ilk shaharlar bosqichlari va taraqqiyot davrlari haqidagi ma’lumotlarini tahlil etamiz. 8 Eshov B, Qadimgi O’rta Osiyo shaharlari tarixi. Toshkent, Fan va Texnologiya, 2008. B – 29 9 Asqarov A. Eng qadimiy shahar, Toshkent, Ma’naviyat, 2001 – yil. 10 Eshov B, Qadimgi O’rta Osiyo shaharlari tarixi. Toshkent, Fan va Texnologiya, 2008. B - . 30-31 11 Asqarov A. Eng qadimiy shahar, Toshkent, Ma’naviyat, 2001 – yil. 12 O’sha joyda. 31 B.
70 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc O’tgan asrdagi ingliz olimi V.Tarnning fikricha, O’rta Osiyoda grek-makedon bosqiniga qadar musthkamlangan manzilgohlar - shaharlar bo’lmagan 13 . T. Shirinovning fikricha, tadqiqotchilar tomonidan taklif etilayotgan urbanizatsiya jarayonlarini davrlashtirish juda mushkul. Qolaversa, har bir tadqiqotchining o’rtaga tashlagan fikri o’sha tadqiqotchini o’z materiali va ish uslubidan kelib chiqqan holda yaratiladi. Urbanizatsiya jarayonlarining paydo bo’lishi va rivojlanishi qay darajada yechilishiga qaramay, tadqiqotchilar bir narsaga umumiy fikr bildiradilar: Markaziy Osiyoda shaharlar boshqa joylarga nisbatan ancha oldin paydo bo’lgan. Yuqoridagi qadimgi shaharlar rivojlanish bosqichlari va davrlari asosan O’rta Osiyoning janubiy hududlariga xosdir. Chunki, O’rta Osiyoning shimoliy va xususan, shimoliy-sharqiy hududlarida shaharlarning rivojlanishi shakllanishning o’zgacha yo’llarini aks ettiruvchi boshqacharoq tarixiy-madaniy sharoitlarda bo’lib o’tgan. Fikrimizcha, O’rta Osiyoning turli tarixiy-madaniy viloyatlaridagi shaharlari ma’lum umumiylikka ega bo’lish bilan birga paydo bo’lishi va rivojlanishi, me’moriy tuzilishi, moddiy va badiiy madaniyati hamda shahar hayoti nuqtai nazaridan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu o‘rinda, butun O‘rta Osiyo uchun xos bo‘lgan, bir necha asr mavjud bo’lib keyin inqirozga uchragan ko’hna shaharlar uchun turli bosqichlar va davrlarni boshdan kechirish mustasnodir. Tadqiqotchilar fikrlarini umumlashtiridigan bo’lsak, bronza davriga kelib O‘rta Osiyoning keng dehqonchilik vohalari hududlarida aholining alohida joylashuvi tizimi shakllanadi 14 . Bu jarayon o’z navbatida o’zida ilk shaharsozlik belgilarini aks ettiruvchi aholi manzilgohlarining paydo bo’lishi va keyingi rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Fikrimizcha, ushbu imkoniyatlar quyidagi asosiy ijtimoiy iqtisodiy omillar bilan bog’lik edi: - o‘troq dehqonchilikning paydo bo’lishi natijasida aholining ma’lum hududlarga to‘planishi hamda bu joylarda boshqa hududlarga nisbatan zich joylashuvi; - mehnatning ikkinchi yirik ijtimoiy taqsimoti, ya’ni hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi natijasida ayrim aholi manzilgohlarida ixtisoslashgan ishlab chiqarishning paydo bo’lishi; - ijtimoiy tabaqalanish jarayonlarining chuqurlashuvi hamda mavjud jamiyatdagi boshqaruv tizimining yanada murakkablashuvi (yirik aholi manzilgohlarida boshqaruv tizimi shakllanadi va markazlashadi); - eng qadimgi yo’llarning rivojlanishi natijasida hududlar o’rtasida madaniy va iqtisodiy munosabatlar, xususan, savdo - sotiq aloqalarining taraqqiy etishi (mil. avv. IV - III ming yillalardayoq Janubiy Turkmaniston hududlarida dastlabki loydan yasalgan g’ildiraklar paydo bo’lgan bo’lsa, mil.avv. III ming yillik o’rtalariga kelib esa tuyaga, ba’zan, xo’kizga qo’shib ishlatadigan aravalar paydo bo’ladi) 15 . Transport vositalarining paydo bo’lishi va rivojlanishi qishloq xo’jaligi hududlarining markazi hamda kundalik zaruriy va qo’shimcha mahsulotni taqsimlovchi markaz vazifasini bajarish imkonini yaratadi. Shaharlar paydo bo’lishining dastlabki bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy omillardan tashqari diniy, harbiy strategik va tabiiy-geografik omillar ham nihoyatda muhimki, fikrimizcha, ular quyidagilardir: - e’tiqod, diniy-mafkuraviy qarashlarning taraqqiy etishi natijasida ibodat inshootlarining shahar markazlarida qad ko’tarishi (shaharlar diniy markaz sifatida); - qal’alarning paydo bo’lishi va ularda mustahkamlangan manzilgohlarning qo’rg’onlar hamda shaharlarning muhim belgisi sifatida shakllanishi; 13 O’sha joyda. 31 B. 14 Eshov B, Qadimgi O’rta Osiyo shaharlari tarixi. Toshkent, Fan va Texnologiya, 2008. B - . 32 15 Eshov B, Qadimgi O’rta Osiyo shaharlari tarixi. Toshkent, Fan va Texnologiya, 2008. B - . 32–33
71 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc - O’z davridagi harbiy-siyosiy vaziyat (atrof ko’chmanchilarning hujumlari va o’zaro urushlar) tufayli qal’alarning qo’rg’onlarga aylanishi va himoya inshootlari bilan o’rab olinishi; - ekologik va geografik shart-sharoitlar (dastlabki shaharlarning yashash uchun qulay bo’lgan daryo vohalari va tog’ oldi hududlarida paydo bo’lishi) mavjudligi 16 . Shaharlar taraqqiyotining keyingi bosqichlarida shaharlarning ayrim tuzilish belgilari o’zgarishiga qaramay shaharsozlik ko’rinishining asosiy mohiyati hisoblangan hamda o’zida ijtimoiy va madaniy-maishiy belgilarni mujassamlashtirgan uch qismlik (qal’a - hokim maskani; shaharning hunarmandchilik ishlab chiqaruvchi, savdo-sotiq hamda urar joylar mavjud bo’lgan qismi; shahar oldi — diniy kirish marosimlariga oid va ishlab chiqaruvchi qism) aslida o’zgarmasdan avvaligicha qoladi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, shahar - odamlarning nisbatan qadimgi va shu bilan birga eng zamonaviy hududiy joylashuv shakli bo’lib, uning taqdiri va gullab-yashnashi bilan unda yashovchi har bir fuqoro qiziqishi tabiiydir. Shaharlarning paydo bo’lishi, mavjudlarining rivojlanishi atrofmuhitning o’zlashtirilishi bilan bog’lik bo’lib bu jarayon ijtimoiy tuzum taraqqiyoti va xususiyatini o’zida aks ettiradi. Shuningdek, har bir tarixiy davr shaharsozligining o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Shahar - bu insoniyat tomonidan tabiiy yaratilgan hayotiy zarurat bo’lib, uning har tomonlama faoliyat ko’rsatishi uchun o’ta muhimdir. Jamiyat taraqqiyoti natijasida shahar shakllanadi, rivojlanadi va kengayib boradi. Shahar - me’morchilik va qurilish faoliyatining nisbatan yuqori va murakkab ko’rinishidir. Aynan shuning uchun ham shaharlarning paydo bo’lishi me’morchilik inshootlarining qad ko’tarishi bilan bevosita bog’likdir. Shahar - bu rejali, murakkab tuzilishga ega hudud bo’lib bu yerda ishlab chiqarish kuchlari, madaniy an’analar, ixtisoslashgan hunarmandchilik kabilar markazlashadi. Shahar muammosi, uning kelib chiqishi, ichki tuzilishi, rivojlanish dinamikasi va nihoyat, jamiyatning urbanizatsiya muammosi so'nggi paytlarda tarixchilar va sotsiologlar, psixologlar va iqtisodchilarni tobora ko'proq jalb qilmoqda. References: 1. Asqarov A. Eng qadimiy shahar, Toshkent, Ma’naviyat, 2001 – yil. 3 – 7 b. 2. Belenitskiy A.M., I.B. Bentovich, O.G. Bolshakov, O’rta Osiyoning o’rta asr shahri, SSSR Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti, Nashriyot: “ Nauka”, Leningrad, 1973 – yil. 3-43 b. 3. Kaso`mov A., Vaskin I. Osnovno`ye napravleniya vneshney politiki Respubliki Uzbekistan. T., 1994. 4. Sagdullayev A.S. O’zbekiston tarixi, T., 2019. 76 – 93 b. 5. Jo`rayev N. va boshqalar... O`zbekiston tarixi. T., 1998. 6. Eshov B. Qadimgi O’rta Osiyo shaharlari tarixi, Toshkent, 2006 – yil. 6 – 21, 61 – 71 b. 7. Eshov B. Qadimgi O’rta Osiyo shaharlari tarixi, Toshkent, Fan va Texnologiya, 2008 – yil. 17 – 26 b. 27 – 37 b. 163-174 b. 8. Qodirova T.F, Lavrov V.A, Mamatmusayev T.Sh, O’rta Osiyo shaharsozlik madaniyati, Toshkent 2014 y. 37-42. 9. Эшов Б. Цивилизация тизимида илк шаҳарлар. Т.: 2004. 10. Қудратов С. Марказий Осиё ҳудудида илк давлатларнинг пайдо бўлиши. Г.:1998. 11. Қудратов С. Ўрта Осиё илк шаҳарлари ва давлатлари. Г.:2006. 12. Пўлатов Х. Шаҳарсозлик тарихи. Т.: Фан ва технология нашриёти, 2008. 16 O’sha joyda. 33 B.
72 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 13. Исҳоқов М., Қудратов С., Қодирова Д. Ўрта Осиё илк шаҳарлари ва давлатлари тарихидан. Т.:2010.