scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

CHORVACHILIK MAHSULOTLARINING GILAM ISHLAB CHIQARISHDAGI O'RNI (SURXON VOHASI MISOLIDA)

Narbayeva Dilovar Mamatmurotovna

Full text

85 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc CHORVACHILIK MAHSULOTLARINING GILAM ISHLAB CHIQARISHDAGI O‘RNI (SURXON VOHASI MISOLIDA) Narbayeva Dilovar Mamatmurotovna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 07.00.07-Etnografiya, etnologiya va antropologiya yo‘nalishi tayanch doktorantiUDK 9.433 https://orcid.org/0009-0000-6241-3968 E-pochta: [email protected] Tel raqam: +998 97 275 18 88 https://doi.org/10.5281/zenodo.17638621 Annotatsiya: Ushbu maqolada xalq amaliy san’ati namunalari orasida keng qo‘llanilgan kigiz mahsulotlarining Surxon vohasidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda hududga xos tarixiy-ma’naviy an’analar, hunarmandchilik maktablari hamda kigiz tayyorlash texnologiyalari yoritilib, ularning maishiy hayotdagi, marosimlarda va bezak san’atidagi roli ochib berilgan. Shuningdek, Surxon vohasida yig‘ilgan etnografik ma’lumotlar asosida kigiz mahsulotlarining funksional va badiiy xususiyatlari o‘rganilgan. Maqola xalq amaliy san’atini asrab-avaylash, qayta tiklash va zamonaviy dizaynda qo‘llash istiqbollarini ko‘rsatib beradi. Kalit so‘zlar: Kigiz mahsulotlari, xalq amaliy san’ati, hunarmandchilik, Surxon vohasi, etnografik tadqiqot, badiiy bezak, an’ana, zamonaviy dizayn. МЕСТО ВОЙЛОЧНЫХ ИЗДЕЛИЙ СРЕДИ ОБРАЗЦОВ НАРОДНОГО ПРИКЛАДНОГО ИСКУССТВА (НА ПРИМЕРЕ СУРХАНДАРЬИНСКОГО ОАЗИСА) Аннотация: В статье анализируется место и значение войлочных изделий среди образцов народного прикладного искусства на примере Сурхандарьинского оазиса. Рассмотрены историко-культурные традиции региона, школы ремесленников и технологии изготовления войлока, раскрыта их роль в быту, обрядах и декоративном искусстве. На основе собранных этнографических данных изучены функциональные и художественные особенности войлочных изделий. В работе также обозначены перспективы сохранения, возрождения и использования войлочных традиций в современном дизайне. Kлючевые слова: Bойлочные изделия, народное прикладное искусство, ремесленничество, Сурхандарьинский оазис, этнографическое исследование, художественное оформление, традиция, современный дизайн. THE ROLE OF FELT PRODUCTS AMONG TRADITIONAL FOLK ARTS (CASE STUDY OF THE SURKHAN OASIS) Abstract: This article examines the role and significance of felt products among traditional folk arts, focusing on the Surkhan Oasis region. The study explores the historical and cultural traditions of the area, local craft schools, and felt-making techniques, highlighting their functions in daily life, rituals, and decorative arts. Based on ethnographic data collected in the region, the research analyzes both functional and artistic characteristics of felt products. The article also outlines prospects for preserving, reviving, and incorporating these traditions into contemporary design. Key words: Felt products, folk applied art, craftsmanship, Surkhan Oasis, ethnographic research, artistic decoration, tradition, modern design. Kirish (Introduction). Yurtimiz hududlarining geografik joylashuvi, iqlimi, aholisi, xo‘jalik yuritish shakllari turli xil bo‘lib, bir-biridan farq qiladi. Shu sababdan respublikamizning janubiy 86 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc mintaqasining o‘ziga xos tabiiy iqlimi va xo‘jaligi xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida tadqiq etish maqsadga muvofiq sanaladi. Xalq amaliy san’ati har bir xalqning tarixiy-madaniy merosi, turmush tarzi va dunyoqarashini aks ettiruvchi bebaho boylikdir. O‘zbek xalqining ko‘p asrlik hunarmandchilik an’analari orasida kigiz mahsulotlari alohida o‘rin tutadi. Ular nafaqat maishiy ehtiyojlarni qondirish, balki estetik, ramziy va marosimiy ma’noga ega bo‘lib kelgan. Surxon vohasi hududi qadimdan chorvachilik va ko‘chmanchi madaniyat unsurlarining rivojlangan markazlaridan biri bo‘lgani bois, bu yerda kigiz tayyorlash san’ati keng yoyilgan. Mazkur tadqiqot Surxon vohasida kigiz mahsulotlarining xalq amaliy san’ati namunalari orasidagi o‘rni va ularning bugungi kunda saqlanib qolish masalalarini tahlil qilishga qaratilgan. O‘zbekiston prezidenti ta’kidlaganidek:” Surxondaryo viloyati – o‘zining iqtisodiy salohiyati, muhim geografik o‘rni, tabiiy imkoniyatlari bilan mamlakatimiz taraqqiyotida alohida ahamiyatga ega”[1]. Metodlar (Methods). Tadqiqot davomida quyidagi ilmiy-uslubiy yondashuvlardan foydalanildi: Etnografik kuzatuvlar – Surxon vohasi hududida yig‘ilgan materiallar asosida hunarmandchilik markazlari o‘rganildi. Tarixiy tahlil – xalq amaliy san’atining rivojlanish bosqichlari va kigiz mahsulotlarining tarixiy ildizlari o‘rganildi. Taqqoslama usul – Surxon vohasidagi kigiz tayyorlash an’analari boshqa mintaqalar bilan solishtirildi. Og‘zaki manbalar va suhbatlar – mahalliy ustalar va hunarmandlar bilan suhbat o‘tkazilib, amaliy bilimlar qayd etildi. Buxoro amirligi agrar davlat bo‘lib, aholi katta qismining iqtisodiy hayoti bevosita dehqonchilik, chorvachilik va xalq hunarmandchiligining rivoji bilan bog‘liq bo‘lgan. Natijalar (Results). Surxon vohasida kigiz mahsulotlari asosan chorvachilikka asoslangan xonadonlarda keng tarqalgan. Kigiz tayyorlashda kerak bo‘ladigan asosiy homashyo bu jun. Jun asosan chorva mollaridan olinadi. 1-rasm. Chorva qo‘ylaridan jun olish jarayoni. Demak kigiz hunarmandchiligini rivojlanishi avvalo chorvachilik bilan bog‘liq sanaladi. Ilmiy asarlarda kelgan ma’lumotlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, XIX asr oxiri XX asr boshlariga kelib, aholining 85% ini qishloq xo‘jaligida[2], 10% chorvachilik hamda 5 % hunarmandchilikni tashkil 87 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc etgan deb Meyendorf ta’kidlagan. Shuning bilan birga Buxoroda qishloq xo‘jaligi-xalq boyligining eng katta manbaidir, unda еtishtirilgan ko‘p va turli xil mahsulotlar aholi ehtiyojini qondirish bilan birga savdo rivojida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lgan”[3] deb takidlagan. Buxoro amirligida asosiy xo‘jaliklardan biri bo‘lgan chorvachilik amirlik hayotida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lganligini ko‘rishimiz munkin. Bu davrda gilam mahsulotlarini ishlab chiqaradigan zavod va fabrikalarning mavjud bo‘lmaganligini hisobga olib Surxon voxasining aksariyat aholisi kundalik hayotida kigizdan foydalanganligi ayon bo‘ladi. Kigiz tayyorlash jarayoni haqida ma’lumot yig‘ish maqsadida Surxondaryo viloyati tumanlarida dala tadqiqoti olib boorish jarayonida Oltinsoy tumani Qurama qishlog’ida 1949-yil tug‘ilgan Isayeva Qurbongul momo bilan olib brogan suxbat jarayonida qo‘y junidan foydalanish, tabiiy bo‘yoqlar yordamida bezak berish kabi qadimiy texnologiyalar saqlanib qolganligi va ayni damda o‘zining va bolalari ro‘zg‘ori ehtiyojlariga kerak bo‘ladigan kigiz buyumlarini o‘zi tayyorlashini bayon etdi (1-rasm)[4]. 2-rasm. Isayeva Qurbongul momo bilan olib brogan suxbat jarayoni. (Oltinsoy tumani Qurama qishlog‘i). Isayeva Qurbongul momo kigiz buyumlari – o‘choq yopgichlari, gilamlar, kiyim-kechak va marosim buyumlarida ham qo‘llanilgan deya takidladi. Bundan tashqari kigiz buyumlari mahalliy bezak elementlari orqali turli ramziy ma’nolar ifodalangan(farovonlik, himoya, hosildorlik) ligini va xalq marosimlarida foydalaniladigan asosiy buyum sifatida bilishi to‘g‘risida takrorladi. 88 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 3-rasm. Isayeva Qurbongul momo uyida to‘shalgan kigiz. (Oltinsoy tumani Qurama qishlog‘i). Tadqiqotchi: Kigiz tayyorlash jarayoni haqida gapirib bering? Isayeva Qurbongul momo: Kigiz gilam o‘zining issiqligi va sog‘lik uchun foydalagi bilan qadimda xalqimiz orasida juda urf bo‘lgan. Yana qora kigiz deganlari bo’lgan, uni qora uyni yopishda ishlatilgan. Kigiz uchun eng muhim hom ashyo bu qo‘yning junidir, bunda qo‘ylarning turiga qarab junlari olingan. Asosan qo‘y junidan foydalanilgan, kigiz tayyorlshda momlarimiz juda e’tiborli bo‘lishgan, mahsulot pishiq bo‘lishiga diqqat qaratishgan. Jun tayyorlash bir necha bosqichlarni o’z ichiga oladi. Birinchi bosqichda junni titishdan boshlaydi, bu ishlar asosan qo‘y qirqimi davrida ( bahor yoki yoz boshida olingan chunki yangi jun yaxshi pishiq bo‘lishida muhim rol o‘ynagan. Yangi qirqib olingan jun quyoshda quritilib, qo‘lda yoki tosh ustiga urib-urib, changi ketkazilgan, so’ng iliq suvda kul solib yuvishgan, bu jarayon bir necha marta bajarilgan. Keyin yog‘och taroq bilan taralgan keyin jun chivish(pishitish) orqali jun olingan. Ikkinchi bosqichda tabiy ranglar bilan jun tolalari buyalganlar. Qizil-anor po‘sti, qizil bo‘yoq o‘ti (ro‘yan), qirmizi hashorat, sariq-piyoz po‘sti, safran, zarchava, ko‘k-yongo‘q po‘stlog‘idan foydalangan. Ranglar pishiq bo‘lishi uchun tosh tuzi, mis kuporosi, o‘simlik tanini bilan ishlov berilgan. Iplar odatda soya joyda quritilgan chunki quyoshda qurishi kelajakda tez rangini yuqotishi mumkin. Qanor matomizni kerakli o‘lchamda erga kata qilib tekis holatda to‘shab olib chukichlar yordamida gul shaklda rangli junni oddiygina qiyib(yopishtirtib) chiqamiz, chekkasiga tabiiy jundan bosiladi, o‘rtalariga jimjimador chiroyli shakllar, masalan tuya gajak guli, tog‘ gajak guli, qalampir guli tushiriladi. Uchinchi bosqichda suv tayyorlanadi, kata qozonnga suv solamiz ichiga yong‘oq bargi, rayhon bargi, yalpiz bargi solingan va qaynab chiqqandan keyin supurgi bilan kigiz ustini suvlab chiqiladi. To‘rt-besh kishi gilamning bir yonboshidan o‘rab ochib olaverishgan, har o‘raganda qattiqqattiq o‘rib olishgan. To‘rtinchi bosqichda quyoshga quritishga qo‘yishgan bu jarayon kigis bosdi deyilgan. Quyoshda ikki-uch kun quritilgandan keyin yana suv sepilib shu jarayon qaytarilgan. Bu ikki marotaba kigiz pishdi deyishgan momolarimiz. Kigizlarni asosan qishda foydalanishgan sababi issiq va sog‘lik uchun foydali bo‘lgan deya tamomladi[5]. Hozirgi kunda kigiz tayyorlash hunarmandchilikning ayrim ustaxonalarida qayta tiklanayotgan bo‘lib, turistlar va dizaynerlar orasida qiziqish ortib borayotganligiga ham guvoh bo‘ldik. 89 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 3-rasm. Oltinsoy tumani Qurama qishlog‘i. Muhokama (Discussion). Olingan ma’lumotlar Surxon vohasida kigiz mahsulotlari nafaqat maishiy buyum, balki san’at asari sifatida qadrlanganini ko‘rsatadi. Ularning bezaklari xalqning dunyoqarashi, urf-odatlari va diniy qarashlarini ifodalaydi. Hozirgi globallashuv sharoitida ushbu san’at turi yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lsa-da, uni qayta tiklash va zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatlari mavjud. Hunarmandlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, etnografik tadqiqotlarni kengaytirish va turizm sohasida kigiz mahsulotlarini targ‘ib qilish – xalq amaliy san’atini asrab-avaylashning muhim yo‘nalishlaridan biridir[6]. References: 1. Мирзиёев Ш. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Тошкент : Ўзбекистон, 2017 – 279-бет. 2. Холиқова Р. Россия-Бухоро тарих чорраҳасида. – Тошкент: Ўқитувчи, 2005. – Б. 85. 3. Мейендорф Е.К. Путешествие из Оренбурга в Бухару. – М., 1975. – С. 106. 4. Dala yozuvlari: Oltinsoy tumani Qurama qishlog‘ida dala tadqiqoti, 2025-yil, 20-may. 5. Dala yozuvlari: Oltinsoy tumani Qurama qishlog‘ida dala tadqiqoti, 2025-yil, 23-may. 6. Сатторов А. У. Сурхондарё вилояти қишлоқ аҳоли манзилгоҳларининг ривожланиш ва жойлашиш хусусиятлари. Геогр. фан. ном. дисс… – Тошкент: ЎзМУ, 2009. – Б. 179.