scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASIDA KIBERXAVFSIZLIKNI TA'MINLASH UCHUN KADRLARNI TAYYORLASH: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Iminov Abdurasul Abdulatipovich; Kamalov Madrassilla Erkinovich

Abstract

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida kiberxavfsizlikni ta'minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimining hozirgi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari tahlil qilingan. Kiberjinoyatlar globallashuv sharoitida davlat xavfsizligi va ijtimoiy barqarorlikka jiddiy tahdid solayotganini koʻrsatib, raqamli transformatsiya jarayonida malakali mutaxassislarni tayyorlashning ahamiyati yoritilgan. Maqolada PQ-17 va PQ-253-son Prezident qarorlari asosida IIV Akademiyasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi ta'lim yoʻnalishlari, “Kiberpoligon” laboratoriyasi, xalqaro hamkorlik va masofaviy ta'lim tizimi kabi yangiliklar tahliliy tarzda koʻrib chiqilgan. Shuningdek, mamlakatda kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish va xalqaro darajada raqamli hamkor sifatida Oʻzbekistonning oʻrnini mustahkamlash istiqbollari ochib berilgan.

Full text

742 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASIDA KIBERXAVFSIZLIKNI TA’MINLASH UCHUN KADRLARNI TAYYORLASH: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR Iminov Abdurasul Abdulatipovich O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Axborot texnologiyalari kafedrasi boshlig‘i o‘rinbosari, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent, e - mail: iminovabdurasul 1970@ gmail . com Kamalov Madrassilla Erkinovich O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17640191 Annotatsiya. Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimining hozirgi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari tahlil qilingan. Kiberjinoyatlar globallashuv sharoitida davlat xavfsizligi va ijtimoiy barqarorlikka jiddiy tahdid solayotganini koʻrsatib, raqamli transformatsiya jarayonida malakali mutaxassislarni tayyorlashning ahamiyati yoritilgan. Maqolada PQ-17 va PQ-253-son Prezident qarorlari asosida IIV Akademiyasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi taʼlim yoʻnalishlari, “Kiberpoligon” laboratoriyasi, xalqaro hamkorlik va masofaviy taʼlim tizimi kabi yangiliklar tahliliy tarzda koʻrib chiqilgan. Shuningdek, mamlakatda kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish va xalqaro darajada raqamli hamkor sifatida Oʻzbekistonning oʻrnini mustahkamlash istiqbollari ochib berilgan. Kalit soʻzlar: kiberxavfsizlik, kiberjinoyat, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, raqamli transformatsiya, axborot xavfsizligi, kiberpoligon, masofaviy taʼlim, Prezident qarori, kadrlar tayyorlash, raqamli texnologiyalar. Аннотация. В статье рассматриваются актуальные вопросы подготовки кадров в сфере кибербезопасности в Академии Министерства внутренних дел Республики Узбекистан. Анализируется современное состояние, существующие проблемы и пути их решения. Отмечается, что киберпреступность становится одной из ключевых угроз национальной безопасности и стабильности общества в условиях глобальной цифровизации. На основе постановлений Президента № PQ-17 и PQ-253 проанализированы проводимые реформы: внедрение новых образовательных направлений, создание факультета «Кибербезопасность и цифровая криминалистика», организация лаборатории «Киберполигона», развитие международного сотрудничества и дистанционного обучения. В заключение подчёркивается значение Академии МВД как ведущего научно-образовательного центра по подготовке специалистов в области кибербезопасности и укреплению цифрового суверенитета Узбекистана. Ключевые слова: кибербезопасность, киберпреступность, Академия МВД, цифровая трансформация, информационная безопасность, киберполигон, дистанционное обучение, подготовка кадров, цифровые технологии, постановление Президента. Abstract. This article analyzes the current state, challenges, and solutions in the field of cybersecurity personnel training at the Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan. It highlights the growing threat of cybercrime to national security and social stability in the era of global digital transformation. Based on Presidential Decrees No. PQ-17 and PQ-253, the paper examines ongoing reforms, including the introduction of new academic programs, establishment of the Faculty of Cybersecurity and Digital Forensics, 743 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 creation of the “Cyber Polygon” laboratory, and expansion of international cooperation and distance learning opportunities. The study emphasizes the Academy’s role as a leading scientific and educational center in forming highly qualified cybersecurity specialists and strengthening Uzbekistan’s position as a reliable digital partner on the international stage. Keywords: cybersecurity, cybercrime, Ministry of Internal Affairs Academy, digital transformation, information security, cyber polygon, distance learning, Presidential decree, personnel training, digital technologies. Bugungi globallashuv davrida raqamli texnologiyalar inson hayotining barcha jabhalariga chuqur kirib bormoqda. Internet, sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot, “aqlli” tizimlar va ma’lumotlar tarmoqlari taraqqiyoti bilan bir qatorda, kiberjinoyatlar va axborot tahdidlari ham tobora ko‘paymoqda. Bu esa har bir davlat oldiga milliy xavfsizlik, ijtimoiy barqarorlik va axborot mustaqilligini himoya qilish masalasini keskin qo‘ymoqda. Kibermakon — bu zamonaviy dunyoning eng katta imkoniyatlari bilan bir qatorda eng katta xavflar manbai hamdir. Kiberjinoyatlar geografik chegaralarni tan olmaydi, ular inson xulq-atvori, texnologik infratuzilma va ijtimoiy tizimdagi zaifliklardan foydalanadi. Natijada, global miqyosda moliyaviy, iqtisodiy va siyosiy barqarorlikka tahdid solmoqda. Cybersecurity Ventures ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda kiberjinoyatlar tufayli yetkaziladigan umumiy zarar hajmi 10,5 trillion AQSh dollariga yetadi. Bu ko‘rsatkich 2023-yildagi 8 trillion dollardan sezilarli darajada yuqori bo‘lib, kiberjinoyatlarning yildan-yilga kengayib borayotganidan dalolat beradi. Kiberjinoyatlar orasida ransomware, phishing, ma’lumotlar o‘g‘irlanishi, DDoShujumlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan xakerlik operatsiyalari eng keng tarqalgan turlar hisoblanadi. Shu bois kiberxavfsizlikni ta’minlash nafaqat texnik, balki huquqiy va tashkiliy yondashuvlarni ham o‘z ichiga oluvchi kompleks tizimga aylanmoqda. Raqamli muhit va milliy xavfsizlik o‘rtasidagi bog‘liqlik. Global Digital 2023 hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 5,16 milliard internet foydalanuvchisi mavjud bo‘lib, bu jahon aholisining 64,4 foizini tashkil etadi. O‘tgan yilda internetdan foydalanuvchilar soni yana 1,9 foizga o‘sgan. Bu jarayon axborot oqimlari tezligini oshirgan bo‘lsa-da, kiberjinoyatlar sonining ham ortishiga olib kelmoqda. O‘zbekistonda ham raqamli muhit jadal rivojlanmoqda. Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil yakuniga kelib internet foydalanuvchilari soni 31 milliondan, mobil foydalanuvchilar esa 29,5 milliondan oshgan. 2010-yillarda aholining 16 foizi internetdan foydalangan bo‘lsa, bugun bu ko‘rsatkich 86 foizga yetgan. Bu esa mamlakatda raqamli xizmatlardan foydalanish, davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning barcha sohalarida “raqamli transformatsiya” jarayoni chuqurlashayotganini ko‘rsatadi. Biroq, raqamli texnologiyalarning tezkor joriy etilishi bilan bir qatorda, axborot xavfsizligi masalalari ham dolzarb tus olmoqda. Davlat boshqaruvi, bank tizimi, sog‘liqni saqlash, sud-huquq va mudofaa sohalaridagi ma’lumotlar oqimining raqamli tizimlarga ko‘chishi ularni kiberhujumlar uchun potensial nishonga aylantirmoqda. Shu sababli kiberxavfsizlik sohasida malakali kadrlarni tayyorlash bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biridir. Kiberjinoyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. ASTRA ekspert-tahlil kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda kiberjinoyatlar sababli dunyo bo‘yicha yetkazilgan zarar 6 trillion dollarga baholangan. Bu miqdor Yaponiya, Germaniya, Hindiston, Buyuk Britaniya va Fransiya kabi besh yirik davlatning umumiy 744 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 YAIMidan ham ortiqdir. Kiberjinoyatlar nafaqat korporativ darajadagi zararlarni, balki fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari, moliyaviy hisoblari va obro‘siga ham tahdid soladi. Shu bois, raqamli xavfsizlik — bu texnologik masala bo‘lish bilan bir qatorda, milliy xavfsizlik, iqtisodiy mustaqillik va ijtimoiy barqarorlik masalasidir. O‘zbekiston uchun ham bu yo‘nalish dolzarb. Chunki so‘nggi yillarda davlat xizmatlari, elektron to‘lov tizimlari, bank operatsiyalari, tibbiyot va ta’lim sohalarida raqamli yechimlar keng joriy etilmoqda. Bu jarayon, tabiiyki, kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining o‘rni. O‘zbekiston Respublikasida raqamli xavfsizlikni ta’minlash, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish va bu borada maxsus kadrlarni tayyorlash so‘nggi yillarda strategik ahamiyat kasb etmoqda. Jinoyatchilikning raqamli transformatsiyasi — ya’ni an’anaviy jinoyatlarning kibermakonga ko‘chishi — huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida yangi avlod kadrlarini tayyorlashga bo‘lgan talabni kuchaytirdi. Shu maqsadda 2021-yildan boshlab Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida “Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishni tashkil etish” hamda “Kiberjinoyatlarni fosh etishda tezkor-qidiruv tadbirlari” kurslari joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi qarori va IIVning 2022yil 29-avgustdagi “2022-yilda tajriba tariqasida axborot xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishi asosida Akademiyada “Yurisprudensiya (axborot xavfsizligi yo‘nalishi)” bo‘yicha maxsus o‘quv guruhi tashkil etildi. 2022–2025-yillar davomida tajriba sifatida o‘qitilgan kursantlar quyidagi yo‘nalishlarda bilim oldilar: Dasturlash asoslari va texnologiyalari; Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari; Axborot xavfsizligi asoslari va kriptografiya; Dasturiy ta’minot xavfsizligi; Kompyuter tarmoqlari va tarmoq xavfsizligi; Raqamli sud ekspertizasi; Sun’iy intellekt texnologiyalari; Ijtimoiy muhandislik. Bu fanlar nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantirishga yo‘naltirilgan. Shu maqsadda Akademiyada tajriba sifatida “Internet monitoringi guruhi” tashkil etilib, kursantlar qonun bilan taqiqlangan kontentni aniqlash va kiberjinoyatlarga qarshi amaliy tadbirlarni amalga oshirish bilan shug‘ullandilar. 2022–2024-yillar mobaynida mazkur guruh tomonidan 2560 ta noqonuniy veb-sayt aniqlanib, 2308 tasi tezkor chora bilan bloklangan. Bu natijalar O‘zbekiston huquq-tartibot tizimida jinoyatchiliklarni oldini olishda muhim qadam bo‘ldi. Kadrlar tanqisligi va o‘quv-metodik muammolar. Bugungi kunda kiberxavfsizlik sohasida mutaxassislar tanqisligi eng jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. Raqamli jinoyatchilikning murakkab shakllari bilan samarali kurashish uchun zarur bo‘lgan malakali kadrlar soni hozircha amaliy ehtiyojni to‘liq qondira olmaydi. Shuningdek, o‘quv-metodik bazaning yetarli emasligi, zamonaviy o‘quv dasturlarining cheklanganligi, xalqaro tajriba almashinuvi imkoniyatlarining pastligi soha rivojini 745 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 sekinlashtiradi. Shu bois, davlat darajasida bu yo‘nalishni tizimli rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qarorlar va islohotlar: yangi bosqich. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish sohasida professional kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 22yanvardagi PQ-17-son qarori asosida Ichki ishlar vazirligi tizimida, xususan, IIV Akademiyasida raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yangi bosqich boshlandi. Qarorga muvofiq, 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Akademiyada bakalavriatning “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishida “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” nomli to‘rt yillik ta’lim dasturi joriy etiladi. Ushbu yo‘nalish doirasida: - iqtidorli nomzodlarni xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiada sovrindorlari orasidan imtiyozli asosda o‘qishga qabul qilish; - maxsus kasbiy tanlovlarda matematika, informatika va axborot texnologiyalaridan sinovlarni joriy etish; - o‘quv jarayonini dual ta’lim tizimi asosida, ya’ni nazariya va amaliyot uyg‘unligida olib borish; - kursantlarning amaliyotini ichki ishlar organlarining kiberxavfsizlik va axborot texnologiyalari bo‘linmalarida o‘tkazish; - Akademiya tuzilmasida Kiberxavfsizlik va raqamli kriminalistika fakulteti tashkil etish; - “Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish asoslari” fanini bakalavr o‘quv dasturlariga kiritish; - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Inha universiteti va boshqa yetakchi tashkilotlar bilan o‘quv-metodik, ilmiy va innovatsion yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish belgilandi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 22 yanvardagi PQ-17son qarorining yo‘l xaritasiga asosan, Ichki ishlar vazirligi va IIV Akademiyasi raxbariyati boshchiligida: - 2025 yil 1 iyuldan IIV Akademiyasi tuzilmasida mavjud shtatlar doirasida Kiberhuquq, aniq fanlar, raqamli texnologiyalar va axborot xavfsizligi hamda kriminalistik ekspertizalar kafedralarini o‘z ichiga oluvchi Kiberxavfsizlik va raqamli kriminalistika fakulteti tashkil etildi; - “Kiberpoligon” laboratoriyasi va zamonaviy raqamli kriminalistika uskunalari bilan jihozlangan o‘quv bazalar barpo etilmoqda; - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan memorandumlar va o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolandi; - Akademiya professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari ishtirokida “Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” ilmiy yo‘nalishi asosida ilmiy tadqiqotlar va amaliy seminarlar yo‘lga qo‘yildi. Ushbu choralar natijasida, IIV Akademiyasi kiberxavfsizlik sohasida nafaqat milliy, balki xalqaro darajada tan olingan mutaxassislarni tayyorlovchi yetakchi ilmiy-amaliy markaz sifatida shakllanmoqda. Bundan tashqari, Prezidentning 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-son qarori bilan masofaviy ta’lim shakli joriy etildi. Endilikda oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xodimlar 4 yillik, oliy ma’lumotlilar esa 3 yillik (to‘lov-kontrakt asosida) ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 746 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 “Bir million dasturchi” loyihasi bitiruvchilari uchun imtiyozli tizim joriy etildi — ular matematika, informatika va AKT fanlari bo‘yicha 30 foiz qo‘shimcha ball oladi. Kvotalarning 80 foizi idoraviy akademik litsey va ichki ishlar xodimlariga ajratilishi ham tizim ichida malakali kadrlar zanjirini shakllantirishga xizmat qiladi. Amaliy natijalar va istiqbollar Yangi ta’lim dasturlari, laboratoriyalar, xalqaro hamkorlik va masofaviy o‘qitish imkoniyatlari IIV Akademiyasini mintaqadagi ilg‘or ilmiy-amaliy markazga aylantirmoqda. Bugungi kunda akademiya bitiruvchilari ichki ishlar organlarining kiberxavfsizlik bo‘linmalarida xizmat olib borib, real jinoyatlarni ochishda faol ishtirok etmoqdalar. Bu islohotlar nafaqat huquq-tartibot idoralari imkoniyatlarini kengaytiradi, balki butun mamlakatda kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish uchun mustahkam poydevor yaratadi. Kutilishicha, yaqin yillarda O‘zbekiston mintaqada kiberxavfsizlik sohasida strategik hamkor va yetakchi markaz sifatida tan olinadi. Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bugun nafaqat ichki ishlar tizimi, balki butun mamlakat uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi yetakchi ilmiy-ta’lim muassasaga aylandi. Prezident qarorlari asosida yo‘lga qo‘yilgan “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” yo‘nalishi O‘zbekistonning kiberxavfsizlik salohiyatini yangi bosqichga olib chiqadi. Mazkur tizimning to‘liq ishlashi natijasida O‘zbekiston nafaqat o‘z milliy axborot makonini himoya qiladi, balki xalqaro miqyosda ham ishonchli raqamli hamkor sifatida e’tirof etiladi. REFERENCES 1. Digital 2023: Global umumiy hisobot. URL: https://datareportal.com/reports/digital2023-global-overview-report . ( Kirish vaqti: 10.09.2023). 2. Rasm: 2022-yil oxirida O‘zbekistonda qancha internet foydalanuvchisi bor URL : https://www.spot.uz/ru/2022/12/15/shermatov-digital/B2 . (kirish sanasi: 10.09.2023). 3. Kiber jinoyatlar statistikasi 2023: xarajat, sanoat va tendentsiyalar. URL: https://www.getastra.com/blog/security-audit/cyber-crime-statistics/. ( Kirish vaqti: 10.09.2023 ). 4. Simonenko A.V. Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish uchun kadrlarni tayyorlashning dolzarb masalalari 5. // Rossiya Ichki ishlar vazirligining Krasnodar universitetining xabarnomasi. 2021 yil, 4son (54). B. 6-14. 6. Severin V.A. Kiberxavfsizlikni ta'minlash uchun kadrlar tayyorlashga kompleks yondashuv: muammolar va muammolar // Qonunchilikda lobbichilik . 2023. jild. 2. № 2. Pp. 16–20. DOI: 10.33693/2782-7372-2023-2-2-16-20. EDN: COZFBT 7. 2025 yil 22 yanvardagi “Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish sohasi uchun professional kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-17-son qarori;. 8. 2025 yil 30 apreldagi “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-153-son Qarori. 9. 2025 yil 30 apreldagi “Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-155-son Qarori. 747 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 10. 2025 yil 20 yanvardagi ““Cyber university” davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-14-son Qarori. 11. 2023 yil 30 noyabrdagi “Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to‘g‘risida” PQ381-son Qarori.