TURKIYANING HATAY (OVAKENT) O'ZBEKLARI HAYOTIDA PALOV MAROSIMINING IJTIMOIY-RAMZIY AHAMIYATI
Full text
103 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc TURKIYANING HATAY (OVAKENT) O‘ZBEKLARI HAYOTIDA PALOV MAROSIMINING IJTIMOIY-RAMZIY AHAMIYATI Bebitov Maqsud Abdirasulovich UDK: 9(93)( 93/94) Теl: +998(97) 786-33-00 E-mail: [email protected] https://orcid.org/0000-0002-6013-5586 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti. (Denov O‘zbekiston) https://doi.org/10.5281/zenodo.17640196 Annotatsiya: Ushbu tadqiqot Turkiyaning Hatay viloyati Ovakent mahallasiga 1982-yilda Afgʻonistondan kelib joylashgan oʻzbek muhojirlari jamoasida palov (oʻzbek oshi) marosimining ijtimoiy va ramziy ahamiyatini mavjud adabiyotlar va etnografik manbalar asosida tahlil qilishga bagʻishlangan. Palov ularning madaniyatining ajralmas qismi boʻlib, tugʻilish, oʻlim, toʻy, sunnat toʻyi, askarni xayrlash va boshqa madaniy tadbirlarda tayyorlanishi bilan ijtimoiy va majburiy xarakterga ega. Marosim doirasida palov tayyorlash va ulashish orqali jamoa birdamligi, madaniy kimlikning uzluksiz tiklanishi va anʼanalarning saqlanib qolishi taʼminlanadi. Shuningdek, tadqiqotda yosh avlodning ovqatlanish usuli (qoʻl oʻrniga qoshiq ishlatish) va Navroʻz bayramidan voz kechish kabi madaniy oʻzgarishlar ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari nafaqat oʻzbek muhojirlarining madaniy hayotini tushunishga, balki boshqa muhojir jamoalarda anʼanaviy oziqovqat amaliyotlarining oʻrni haqida fikr yuritishga imkon beradi. Kalit soʻzlar: Oʻzbek oshi, palov marosimi, madaniy identitet, ijtimoiy birdamlik, muhojirlik, madaniy moslashish, Ovakent, Hatay, Afgʻoniston, transmilliy madaniyat. Abstract. This study examines the social and symbolic significance of the palov (Uzbek pilaf) ceremony within the community of Uzbek migrants who settled in the Ovakent neighborhood of Hatay Province, Turkey, in 1982, following their displacement from Afghanistan. The research is based on existing literature and ethnographic sources. Palov constitutes an integral component of their cultural practices, assuming a socially obligatory role in events such as births, funerals, weddings, circumcision ceremonies, military send-offs, and other cultural occasions. Through the rituals of preparing and sharing palov, community solidarity is reinforced, cultural identity is continuously renewed, and traditions are preserved. Additionally, the study analyzes cultural transformations, including the younger generation's preference for using spoons instead of hands for eating and the discontinuation of Nowruz celebrations. The findings not only contribute to a deeper understanding of the cultural life of Uzbek migrants but also provide insights into the role of traditional food practices in other migrant communities. Keywords: Uzbek pilaf, palov ceremony, cultural identity, social solidarity, migration, cultural adaptation, Ovakent, Hatay, Afghanistan, transnational culture. Аннотация. Данное исследование посвящено анализу социального и символического значения церемонии палов (узбекского плова) в сообществе узбекских мигрантов, переселившихся в 1982 году из Афганистана в район Овакент провинции Хатай (Турция). Исследование основано на существующих литературных источниках и этнографических материалах. Палov является неотъемлемой частью их культуры и носит социальнообязательный характер, приготовляясь по случаю таких событий, как рождение, смерть, свадьба, обрезание, проводы в армию и других культурных мероприятий. В рамках церемонии приготовление и раздача плова способствуют укреплению общинной солидарности, непрерывному воспроизводству культурной идентичности и сохранению традиций. Кроме того, в исследовании анализируются культурные изменения, такие как использование ложек
104 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc вместо рук при употреблении пищи среди молодого поколения и отказ от празднования Навруза. Результаты исследования позволяют не только лучше понять культурную жизнь узбекских мигрантов, но и поразмышлять о роли традиционных пищевых практик в других мигрантских сообществах. Ключевые слова: Узбекский плов, церемония палов, культурная идентичность, социальная солидарность, миграция, культурная адаптация, Овакент, Хатай, Афганистан, транснациональная культура. Kirish. Turkiyaning Hatay viloyati Ovakent mahallasida 1982-yilda Afgʻonistondan koʻchib kelgan oʻzbek muhojirlari jamoasida palov (oʻzbek oshi) marosimining ijtimoiy va ramziy ahamiyatini ikkilamchi manbalar asosida oʻrganish ushbu tadqiqotning markaziy maqsadidir. Tarixiy jihatdan turli madaniyatlar chorrahasida joylashgan Hatay viloyati, ayniqsa Ovakent mahallasi, madaniy antropologiya tadqiqotlari uchun muhim obyekt hisoblanadi. Sovet-Afgon urushi (1978-1989) davrida Afgʻonistondan koʻchib kelgan oʻzbek muhojirlari yangi muhitda oʻz madaniy identitetini saqlash va moslashish jarayonida anʼanaviy oziq-ovqat amaliyotlariga, xususan palov marosimiga tayanadi. Markaziy Osiyo turkiy xalqlarida keng tarqalgan boʻlsa-da, palov bu jamoada nafaqat asosiy ovqat, balki ijtimoiy birdamlik, kollektiv xotira va madaniy davomiylikning muhim vositasi sifatida ishlaydi [1, 109]. Tadqiqot quyidagi jihatlarni oʻrganadi: palov marosimlarining ijtimoiy-ritual funksiyalari, identitetni mustahkamlashdagi roli va muhojirlik sharoitida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar. Asosiy tadqiqot savollari: (1) Palov qanday ijtimoiy va ramziy funktsiyalarni bajaradi? (2) U madaniy milliy oʻzlikni qanday saqlaydi? (3) Anʼanaviy oziq-ovqat amaliyotlari qanday oʻzgarishlarga uchramoqda? Tadqiqotning dolzarbligi transmilliy muhitda anʼanalarning saqlanishi va transformatsiyasi jarayonlarini tushunish imkoniyatida namoyon boʻladi. Ovakent oʻzbeklarining palov marosimlari orqali oʻz madaniy merosini qanday saqlab qolganligi va yangi sharoitga qanday moslashganligini oʻrganish, nafaqat oʻzbek muhojirlari, balki boshqa koʻchmanchi jamoalarning madaniy moslashish strategiyalarini tushunish uchun ham qimmatli tushunchalar beradi. Muhokama va natijalar. Ovakentdagi oʻzbek muhojirlari jamoasida palov marosimi murakkab ijtimoiy-madaniy funktsiyalarni bajaradi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, palov nafaqat oddiy ovqatlanish hodisasi, balki ijtimoiy birdamlikni mustahkamlash, madaniy identitetni saqlash va an'analarni avlodlararo davom ettirish vositasidir. Marosimlar jarayonida jamoaviy harakatlar orqali ijtimoiy aloqalar mustahkamlanadi, oʻtmish bilan aloqalar tirilanadi va mehmondoʻstlik orqali maqom namoyon etiladi. Biroq, ikkilamchi manbalar tahlili shuni koʻrsatadiki, jamiyatda sezilarli madaniy oʻzgarishlar va moslashish jarayonlari ham kuzatilmoqda. Yosh avlodda anʼanaviy qoʻl bilan ovqatlanish oʻrniga qoshiq ishlatishning keng tarqalishi va Navroʻz bayramidan voz kechish kabi hodisalar madaniy transformatsiyani koʻrsatadi. Bu oʻzgarishlar, bir tomondan, turk madaniyati va diniy yetakchilarning taʼsiri natijasida yuzaga kelgan boʻlsa, ikkinchi tomondan mahalliy aholi bilan oʻzaro madaniy almashinuv natijasidir. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Kömürçukuru aholisi bilan yaqin aloqalar natijasida oʻzbeklar mahalliy "kömbe" pechenyesini oʻzlashtirgan, mahalliy aholi esa oʻzbek oshini yaxshi koʻradi. Bu oʻzaro madaniy taʼsir integratsiya jarayonining tabiiy koʻrinishidir. Adabiyotlar sharxi. ushbu tadqiqotning nazariy va empirik asosi oziq-ovqat antropologiyasi, migratsiya tadqiqotlari va etnomadaniyatshunoslik sohalaridagi asosiy manbalarga tayanadi. Tadqiqotning nazariy asosini Mintz va Du Bois (2002)ning asari tashkil etadi, unda ovqatlanishning nafaqat biologik, balki madaniy, ijtimoiy va ramziy ahamiyati chuqur tahlil qilinadi.
105 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Oʻzbek muhojirlari jamoasining konteksti Hayitov (2008) tomonidan muhojirlikning tarixiy ildizlari (1917-1991) va Hatunoğlu (2013) tomonidan Turkiyaga kelgan (1982) oʻzbek muhojirlarining aniq demografik tarkibi va joylashuvi haqidagi maʼlumotlar orqali belgilanadi. Jamoaning ijtimoiy-iqtisodiy moslashuvi Çetin va Gün (2015)ning ishi orqali, ularning iqtisodiy madaniyati va maxsus savdo-sotiq faoliyatini oʻrganish orqali yoritiladi. Özservet (2013)ning transmilliy aloqalarga oid tadqiqoti esa kengroq ijtimoiy tarmoqlarni tushunishga yordam beradi. Madaniy amaliyotlar nuqtai nazaridan, Göçmez (2008)ning Ovakent oʻzbeklari hayotini oʻrganishi palov marosimining jamiyatdagi oʻrnini aniqlashda asosiy manba boʻlib xizmat qiladi. Eraslan (2016)ning boshqa anʼanaviy marosimlar (masalan, "Tüvekli Beşik") boʻyicha ishi marosimiy hayotga oid qoʻshimcha maʼlumot beradi. Cengiz (2006)ning Hatayda ikki tillilik va madaniy identitet oʻrtasidagi bogʻliqlikni tahlil qilishi, jamoada kuzatilgan madaniy oʻzgarishlarni (masalan, ovqatlanish usuli) tushunish uchun asos yaratadi. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot metodologiyasi ikkinchi darajali manbalar tahliliga asoslangan sifatli tahlil yondashuvlarini oʻz ichiga oladi. Asosiy usullar quyidagilardan iborat: Qiyosiy va manbashunoslik tahlili - turli manbalar orasidagi farq va oʻxshashliklarni solishtirish hamda ularning ishonchliligi va qimmatini baholash Nazariy tahlil - madaniy antropologiya va migratsiya sotsiologiyasi nazariyalarini qoʻllash. Holatni oʻrganish (Case Study) - Ovakent oʻzbeklarining palov marosimini alohida holat sifatida tahlil qilish. Tadqiqotning asosiy cheklovi dala tadqiqotlari va bevosita kuzatishlarning yoʻqligidir. Shunga qaramay, turli manbalarning kompleks tahlili orqali tadqiqotning ishonchliligi va haqiqiyligi taʼminlangan. Metodologik jihatdan quyidagi elementlar taʼkidlanishi mumkin: Tadqiqotda tarixiy va zamonaviy manbalarning sinxron va diaxron tahlili qoʻllanilgan. Turli fan sohalaridagi (antropologiya, sotsiologiya, migratsiya tadqiqotlari) manbalarning integratsiyasi amalga oshirilgan Madaniy oʻzgarishlar va davomiylik jarayonlarini tahlil qilishda koʻp qirrali yondashuv qoʻllanilgan. Tadqiqot uslubi ilmiy jihatdan asoslangan boʻlib, barcha manbalar tegishli ilmiy standartlarga muvofiq tanlangan va tahlil qilingan. Asosiy qism. XIX asrda Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyoni bosib olishi jarayonida hozirgi Oʻzbekiston hududlaridan Afgʻonistonga koʻchib ketgan oʻzbeklar [2, 45], 1979-yilda Sovet qoʻshinlarining Afgʻonistonga bostirib kirishidan keyin Afgʻoniston shimolidagi qirgʻiz va turkmanlar bilan birga Eron va Pokiston tomon qayta koʻchishga majbur boʻlgan [3, 540]. 1982-yilda Turkiya Buyuk Millat Majlisi tomonidan qabul qilingan 2641-sonli qonun [3] va 19823-sonli qarorga asosan turk kelib chiqishli oʻzbeklarning Pokistondan Turkiyaga olib kelinishi belgilandi. 1982-yil avgust oyida 759 kishi va 172 xonadondan iborat boʻlgan birinchi guruh oʻzbek muhojirlari Kömürçukuru qishlogʻi aholisi uchun qurilgan Ovakent turar-joyiga joylashtirildi [4, 34]. Muhojirlarning uchta alohida davrda kelganligi qayd etilgan: 1982-yilda birinchi guruh, 1983-yil avgustida 69 oila (329 kishi) va keyingi guruhda 9 oila (51 kishi) [5, 43-44]. Ovakentda Tavçılar va Kongıratlar kabi ikkita yirik oʻzbek urugʻi mavjudligini, shuningdek Oqchoyi, Barsus, Chig‘atoy, Do‘rman, Merdat, Kang‘ va Quchchilar kabi mayda urugʻlar hamda Fargʻonalik, Moʻgʻul va Eshon kabi etnik guruhlarni qayd etadi [6, 592]. Dastlabki yillarda muhojirlar kunlik ishchi sifatida ishlagan, 1984-yildan boshlab terichilik bilan shugʻullana boshlagan [3, 552]. Zamonaviy davrda Ovakentda savdo-sotiqning
106 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc rivojlanganligini, ona vatan bilan bogʻliq holda oʻzbek guruchi, yashil choy va kiyim-kechak kabi mahsulotlarning olib kelinayotganligini taʼkidlaydi. Anʼanaviy tuzum saqlanib qolgan boʻlsa-da, soʻnggi yillarda oʻzbek ayollari oila byudjetiga hissa qoʻshish maqsadida Ovakentdan tashqarida ishlashni boshlagan [7, 41-42]. Oʻzbeklar uy ichida oʻzbekcha, tashqarida esa turkcha gaplashadi [8, 26]. Birinchi avlod koʻchmanchilari anʼanaviy oʻzbek kiyimlarini (köylek va işton) kiyishda davom etmoqda [9, 177]. Afgʻonistondan kelgan oʻzbeklarning vatan tushunchasining noaniqligini, ammo ovqatlanish odatlarini saqlashda konservativ yondashuvini qayd etadi. Marosimlar va palovning ijtimoiy-ramziy ahamiyati. Marosimlar va bayramlar odatda ovqat atrofida shakllanadi, oziq-ovqat ulashish esa ijtimoiy va madaniy qadriyatlarni aks ettiradi. Turk madaniyatida mehmon qabul qilish muhim oʻrin tutadi, mehmon "Xudoning mehmoni" sifatida barakat keltiruvchi deb hisoblanadi. Oʻrta Osiyodagi turk jamoalarida ijtimoiy-madaniy tadbirlarda palov muhim oʻrin tutadi. Ozarbayjon turklarida ism qoʻyish marosimida [10, 514], Navroʻz bayramlarida [11, 155] va toʻy marosimlarida palov tayyorlanadi. Ovakent oʻzbeklarida palov tugʻilish (aqiqa va haq toʻyi), oʻlim (uchinchi, ettinchi, qirqinchi kun va bir yillik marosimlar), toʻy, sunnat toʻyi, askarni xayrlash va boshqa muhim tadbirlarda tayyorlanadi [5, 130-155]. Palov tayyorlash marosimlarda ijtimoiy majburiyat hisoblanadi, pishirilmasa ayblanish kuzatiladi. Moddiy qiyinchilikdagi shaxslarga jamoaviy yordam koʻrsatiladi. Palovning ramziy ahamiyati uning tibbiy va madaniy qadriyatlarida namoyon boʻladi. Ovqatning nafaqat jismoniy, balki ramziy maʼnoga ega ekanligi taʼkidlanadi. Ovakent aholisi palovning oʻtmishdan kelib chiqqanligini, bobolar anʼanasini davom ettirishni va uning tibbiy afzalliklarini yosh avlodga alohida taʼkidlaydi. Madaniy oʻzgarishlar kuzatilmoqda: yosh avlod qoʻl bilan ovqatlanish oʻrniga qoshiq ishlatishni afzal koʻrmoqda. Navroʻz bayrami yaqin oʻtmishda diniy yetakchilar taʼsirida (Paygʻambar hadisiga asoslanib) tark etilgan. Madaniy oʻzaro taʼsir natijasida oʻzbeklar Kömürçukuru aholisining "kömbe" pechenyesini oʻzlashtirgan, mahalliy aholi esa oʻzbek oshini yaxshi koʻradi [5, 124]. Xulosa. Palov Ovakent jamoasida kuchli ijtimoiy birlashtiruvchi rol oʻynaydi. U ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlaydi, oʻzaro yordamni tashkil etadi va jamoaning ijtimoiy tuzilishini qayta tasdiqlaydi. Palov muhim madaniy marker boʻlib, oʻzbek milliy oʻzligini belgilash va kollektiv xotirani (Afgʻonistondagi hayot, koʻchish tajribasi) saqlash vositasi hisoblanadi. U madaniy chegara va etnik farqlanishni saqlab qolishga xizmat qiladi. Anʼana saqlanib qolgan boʻlsa-da, u statik emas. Jamoaning, ayniqsa yosh avlodning, mahalliy turk madaniyati va zamonaviy global oqimlar taʼsirida boʻlishi tufayli palov marosimining amaliy jihatlari (masalan, asboblar) va uning bayramlash doirasi sezilarli oʻzgarishlarga uchramoqda. Bu holat muhojir jamoalarda anʼanaviy oziq-ovqat amaliyotlarining nafaqat madaniy meros, balki moslashuvchanlik va oʻzlikni qayta aniqlash strategiyasi sifatida ishlashini koʻrsatadi. Ovakentdagi oʻzbeklarning palov marosimi madaniyatlarning oʻzaro taʼsiri, qarshiliklari va dialogi haqida qimmatli tushuncha beradi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, anʼanaviy oziqovqat amaliyotlari muhojir jamoalarda nafaqat madaniy identitetni saqlab qolish, balki yangi ijtimoiymadaniy muhitga moslashishning muhim vositasi hisoblanadi. References: 1. Mintz S. W., Du Bois C. M. The anthropology of food and eating // Annual Review of Anthropology. – 2002. – Vol. 31, № 1. – B. 99–119.
107 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 2. Hayitov, Sh.A. O‘zbek muhojirligi tarixi (1917–1991). – Toshkent: ABU Matbuot-Konsalt, 2008. – 208 b. 3. Çetin B., Gün İ. Türkiye'ye göçen Özbeklerde iktisadi kültür ve adaptasyon süreci: Ovakent örneği (Hatay) // Coğrafyaya adanmış bir ömür Prof. Dr. Hayati Doğanay: Atatürk Üniv. Yay. (1056), Kâzım Karabekir Eğitim Fakültesi Yay. 131. Araştırmalar Serisi. – 2015. – № 56. – B. 535–570. 4. Türkiye Cumhuriyeti. 5543 sayılı İskan Kanunu : 19/9/2006 tarihinde kabul edilmiştir. // Resmî Gazete. – 26/9/2006. – Sayı: 26301. – URL: https://www.lexpera.com.tr/mevzuat/kanunlar/iskankanunu-5543 (Murojat qilingan sana: 13.09.2024). 5. Göçmez E. Afganistan’dan gelen göçmen Özbekler’in sosyo-kültürel ve dini hayatları üzerine sosyolojik bir araştırma (Hatay İli Ovakent Beldesi Örneği) : yuqori malaka (magistratura) dissertatsiyasi / Selçuk Universiteti, Sotsial-gumanitar fanlar bo‘yicha fakultet, Falsafa va dinshunoslik kafedrasi, Din sotsiologiyasi bo‘limi. – Konya, 2008. 6. Hatunoğlu N. Türkistan’dan Türkiye’ye cumhuriyet döneminde yapılan göçler kapsamında 1982 Afganistan göçleri // 11. Uluslararası Türk Dünyası Sosyal Bilimler Kongresi – Türk Dünyasının Vizyon Arayışı: Kongre Bildirileri. – Calalabat: [Publisher not specified], 2013. – B. 585–594. 7. Eraslan A. Antakya’da yaşayan Özbeklerde ‘Tüvekli Beşik’ geleneği // Çukurova Araştırmaları Dergisi. – 2016. – Jild 2. – № 1. – B. 39–51. 8. Cengiz A. K. Dil kültür ilişkisi açısından Hatay’da iki dillilik : yuqori malaka (magistratura) dissertatsiyasi / Hatay Mustafa Kemal Universiteti, Sotsial-gumanitar fanlar bo‘yicha bakalavriat va magistratura fakulteti, Antropologiya kafedrasi. – Hatay, 2006. 9. Özservet Y. Ç. İstanbul Zeytinburnu İlçesi’nde Afgan Türklerinin ulusötesi kentleşme ağlarının analizi // FSM İlmî Araştırmalar İnsan ve Toplum Bilimleri Dergisi. –. (Aralık 2013): 163-81. 10. Çeltikci O. Türk dünyası kültüründe doğum üzerine ortak uygulamalar // Journal of Azarbaijani Studies. – 2010. – № 6. – B. 511–521. 11. Kafkasyalı A. Türk dünyasında Nevruz geleneğine toplu bakış // Atatürk Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü Dergisi. – 2005. – Jild 6, № 2. – B. 149–172.