MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARNING AXLOQIY PSIXOLOGIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH
Abstract
This article discusses the process of forming moral skills of school-age students at that very period and developing this quality in the social environment and in the community, turning this psychological aspect into a normal state in the circle of friends, and the role and importance of teachers and parents in this process.
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 42 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARNING AXLOQIY PSIXOLOGIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH Andijon davlat pedagogika instituti “Maxsus pedagogika”kafedrasi v,b.dotsent To’rahonova Barno Tursunboy qizi Anotatsiya: Ushbu maqolada maktab yoshidagi o‘quvchilarning aynan o‘sha davrning o‘zida axloqiy ko‘nikmalarini shakllantirish va ijtimoiy muhitda hamda jamoada aynan mana shu sifatni rivojlantirish, do‘stlari davrasida bu psixologik tarafni odatiy holatga aylantirish jarayoni va bu jarayonda pedagog va ota onalarning o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: pedagogik talab, axloqiy tarbiya, o‘z o‘zini tarbiyalash metodlari, munosabat, oila va pedagog. Аннотация: В статье рассматривается процесс формирования нравственных качеств учащихся школьного возраста в этот период, развитие этого качества в социальной среде и обществе, превращение этой психологической стороны в нормальное состояние в кругу друзей, а также роль и значение педагогов и родителей в этом процессе. Ключевые слова: педагогические требования, нравственное воспитание, методы самообразования, отношение, семья и педагог. Abstract: This article discusses the process of forming moral skills of schoolage students at that very period and developing this quality in the social environment and in the community, turning this psychological aspect into a normal state in the circle of friends, and the role and importance of teachers and parents in this process. Keywords: pedagogical requirements, moral education, methods of selfeducation, attitude, family and teacher. Kirish: Hozirgi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va shart sharoitlar bugungi kun farzandlarini shijoat ila o‘qishlari, intilishlari uchun tag zamin vazifasini bajarib kelmoqda. Aynan mana shu yo‘lda o‘quvchi yoshlarni nafaqat ilm fan taraflama balkim, tarbiya ko‘nikmalarini ham shakllantirib borish barchamizning vazifamizdir. Yurtimiz yoshlarini ayni zamonga monand intilishlari va qiziqishlarining ortida ulkan mehnat va tarbiya deb atalmish ulkan bir jarayonlar majmui yotibdi. Shu sababdan ham har bir inson ma’lum bir yosh pozitsiyalariga yetgunga qadar amalaga oshishi shart bo‘lgan bazi axloqiy psixologik sifatlar to‘la
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 43 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us darajada rivojlanib bo‘lishi kerak. Shundagina inson yetuk shaxs bo‘lib shakllanadi va har qanday holatda o‘z tashabbuslarini erkin bayon eta oladi. Asosiy qism: Insonda axloqiy psixologik sifatlarni shakllantirish uchun bir qancha muhim bo‘lgan jarayonlar mavjud. Aynan mana shu jarayonlar asosida shaxsda birin ketinlikda axloqiy sifat shakllanib boradi. Pedagogik talab. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim metodlaridan biridir. Talab turli vazifalarni bajarishi, ijtimoiy xulq-atvor mezonlarini ifodalashi, biror-bir faoliyatda bajarilishi zarur bo‘lgan aniq vazifa sifatida yoki turli ko‘rsatma sifatida namoyon bo‘lishi, muayyan harakatlarga undovchi bo‘lishi mumkin [1]. Aynan mana shu pedagogik talab asosida shaxsda axloqiy tarbiyaning asl ildizi namoyon bo‘ladi. Qachonki insonda ma’lum bir sifatni shakllantirish uchun talab bo‘lsa, shundagina u mana shu sifatni rivojlantirishga harakat qiladi. Misol uchun o‘smirlik yoshida bo‘lgan bola do‘stlari davrasida hurmat e’tiborga ega bo‘lish uchun o‘zida malum bir axloqiy sifatlarni shakllantirishi kerak ya’ni do‘stlar davrasida o‘zini tuta bilishi, so‘zlashish odoblariga rioya qilishi kerak. O‘z o‘zidan bu jarayon uchun kerak bo‘lgan axloqiy sifatga talab oshadi ya’ni bola o‘ziga kerakli bo‘lgan sifatga extiyoj sezadi va bu extiyoj ijtimoiylashuv jarayonida talabga aylanadi. O‘quvchida o‘zini-o‘zi tarbiyalashga ehtiyoj, ya’ni o‘z ustida ongli, batartib ishlashga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblash mumkin. O‘quvchilarni, ayniqsa, o‘rta va katta yoshdagilarni o‘z bilim va malakalarini mustaqil oshirishlariga yo‘llash kerak [1]. Ayni mana shu jumladan bilishimiz mumkinki o‘quvchi o‘zini tarbiyalashga extiyoj sezdimi demak uning tarbiya jarayonidagi axloqiy sifatlarini shakllanib borayotgani aniq va ravshandir. Shaxsning kamolga yetishida irsiyat, muhit, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya va nihoyat o‘zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga egadir [2]. Yuqoridagi jumlalardan shuni bilishimiz mumkinki, shaxsni kamolga yetishida nafaqat irsiyat va faoliyat, balkim muhit ham asosiy vazifani bajaradi. Aynan mana shu holatda axloqiy sifatni shakllanishida ham muhitning roli nihoyatda beqiyosdir. Ayniqsa maktab yoshida bo‘lgan bolalar uchun tashqi muhit ta’sirlari bu sifatning shakllanishiga o‘zining turli salbiy ta’sirlarini o‘tkazmay qo‘ymaydi. Shuning uchun ham maktab yoshidagi bolalarni axloqiy sifatlarini shakllanishida nafaqat pedagog balk ota onalar ham birdek mas’ul bo‘lishlari lozimdir. Oilada farzandlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishining iltimos, maslahat, ishontirishi, talab qilish, buyruq va tanbeh berish, jazolash, rag‘batlantirish singari qator usullaridan o‘z o‘mida va me’yorida foydalanilmasa, ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi [3]. Shuning uchun ham bolalarda axloqiy sifatlarni
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 44 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us shakllantirishda har handay usulni o‘z meyorida qo‘llash har tomonlama yaxshi hisoblanadi. Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek “Bu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson o‘z farzandlari baxtu saodati, fazl-u kamolotini ko‘rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, o'zini ayamaydi. Bola tug‘ilgan kundan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqah jamiyat talablarini anglaydi, his qiladi ”. Xulosa: Shunday qilib har bir shaxsni shakllanishida axloqiy sifatlarni ham bir meyyorda olib ketish insonni har tomonlama rivojlanishi uchun asosiy vosita vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham maktab yoshidagi bolalarda bu psixologik holatni shakllantirish nafaqat ijtimoiylashuvi jarayonini balkim ilmiy ko‘nikmalarini ham shakllanishiga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotar: 1. A.A.Usmonova Pedagogika va psixologiya o‘quv qo‘llanma Toshkent - 2014 2. S.R.Baxadirova Pedagogika va psixologiya asoslari o‘quv qo‘llanma Toshkent “Ilm Ziyo” – 2016 3. R.A.Mavlonova, N.H.Rahmonqulova, K.O.Matnazarova Umumiy pedagogika darslik Toshkent – 2018.