scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SOVET DAVRIDA O'ZBEKISTON JANUBIY VILOYAT KOMMUNAL XO'JALIGIDAGI SOHASI MUAMMOLARI

Nurali Ollomurodov

Full text

131 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc SOVET DAVRIDA O‘ZBEKISTON JANUBIY VILOYAT KOMMUNAL XO‘JALIGIDAGI SOHASI MUAMMOLARI Nurali Ollomurodov Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi n.ollomurodov.dtpi.uz https://doi.org/10.5281/zenodo.17642149 Annotatsiya: Ushbu maqolada Sovet O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalari markazlashgan boshqaruvi tashkil etilgan bo‘lib, kommunal xo‘jalik sohasi bundan mustasno emas edi. — Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kommunal aholining kundalik turmushida muhim rol o‘ynagan bo‘lsa-da, iqtisodiy tizimda ko‘plab muammolar mavjud edi. Ushbu maqolada Sovet davrida janubiy viloyatlarda kommunal xo‘jalik rivoji va muammolari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Ijtimoiy soha,qishloq xo‘jaligi, turar joy, manfaatdorlik, samaradorlik, ijtimoiy himoya, kolxoz, sovxoz, markaz. ПРОБЛЕМЫ В КОММУНАЛЬНОЙ СФЕРЕ ЮЖНЫХ РЕГИОНОВ УЗБЕКИСТАНА В СОВЕТСКОЕ ВРЕМЯ Нурали Олломуродов преподаватель Деновcкого института предпринимательства и педагогики n.ollomurodov.dtpi.uz Аннотация. В статье описывается централизованное управление всеми отраслями экономики Советского Узбекистана, и коммунальное хозяйство не было исключением. — Хотя коммунальное хозяйство играло важную роль в повседневной жизни населения Кашкадарьинской и Сурхандарьинской областей, в экономической системе существовало множество проблем. В статье анализируются развитие и проблемы коммунального хозяйства южных регионов в советский период. Ключевые слова: Социальная сфера, сельское хозяйство, жилье, интерес, эффективность, социальная защита, колхоз, совхоз, центр. PROBLEMS IN THE PUBLIC UTILITIES SECTOR IN THE SOUTHERN REGIONS OF UZBEKISTAN DURING THE SOVIET ERA Nurali Ollomurodov Lecturer at the Denov Institute entrepreneurship and pedagogy n.ollomurodov.dtpi.uz Abstract. This article describes the centralized management of all sectors of the economy of Soviet Uzbekistan, and the communal economy was no exception. — Although communal services played an important role in the daily lives of the population in the Kashkadarya and Surkhandarya regions, there were many problems in the economic system. This article analyzes the development and problems of communal services in the southern regions during the Soviet era. Key words. Social sphere, agriculture, housing, interest, efficiency, social protection, collective farm, state farm, center. 1.Dolzarbligi. Kommunal xo‘jalik Sovet davrida uy-joy xo‘jaligi, suv ta’minoti, energetika, obodonlashtirish va sanitariya xizmatlarini qamrab olgan. Sovet hokimiyati tomonidan respublika shaharlarida ma’lum darajada infratuzilma qurilgan bo‘lsa-da, janubiy viloyatlar markaziy hududlarga qaraganda orqada qolgan. 132 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Markaziy siyosatga ko‘ra, kommunal xo‘jalikka ajratilgan mablag‘ ko‘proq sanoatlashgan yirik markazlarga yo‘naltirilgan. Bu esa agrar-sanoat hududi bo‘lgan Qashqadaryo va Surxondaryoda aholining turmush sharoitini og‘irlashtirgan. Dunyo miqyosida O‘zbekistonning ijtimoiy soha va kommunal xo`jaligi tarixi, sovet mafkurasining jamiyat rivojiga ko‘rsatgan salbiy oqibatlari, o‘lkadagi iqtisodiy o‘zgarishlar, sovet davrida o‘lkadagi ijtimoiy hayot va u bilan bog‘ liq muammolar, janubiy hududlardagi demografik holat, urbanizatsiya jarayonlari, uy-joy, ijtimoiy sohadagi islohotlarning natijalari kabi muammolar ustuvor mavzular sifatida keng o‘rganilmoqda. Tadqiqotlar natijalari bu masalalar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarish hamda ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi. Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli Surxon vohasida sovet hokimiyati davrida kommunal xo‘jaligi sohasidagi ishlarni amalga oshirish jarayonida uy-joy, qadriyatlarni mafkuraviy jihatdan kamsitilganligini tarixiy manbalarga tayangan holda o‘rganish dolzarb masalalardan biridir. 2.Metodlar va o‘rganilganlik darajasi. Maqola umum qabul qilingan tarixiy metodlar – tarixiylik, ilmiylik, qiyosiy-mantiqiy tahlil, ketma-ketlik, xolislik tamoyillari asosida yoritilgan bo‘lib, unda XX asrning 50-yillarida Respublikaning janubiy hududlari qishloq aholisining qishloq aholisining aholini uy-joy bilan ta'minlash hamda yo‘l qo‘yilgan xato va nuqsonlar yuzasidan birlamchi manbalar asosida tahliliy fikrlar bayon qilingan. Bu borada asosiy manba sifatida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari davlat arxivi materiallaridan keng foydalanilgan. 3.Tatqiqot natijalari. Janubiy viloyatlarning tabiiy-iqlim sharoiti (cho‘l va tog‘li hududlar) ichimlik suvi ta’minotini murakkablashtirgan. 1970–1980-yillarda viloyat markazlarida suv quvurlari qurilgan bo‘lsa-da, ko‘plab qishloqlarda aholining asosiy manbai quduq va ariqlar bo‘lib qolgan. Suv taqchilligi sanitariya-epidemiologik muammolarni kuchaytirgan. Sovet davrida uy-joy qurilishi, asosan, sanoat markazlari va harbiy obyektlar atrofida olib borilgan. Janubiy viloyatlarda aholining tez o‘sishi hisobiga uy-joy tanqisligi keskin sezilgan. Ko‘p qavatli turar-joylar juda kam qurilgan, natijada ko‘plab oilalar bir necha xonadonli hovlilarda yashashga majbur bo‘lgan. Urushdan keyingi yillarda respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlari sezilarli darajada rivojlanib bordi. Natijada aholining moddiy turmush sharoiti ham ancha yaxshilanib, ijtimoiy muammolari hal qilina boshladi. Endigi asosiy vazifa urushning butun og‘ irligini yelkasiga olgan xalqning turmushini farovonlashtirish, ishchilar, xizmatchilar, injener-texnik xodimlar va ularning oilalarga moddiy va maishiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash zarur edi. Аyniqsa uy-joy qurilishi, mavjud uy-joy fondlarini taʼmirlash zarurati shu davrning dolzarb vazifalardan biri edi. Xususan shu davrda janubiy oblastlarining shahar aholisini uy-joy bilan taʼminlash masalasida ham anchagina ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1946 yil 30 avgustda bo‘lib o‘tgan VIII sessiyasida aholini uy-joy bilan taʼminlash yuzasidan aniq dasturlar belgilab olindi. Xususan, uy-joy muammosini hal qilish uchun katta miqdorda mablag‘ ajratildi, qolaversa, uy-joy qurish uchun korxonalarda alohida jamg‘ armalar tashkil etildi. O‘zbekiston hukumati uy-joy qurish uchun 1946 yilga nisbatan 1947 yilda 1,5 baravar ko‘p mablag‘ ajratdi [1]. Sovet davrining 50-60 yillarida aholini uy-joy bilan taʼminlash va kommunal sharoitlarini yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirildi. Masalan, Ittifoq bo‘yicha 1951-1955 yillarda 240,5 mln. kv. metr uy-joy qurilgan bo‘lsa, 1966-1970 yillarda bu ko‘rsatkich 518,5 mln kv. metrni tashkil etdi. 133 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 1951-1955 yillarda O‘zbekistonda jami 2158 ming kv.m. turar-joy maydoni qurilgan bo‘lsa, shundan 331 ming kv.m. davlat va kooperativ tashkilotlari hisobidan, 487 ming kv.m. ishchi va xodimlar hisobidan, 1340 ming kv. m. kolxozchilar va qishloq ziyolilari hisobidan bunyod etildi. Tadqiqot tahlillari shuni ko‘rsatadi-ki, qurilgan turar-joy maydonlarining ko‘pchiligi yakka tartibda bunyod etildi. Ammo, o‘z kuchi bilan uy qurgan kishilar xususiy mulk egasi sifatida tanqidga va qarshilikka uchrab, qurilish materiallarini topishda qator qiyinchiliklarga duch keldilar [2].O‘zbekiston janubiy viloyatlarida turar-joy qurilishi bo‘yicha davlat rejasining uzluksiz bajarilmay kelishi, hukumat darajasida aholini uyjoy bilan ta'minlash masalasiga jiddiy e'tibor berilmaganligi tufayli, bu hududda 1 kishiga turar-joy maydonining to‘g‘ri kelish ko‘rsatkichi Ittifoq ko‘rsatkichidan ancha orqada edi. Viloyatdagi G‘uzor, Dehqonobod va Qarshi tumanlarida aholini uy-joy bilan ta'minlash qoniqarsiz ahvolda bo‘lib, har bir kishiga 2-3 kv.m. dan uy-joy to‘g‘ri kelar edi. Shahrisabz shahar davlat turar-joy fondi asosan 20-yillarda bunyod etilgan bo‘lib, 1937-1957 yillar davomida shaharda turar-joy qurilishi uchun mablag‘ ajratilmadi. 1957 yil 30 iyulda sovet hukumatining “SSSRda turar-joy qurilishini rivojlantirish to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda sobiq Ittifoqda 10-12 yil ichida aholining turar-joyga bo‘lgan talabi to‘la qondirilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, 1956-1960 yillarda mamlakatmiqyosida turarjoy qurilishini 215 mln. kv.m. ga yetkazishrejalashtirilgan edi. O‘zbekistonda esa bu davrda davlat hisobidan 3,9 mln. kv.m. yakka tartibda 3,0 mln. kv.m. turar-joy qurilishi rejalashtiriladi.Ta'kidlash joizki qaror ijrosini ta'minlash yuzasidan O‘zbekistonda ham muayyan ishlar olib borildi. Markaz topshirig‘ini bajarish maqsadida 1957-yil 2-sentyabrda respublikada turar-joy qurilishini rivojlantirish to‘g‘risida maxsus qaror ham qabul qilindi [3]. Qarorda shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yiliga 6 mln. dona pishiq g‘isht ishlab chiqaradigan 4 ta g‘isht zavodi qurish ham rejalashtirildi. Ammo, mazkur qaror ijrosi joylarda to‘la ta'minlanmadi. 50-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab Surxondaryo viloyatida uy-joy qurilishi masalasida nisbatan o‘sish kuzatiladi, qurilgan turar-joy maydonlarining asosiy qismi esa yakka tartibda bunyod etildi. Masalan, viloyatda 1957 yilda bunyod etilgan 3719 ming kv.m. turar-joy maydonining boryo‘g‘i 641 ming kv.m. davlat hisobidan qurildi. Shuningdek, 1959-1965 yillarda Surxondaryo viloyatida jami 23627 ming kv.m. turar-joy maydoni bunyod etilib, shuning 8991 ming kv.m. davlat hisobiga, 4759 ming kv.m.ishchi va xizmatchilar mablag‘iga, 9879 ming kv.m. kolxozchilar va qishloq ziyolilari hisobiga to‘g‘ri keldi[4]. 1959 yildan boshlab respublikada shaxsiy uy-joylarni qurish ishlari kamaya boshladi. Chunki shu yildan boshlab, ayrim sabablarga ko‘ra respublikaning Toshkent, Sirdaryo, Farg‘on, Andijon, Qashqadaryo va Surxondaryo oblastlarining shaharlarida shaxsiy uy-joy qurilish ishlari taqiqlandi. 1960 yilga kelib shaxsiy uy-joylarning qurilishi keskin kamayib ketganligi yaqqol sezilib qoldi. 1968 yil 12 sentyabrda KPSS MK va SSSR Ministrlar Sovetining “Qishloq joylarida qurilishlarni tartibga solish to‘g‘risida” gi qarorida shunday deyilgan edi: “…aholi punktlarini yaxshi turar-joy va madaniy-maishiy shart-sharoitlarga ega bo‘lgan, qishloq aholisi manfaatlarini qondiruvchi va qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlanishi uchun zarur ishlab chiqarishni tashkil etish lozim”. Ammo, mazkur qabul qilingan qarorlar ijrosi mamlakatning chekka viloyatlariga qadar yetib kelmadi. Rivojlangan davlatlarda bir kishini uy-joy bilan ta’minlanishi uchun 20-30 kv.m. yer maydoni kerak bo‘lsa, bu ko‘rsatkich o‘zbek qishloqlarida 4-6 kv.m. ga teng bo‘ldi [6]. Xonadonlarda yashash zichligi ko‘rsatkichi past darajada edi.Bundan tashqari 60-yillarning ikkinchi yarmiga kelib ham aholi uy-joyida kommunal xizmatlarini tashkil etish sustligicha qolaverdi. Qishloq turar- 134 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc joylarida kommunal xizmatning elektr energiya, qisman gaz xizmatidan foydalanilish boshlangan bo‘lsa-da, o‘zbek qishloqlari, xususan janubdagi qishloqlarda isitish tizimi asosan ko‘mir va saksovul yordamida amalga oshirildi. 1966 yil fevralda O‘zbekiston KP MK va Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR aholisiga kommunal xizmat ko‘rsatishni yaxshilash choratadbirlari” to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi. Qarorga muvofiq Surxondaryo viloyatida ham kommunal xo‘jaligini yaxshilashga doir chora-tadbirlar belgilanadi. Termizda 4 km. uzunlikdagi kanalizatsiya qurilishi uchun 140,0 ming rubl ajratiladi. Shuningdek, 1966-1970 yillar davomida viloyatning shahar va tuman markazlarida vodoprovod qurilishi rejalashtiriladi. 1966 yilda Termiz, Denov shaharlari hamda Angor va Sho‘rchi tuman markazlarida vodoprovod quvuri mavjud edi. 4.Xulosаlаr. Sovet davrida O‘zbekiston janubiy viloyatlarida kommunal xo‘jalik sohasi jiddiy muammolarga duch kelgan. Ichimlik suvi tanqisligi, uy-joy yetishmovchiligi, elektr energiyasi uzilishlari va sanitariya sohasidagi qoloqlik aholining kundalik turmushiga katta qiyinchiliklar tug‘dirgan. Ushbu holatlarning asosiy sababi markazlashgan boshqaruv, resurslarning adolatsiz taqsimlanishi va mahalliy ehtiyojlarning inobatga olinmaganidadir. Mustaqillikdan so‘ng mazkur hududlarda kommunal xo‘jalikni modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirila boshlandi. References: 1. O‘z MA 1619-fond, 13-ro‘yxat 381-ish, 287-varaq (Oz NA Fund 1619, List 13, Case 381, Sheet 287) 2. Surxondaryo viloyati davlat arxivi. 446-fond, 1-yozuv, 47-ish, 16-varaq (State archive of Surkhandarya region. Fund 446, record 1, case 47, sheet 16). 3. Surxondaryo viloyati davlat arxivi. 446-fond, 1-ro‘yxat 39-ish, 132-38-varaqlar (State archive of Surkhandarya region. Fund 446, List 1, Case 39, Sheets 132-38) 4. Qashqadaryo viloyati Davlat arxivi. 150-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 4-ish, 13-varaq. 5. Pardaev T.R. O‘zbekistonning janubiy hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot (19451991 y.)– Tarix fanlari doktori (DSc) ilmiydarajasini olish uchun taqdim etilgan diss.Termiz,2021.95-bet 6. Ochilov F. XX asrning 50-60 yillarida O‘zbekistonning ijtimoiy ahvoli va muammolari (Qashqadaryo va Surxondaryo oblastlari misolida). Tar. Fan. Nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. Toshkent, 2011. 105-bet.